«Doʻstlik» chegara punktida katta reyd boshlandi

Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi (MXDQ) «Doʻstuk – Avtodorojniy» chegara punktida joylashgan valyuta ayirboshlash shoxobchalarida keng koʻlamli tintuvlar oʻtkazdi. Natijada koʻplab noqonuniy faoliyat yuritayotgan punktlar aniqlandi.

Jahon

31.10.2025, 15:59

Ulashish:

Chegara punktidagi 116 ta ayirboshlash shoxobchasidan 84 tasi litsenziyasiz faoliyat yuritgan. Avvalroq, Qirgʻiziston MXDQ va Markaziy bankning Osh boʻlimi tomonidan qonunbuzarlarga 17,5 ming som miqdorida jarima solingan, biroq ular faoliyatni davom ettirgan.

Shu sababli MXDQ Jinoyat kodeksining 218-moddasi, 2-qismi («Yirik miqyosda daromad olish bilan bogʻliq noqonuniy tadbirkorlik va bank faoliyati») boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatdi.

Tintuvlar davomida turli valyutadagi katta miqdorda naqd pullar musodara qilingan:
66,49 million som,
941 ming AQSh dollari,
3,635 milliard oʻzbek soʻmi,
3,53 million tenge,
66,73 million rubl,
170 somoni,
29,89 ming turk lirasi,
23,36 ming yevro,
53,92 ming yuan.

Hozirda barcha ayirboshlash shoxobchalari yopildi va muhrlandi.
MXDQ maʼlumotga koʻra, tergov harakatlari davom etmoqda, ish natijalariga koʻra huquqiy baho beriladi.

Jahon

31.10.2025, 15:59

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Myunxen Olimpiadasi: sport tarixidagi qora kun

1972 yilgi Myunxen Olimpiya oʻyinlari sport tarixidagi eng fojeali sahifalardan biri hisoblanadi.

Sport

05.03.2026, 14:47

Minglab oʻzbekistonliklar Yaqin Sharqdan evakuatsiya qilindi

Yaqin Sharqda harbiy keskinlik kuchaygani sababli 28 fevraldan boshlab bir qator xalqaro aviareyslar toʻxtatildi. Bu esa minglab Oʻzbekiston fuqarolarining chet elda qolib ketishiga sabab boʻldi.

Oʻzbekiston

05.03.2026, 12:56

Elektromobil batareyalari iqlim oʻzgarishiga tayyormi?

Global isish elektromobillar batareyalarining tezroq eskirishiga olib kelishi mumkin. Bu esa elektromobil sotib olishni rejalashtirayotgan koʻplab odamlarda shubha uygʻotmoqda.

Iqtisodiyot

05.03.2026, 11:01

Arab davlatlari Eronga qarshi urushga kiradimi?

Bugungi asosiy savol — oʻz hududlariga raketa va dronlar tushayotgan bir sharoitda, arab davlatlari Eronga qarshi ochiq urushga kirishadimi yoki neytral pozitsiyani saqlab qoladimi?

Jahon

05.03.2026, 09:23

Dubay xalqaro aeroportidagi uzilishlar iqtisodiyotga jiddiy zarba bermoqda

Dubay iqtisodiyoti har daqiqada qariyb 1 million dollar miqdorida zarar koʻrmoqda.

Iqtisodiyot

04.03.2026, 16:47

Ayollar koloniyasidagi mahkumalar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

Koloniyaga mutaxassis shifokorlar jalb etilib mahkumalar hamda ularning uch yoshgacha boʻlgan farzandlari toʻliq tekshiruvdan oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 15:05

“ChatGPTdan voz keching” – OpenAI modellariga boykot avj olmoqda

AQSh hukumati va sunʼiy intellekt kompaniyalari oʻrtasidagi kelishmovchilik ortidan OpenAI’ga qarshi boykot harakati kuchaymoqda. 

Jahon

04.03.2026, 13:11

Homilador talabalarga “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi

2026/2027 oʻquv yilidan homilador talaba-qizlarga yoki 3 yoshgacha boʻlgan farzand tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi talabalarga oliy taʼlim olish uchun “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi.

Ta'lim

04.03.2026, 11:59

Tibbiyot oliygohlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin

Oʻzbekistondagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga talabalarni superkontrakt (oshirilgan toʻlov-kontrakt) asosida qabul qilish tartibi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.

Ta'lim

04.03.2026, 10:02

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni

Prezident farmoniga koʻra, voyaga yetmaganlarga nisbatan ogʻir jinsiy jinoyatlarni qayta sodir etgan shaxslar umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etiladi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 06:16

"Oʻldi"ga chiqarilgan Netanyaxu Berlindan qaytdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu uning oʻlimi haqidagi xabarlardan soʻng jamoatchilikka koʻrinish berdi.

Jahon

03.03.2026, 22:47

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi

Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) 3 mart kuni Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Jahon

03.03.2026, 17:39