updated: 22.03.2026, 19:11

Dunyo siyosatiga qutblanishlarning taʼsiri

Xalqaro munosabatlar bugungi kunda bir nechta chuqur oʻzgarishlar taʼsirida shakllanmoqda - bu esa siyosatchilar uchun jarayonni anglash va zarur choralarni koʻrishda jiddiy sinov boʻlib qolmoqda. Jahon siyosati barqarorlik doirasidan chiqib, tobora koʻproq tartibsizlik sari harakatlanmoqda, xususan, Tramp maʼmuriyatining Oq Uyga qaytishi bilan bu yanada yaqqol koʻzga tashlanmoqda. Ayni oʻzgarishlardan biri - texnologik markazlarning anʼanaviy hududlardan chekkaroq, noanʼanaviy mintaqalarga siljishi boʻlib, bu global tenglik va kuch muvozanatini oʻzgartirib yubormoqda. Shu bilan birga, oʻta oʻng va oʻta chap siyosiy kuchlar oʻrtasidagi tafovut keskin ortib bormoqda - bu esa siyosiy tizimlarda radikallashuv xavfini kuchaytiradi.

Dunyo siyosatiga qutblanishlarning taʼsiri

Yana bir dolzarb jihat – elitalar oʻrtasidagi kurashning kuchayib borayotganidir.  Ushbu raqobat asosan AQSh va Rossiya kabi buyuk davlatlar boshchiligida olib borilmoqda, ular oʻz taʼsir doirasini kengaytirish yoʻlida, turli maydonlarda toʻqnash kelmoqda. Natijada, global tartib tobora koʻproq fragmentatsiyalashib, koʻp qutbli va notekis koʻrinish kasb etmoqda.

1. Noanʼanaviy texnologik markazlarning oʻsishi.

2025 yilga kelib, global texnologik ekotizim anʼanaviy yetakchi boʻlgan Silikon vodiysining sobiq isteʼmolchilari tomon siljimoqda. Bu — geosiyosiy oʻzgarishlar, strategik investitsiyalar va mahalliy texnologik infratuzilmalar taʼsirida yuzaga kelayotgan geotexnologik siljishdir. Xitoy, Hindiston, Vetnam va Braziliya kabi davlatlar innovatsion markazlar sifatida paydo boʻlmoqda. Xitoy kvant texnologiyalari, sunʼiy intellekt, biotexnologiya, materialshunoslik va boshqa koʻplab muhim texnologiyalar sohasida oʻzini juda kuchli raqobatchi sifatida mustahkamladi. Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan tashabbuslar - kvantga chidamli kriptografiya va CRISPR asosidagi gen terapiyasi orqali mamlakat sogʻliqni saqlash va kiberxavfsizlik boʻyicha global standartlarni qayta belgilamoqda. 

Hindistonning texnologik sektori - ayniqsa sunʼiy intellekt agentlari startaplari va yarimoʻtkazgich ishlab chiqarish sohasidagi yutuqlar tufayli - himoya sanoati va fazoviy texnologiyalarga yoʻnaltirilgan milliard dollarlik sarmoyalarni oʻziga jalb qilmoqda. Bu borada Stoke Space va Hadrian kabi kompaniyalar yetakchilik qilmoqda.

Vetnam esa yarimoʻtkazgichlar qiymat zanjirining muhim boʻgʻiniga aylangan. Bu, ayniqsa, AQSh va Xitoy oʻrtasidagi geosiyosiy taranglik ortidan, kompaniyalar ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilishni boshlagani bilan bogʻliq.

"Xususiy bulut" (private  cloud) va gibrid hisoblash tizimlarining rivojlanishi esa mintaqaviy ixtisoslashuvning global tendensiyasining bir qismi sifatida koʻzga tashlanmoqda. Masalan, Braziliya - oʻzining Amazon mintaqasi tabiiy resurslaridan foydalangan holda - qayta tiklanuvchi energiya asosidagi barqaror sunʼiy intellekt markazlarini yaratish tashabbusida faol.   Bu yondashuv global iqlim maqsadlariga mos keladi.

Afrika davlatlari esa markazlashmagan raqamli infratuzilmani - xususan, blokcheyn asosidagi boshqaruv tizimlarini - joriy etish orqali mustamlakachilikdan qolgan boshqaruv modellaridan xalos boʻlishga urinmoqda.

Ushbu yangi texnologik markazlar, katta ehtimol bilan, 2030 yilgacha texnologiya boshqaruvi va intellektual mulk boʻyicha gʻarb yetakchiligini jiddiy ravishda sinovdan oʻtkazadi. Biroq xavf-xatarlar ham mavjud: xususan, davlat tomonidan haddan ziyod nazorat (Xitoyning sunʼiy intellektni tartibga solish modelida koʻringanidek) va yuqori malakali kadrlarning rivojlanayotgan mamlakatlardan chiqib ketishi (brain drain) uzoq muddatli taraqqiyotni izdan chiqarishi mumkin.

2. Global siyosatda oʻta oʻng va oʻta chap kuchlar oʻrtasidagi tafovutning chuqurlashuvi.

2025 yilda siyosiy qutblanish eng yuqori choʻqqisiga yetdi - bu holat, ayniqsa, Amerikalar va Yevropada populistik kuchlarning kuchayishi bilan ideologik farqlarning keskinlashuvi va xalqaro koalitsiyalarning yemirilishida yaqqol namoyon boʻlmoqda. 

Oʻn yillab demokratiya qadriyatlarini ustuvor qoʻyib boshqarib kelgan siyosiy tuzilmalar hozirda milliy manfaatlarni birinchi oʻringa qoʻyuvchi siyosiy kuchlar tomonidan jiddiy sinovga olinmoqda. Bu, oʻz navbatida, xalqaro siyosat meʼyorlarini qayta shakllantirishga olib kelmoqda.

Ukrainaning urushdan vayron boʻlgan Borodyanka shahridagi bolalar Rossiya oʻqqa tutilishi natijasida vayron boʻlgan turar-joy binosi yonida oʻynamoqda. 2022 yildan beri Ukrainada urush avj olmoqda. Foto: Sergey Chuzavkov/SOPA Images/Getty Images orqali LightRocke

Yevropa Ittifoqi miqyosida oʻta oʻng kuchlar, xususan Germaniyadagi AfD(Almaniya uchun muqobil partiyasi) va Fransiyadagi Milliy miting (Natinal Rally) partiyalari iqlim va migratsiya siyosatiga qarshi chiqib, ushbu yoʻnalishlarni elitalar tomonidan oddiy ishchi sinf muammolarini eʼtiborsiz qoldiruvchi choralar sifatida talqin qilmoqda.

Ayni vaqtda, Ispaniya va Gretsiyadagi oʻta chap koalitsiyalar boylikni radikal tarzda qayta taqsimlash va tejamkorlikka (austerity) qarshi chora-tadbirlarni ilgari surib, milliy qonunchilik tizimlarida muvozanatsizlik va tanglik (legislative gridlock) yuzaga keltirmoqda.

Natijada, Yevropa Ittifoqi umumiy manfaatga doir dolzarb inqirozlarga - jumladan, Ukraina urushi va Oʻrta yer dengizi orqali bosib kelayotgan qochqinlar oqimiga - birgalikda javob berish qobiliyatidan mahrum boʻlib bormoqda.

Global miqyosda, Tramp maʼmuriyatining 2025-yilgi inauguratsiyadan soʻng qabul qilgan farmon va chora-tadbirlari xalqaro munosabatlarni tubdan oʻzgartirib yubormoqda. Xususan, xalqaro tashkilotlar va kelishuvlardan chiqish yoki cheklangan ishtirok haqidagi qarorlar, oʻta oʻng siyosiy maʼmuriyatlar oʻrtasidagi birdamlikni zaiflashtirdi, biroq oʻz navbatida, oʻta oʻng partiyalar taʼsir doirasini kengaytirish imkonini ham yaratdi.

2025 yilda eʼlon qilingan, asosan musulmon va Afrika davlatlariga qarshi yoʻnaltirilgan sayohat taqiqi (travel ban) Trampning millatchi va izolyatsionistik siyosatining davomidir. Bu chora AQShning xalqaro maydondagi ishonchini pasaytirgan holda, global kuch muvozanatini siljitmoqda.

Pan-Amerika mintaqasida bu qarorlar, Meksika va Kolumbiyadagi progressiv harakatlar boshchiligida, Argentinadagi va Chilidagi oʻng qanot hukumatlarga qarshi pozitsiyaning shakllanishiga olib keldi - ayniqsa narkotiklar va savdo masalalari boʻyicha keskin qarama-qarshiliklar yuzaga keldi. Bu kabi qutblanishlar koʻp tomonlama institutlarni yemirmoqda. Masalan, Braziliyada oʻtkazilishi rejalashtirilgan BMTning COP30 iqlim muzokaralari – oʻng qanot kuchlar chiqindilarni kamaytirish majburiyatlarini rad etsa, chap qanot esa tarixiy ekologik qarzdorlik uchun tovon talab qilsa – boshi berk koʻchaga kirib qolishi mumkin.

Markaziy konsensusning yemirilishi, yaʼni ilgari global boshqaruvni barqaror ushlab turgan moʻʼtadil kuchlarning yoʻqolishi, dunyoni oʻzaro raqobatdagi bloklarga ajratib yuborish xavfini kuchaytirmoqda. Oʻta oʻng va oʻta chap partiyalar oʻrtasidagi tafovut dunyo siyosatini misli koʻrilmagan darajada beqaror va xavfli makonga aylantirmoqda. "Oltin muvozanat" deb ataluvchi tushuncha - yaʼni tinchlik va farovonlik asosidagi siyosiy markaz - bu qarama-qarshiliklar ostida yemirilmoqda. Agar bu tafovut chuqurlashishda davom etsa, global miqyosdagi mojarolar, hattoki sivilizatsiyalar toʻqnashuvi yoki yangi dunyo urushi kabi keng koʻlamli inqirozlarni keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emas.

3. Elita sinfi toʻqnashuvi.

Bugungi kunda shakllanayotgan yangi sinfiy toʻqnashuv klassik marksistik model - proletariat va burjuaziya oʻrtasidagi ziddiyatdan farqli oʻlaroq, koʻproq xalqdan ajralgan, transmilliy elitalarga qarshi ommaning noroziligi sifatida namoyon boʻlmoqda. Buni eng yaxshi AQShning hozirgi tashqi siyosatida, xususan, Donald J. Tramp boshchiligidagi siyosatda kuzatish mumkin.

Jo Baydendan farqli oʻlaroq, u dunyoning "yirik oʻyinchilari" bilan aloqalarni deyarli barbod qildi va ularga hal qiluvchi elita maqomini olish imkoniyatini berdi, Donald Tramp endi muvaffaqiyatli avtoritar elitalar bilan muzokara olib borib va oʻz manfaatlarini birinchi oʻringa qoʻyib, elita maqomini oʻziga qaytarib olmoqda.

Tramp oʻzini dunyoning bosh qoʻmondoni va tinchlik oʻrnatuvchisi deb eʼlon qilmoqda va oʻzining muzokara mahoratini amalda koʻrsatmoqda. Uning hozirgacha erishgan muvaffaqiyatlaridan biri Rossiya bilan munosabatlarni normallashtirish yoʻlidagi qadamlar boʻlib, xususan, Vladimir Putin bilan yaxshi munosabatlar orqali, ikki tomonlama munosabatlarda toʻrt yillik tanaffusdan soʻng, bu amalga oshirildi.

Ikkinchidan, Tramp va KXDR rahbari Kim Chen In oʻrtasidagi munosabatlar ham eʼtiborga molik. Bu munosabatlar misli koʻrilmagan shaxsiy diplomatiya bilan xarakterlanadi, bunda oʻzaro maqtovlar, ramziy jestlar va yuqori darajadagi uchrashuvlar oʻz oʻrniga ega. Tramp oʻzining shaxsiy diplomatiyasi natijasida, hech boʻlmaganda maʼlum darajada, Kim Chen Inning tajovuzkor siyosatini yumshatishga va u bilan umumiy til topishga muvaffaq boʻldi.

Foto: Kevin Lim/The Straits Times via Reuters

Xalqaro munosabatlarda politsentriklik va qutblanishning oʻzaro taʼsiri dunyoning parchalanishi va raqobatdosh kuch markazlari mavjudligini ochib bermoqda. Birinchidan, Xitoyning kvant hisoblashdagi ustunligi, Hindistonning sunʼiy intellekt startaplari va Braziliyaning barqaror maʼlumot markazlari kabi noanʼanaviy texnologik markazlarning yuksalishi Gʻarb gegemonligi uchun xavf tugʻdirmoqda. Ikkinchidan, oʻta oʻng va oʻta chap partiyalar oʻrtasidagi tobora kengayib borayotgan tafovut koʻp tomonlama diplomatiyani beqarorlashtiruvchi omil sifatida koʻrilmoqda, bu Yevropa Ittifoqining notoʻgʻri ishlashi va Trampning millatchilik siyosatida yaqqol namoyon boʻlmoqda. Nihoyat, Trampning Vladimir Putin va Kim Chen In bilan munosabatlardagi tranzaksion diplomatiyasi shakllantirgan elita kurashi populistik rahbarlar va transmilliy elitalar oʻrtasidagi toʻqnashuvni taʼkidlamoqda, bunda birinchilari oʻz mamlakatlari manfaatlaridan koʻra shaxsiy doʻstlikni afzal koʻrmoqda. Natijada, texnologik markazning yoʻqolishi, mafkuraviy ekstremizm va elita kurashidan iborat beqaror muhit shakllanmoqda, bu global boshqaruvni parchalab tashlash xavfini keltirib chiqarmoqda.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi

Miçigan ştatidagi keskin saylovda demokrat Abdul El-Sayed respublikaçi Mayk Rojers ustidan ğalaba qozondi. 

Siyosat

04.11.2026, 17:55

Guangzhou Evergrande  футболчисининг мухлислар билан хайрлашуви

Xitoy futbolining qulaşi

Milliardlar nega samara bermadi?

Sport

04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident

Buxoro viloyatida 40 mingga yaqin kişi işsiz, yana 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past.

Oʻzbekiston

04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil

Britaniyalik Karl Buşbi dunyo böylab sayohatini qanday yakunladi?

Madaniy

04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?

Samarqandda ŞHT plyus xavfsizlik böyiça ekspertlar muloqoti ötkaziladi

Oʻzbekiston

04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi

Jahon bankining yangi hisobotiga köra, 2011–2023 yillarda Hindistonda qariyb 500 million kişi kambağallikdan çiqqan. Mamlakatda öta qaşşoqlik darajasi şu davrda 27,1 foizdan 2,6 foizgaça pasaygan.

Jahon

03.11.2026, 17:09

Illyustrativ tasvir

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi

Yangi talab tafsilotlari bilan tanişing.

Iqtisodiyot

03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi

Qariyb töqqiz oylik tanaffusdan söng Vaşington, Moskva va Kiyev muzokaraçilari uruş masalasini muhokama qiliş uçun Abu-Dabida bir stol atrofiga yiğiladi.

Siyosat

03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi

Isroil harbiylari bosib olingan Ğarbiy sohildagi Dura şahrida jurnalist Muntasir Nassorning uyiga reyd ötkazib, uni hibsga oldi. 

Jahon

03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?

Germaniyaning 34 ta şahrida ön minglab yoşlar iştirokida namoyişlar ötkazildi. Frankfurtda ğalayonlar tartibsizlik va talonçiliklarga aylanib ketdi.

Jahon

02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda 638 628 ta tirik tuğiliş qayd etildi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 26 mingtaga kam.

Oʻzbekiston

02.11.2026, 13:03

Illyustrativ tasvir

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi

Uni öğirlab ketişmagan, garovda ham uşlab turişmagan.  Aslida nima bölgan?

Jahon

02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi

Ayrim hududlarda suv narxi oşdi, kelasi yildan esa tariflarni belgilaş tartibi ham özgaradi.

Iqtisodiyot

31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi

Xitoylik 24 yoşli yigit töyiga mehmon topiş uçun noodatiy yöl tutdi. Uning ijtimoiy tarmoqdagi murojaati qisqa vaqt içida kutilmagan natija berdi.

Jahon

31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?

2026 yil 1 noyabrdan Özbekistonda gaz ta’minoti, bojxona rasmiylaştiruvi, mobil reklama, tadbirkorlar uçun kommunal tölovlar hamda pensiya tayinlaş tartibiga oid bir qator özgarişlar joriy etiladi.

Oʻzbekiston

31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi

Rossiya budjet taqçilligi 5,8 trillion rublga yetdi. Hukumat bir qator sohalarni qamrab oladigan yangi soliq çoralarini taklif qilmoqda.

Jahon

30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi

Yordam pulini qanday oliş mumkin?

Oʻzbekiston

30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi

Kelişuvlar nimalarni özgartiradi?

Oʻzbekiston

30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi

Binance xavfsizlik buzilişi gumoni bilan barça mablağlarni kiritiş va yeçib oliş operatsiyalarini vaqtinça töxtatdi.

Iqtisodiyot

30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi

Ikkinçi jahon uruşi davomida Yaponiya foydalangan 56 ta «dözax kemasi»dan 19 tasi Ittifoqçilar tomonidan çöktirildi. Bu kemalarda 126 mingdan ortiq harbiy asir taşilib, ularning har uç nafaridan biri halok bölgan.

Madaniy

29.10.2026, 19:35

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →