Oq shakardan bekor qilingan aksiz soligʻi, uchastkalarni auksionsiz ijaraga olish yoxud 1 oktabrdan nimalar oʻzgardi?
Oʻzbekiston qonunchiligida 2025 yil 1 oktabrdan bir qator oʻzgarishlar kuchga kirdi.
Oʻzbekiston
02.10.2025, 09:53
Ulashish:

Norma.uz portali milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar boʻyicha sharhni taqdim etdi.
Sudyalar uchun kurslar
Sudyalik lavozimlariga nomzodlar Akademiyaning olti oylik kasbiy qayta tayyorlash kurslarida davlat granti asosida sud ixtisosliklari boʻyicha tayyorlash kurslaridan oʻtadilar.
Bunda kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilingan shaxslarning asosiy ish joyi boʻyicha lavozimi saqlanadi, shuningdek, har oyda sudya yordamchisining oylik ish haqi miqdorida stipendiya toʻlanadi.
Investitsiya platformalari va "Tartibga solish qumdoni"
2026 yil 1 oktabrgacha "Tartibga solish qumdoni" maxsus huquqiy rejimida investitsiya platformalaridan quyidagi yoʻnalishlarda foydalanishga ruxsat beriladi:
qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va realizatsiya qilishda;
venchur va pay fondlarini moliyalashtirishda;
kommandit shirkatlarga hissa kiritishda.
Yer qaʼridan foydalanishga ruxsat uchun boʻlib-boʻlib toʻlash
Foydali qazilmalar konlarini ochiq usulda qayta ishlashni tashkil etuvchi tadbirkorlik subʼektlariga yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma berishga oid auksionda toʻlov taklif etilgan summani boʻlib-boʻlib toʻlash imkoni beriladi.
Uchastkalarni auksionsiz ijaraga olish
Tadbirkorlar oʻzlarining bino va inshootlariga tutashgan uchastkalarni, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlari doimiy foydalanishidagi yerlarni (taʼlim va tibbiyot muassasalari huzuridagi uchastkalardan tashqari) ijaraga olishi mumkin.
Ijara quyidagicha amalga oshiriladi:
auksionsiz – toʻgʻridan-toʻgʻri, agar yer tadbirkor obʼekti bilan chegaradosh boʻlsa;
bir kalendar yil muddatiga uzaytirish imkoniyati bilan;
yer soligʻi stavkasining 3 baravarigacha miqdordagi ijara haqi bilan;
Davlat soliq qoʻmitasi nazorati ostidagi shartnomalarni roʻyxatga olishning elektron tizimi orqali.
Xizmat safarlari toʻgʻrisida hisobotlar – yagona platformada
Davlat xizmatchilarining xorijiy va ichki xizmat safarlarini tashkil etish, hisobini yuritish va tahlil qilish "hrm.argos.uz" elektron tizimi tarkibidagi "Xizmat safari" yagona modulida amalga oshiriladi. Bunda:
xizmat safarlarining rejalari va natijalari, geografiyasi, xodimlar soni, shuningdek xarajatlarni onlayn kuzatish imkoni yaratiladi;
muayyan davlat organi faoliyati samaradorligiga xizmat safarlarining bevosita, oraliq va yakuniy taʼsirining monitoringi olib boriladi;
davlat xizmatchilari har bir xorijiy xizmat safarining yakunlari toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi va hisobot asosida uning samaradorligi baholanadi.
Davlat xaridlari uchun sertifikatlangan mebel
Elektron kooperatsiya portali va davlat xaridlari elektron tizimlari operatorlarining "Milliy doʻkon" sahifalarida faqat mahalliy ishlab chiqarilgan tovar haqidagi sertifikatga ega mebel mahsulotlarini joylashtirishga va mazkur sertifikatga ega tadbirkorlik subʼektlarining savdolarda ishtirok etishiga ruxsat beriladi.
Pensiyalarni tayinlash va toʻlash tartib-taomillarining raqamlashtirilishi
AT "Xalq banki"ning davlat pensiya taʼminoti va naqd shaklda pensiyalarni toʻlash bilan bogʻliq xizmatlari fuqarolarning biometrik identifikatsiyasi (Face-ID) va elektron raqamli imzosi orqali koʻrsatiladi. Bunda:
Adliya vazirligi Pensiya jamgʻarmasi va AT "Xalq banki"ning elektron soʻrovi asosida fuqarolarning biometrik identifikatsiyasi boʻyicha maʼlumotlarni bepul taqdim etadi;
biometrik identifikatsiya asosida koʻrsatiladigan xizmatlarni joriy etish uchun foydalaniladigan qurilmalarni sotib olish bilan bogʻliq xarajatlar Pensiya jamgʻarmasi va AT "Xalq banki" hisobidan moliyalashtiriladi.
Shuningdek fuqarolarga pensiyalarni tayinlashda amaliy yordam koʻrsatish, xususan staj va ish haqi boʻyicha elektron maʼlumotlardagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha xizmat ishga tushiriladi.
Oq shakar – aksiz soligʻisiz
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan hidlantiruvchi yoki boʻyoqchi qoʻshimchalar boʻlmagan oq shakardan aksiz soligʻi bekor qilinadi.
Kimga "Yashil sertifikat" beriladi
Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifalariga mansub faoliyat turlari texnologik jarayonlari amaldagi "Yashil sertifikat"ga ega boʻlishi kerak.
Amaldagi "Yashil sertifikat"ning mavjudligi Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan, texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi majburiy tasdiqlanishi lozim boʻlgan mahsulotga muvofiqlik sertifikati berish uchun majburiy hisoblanadi.
2026 yil iyulgacha texnologik jarayonlarni ekologik sertifikatlashtirish haqida shartnoma tuzgan xoʻjalik subʼektlari uchun sertifikatlashtirish ishlari bepul amalga oshiriladi.
Tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish – "Yagona darcha" orqali
Tovarlarni olib kirish, olib chiqish va tranzit oʻtkazishga tegishli barcha sertifikat, xulosa va ruxsat hujjatlari faqat "Yagona darcha" bojxona axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi.
Subsidiyalar, grantlar – ijtimoiy karta orqali
Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan fuqarolarga pul shaklida beriladigan subsidiya, grant va ssudalar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali taqdim etiladi.
Oʻzbekiston
02.10.2025, 09:53
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Oʻzbekistonliklarni bortga chiqarmay kamsitgan WizzAir haqida kanadalik xonanda qoʻshiq kuyladi
Oʻzbekiston
22.10.2025, 12:24

Mubashshir Ahmad 2 yil 6 oyga qamaldi
Oʻzbekiston
08.10.2025, 17:56

Oʻzbekistonda raqamlashtirish tufayli vazirlik va idoralarida 2000 dan ortiq shtat birligi qisqartiriladi
Siyosat
08.10.2025, 12:00

Fargʻonada IIB xodimlari maktab direktorini kaltaklab, yolgʻon guvohlik berishga majburladi
Oʻzbekiston
06.10.2025, 12:59

Toshkentda yerusti metro bekatlarining qayta ochilishi 1 noyabrgacha kechiktirildi
Oʻzbekiston
13.10.2025, 14:46

Tayvandagi aeroport eng samimiy aeroport deb topildi
Jahon
06.10.2025, 16:40
So‘nggi yangiliklar

1 noyabrdan Oʻzbekistonda qanday oʻzgarishlar boʻladi?
Oʻzbekiston
31.10.2025, 18:18

«Doʻstlik» chegara punktida katta reyd boshlandi
Jahon
31.10.2025, 15:59

Sunʼiy intellekt loyihalariga 100 million dollar ajratiladi
Fan-texnologiya
31.10.2025, 14:11

Svalbard Butunjaxon urugʻ omboriga Oʻzbekiston ekin urugʻlari qoʻshildi
Oʻzbekiston
31.10.2025, 10:28

Mirziyoyev YuNESKOning 43-sessiyasida qator xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi
Siyosat
31.10.2025, 10:13

AQSh qochqinlar qabul qilish limitini keskin qisqartirmoqda
Jahon
31.10.2025, 09:57

Pokiston va Afgʻoniston sulhni davom ettirishga kelishib oldi
Jahon
31.10.2025, 09:17

Isitish mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli boʻyicha baʼzaviy meʼyor 5 barobarga oshiriladi
Oʻzbekiston
30.10.2025, 17:05
Angrenda qaynonasi va erini oʻldirgan ayol 12 yilga qamaldi
Oʻzbekiston
30.10.2025, 14:21

Yangi aeroport qurilishi uchun aholi uylari buziladimi?
Oʻzbekiston
30.10.2025, 12:33

Prezidentning tegishli farmonlari bilan tayinlovlar amalga oshirildi
Oʻzbekiston
30.10.2025, 10:51

Quruq vaʼda: 1 yildan buyon gazlashtirilmagan xonadonlarga imtiyoz berish tartibi ishlab chiqilmayapti
Oʻzbekiston
30.10.2025, 08:19
Mashhur yangiliklar

Oʻzbekistonliklarni bortga chiqarmay kamsitgan WizzAir haqida kanadalik xonanda qoʻshiq kuyladi
Oʻzbekiston
22.10.2025, 12:24

Mubashshir Ahmad 2 yil 6 oyga qamaldi
Oʻzbekiston
08.10.2025, 17:56

Oʻzbekistonda raqamlashtirish tufayli vazirlik va idoralarida 2000 dan ortiq shtat birligi qisqartiriladi
Siyosat
08.10.2025, 12:00

Fargʻonada IIB xodimlari maktab direktorini kaltaklab, yolgʻon guvohlik berishga majburladi
Oʻzbekiston
06.10.2025, 12:59

Toshkentda yerusti metro bekatlarining qayta ochilishi 1 noyabrgacha kechiktirildi
Oʻzbekiston
13.10.2025, 14:46

Tayvandagi aeroport eng samimiy aeroport deb topildi
Jahon
06.10.2025, 16:40
