Vashington va Qobul: munosabatlarda yangi bosqich boshlanmoqdami?
Amerikalik diplomatlarning yaqinda Kobulga qilgan tashrifi Qo‘shma Shtatlar va Tolibon harakati o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish yo‘lidagi ilk ehtiyotkor qadamlar bo‘lishi mumkinligini anglatadi.
Siyosat
11.04.2025, 18:49
Ulashish:

2025-yil 21-mart kuni AQShning Afg‘oniston bo‘yicha sobiq maxsus vakili Zalmay Halilzod boshchiligidagi amerikalik delegatsiya Kobulga keldi. Delegatsiya Tolibonning tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaki bilan uchrashuv o‘tkazib, ikki tomonlama munosabatlar, hibsga olinganlar masalasi va AQShdagi afg‘onlar uchun konsullik xizmatlari haqida muzokara olib bordi. Muzokatalar natijasida Tolibon ikki yildan ortiq qamoqda bo‘lgan AQSh fuqarosi Jorj Glezmanni ozod qildi.
Tashrifdan so‘ng darhol bir nechta voqealar yuz berdi, ular tashqi tomondan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagandek ko‘rinsa-da, AQShning Afg‘onistondagi siyosatini qayta ko‘rib chiqish boshlanganidan darak beradi.
Birinchi va eng ramziy voqea – AQShning Afg‘oniston ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi va Haqqoniy tarmog‘i yetakchilaridan biri Sirajuddin Haqqoniyni qo‘lga olishga olib keladigan ma’lumot uchun belgilangan 10 million dollarlik mukofotni bekor qilish qarori bo‘ldi. Garchi AQSh tomoni bu qarorni rasmiy ravishda tasdiqlamagan bo‘lsa-da, bu mukofot haqidagi ma’lumotning rasmiy manbalardan olib tashlangani Tolibon tomonidan AQShning muloqotga tayyorligiga ishora sifatida qabul qilinishi mumkin. Ayniqsa, bu holat amerikalik fuqaroni ozod qilishdan so‘ng sodir bo‘lgani e’tiborga molikdir.
Ikkinchi muhim voqea – 2021-yilda AQSh qo‘shinlari chiqib ketganidan keyin Kobuldagi sobiq AQSh elchixonasi devorlariga yozilgan antiamerikacha shiorlarning olib tashlanishi bo‘ldi. Tolibon bu ishni rejaviy ta’mirlash deya izohladi, ammo bu ishning amerikalik diplomatlar tashrifi bilan bir paytda sodir bo‘lishi tasodif deb bo‘lmaydi. Bu, aksincha, Tolibonning munosabatlarni yaxshilashga tayyorligini ko‘rsatish niyatidan dalolat beradi.
Uchinchi voqea – Islomiy Davlat jangarilari tomonidan Taxor viloyatida bir xitoylik fuqaroni o‘ldirilishi, Afg‘onistondagi ichki beqarorlik va tashqi tahdidlarga nisbatan zaiflikni bilvosita ko‘rsatadi. Bu hodisa mamlakatdagi murakkab vaziyatni yoritib beradi va Xitoyning Afg‘onistonni global “Bir kamar — bir yo‘l” tashabbusiga qo‘shish rejalari taqdiriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Xitoy foydasiga Afg‘onistonni boy berish tahdidi – ayniqsa, AQSh bu mamlakatga yigirma yillik davrda katta miqdorda moliyaviy va inson resurslarini sarflagani fonida – Vashingtonni ehtiyotkorlik bilan yana faol harakatlarga undamoqda. Afg‘oniston yer osti boyliklari, xususan, taxminan 1,4 million tonnani tashkil qiluvchi kamyob yer metallarining 3 trillion dollargacha baholangan zaxiralari bilan jahon kuchlari uchun hanuz jozibali bo‘lib qolmoqda. AQSh esa, Afg‘onistonda harbiy kampaniya va barqarorlashtirishga 2 trillion dollardan ortiq mablag‘ sarflagan holda, bu resurslarning butunlay Pekin nazoratiga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘yishni istamaydi.
Bundan tashqari, AQSh Afg‘onistonga ta’sir o‘tkazish uchun hali ham muhim vositalarga ega. Eng muhim vosita – AQSh moliyaviy muassasalarida saqlanayotgan va qiymati qariyb 7 milliard dollarga teng muzlatilgan Afg‘oniston aktivlaridir. Ushbu mablag‘larning muzlatilishini bekor qilish Afg‘onistonning iqtisodiy ahvolini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin bo‘lib, Tolёibon bilan muzokaralarda muhim savdolashuv kartasi sifatida xizmat qiladi. Bundan tashqari, AQSh xalqaro tashkilotlar orqali va insonparvarlik yordami ko‘rinishida ham Tolibonga bosim o‘tkazish vositalariga ega bo‘lib qolmoqda. Bu esa hozirgi afg‘on hokimiyati uchun nihoyatda muhimdir.
Shu bilan birga, AQSh diplomatiyasi Tolibon bilan yaqinlashuv imkoniyatlarini ehtiyotkorlik bilan o‘rganmoqda. AQShning bu boradagi qarori Tolibonning inson huquqlari va xavfsizlik kabi asosiy masalalarda murosaga borish va hamkorlik qilishga tayyorligiga bog‘liq bo‘ladi.
Yana bir muhim omil – bu Tolibonning giyohvand modda ishlab chiqarishga qarshi kurashi hisoblanadi. Ko‘knori yetishtirishni taqiqlovchi choralar so‘nggi yillarda ekin maydonlarining keskin qisqarishiga olib keldi. Garchi 2024-yilda bu ko‘rsatkich 12,8 ming gektarga ko‘tarilgan bo‘lsa-da (2022-yildagi 232 ming gektarga nisbatan), bu baribir sezilarli yutuqdir. AQSh bu kurashni Tolibon bilan bosqichma-bosqich yaqinlashish uchun asos sifatida ko‘rsatishi mumkin.
Shunday qilib, AQShning hozirgi strategiyasi ehtimol Afg‘onistonga ehtiyotkorlik bilan qaytishni o‘z ichiga oladi. Maqsad – mamlakatning to‘liq Xitoy nazoratiga o‘tib ketishining oldini olish. Bu hali faqat ilk qadamlardir. Xitoy bilan faol raqobat haqida gapirishga erta, biroq yangi diplomatik o‘yin boshlanishi uchun zamin allaqachon yaratilgan.
Jaloliddin Ibragimov,
Xalqaro ilg‘or tadqiqotlar instituti
Siyosat
11.04.2025, 18:49
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Dunyo siyosatiga qutblanishlarning taʼsiri
Siyosat
24.04.2025, 15:36

Netanʼyaxu Ozarbayjonga tashrif buyuradi. Aliyev uni hibsga oladimi?
Siyosat
24.04.2025, 23:54

Hukumat xakerlar orqali faollarni kuzatayotgani aytilmoqda
Jahon
19.04.2025, 16:46

Yoʻlak urushlari yoxud Asaddan keyingi davrda Suriyadagi Turkiyaning energiya loyihalari
Jahon
07.04.2025, 19:26

Xitoy Tayvan atrofida harbiy mashgʻulotlar boshladi
Siyosat
02.04.2025, 15:55
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
