Xususiylashtirish jarayonlarida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar tanqid qilindi – Senat
Oʻndan ziyod davlat aktivlari qariyb bir yildan buyon auksionda sotilmasa-da, ularning boshlangʻich narxini pasaytirish mexanizmidan foydalanilmagan.
Iqtisodiyot
23.07.2025, 15:07
Ulashish:

Senat kengashining navbatdagi majlisida parlament nazorati doirasida iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish hamda xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi muhokama qilindi.
Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshqargan majlisda iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, davlat mulkini xususiylashtirish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha tizimli islohotlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. Xususan, 2021 - 2024 yillarda ustav fondida davlat ulushi mavjud 500 dan ziyod xoʻjalik jamiyati va davlat unitar korxonalari va 3,4 mingga yaqin koʻchmas mulk obʼektlari xususiylashtirildi. Mingdan ziyod korxona tugatilib, 964 tasi qayta tashkil etildi.
Davlat aktivlarining xususiylashtirilishi natijasida qariyb 36 ming yangi ish oʻrni yaratildi. Tadbirkorlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar samarasi oʻlaroq 50 dan ortiq davlat xizmati xususiy sektorga berildi.
2024 yilning noyabr oyida ilk bor “Xalqchil IPO” dasturi doirasida Respublika tovar-xomashyo birjasining 3 milliondan ortiq aksiyasi aholiga sotilib, 11 mingga yaqin kishi aksiyadorga aylandi.
Bank tizimini isloh qilish strategiyasi doirasida 3 bankning xususiylashtirilgani va 8 ta yangi xususiy bank tashkil etilgani hisobiga davlat banklarining umumiy aktivlardagi ulushi 85 foizdan 65 foizga qisqardi.
Senatorlar xususiylashtirish boʻyicha hududlar va tarmoqlarda foydalanilmayotgan imkoniyatlar, boʻsh turgan joylarni iqtisodiy aktivga aylantirish, auksionga qoʻyilgan tayyor binolarni sotishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga ham eʼtibor qaratdi. Jumladan, vazirlik, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tasarrufidagi ayrim boʻsh turgan bino va inshootlar ommaviy savdolarga chiqarilmagan. Oʻndan ziyod davlat aktivlari qariyb bir yildan buyon auksionda sotilmasa-da, ularning boshlangʻich narxini pasaytirish mexanizmidan foydalanilmagan.
Hududning ixtisoslashuvi, kommunikatsiya oʻtkazish imkoniyati oʻrganilmasdan tadbirkorlik faoliyati uchun auksionga chiqarilgan 1,9 ming gektarga yaqin yer maydonlari qariyb 1 yildan buyon sotilmagan.
Ijtimoiy daftarlarga kiritilgan ishsiz aholining bandligini taʼminlagan tadbirkorlik subʼektlariga davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga berish boʻyicha joriy etilgan imtiyozlardan deyarli foydalanilmagan.
2024 yilda ayrim viloyatlarda davlat koʻchmas mulk obʼektlarini sotishdan tushgan mablagʻlar toʻliq viloyat byudjetiga oʻtkazilib, obʼekt joylashgan tuman (shahar) byudjetiga ajratmalar amalga oshirilmagan.
Majlisda xususiylashtiriladigan va ijaraga beriladigan davlat mulki, uni sotib olish boʻyicha yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida aholi hamda tadbirkorlarni keng xabardor qilish, targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish masalalariga yetarli darajada eʼtibor qaratilmayotgani tanqid qilindi. Bu borada hokim yordamchilarining masʼuliyatini oshirish muhimligi qayd etildi.
Bundan tashqari, xalq deputatlari mahalliy kengashlariga iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va davlat mulkini xususiylashtirish boʻyicha belgilangan vazifalar bajarilishini monitoring qilish, munitsipal mulkni xususiylashtirish holati toʻgʻrisida masʼul idoralarning hisobotlarini sessiyalarda eshitish va tegishli choralar belgilash yuzasidan tavsiyalar berildi.
Iqtisodiyot
23.07.2025, 15:07
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

«Toshturma» hududida nima qurilmoqda?
Oʻzbekiston
07.11.2025, 09:11

Senat raisi: fuqarolarning mehnat huquqlarini taʼminlashga qaratilgan qonunchilik takomillashmoqda
Oʻzbekiston
11.09.2025, 13:20

Senat qoʻmitalarida sunʼiy intellekt hamda rieltorlik faoliyatiga oid qonunlar koʻrib chiqildi
Oʻzbekiston
11.09.2025, 10:04

Senatorlar joriy yilning birinchi yarmida 85 qonunni koʻrib chiqdi
Siyosat
03.08.2025, 14:25

Tanzila Norboyeva deputatlar nega hokimlarga qarshi gapirmayotganiga qiziqdi
Oʻzbekiston
02.08.2025, 13:27

Senat chiqindi qarzdorligi sababli elektrga toʻlov qilolmaslik mexanizmini tanqid qildi
Siyosat
24.07.2025, 10:02
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17

Klaviaturadagi “F” va “J” tugmalari nega boʻrtma?
Fan-texnologiya
18.03.2026, 12:44

Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
Ta'lim
18.03.2026, 11:20

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti sanasi boʻyicha dastlabki maʼlumot eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
18.03.2026, 10:06

Ombudsman koʻmagida fuqaro ishga tiklandi va 21,3 mln soʻm undirildi
Oʻzbekiston
18.03.2026, 09:46

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi
Madaniy
17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 10:18

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?
Jahon
16.03.2026, 13:52
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
