1 noyabrdan Oʻzbekistonda qanday oʻzgarishlar boʻladi?

2025 yil 1 noyabrdan boshlab mamlakatda bir qator muhim yangiliklar va huquqiy oʻzgarishlar amalga kiritiladi. Jumladan, fuqarolardan endi qagʻoz hujjat talab qilinmaydi. Maʼlumotlar davlat maʼlumotlar bazalari orqali avtomatik tekshiriladi.

Ulashish:

Ishsizlik nafaqasi tartibi oʻzgaradi

– Endi ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarga toʻlanadi.
– Soʻnggi 5 yil ichida kamida 18 oy rasmiy ishlagan fuqarolar, shartnoma bekor qilinganidan keyin 6 oy ichida murojaat qilsalar, nafaqa olish huquqiga ega boʻladi.
– Nafaqa miqdori:

  • 1-oyda — oʻrtacha ish haqining 75 foizi,
  • 2-3-oylarda — 50 foizi miqdorida toʻlanadi.

 Yakka tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilganlar uchun maxsus huquqiy rejim

– Bu tizim 2030 yil 31 dekabrgacha amal qiladi.
– “Elektron hamyon”, QR-kod va “tap to pay” texnologiyalari joriy etiladi.
– Barcha hisob-kitoblar, soliq va bank xizmatlari raqamli platforma orqali amalga oshiriladi.

 Davlat apparatida optimallashtirish amalga oshiriladi

– 2141 ta shtat birligi qisqartiriladi, shundan:

  • 1863 ta — byudjet tashkilotlarida,
  • 278 ta — byudjetdan tashqari jamgʻarmalarda.

    – Bu orqali byudjet xarajatlari qisqartiriladi, davlat boshqaruvida samaradorlik oshiriladi.

 Raqamli davlat xizmatlari kengayadi

– Fuqarolardan endi qagʻoz hujjat talab qilinmaydi.
– Maʼlumotlar davlat maʼlumotlar bazalari orqali avtomatik tekshiriladi.
– Bank va toʻlov tizimlari orqali xizmat koʻrsatish imkoniyatlari kengaydi.

 Qishloq xoʻjaligi va eksport sohasida yangiliklar

– Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini jismoniy shaxslardan naqd pulga sotib olishda elektron dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
– Avtomobilga gaz ballon oʻrnatilganda transport vositasini qayta roʻyxatdan oʻtkazish shart emas.

Oʻzbekiston

31.10.2025, 18:18

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

«Doʻstlik» chegara punktida katta reyd boshlandi

Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi (MXDQ) «Doʻstuk – Avtodorojniy» chegara punktida joylashgan valyuta ayirboshlash shoxobchalarida keng koʻlamli tintuvlar oʻtkazdi. Natijada koʻplab noqonuniy faoliyat yuritayotgan punktlar aniqlandi.

Jahon

31.10.2025, 15:59

Sunʼiy intellekt loyihalariga 100 million dollar ajratiladi

Prezidentning yangi qaroriga koʻra, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 2026–2027 yillarda sunʼiy intellekt loyihalarini moliyalashtirishga  100 mln dollar yoʻnaltiriladi. Shundan 50 mln dollar — davlat tashkilotlariga AI texnologiyalarini joriy etish uchun begʻaraz berishga, 50 mln dollar — “IT Park Ventures” va “Fondlar fondi” venchur jamgʻarmalari ustav kapitaliga qoʻshiladi.

Fan-texnologiya

31.10.2025, 14:11

Svalbard Butunjaxon urugʻ omboriga Oʻzbekiston ekin urugʻlari qoʻshildi

Arktikada joylashgan Svalbard Butunjaxon urugʻ omboriga 20 dan ortiq anʼanaviy oʻzbek ekinlarining — qovun, tarvuz, pomidor, qalampir, baqlajon, sabzi, piyoz va bugʻdoy urugʻlari namunalari topshirildi.

Oʻzbekiston

31.10.2025, 10:28

Mirziyoyev YuNESKOning 43-sessiyasida qator xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

30 oktabr kuni Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan YuNESKOning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha 43-sessiyasida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻz chiqishida taʼlim, fan, madaniyat va inson salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan qator xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi.

Siyosat

31.10.2025, 10:13

AQSh qochqinlar qabul qilish limitini keskin qisqartirmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp yangi farmonga koʻra mamlakatga qabul qilinadigan qochqinlar sonini keskin qisqartiradi. Yangi limit yillik 125 ming nafardan 7500 nafarga tushirildi. Bu 1980 yildan beri qochqinlar dasturida kuzatilgan eng past koʻrsatkich hisoblanadi.

Jahon

31.10.2025, 09:57

Pokiston va Afgʻoniston sulhni davom ettirishga kelishib oldi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Pokiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi muzokaralar natijalari boʻyicha rasmiy bayonot eʼlon qildi. Turkiya va Qatar vositachiligida oʻtgan uchrashuvda tomonlar tinchlikni taʼminlash hamda kelishuvni amalga oshirish boʻyicha yangi mexanizmlar ishlab chiqildi.

Jahon

31.10.2025, 09:17

Isitish mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli boʻyicha baʼzaviy meʼyor 5 barobarga oshiriladi

Prezident qaroriga muvofiq, 2025/2026 yilgi kuz-qish mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli uchun “bazaviy meʼyor” sezilarli darajada oshiriladi. Noyabr - fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha, mart - oktabrda esa har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy meʼyor” belgilandi.

Oʻzbekiston

30.10.2025, 17:05

Angrenda qaynonasi va erini oʻldirgan ayol 12 yilga qamaldi

Angren shahrida sodir boʻlgan shafqatsiz jinoyat yuzasidan sud hukmi eʼlon qilindi. Maʼlumotlarga koʻra, bir ayol oʻz qaynonasi va erini oʻldirgani uchun javobgarlikka tortildi. Sud qaroriga koʻra, u 12 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.

Oʻzbekiston

30.10.2025, 14:21

Yangi aeroport qurilishi uchun aholi uylari buziladimi?

Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlari tutash hududida bunyod etilayotgan Yangi Toshkent xalqaro aeroporti loyihasi doirasida ayrim aholi xonadonlari hamda bino-inshootlarni buzish rejalashtirilgani maʼlum qilindi.

Oʻzbekiston

30.10.2025, 12:33

Prezidentning tegishli farmonlari bilan tayinlovlar amalga oshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining tegishli farmonlari bilan bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

30.10.2025, 10:51

Quruq vaʼda: 1 yildan buyon gazlashtirilmagan xonadonlarga imtiyoz berish tartibi ishlab chiqilmayapti

2024 yil oktabr oyida energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov gaz taʼminotiga ulanmagan hovlisi bor uy-joylar uchun ham elektr energiyasi tarifiga 50 foizlik chegirma berilishi va bu 2025  yil 1 yanvardan joriy etilishi rejalashtirilayotganini aytgandi. Biroq oradan 1 yildan koʻproq vaqt oʻtgan boʻlsa-da, mazkur tartib joriy etilmadi.

Oʻzbekiston

30.10.2025, 08:19