Rossiya eshiklari biz uchun yopilsa, nima boʻladi?
Koʻplab iqtidorli yoshlar kelajakka ishonchsizlik sabab taʼlim va rivojlanish oʻrniga maktab yillarini bekor oʻtkazdi. “Ertaga nima qilaman?” degan savolga esa uzoq vaqt davomida yagona javob sifatida “Rossiyaga ketaman” degan fikr shakllandi.
Oʻzbekiston
23.12.2025, 12:10
Ulashish:

Mehnat migratsiyasi, yoshlar va kelajak haqida mulohazalar
Agar Rossiya eshiklari oʻzbekistonlik ishchilar uchun yopilsa yoki biz umuman u yoqqa ishlash uchun borish fikridan voz kechsak, nima boʻladi?
Albatta, men iqtisodchi, siyosatchi yoki sotsiolog emasman. Aniq hisob-kitoblar, qatʼiy prognozlar yoki tayyor yechimlar berolmasligim mumkin. Shunga qaramay, ayrim kuzatuv va mulohazalarimni oʻrtoqlashishni joiz deb bildim.
Oʻn–oʻn besh yillar muqaddam Daniyada turizm sohasida tahsil olgan, keyin Ispaniyada oʻqishini davom ettirib, ilmiy ish qilgan va hozirda doktorlik unvoniga ega boʻlgan bir qadrli akamizdan eshitgan ikki fikr hanuz yodimda.
Birinchi fikr shunday edi:
«Oʻzbekiston oʻz insonlarini tashqariga chiqarib, evaziga pul — yaʼni qogʻoz olyapti va bunda u yutqazayapti».
Ikkinchi fikr esa quyidagicha:
«Yevropada dars paytida oʻzbeklar haqida gap ketganda, ustozlar: “Oʻzbeklar marketingni qoʻshnisidan oʻrganadi, yaʼni oʻqimasa ham, koʻrib oʻrganadi”, deb aytishgan».
Migratsiya ortidagi yoʻqotishlar
Birinchi fikr ustida toʻxtalsak, xorijga ishlagani asosan yoshlar — jamiyatning jismoniy jihatdan eng kuchli, sogʻlom va faol qatlami ketmoqda. Ular hayotining eng samarali, eng gullab-yashnagan davrini boshqa yurtlarda oʻtkazmoqda.
Albatta, mehnat migratsiyasi orqali erishilayotgan ijobiy natijalar ham yoʻq emas. Ammo yoʻqotishlar bilan qiyoslaganda, bu tarozida muvozanat yoʻqdek. Otalar, baʼzan onalar farzandlari yonida boʻlishi kerak boʻlgan paytda ulardan juda uzoqda. Bu holat ota-ona va bolalar psixologiyasida bir umrlik asoratlar qoldirayotganini koʻrib turibmiz. Jamiyatda moddiy va maʼnaviy muammolarning ortishiga ham shu omil taʼsir qilayotgani sir emas.
“Rossiyaga ketaman” degan yagona yoʻl
Mustaqillik yillarida maqsad qoʻyib oʻqigan, sport yoki kasb-hunar bilan shugʻullangan yoshlar bor, albatta. Lekin ular yetarlimi?
Juda koʻp iqtidorli bolalar maktab yillarini bekorga oʻtkazdi. Sababi oddiy edi:
“Ertaga nima qilaman? Qanday oila boqaman?”
Bu savollarga uzoq yillar davomida yagona javob bor edi:
“Rossiyaga ketaman”.
Bu fikr boshqa omillar bilan birga taʼlim sifatiga ham salbiy taʼsir qildi. Agar har bir bola imkoniyatni mamlakat ichida izlaganida, ish qidirib ketuvchilar emas, balki ish beruvchilar soni koʻpaygan boʻlardi. Bugun hayotning oʻzi bu fikrni tasdiqlamoqda — qanchadan-qancha yoshlar yurtimizda turib katta natijalarga erishayotganini koʻrib, beixtiyor faxrlanasiz.
Oʻzbekning salohiyati bor
“Oʻzbeklar marketingni qoʻshnisidan oʻrganadi” degan fikr bejiz emas. Genlarimiz bizga tinchlik bermaydi. Begali Qosimov haqidagi “Soʻnggi jadid” kitobida ham oʻzbeklar haqida arab tarixchisining juda iliq va asosli fikrlari keltirilgan: xalqimizning uquvliligi, tez tiklanish xususiyati taʼkidlangan.
Koreyada boʻlganimda bir koreys yigitning gapi esda qolgan: u paytgacha Koreyada tijoriy faoliyatda pokistonliklar yetakchi boʻlgan, ammo oʻzbeklar shunchalik tez oʻsib kelayaptiki, yaqin yillarda ulardan ham oʻtib ketishi mumkin, degandi.
Qashqadaryo viloyati Xonobod tumanidagi Amerika harbiy bazasida tarjimon boʻlib ishlagan tanishim ham bir voqeani aytib bergan. Oʻzbek askar amerikalik maxsus tayyorgarlikka ega harbiylar bilan jangda ustun kelgani — bu ham xalqimizning jismoniy va ruhiy salohiyatiga bir misol.
Sportchilarimizning xalqaro maydonlardagi yutuqlari ham shundan dalolat bermoqda.
Xulosa oʻrnida
Muammolarimiz koʻp. Lekin ularni hal qila oladigan yigit-qizlarimiz hozircha maishiy tashvishlar bilan band, chet ellarda ish izlab yuribdi.
Bir paytlar Islom Karimovsiz Oʻzbekistonni tasavvur qila olmaganmiz. Bir doʻstimning “Karimovdan keyin nima boʻlishini bilmayman”, degan gapiga javoban shunday degandim:
“Oʻzbek xalqi oʻttiz yillik millat emas, Temurlardan keyin ham yashab kelyapmiz”.
Demak, Rossiya eshiklari yopilishi — fojia emas. Balki oʻzimizga, oʻz imkoniyatlarimizga jiddiyroq qarashga turtki boʻlishi mumkin.
(Muhojir kundaligidan)
Oʻzbekiston
23.12.2025, 12:10
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Rossiyada migrantlar geolokatsiyasi kuzatilishi uchun maxsus smartfon sotib olishga majburlanishi mumkin
Jahon
16.07.2026, 10:52

Kechasi Ukraina Moskva viloyatiga 400 ta dron uchirdi
Jahon
20.07.2026, 11:45

Ukraina hujumlari oqibatida Rossiyada 7 kishi halok bo‘ldi, neft bazasida yong‘in kelib chiqdi
Jahon
18.07.2026, 14:48

AQSH va Rossiya Qozog‘istondagi kosmodromdan kosmik kema uchirdi
Fan-texnologiya
15.07.2026, 11:38

Si Szinpin Pekinda Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi
Jahon
29.06.2026, 16:50

Rossiya Yevropa bilan muzokaralarga tayyor – Dmitriy Peskov
Siyosat
19.06.2026, 17:59
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkentda eng qimmat va eng arzon kvartiralar qaysi tumanda?
Oʻzbekiston
26.06.2026, 17:14

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37
So'nggi yangiliklar

Sopollitepadan bronza davriga oid pilla parçasi topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:57

Adolf Gitler tuğilgan şaharda töqqizta ommaviy qabr topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:01

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Suriyaga taşrif buyurdi
Jahon
25.07.2026, 13:18

Rossiya Ukraina uruşini yakunlaş böyiça Trampdan yangi takliflar kutadi — Peskov
Siyosat
25.07.2026, 12:26

Venesuela prezidentlik saylovlariga tayyor emas – Tramp
Siyosat
25.07.2026, 10:59

Yo’nalish tanlash qachon boshlanadi?
Ta'lim
24.07.2026, 16:50

Xitoy Tayvan böğozida ikki kunlik öquv-jangovar maşğulotlarni boşladi
Siyosat
24.07.2026, 15:03

Arab va musulmon davlatlari Isroilning Al-Aqso masjidiga bosqinini qoraladi
Jahon
24.07.2026, 13:35

Özbekiston “Yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qiladi – Baxtiyor Saidov
Siyosat
24.07.2026, 11:12

O‘zbekistonda qarzdorlarning 61 foizi kreditni o‘z vaqtida to‘lolmayapti — MB
Iqtisodiyot
23.07.2026, 10:57

Epshteynga "qiz" yetkazib bergan fransuz modeli o'lik holda topildi
Jahon
23.07.2026, 10:01

Endi Toşkentdan Samarqandga 2,5 soatda yetib boriladi – Şavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston
22.07.2026, 16:01

Ukraina bu yil 700 kvadrat kilometr hududini qaytarib oldi
Siyosat
22.07.2026, 12:36

AQSH Saudiya Arabistoni bilan yadro energetikasi bo‘yicha tarixiy kelishuvni ma’qulladi
Jahon
22.07.2026, 11:10

Fransiya 15 yoşgaça bölganlar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
22.07.2026, 11:08

Xusiylar Saudiya Arabistoniga qarşi dengiz blokadasi e’lon qildi
Jahon
21.07.2026, 16:33

Gayana qirğoqlarida parom ağdarildi: halok bölganlar soni hozirça 27 ta
Jahon
21.07.2026, 13:23

Toshkent metropoliteniga 3 ta yangi poyezd olib kelindi
Oʻzbekiston
21.07.2026, 11:51

FIFA reytingi yangilandi: O‘zbekiston reytingda 10 pog‘ona pastladi
Sport
21.07.2026, 11:14

Afg‘onistonda Eronga ketayotgan 5 muhojir sahroda halok bo‘ldi, 14 nafari bedarak yo‘qoldi
Jahon
20.07.2026, 16:05
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkentda eng qimmat va eng arzon kvartiralar qaysi tumanda?
Oʻzbekiston
26.06.2026, 17:14

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37
