Xitoy gibrid elektromobillari 8 karra koʻp nurlanish chiqaradi — tadqiqot

Inson organizmi tabiiy elektromagnit maydonlari bilan muntazam taʼsirlarga koʻnikkan, biroq uzoq va muntazam taʼsirning oqibati yomon boʻlishi mumkin.

Ulashish:

Xitoy jahon elektromobillar bozorining 62 foizini nazorat qiladi. Ekologik tozaligi koʻp taʼkidlanadigan ana shu elektr ulovlar koʻpayishi baravarida, elektromagnit xavfsizlik muammosi yuzaga chiqmoqda.

«Perm milliy tadqiqot politexnika universiteti» (Rossiya) olimlari taʼkidlashicha, elektromobillar hosil qiluvchi elektromagnit maydonlar inson salomatligi uchun xavfli, jumladan, oʻsma kasalliklari, turli nevrologik buzilishlar, depressiyani keltirib chiqarishi mumkin.

Rus olimlari Xitoyda ishlab chiqarilgan gibrid avtomobillardan kuchli nurlanish taralishini aniqlashdi — meʼyordagidan 8 baravar koʻp!

Tadqiqot ilmiy maqola koʻrinishida eʼlon qilindi. Unda yozilishicha, elektromagnit nurlanish — bizning chor-atrofimizdan oʻrab turgan koʻrinmas toʻlqinlar: quyosh nuridan tortib smartfon va noutbuklargacha ularni taratadi. Kam miqdorda ziyoni yoʻq, inson organizmi tabiiy elektromagnit maydonlari bilan muntazam taʼsirlarga koʻnikkan, biroq uzoq va muntazam taʼsirning oqibati yomon boʻlishi mumkin.

Odatiy avtomobillardan elektromobillarning farqi shundaki, ularning uzatma simlari orqali katta kuchga ega (yuzlab ampergacha) tok oqadi va oʻz-oʻzidan shunga mos kuchdagi elektromagnit maydonini hosil qiladi. Quvvatlash qurilmasi ham zararli nurlar tarqatuvchisi, shu bois uning yaqinida turmagan maʼqul.

Shu bilan birga, asosiy nurlanish manbalari davriy, yaʼni tanaffus bilan ishlovchi anʼanaviy avtomobillarga qaraganda, elektromobillarda bu tizimlar harakat davomida doimiy faol boʻlib, uzluksiz elektromagnit taʼsirini hosil qiladi.

Fan-texnologiya

12.08.2025, 16:09

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Oʻzbekiston 7 oyda 80,5 million dollarlik shaftoli eksport qilgan

Oʻzbekiston 2025 yilning yanvar-iyul oylarida eng koʻp shaftoli eksport qilgan davlatlar roʻyxatida Rossiya birinchi oʻrinda turibdi. 

Iqtisodiyot

05.09.2025, 09:02

Britaniyada yoz faslida 3 081 ta namoyish boʻlib oʻtdi, koʻpchiligi — Falastinni qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkazildi

Soʻnggi ikki yil ichida Britaniyadagi namoyishlar soni uch baravardan koʻproq oshgan.

Jahon

04.09.2025, 21:36

Qamchiq dovonidagi tirbandlik qachon hal etiladi?

Qamchiq dovonidagi A-373 yoʻlining 119–121 km qismida rekonstruksiya ishlari boshlanib, sement-beton qoplama qoʻyilishi kerak edi. Lekin oradan uch yil oʻtib ham ishlar oxiriga yetmayapti.

Oʻzbekiston

04.09.2025, 20:31

Toshkentdagi «turizm koʻchalari» uchun alohida avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

Poytaxt hokimligi Toshkent shahrida tashkil etilgan «turizm koʻchalari»ni bogʻlovchi tungi vaqtda harakatlanadigan jamoat transportini yoʻlga qoʻyishni nazarda tutuvchi qarorni qabul qildi.

Oʻzbekiston

04.09.2025, 19:26

Qarshi, Margʻilon va Nukusda energiya oʻgʻirliklari aniqlandi

Respublikaning turli hududlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda. 

Oʻzbekiston

04.09.2025, 18:26

Samarqandda mukofot jamgʻarmasi 855 ming AQSh dollari boʻlgan shaxmat turniri boshlandi

3-15 sentabr kunlari Samarqandda “Grand Swiss 2025” xalqaro shaxmat turniri boʻlib oʻtadi. Mazkur nufuzli musobaqa shveysarcha tizimda 11 tur davomida oʻtkaziladi.

Sport

04.09.2025, 17:28

Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi: Isroil 20 kunda 1100 falastinlikni oʻldirdi

Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʻra, 13 avgustdan buyon Isroil armiyasi tomonidan amalga oshirilgan havo va artilleriya zarbalari natijasida kamida 1100 falastinlik halok boʻldi. Shuningdek, 6000 dan ortiq kishi turli darajada tan jarohati olgan.

Jahon

04.09.2025, 16:26

Yangi xalqaro aeroport uchun Toshkent viloyati tumanlaridan qancha yer maydoni ajratilishi maʼlum boʻldi

Yangi xalqaro aeroport qurilishi uchun Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq hamda Quyi Chirchiq tumanlaridan jami 1309,76 gektar yer maydoni ajratilishi rejalashtirilmoqda.

Oʻzbekiston

04.09.2025, 15:44

Toshkentda “apk” viruslari orqali fuqarolarning pullarini oʻgʻirlagan jinoiy guruh qoʻlga olindi

Maxsus reyd chogʻida aniqlanishicha, guruh aʼzolari Android qurilmalari uchun “apk” virusli dasturlar ishlab chiqib, ularni fuqarolarga yuborgan.

Oʻzbekiston

04.09.2025, 15:22

Yoʻl bezoriligi sodir etgan va mashinani mast holatda boshqargan shaxslar profilaktik hisobga olinadi

«Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida»gi qonunga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Oʻzbekiston

04.09.2025, 14:56

1 kilo palov tayyorlash xarajatlari qaysi hududda arzonga tushishini bilasizmi?

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra eng qimmat palov Toshkent shahrida, eng arzoni Qoraqalpogʻistonda tayyor boʻladi.

Iqtisodiyot

04.09.2025, 14:23

Kitob oʻqigan mahbuslarning jazosini 30 kungacha kamaytiradigan qonun tasdiqlandi

Qonunchilikka kiritilayotgan ushbu oʻzgartirishlar bugungi kunda jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan 13,5 mingdan ortiq mahkumlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Oʻzbekiston

04.09.2025, 13:54