Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi: Isroil 20 kunda 1100 falastinlikni oʻldirdi

Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʻra, 13 avgustdan buyon Isroil armiyasi tomonidan amalga oshirilgan havo va artilleriya zarbalari natijasida kamida 1100 falastinlik halok boʻldi. Shuningdek, 6000 dan ortiq kishi turli darajada tan jarohati olgan.

Jahon

04.09.2025, 16:26

Ulashish:

Vazirlik rahbari Munir al-Burshning aytishicha, zarbalar avvalo Jabaliya al-Balad va Nezle hududlaridan boshlangan, keyin esa Shayx Rizvan, Az-Zaytun va Sabra mahallalari tomonga kengaygan. Hujumlar Al-Ahli shifoxonasi atrofiga ham yetib borgan.

Al-Burshning taʼkidlashicha, minglab turar-joy binolari vayron qilingan, tibbiy muassasalarga ham zarba berilgan. Jumladan, Shayx Rizvan klinikasi va bir nechta tez yordam mashinalari yoʻq qilingan. Bu esa aholining tibbiy yordamga boʻlgan ehtiyojini yanada ortishiga olib kelgan.

Uning soʻzlariga koʻra, falastinliklarning minglab oilalari uylarini tark etishga majbur boʻlgan. Shu bilan birga, mahalliy aholi katta oziq-ovqat va dori-darmon tanqisligida qolmoqda. 

“Okkupant Isroil xalqaro hamjamiyatni yolgʻon maʼlumotlar bilan chalgʻitib, tinch aholiga qarshi genotsidni oqlashga urinayotir”, – dedi al-Bursh.

8 avgust kuni Isroilning harbiy-siyosiy kabineti Gʻazo shahrining shimolini bosib olish rejasini maʼqulladi.

Bosh vazir Binyamin Netanyahuning aytishicha, maqsad butun Gʻazo sektori ustidan nazorat oʻrnatishdir.

Isroil OAV maʼlumotlariga koʻra, armiyaga keyingi bosqichga oʻtish buyrugʻi berilgan, biroq sentabrgacha rejaning amalga oshishi ehtimoli past.

Hujjatga koʻra, birinchi bosqichda taxminan 1 million falastinlik janubga siqib chiqariladi, shahar qamal va kuchli havo zarbalariga uchraydi, keyin esa bosib olish boshlanadi. Ikkinchi bosqichda esa Gʻazoning markazidagi qochqinlar lagerlari ustidan nazorat oʻrnatilishi koʻzda tutilgan, ular qattiq vayron boʻlishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Gʻazo sektori 1967 yildan 2005 yilgacha 38 yil mobaynida Isroil okkupatsiyasida boʻlgan. Hozir bu hududda taxminan 2,3 million falastinlik yashaydi va u 18 yildan beri qattiq blokada ostida qolmoqda.

Jahon

04.09.2025, 16:26

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Gʻazo sektoridagi Isroil hujumlari qurbonlari soni 62 895 nafarga yetdi

Soʻnggi bir sutka davomida 76 kishi halok boʻldi.

Jahon

28.08.2025, 16:19

Kanadalik fotomuxbir agentlikni Isroil tashviqotini qoʻllab-quvvatlaganlikda ayblab, Reuters agentligidan ketdi

Kanadalik fotomuxbir agentlikni Isroil tashviqotini qoʻllab-quvvatlaganlikda ayblab, Reuters agentligidan ketdi

2025 yil 26 avgustda kanadalik fotojurnalist Valeri Zink sakkiz yillik mustaqil muxbirlikdan soʻng Reuters agentligini tark etishini eʼlon qildi.

Jahon

28.08.2025, 16:13

Erdoʻgʻan: “Turkiya Gʻazoda inson huquqlari va adolatni himoya qiladi”

Rajab Toyyib Erdoʻgʻan Malazgirt gʻalabasining 954 yilligiga bagʻishlangan tadbirda nutq soʻzladi.

Jahon

27.08.2025, 16:26

Gʻazodagi ocharchilik boʻyicha hisobotdan soʻng: AQSh sukutda, Isroil esa bu hisobotni rad etmoqda

Gʻazodagi ocharchilik boʻyicha hisobotdan soʻng: AQSh sukutda, Isroil esa bu hisobotni rad etmoqda

BMT qoʻllab-quvvatlagan oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha ekspertlar komissiyasi Gʻazoda ocharchilik borligini aniqladi. Yevropaning koʻplab davlatlari bunga keskin munosabat bildirdi, biroq AQSh (Isroilning asosiy ittifoqchisi) deyarli jim qoldi. Oq uy va Davlat departamenti hisobotni izohlashmadi. Hisobotda ocharchilikning asosiy sababi sifatida Isroilning yordamga qoʻygan cheklovlari tilga olindi.

Jahon

25.08.2025, 15:00

Jahon musulmon ulamolari Turkiyada yigʻildi

Jahon musulmon ulamolari Turkiyada yigʻildi

Kecha, 22 avgust kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Jahon musulmonlari ittifoqi va Turkiyadagi Islom ulamolari jamgʻarmasi tomonidan 8 kunlik “Gʻazo konferensiyasi” boshlandi. Bu haqda Anadolu AA xabar berdi.

Jahon

23.08.2025, 12:45

Isroil Gʻazoni toʻliq bosib olish operatsiyasini boshladi

Isroil armiyasi 360 kvadrat kilometr maydonga ega va 2 milliondan ortiq aholi yashaydigan Gʻazo sektori hududining taxminan 75 foizini bosib oldi.

Jahon

21.08.2025, 12:05

So‘nggi yangiliklar

Britaniyada yoz faslida 3 081 ta namoyish boʻlib oʻtdi, koʻpchiligi — Falastinni qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkazildi

Soʻnggi ikki yil ichida Britaniyadagi namoyishlar soni uch baravardan koʻproq oshgan.

Jahon

04.09.2025, 21:36

Qamchiq dovonidagi tirbandlik qachon hal etiladi?

Qamchiq dovonidagi A-373 yoʻlining 119–121 km qismida rekonstruksiya ishlari boshlanib, sement-beton qoplama qoʻyilishi kerak edi. Lekin oradan uch yil oʻtib ham ishlar oxiriga yetmayapti.

Oʻzbekiston

04.09.2025, 20:31

Toshkentdagi «turizm koʻchalari» uchun alohida avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

Poytaxt hokimligi Toshkent shahrida tashkil etilgan «turizm koʻchalari»ni bogʻlovchi tungi vaqtda harakatlanadigan jamoat transportini yoʻlga qoʻyishni nazarda tutuvchi qarorni qabul qildi.

Oʻzbekiston

04.09.2025, 19:26

Qarshi, Margʻilon va Nukusda energiya oʻgʻirliklari aniqlandi

Respublikaning turli hududlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda. 

Oʻzbekiston

04.09.2025, 18:26

Samarqandda mukofot jamgʻarmasi 855 ming AQSh dollari boʻlgan shaxmat turniri boshlandi

3-15 sentabr kunlari Samarqandda “Grand Swiss 2025” xalqaro shaxmat turniri boʻlib oʻtadi. Mazkur nufuzli musobaqa shveysarcha tizimda 11 tur davomida oʻtkaziladi.

Sport

04.09.2025, 17:28

Yangi xalqaro aeroport uchun Toshkent viloyati tumanlaridan qancha yer maydoni ajratilishi maʼlum boʻldi

Yangi xalqaro aeroport qurilishi uchun Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq hamda Quyi Chirchiq tumanlaridan jami 1309,76 gektar yer maydoni ajratilishi rejalashtirilmoqda.

Oʻzbekiston

04.09.2025, 15:44

Toshkentda “apk” viruslari orqali fuqarolarning pullarini oʻgʻirlagan jinoiy guruh qoʻlga olindi

Maxsus reyd chogʻida aniqlanishicha, guruh aʼzolari Android qurilmalari uchun “apk” virusli dasturlar ishlab chiqib, ularni fuqarolarga yuborgan.

Oʻzbekiston

04.09.2025, 15:22

Yoʻl bezoriligi sodir etgan va mashinani mast holatda boshqargan shaxslar profilaktik hisobga olinadi

«Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida»gi qonunga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Oʻzbekiston

04.09.2025, 14:56

1 kilo palov tayyorlash xarajatlari qaysi hududda arzonga tushishini bilasizmi?

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra eng qimmat palov Toshkent shahrida, eng arzoni Qoraqalpogʻistonda tayyor boʻladi.

Iqtisodiyot

04.09.2025, 14:23

Kitob oʻqigan mahbuslarning jazosini 30 kungacha kamaytiradigan qonun tasdiqlandi

Qonunchilikka kiritilayotgan ushbu oʻzgartirishlar bugungi kunda jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan 13,5 mingdan ortiq mahkumlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Oʻzbekiston

04.09.2025, 13:54

"Paxtakor" besh nafar tarbiyalanuvchisi uchun mashgʻulot kompensatsiyasi oladi

Besh nafar futbolchi bilan birinchi professional shartnomani tuzgan klublar "Paxtakor"ga umumiy hisobda 432 million soʻm miqdoridagi mablagʻni toʻlab berishi belgilandi. 

Sport

04.09.2025, 13:20