Xitoy kemalari Yaponiya nazoratidagi orolga kirib bordi

Xitoyning qirgʻoq qoʻriqlash kemalari 16 noyabr kuni Sharqiy Xitoy dengizidagi Senkaku orollari (xitoycha — Dyaoyuydao) yaqinida, Yaponiya nazoratidagi hududiy suvlarga kirib bordi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Jahon

17.11.2025, 14:24

Ulashish:

Pekin: “Bu hudud Xitoyniki”

Xitoy rasmiylariga koʻra, kemalar Yaponiya nazorati ostida boʻlishiga qaramay, Pekin oʻz hududi deb hisoblaydigan ushbu odam yashamaydigan orollar atrofida “patrullik vazifasini bajargan”. Xitoy bu harakatni “mamlakat huquq va manfaatlarini himoya qilish” deb izohladi.

Tokio va Pekin oʻrtasida keskinlik kuchaymoqda

Hodisa ikki davlat oʻrtasida siyosiy keskinlik ortgan bir paytga toʻgʻri keldi. 7 noyabr kuni Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi parlamentdagi chiqishida agar Xitoy Tayvanga hujum qilsa, Yaponiya harbiy javob qaytarish ehtimolini istisno qilmasligini aytgan edi.

Bu bayonot Pekinning keskin noroziligiga sabab boʻldi. Xitoy Tokio hukumatidan ushbu pozitsiyani qayta koʻrib chiqishni talab qildi va oʻz fuqarolariga Yaponiyaga bormaslikni tavsiya etdi.

Yaponiya “yadrosiz uchlik” tamoyillarini qayta koʻrib chiqishi mumkin

Takaichining maʼlum qilishicha, soʻnggi kunlarda Yaponiya 1967 yilda qabul qilingan uchta “yadrosiz tamoyil”ni qayta koʻrib chiqish masalasini muhokama qilmoqda. Ushbu tamoyillarga koʻra:

  • Yaponiya yadro quroliga egalik qilmaydi,
  • uni ishlab chiqarmaydi,
  • oʻz hududiga olib kirishga ruxsat bermaydi.

Agar Tokio ushbu tamoyillardan biridan voz kechsa, AQSh harbiy kemalariga Yaponiya hududiga yadro qurollarini olib kirish imkoniyati paydo boʻlishi mumkin.

Xitoy–Tayvan yoʻnalishida ham harbiy faollik ortmoqda

Tayvan mudofaa vazirligi 16 noyabr kuni soʻnggi 24 soat ichida orol atrofidagi havo hududi va hududiy suvlarga Xitoyning:

  • 30 ta harbiy samolyoti,
  • 7 ta harbiy kemasi kirganini maʼlum qildi.

Jahon

17.11.2025, 14:24

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Yaponiya va Xitoy oʻrtasidagi siyosiy keskinlik: Tayvan muammosi iqtisodiyotga tahdid solmoqda

Jahonda ketma-ket avj olayotgan nizolar — Rossiya–Ukraina urushi, Isroil–Falastin toʻqnashuvi, Sudandagi qurolli mojaro, Afgʻoniston–Pokiston inqirozi va AQSh–Venesuela keskinliklari — fon boʻlib xizmat qilar ekan, xalqaro sahnada yana bir xatarli nuqta paydo boʻldi: Xitoy va Yaponiya oʻrtasida Tayvan masalasi atrofida kuchayib borayotgan qarama-qarshilik.

Jahon

11.12.2025, 19:14

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda

AQSh raketalarining Janubiy Koreyadan Yaqin Sharqqa koʻchirilishi, ayniqsa, Seulni bezovta qilmoqda.

Jahon

12.03.2026, 11:38

Xitoyning sunʼiy intellekt dasturlari senzura bosimi ostidami?

Xitoyning sunʼiy intellekt (SI) chat-botlari koʻpincha siyosiy savollarga javob berishdan bosh tortadi yoki rasmiy davlat pozitsiyasini takrorlaydi.

Fan-texnologiya

22.02.2026, 09:08

«Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston – Tojikiston» yoʻnalishi boʻylab ilk yuk poyezdi yoʻlga chiqdi

Xitoy va Markaziy Osiyo oʻrtasida yangi transport yoʻlagi ish boshladi. Uning doirasida ilk sinovdagi yuk poyezdi Lanchjoudan Dushanbe shahriga yoʻl oldi.

Iqtisodiyot

20.02.2026, 10:10

Xitoy Afrikadan olib kiriladigan mahsulotlarga bojlarni bekor qiladi

Xitoy Prezidenti Si Szinpinning bayonotiga koʻra, 1 maydan boshlab Afrika qitʼasining deyarli barcha mamlakatlaridan import qilinadigan mahsulotlarga bojni olib tashlaydi. 

Jahon

16.02.2026, 15:19

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45