6 oy ichida 6 mingdan ortiq shaxs shahvoniy shilqimlik va oiladagi zoʻravonlikda ayblanib, sudlandi

2025 yil boshidan birinchi yarimiga qadar 4952 kishi oiladagi zoʻravonlikda ayblanib maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Bu vaqt ichida 986 kishi shahvoniy shilqimlikda, 99 nafar fuqaro shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi maʼlumotlarni oshkor qilishda ayblangan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.

Ulashish:

6 oy ichida 6 mingdan ortiq shaxs shahvoniy shilqimlik va oiladagi zoʻravonlikda ayblanib, sudlandi

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 59−2-moddasi (Oiladagi (maishiy) zoʻravonlik) bilan 4952 kishi sudlandi, ularning 3200 nafariga jarima jazosi, 1752 nafariga esa maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanilgan.

 

Jinoyat kodeksining 126−1-moddasi (Oiladagi (maishiy) zoʻravonlik) bilan 231 nafar shaxs sudlanib, ularning 65 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 166 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlandi.

 

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41−1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish) bilan 986 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilib, ularning 358 nafariga jarima jazosi, 628 nafariga esa maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanilgan.

 

Bundan tashqari, Jinoyat kodeksining 141−3-moddasi (Shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilish) bilan 99 nafar shaxs sudlanib, ularning 24 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 75 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, 2023 yil 11 aprelda “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolangan edi.

So‘nggi yangiliklar

Samarqandda “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi

Ishlab chiqarish loyihalariga jami 1,1 mlrd AQSh dollari miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb qilinadi.

Iqtisodiyot

05.08.2025, 17:05

Bolalarning haqoratlanishi va oʻldirilishiga kim aybdor?

Bolalarning haqoratlanishi va oʻldirilishiga kim aybdor?

Dunyodagi deyarli har uchinchi oʻquvchi yil davomida kamida bir marta jismoniy zoʻravonlikka uchraydi va bolalarning 10 foizi kiberbulling qurboniga aylanadi.

Oʻzbekiston

05.08.2025, 16:59

Fayzullayev nega Yevrokuboklarda oʻynamayapti?

“Istanbul Bashakshehir” 7 va 13 avgust kunlari Norvegiyaning “Viking” jamoasi bilan ikkita oʻyin oʻtkazadi.

Sport

05.08.2025, 16:11

Soxta DXX xodimi qoʻlga olindi

Soxta DXX xodimi qoʻlga olindi

Toshkentda oʻzini DXX xodimi sifatida tanishtirib,  Namangandagi xususiy korxona nomiga olib kelingan tovarlarni Bojxona qoʻmitasidagi tanishlari orqali bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazib berishni aytgan shaxs ushlandi.

Oʻzbekiston

05.08.2025, 15:34

Tramp Hindistonga nisbatan bojlarni oshirmoqchi

Tramp Hindiston Rossiya neftini katta hajmlarda sotib olishini va bu xom ashyoning katta qismini ochiq bozorda yuqori ustama bilan sotishini taʼkidladi.

Jahon

05.08.2025, 15:09

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida ayrim yuklar uchun “yashil yoʻlak” joriy etishni taklif etilmoqda

Muzokaralar davomida bojxona tartibotlarini soddalashtirish, bojxona axborot tizimlarini uygʻunlashtirish masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston

05.08.2025, 14:06

Shavkat Mirziyoyevga "Hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun" ordeni bilan mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyev yuksak mukofot uchun minnatdorlik bildirib, qardosh turkman xalqini shu kunlarda oʻtayotgan BMT konferensiyasi bilan tabrikladi.

Siyosat

05.08.2025, 13:13

Angrenda yiliga 15 mingta turli quvvatdagi transformatorlar ishlab chiqara oladigan korxona ishga tushirildi

Toshkent viloyatining Angren shahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va Xitoyning “Holley Technology Ltd” MChJ QK oʻrtasida transformator ishlab chiqarish loyihasi foydalanishga topshirildi.

Iqtisodiyot

05.08.2025, 13:07

Iyul oyida rekord darajada “yashil energetika” ishlab chiqarildi

Iyul oyida rekord darajada “yashil energetika” ishlab chiqarildi

Oʻzbekiston iyul oyida quyosh va shamol energiyasidan jami 1 mlrd 246 mln kVt⋅soat energiya ishlab chiqargan. Energetika vazirligining aytishicha, bu elektr energiyasi miqdori boʻyicha yangi rekord  natija.

Iqtisodiyot

05.08.2025, 12:10

Surxondaryoda 81 marta qoida buzgan “uchar” haydovchi ushlandi

Bular orasida tezlikni oshirish, taqiqlangan qizil chiroqlarida harakatlanish va boshqa qaltis qoidabuzarliklar bor.

Oʻzbekiston

05.08.2025, 12:09

Oʻzbekiston AQShdan paxta import qilmoqchi

Oʻzbekiston AQShdan paxta import qilmoqchi

Oʻzbekiston AQSh Qishloq xoʻjaligi vazirligi va AQSh Paxta Assotsiatsiyasi bilan Amerika paxtasini import qilish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. Mazkur kelishuv AQShning  GSM-102 dasturi doirasida amalga oshirilish koʻzda tutilmoqda.

Siyosat

05.08.2025, 11:55