Hindistondagi millatchilik siyosatining hududiy yaxlitlikka taʼsi

Zamonaviy davrda Hindistonda milliy kayfiyat sezilarli darajada kuchaygan. Ayniqsa, 2024 yil aprel-may oylarida boʻlib oʻtgan saylovlarda hokimiyatni saqlab qolgan BJP partiyasi vakillari ushbu millatchilik kayfiyatini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Bir tomondan, bu millatchilik siyosatining kuchayishi Hindistonni aynan shunday tizimni joriy qilayotgan davlatlar — AQSh, koʻplab Yevropa mamlakatlari va Isroil kabi ittifoqchilar bilan yaqinlashtirmoqda. 

Влияние националистической политики Индии на внутреннюю политическую стабильность и территориальную  целостность

Biroq, bu jarayon ichki siyosatda maʼlum darajada beqarorlikka ham olib kelayotgan boʻlishi mumkin. Chunki Modi hukumati tomonidan mamlakatdagi etnik guruhlar, xususan ozchilikdagi jamoalarga nisbatan bosim ortib bormoqda. Masalan, 2025 yilning aprel oyida musulmon guruhlari huquqlarini cheklashi mumkin boʻlgan "Vaqf yerlari toʻgʻrisida"gi qonun loyihasining qabul qilinishi, yoki Manipur shtatida 2023–2025 yillar oraligʻida 60 000 dan ortiq mahalliy aholi vakillarining bosim va zoʻravonliklardan zarar koʻrganligi bunga yaqqol misol boʻla oladi. Shu bois, siyosiy va ijtimoiy qatlamlar orasida Modi hukumatidan norozilik kayfiyati oshib borayotgan, hatto bu holat mamlakatda boʻlinish xavfini yuzaga keltirayotgan boʻlishi mumkin. Yuqorida keltirilgan fikrlarni quyidagi asosiy argumentlar orqali ochib beramiz:

 

Foto: CNN/ Narendra Modi Hindiston Bosh vaziri

 

INDIA alyansi kuchaymoqda: BJP uchun ogohlantiruvchi signal

Soʻnggi yillarda Hindistonda muxolifat partiyalarining siyosiy maydondagi oʻrni sezilarli darajada kuchaymoqda. 2024 yilgi parlament saylovlari natijalari bu jarayonni yaqqol tasdiqladi: Rahul Gandi boshchiligidagi Hindiston Milliy Kongress partiyasi INDIA alyansi doirasida 240 ta oʻrin oldi, Modi yetakchiligidagi BJP esa ittifoqchilari bilan birgalikda 293 ta oʻrin bilan koʻpchilikni saqlab qoldi. Garchi BJP yana hokimiyatda qolgan boʻlsa-da, muxolifat blokining kuchayishi siyosiy muvozanatda oʻzgarishlar yuz berayotganidan dalolat bermoqda. Ayniqsa, 2025 yil 10 mayda Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi qisqa toʻqnashuv yakunlangach, muxolifatning hukumatga qarshi tanqidlari kuchaydi. 2025 yil 4 iyun kuni boʻlib oʻtgan Kongress anjumanida Rahul Gandi Modi hukumatini AQSh bosimi ostida urushni muddatidan oldin toʻxtatib, de-fakto taslim boʻlganlikda aybladi. Bu bayonotlar mamlakat boʻylab keng muhokamalarga sabab boʻlib, BJPga boʻlgan ishonchning pasayishiga olib keldi.

Foto: Nova News/ Rahul Gandi Hindiston Milliy Kongress yetakchilaridan biri

 

Millatchilik siyosatiga javob: Sikhlar ajralishni yana kun tartibiga olib chiqmoqdami?

 

Hindistonning shimoliy qismidagi Panjob hududida yashovchi 20 millionga yaqin sikhlarning harakati bugungi kunda butun dunyo eʼtiborini tortmoqda. Bunga, ayniqsa, mamlakat tashqarisida faoliyat yuritayotgan sikh diasporasining norozilik harakatlari sabab boʻlmoqda. Ular Hindistondan ajralgan holda "Khalistan" nomli mustaqil davlat tuzishni maqsad qilganlar. Modi hukumati esa bu qarshilik harakatlarini turli vositalar bilan bostirishga urinmoqda. Xususan, 2024 yil 14-oktabrda Kanada Qirollik Otliq Politsiyasi tomonidan bir yillik tergov natijasida Kanadadagi Sikh yetakchisi Hardeep Singh Nijjarning oʻldirilishiga Hindiston hukumati aloqadorligi aniqlangan. Shuningdek, 2024 yil 18-oktabrda AQShdagi Sikhlar harakati rahbarlaridan biri Gurpatvant Singh Pannunga uyushtirilgan suiqasd ortidan ham Hindiston tomoniga aloqador shaxslarning ishtiroki haqida maʼlumotlar yuzaga chiqqan. Biroq bu harakatlar kutilgan natijani bermadi, balki sikhlarning mustaqillikka boʻlgan daʼvolarini yanada kuchaytirdi. Natijada, 2024 yil iyul oyida Kanadaning Kalgari shahrida 100 mingga yaqin, 2025 yil 23 mart kuni esa AQShning Los-Anjeles shahrida 35 mingga yaqin sikhlar ishtirokida referendumlar oʻtkazildi. Bu referendumlarning asosiy maqsadi – Hindiston hukumati tomonidan sikh diasporasiga nisbatan oʻtkazilayotgan bosimlarga qarshi chiqish va mustaqil Khalistan davlatini tashkil etish edi. 2025 yil avgust oyida Vashington shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan navbatdagi referendumda esa, Hindistondan ajralish masalasi kun tartibida boʻlishi kutilmoqda. Bu esa Modi hukumati uchun yana bir jiddiy siyosiy muammo boʻlib paydo boʻlishi mumkin.

 

Jammu va Kashmirdagi TRF harakati ortidan Modi hukumati ichki tanqid ostida

 

Jammu va Kashmir hududidagi vaziyat Modi hukumatining nafaqat ichki barqarorlikni taʼminlashida, balki tashqi siyosatidagi qarorlarida ham muhim ahamiyatga ega. Bu hududda hukumat kuchlari va qarshilik harakati aʼzolari oʻrtasida sodir boʻladigan doimiy toʻqnashuvlar uni Hindistonning eng notinch mintaqalaridan biriga aylantirgan. Xususan, 2024 yil davomida Ponch, Reasi, Kathua va Doda kabi hududlarda yuz bergan qurolli toʻqnashuvlar oqibatida 70 ga yaqin inson halok boʻlgan. 2025 yilga kelib esa, bu hududda oʻz faoliyatini kengaytirgan Qarshilik Fronti (The Resistance Front — TRF) harakatlari Pokiston va Hindiston oʻrtasidagi munosabatlarga ham bevosita taʼsir koʻrsatmoqda. Masalan, 2025-yil 22 aprelda TRF tomonidan Pahalgamda uyushtirilgan hujum natijasida 26 nafar hind sayyohi halok boʻldi. 

 

Garchi ushbu hujumni TRF amalga oshirgan boʻlsa-da, Hindiston hukumati bunda Pokistonni aybladi va uning asosiy harbiy bazalariga zarba berishga qaror qildi. Natijada, 2025-yil 7 mayda boshlangan "Sindoor" operatsiyasi ortidan ikki davlat oʻrtasida qisqa muddatli qurolli toʻqnashuvlar boshlanib ketdi. Ushbu urush 2025-yil 10 mayda tomonlar oʻrtasida tuzilgan sulh shartnomasi bilan yakunlandi. Dastlab Modi hukumati Sindoor operatsiyasini katta gʻalaba sifatida eʼlon qildi. Biroq urush yakunlangach, hukumat bir nechta yoʻnalishda tanqidlarga uchradi. Birinchidan, Pokistonning Hindistondagi qurolli harakatlarga koʻmak berishiga toʻsqinlik qila olmaganlikda, ikkinchidan esa, urush davomida mamlakat xavfsizlik tizimi yetarli darajada samarali ishlamaganlikda ayblandi. Ayniqsa, Pahalgamdagi fojiada tinch aholining halok boʻlishi jamoatchilikda katta norozilik uygʻotdi. Ushbu tanqidlar Modi hukumati va BJP partiyasining keyingi saylovlardagi muvaffaqiyati yuzasidan shubhalarni kuchaytirmoqda.

 

Tamil norozilik harakatlari: madaniy siyosatga javob

 

Tarixan oʻzining tili va boy madaniy qadriyatlari sababli oʻzini Hindistondan alohida bir davlat sifatida koʻrgan tamil xalqi norozilik harakatlarini asosan hukumatning madaniy siyosatiga qarshi yoʻnaltirib kelmoqda. Ayniqsa, bu noroziliklar hukumat tomonidan "uch tillilik" dasturining keng joriy etilishi ortidan kuchaygan, chunki tamil jamoatchiligi bu siyosatni tamil tilining mavqeini pasaytirishga qaratilgan millatchilik harakati sifatida qoralagan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoq faollariga nisbatan bosimlar va ularning shubhali tarzda oʻldirilishi holatlari tamil jamoasining noroziligini yanada keskinlashtirdi. Masalan, 2025 yil 17 yanvarda taniqli ijtimoiy faol Jabagarning oʻldirilishi ijtimoiy tarmoqlarda hukumatga qarshi keng noroziliklarga sabab boʻldi. Bu noroziliklar 2025 yil 21 fevralda Tamil Nadu bosh vaziri M.K. Stalin va BJP aʼzolari oʻrtasidagi kelishmovchilikdan soʻng yanada kuchaydi. Natijada ijtimoiy tarmoqlarda tamil xalqi bosh vazir Narendra Modining istefosini talab qila boshladi. Tomonlar oʻrtasidagi ziddiyatlar haligacha toʻxtagani yoʻq. Xususan, 2025 yil 21 iyunda Dindigul hududida BJP, Kommunistik partiya (CPM) va Munnani harakati aʼzolari oʻrtasida yuzaga kelgan bahs natijasida 15 ga yaqin odam jarohat oldi. Bu kabi voqealar fonida Hindistondan ajralib chiqish haqidagi daʼvolar ham tobora kuchayib bormoqda. Bu yoʻnalishdagi eng muhim ramziy qadamlardan biri — 2025 yil mart oyida Tamil Nadu bosh vaziri M.K. Stalin tomonidan shtat byudjeti logotipida Hindistonning rasmiy valyuta belgisi “₹” oʻrniga tamil tilidagi “ரூ” belgisini joriy etish va amaliyotga tadbiq etish haqidagi qaror boʻldi. Ushbu qaror shtatning oʻziga xos til, madaniyat va siyosiy mustaqillik haqidagi gʻoyalarni ilgari surishga qaratilgan boʻlib, bu jarayon fonida Modi hukumatining Tamil Nadudagi siyosiy taʼsiri zaiflashib borayotganini koʻrsatmoqda

 

Maoistlar inqirozi: xavfsizlik va inson huquqlari oʻrtasida muvozanat

 

Hindistonning ichki barqarorligiga eng katta xavf sifatida baholanadigan maoistlar harakati soʻnggi yillarda hukumatning keskin harbiy va xavfsizlik bosimi ostida sezilarli yoʻqotishlarga uchradi. 2021–2024 yillar oraligʻida roʻy bergan 669 ta partizanlik toʻqnashuvida 1500 dan ortiq harbiy va tinch aholi halok boʻldi. 2025 yil 21 may kuni boʻlib oʻtgan maxsus harbiy amaliyotda maoistlar yetakchisi, "Basavaraj" taxallusi bilan tanilgan Nambala Keshava Rao oʻldirildi. Bu voqea BJP hukumati tomonidan maoistlarga qarshi kurashda muhim burilish nuqtasi sifatida talqin qilinib, Hindiston ichki ishlar vaziri Amit Shoh bu harakatni 2026 yil 1 martga qadar toʻliq tugatishga vaʼda berdi. Biroq, xalqaro tashkilotlar ushbu gʻalabadan koʻra, unga erishish jarayonidagi demokratik meʼyorlarning buzilishiga eʼtibor qaratmoqda. Jumladan, hukumat tomonidan har bir oʻldirilgan maoist uchun pul mukofoti belgilanishi amaliyotda bosim va qotilliklar sonining keskin oshishiga olib keldi. Bu esa inson huquqlari bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarning keskin noroziligiga sabab boʻldi. Masalan, "Fuqaro erkinliklari uchun xalq ittifoqi" (PUCL)ning hisobotiga koʻra, 2025 yilning may oyiga qadar 103 nafar "maoist" deb gumon qilingan shaxs oʻldirilgan boʻlib, ularning aksariyati oddiy tinch aholi vakillari boʻlgan. Bu holat BJP hukumati siyosatini xalqaro miqyosda tanqid ostiga olib kelib, Hindistonning “dunyodagi eng yirik demokratiya” maqomiga nisbatan shubhalarning kuchayishiga sabab boʻlmoqda.

 

Assamdagi qarshiliklar: Modi hukumati uchun ichki inqiroz xavfi

 

Hindistonning shimoli-sharqiy qismida joylashgan Assam strategik jihatdan muhim hudud sanaladi. Soʻnggi yillarda bu yerda faoliyat yuritayotgan Assam Ozodlik Harakati Birlashgan Fraksiyasi (ULFA-1) harakatlari kuchayib, BJP hukumatining xavotirlariga sabab boʻlmoqda. Guruhning asosiy maqsadi — Assamni Hindistondan ajratib, mustaqil davlat barpo etishdir. 2025 yil holatiga koʻra, Paresh Baruah boshchiligidagi ULFA fraksiyasi Myanmadagi 4 ta harbiy bazada 250 ga yaqin jangariga ega. Tashkilot boshqa mintaqaviy guruhlar — NSCN, CorCom, NLFT, KYKL va PLA — bilan yaqin hamkorlik qilmoqda. Ayniqsa, guruhning Bangladesh bilan chegaralarda harakatlarini kuchaytirayotgani markaziy hukumatni jiddiy xavotirga solmoqda. ULFAga qarshi olib borilgan chora-tadbirlarga qaramay, harakatlar susaygani yoʻq. 2024 yil avgustida guruh Assam boʻylab Mustaqillik kuni arafasida 24 ta bomba joylashtirgani haqida bayonot berdi. 2025 yilning yanvar–fevral oylarida amalga oshirilgan bir nechta hujumlarga ham javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi. Assamdagi qarshilik harakatlarining kuchayib borishiga yana bir asosiy sabab — etnik muammolar hisoblanadi. Xususan, 2025 yil may oyida 150 ga yaqin muhojirning Bangladesh va Myanmaga chiqarib yuborilishi nafaqat etnik muhitni keskinlashtirdi, balki Hindistonning qoʻshni mamlakatlar bilan munosabatlariga ham salbiy taʼsir koʻrsatdi. Bu esa Modi hukumatini katta dilemma ostiga qoʻyishi mumkin, chunki Assamdagi vaziyat keskinlashishda davom etsa va bu qoʻshni mamlakatlar bilan munosabatlarning yomonlashuviga olib kelsa, mintaqadagi tinchlik katta xavf ostida qoladi. Bu esa, oʻz navbatida, Modi hukumatining siyosiy inqiroziga olib kelishi mumkin.

Foto: Hindiston musulmonlari 

 

Umuman olganda, hozirgi kunga kelib Hindistonda hokimiyatni egallab turgan BJP partiyasi millatchilik siyosati orqali butun davlatni birlashtirishni maqsad qilayotgan boʻlsa-da, aynan shu siyosat mamlakatda boʻlinish xavfini oshirib yuborayotgandek koʻrinmoqda. Chunki Hindistondagi koʻplab kichik etnik guruhlarga nisbatan bosim kuchaygani ularning birlashuvi va qarshilik harakatlarining faollashuviga olib kelmoqda. Bu holat faqat alohida hududlarda emas, balki mamlakatning deyarli barcha mintaqalarida — Jammu va Kashmir, Assam, Manipur, Tamil Nadu kabi shtatlarda ham sezilmoqda. Natijada Hindistonning ichki barqarorligi izdan chiqib, tashqi siyosatiga ham salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Jumladan, Kashmirdagi vaziyat Pokiston bilan, Assam va Manipurdagi qarshiliklar esa Bangladesh va Myanma bilan munosabatlarning keskinlashuviga sabab boʻldi. Ushbu beqarorlik fonida muxolifat partiyalari tobora faollashib, Modi hukumatini keskin tanqid ostiga olmoqda. Aynan muxolifat taʼsirining ortib borishi va jamoatchilik orasida BJP siyosatiga nisbatan ishonchsizlik kuchaygani, partiyaning keyingi saylovlardagi imkoniyatlarini shubha ostiga qoʻymoqda. Bundan tashqari, hukumat tomonidan qarshilik harakatlarini bostirishda qoʻllanilgan harbiy choralar va nodemokratik uslublar xalqaro hamjamiyat tomonidan ham tanqid qilinmoqda. Har qancha siyosiy yutuqlarga erishilgan boʻlsa-da, mavjud bosim va tanqidlar fonida Narendra Modi boshchiligidagi BJP hukumatini yaqin kelajakda jiddiy siyosiy sinovlar kutayotganini inkor etib boʻlmaydi.

Sanjarbek Tilavoldiyev.  Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya univeristeti/                        Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar  instituti.                                                                                

So‘nggi yangiliklar

Isroil Gʻazoda oziq-ovqat kutayotgan falastinliklar hamda tinch aholini oʻldirdi

Isroil Gʻazoda oziq-ovqat kutayotgan falastinliklar hamda tinch aholini oʻldirdi

Kecha, 29 iyun, yakshanba kuni tongda Isroil armiyasi tomonidan Gʻazo boʻylab amalga oshirilgan hujumlarda kamida 72 nafar falastinlik halok boʻldi. Ulardan 47 nafari Gʻazo shahri va anklavning shimoliy hududlarida oʻldirilgan. Qurbonlar orasida yordam olish uchun navbatda turgan oddiy tinch aholi vakillari ham bor. Bu haqda "Al Jazeera" telekanali xabar qildi.

Jahon

30.06.2025, 14:29

Ozarbayjon Rossiyadagi barcha tadbirlarni bekor qilmoqda

Ozarbayjon Rossiyadagi barcha tadbirlarni bekor qilmoqda

Ozarbayjon Respublikasi tomonidan Rossiyada oʻtkazilishi rejalashtirilgan barcha madaniy tadbirlar bekor qilindi. Bu haqda Ozarbayjon Madaniyat vazirligiga tayanib, "Azertac" davlat axborot agentligi xabar berdi.

Siyosat

30.06.2025, 13:49

Tramp Erondagi vaziyat boʻyicha xabar bergan nashrlarni sudga bermoqchi

Tramp Erondagi vaziyat boʻyicha xabar bergan nashrlarni sudga bermoqchi

Prezidenti Donalʼd Tramp AQShning Eronga uyushtirilgan aviazarbalari haqidagi xabarlarini yozgani uchun CNN va "The New York Times"ni sudga berish berish tahdid qilmoqda. Bu haqda CNN nashri xabar qildi.

Jahon

27.06.2025, 14:37

Sotuvga qoʻyilgan 3 yoshli bola haqidagi xabarga Bolalar ombudsmani munosabat berdi

Sotuvga qoʻyilgan bola haqidagi xabarga Bolalar ombudsmani munosabat berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda OLX savdo platformasida 150 ming soʻmga 3 yoshli bolaning sotuvga qoʻyilgani  (surʼati ham ilova qilib qoʻyilgan) haqidagi xabarlarga Bolalar ombudsmani munosabat berdi.

Oʻzbekiston

27.06.2025, 10:58

Embassy Statement: The U.S. and Israel Bear Full Responsibility for All Such Conflicts

Soʻz elchixonaga: Bunday urushlarning barchasiga AQSh va Isroil aybdor

Joriy yilning 13 iyun kuni Isroil Eronga qarshi "Koʻtarilayotgan sher" nomli harbiy operatsiyasini boshlagan edi. Shundan soʻng Yaqin Sharqda Isroil-Eron urushi avj oldi. Bu urushga AQShning qoʻshilishi esa mavjud muammolarni yanada chigallashtirdi.

Siyosat

25.06.2025, 13:18

Prokuratura xodimi pora bilan qoʻlga tushdi

Prokuratura xodimi pora bilan qoʻlga tushdi

Urganch shahar prokuraturasi katta tergovchisi mansab mavqeidan foydalanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan sudga yuborilmasdan, tergovda tugatib berish evaziga 3000 AQSh dollari talab qilgan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.

Oʻzbekiston

25.06.2025, 12:49

Shvetsiya Oʻzbekistondan ishchilarni qabul qilishini rejalashtirmoqda

Shvetsiya Oʻzbekistondan ishchilarni qabul qilishini rejalashtirmoqda

Shvetsiya Oʻzbekistondan mehnat muhojirlarini qabul qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar qildi.

Siyosat

25.06.2025, 12:23

Eron yadro dasturini himoya qila oldimi?

Eron yadro dasturini himoya qila oldimi?

Isroil Erondagi bir qancha yer usti nishonlarini jiddiy shikastladi, AQSh esa yer ostidagi yadro inshootlarini vayron qilganini daʼvo qilmoqda. Sunʼiy yoʻldosh tasvirlari raketalar nishonga tekkanligini koʻrsatadi, biroq vayron qilingan hududlar va yadro obʼektlarini tasdiqlovchi mustaqil dalillar hozircha yoʻq.

Jahon

25.06.2025, 11:07

Qimor oʻyinlarni reklama qilgan "Jasjan_" javobgarlikka tortildi

Qimor oʻyinlarni reklama qilgan "Jasjan_" javobgarlikka tortildi

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining xabar qilishicha, "Melbet" bukmekerlik tovar belgisidan foydalangan, shuningdek, qimor oʻyinlarini targʻib qiluvchi video rolikni Instagram ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasiga joylagan bloger va vaynerlar javobgarlikka tortildi.

Oʻzbekiston

23.06.2025, 11:35

Toshkent viloyati Kadastr xodimi pora bilan qoʻlga tushdi

Toshkent viloyati kadastr xodimi pora bilan qoʻlga tushdi

Davlat kadastr palatasining Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani filiali kadastr muhandisi oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan 9 sotix yerni uy-joy qurish uchun ruxsat olib berish evaziga 1200 AQSh dollari talab qilgan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.

Oʻzbekiston

23.06.2025, 11:03

23 iyun kuni havo harorati qanday boʻladi?

23 iyun kuni havo harorati qanday boʻladi?

Bugun, dushanba kuni Oʻzbekiston boʻylab havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 28-44° daraja atrofida boʻladi. Bu haqda "Oʻzgidromet" xabar qildi. 

Oʻzbekiston

23.06.2025, 08:59