Samarqandda “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi

Ishlab chiqarish loyihalariga jami 1,1 mlrd AQSh dollari miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb qilinadi.

Ulashish:

“Samarqand viloyatida “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori (PQ–243-son, 04.08.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, quyidagilar Nurobod tumanida investitsiya muhitini yanada yaxshilash va sanoatni rivojlantirishning 2025–2030 yillarga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilandi, jumladan:

yuqori texnologiyali zamonaviy va sifatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalariga jami 1,1 mlrd AQSh dollari miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;

yuqori texnologiyali zamonaviy va sifatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish orqali 5,1 ming doimiy ish oʻrinlarini yaratish.

Nurobod tumani Sazagʻon massividagi boʻsh turgan 115,3 gektar yer uchastkasi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududidan chiqariladi va ushbu hududda “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.

Maxsus sanoat zonasini boshqarish uchun “New Vision Investment Development” MChJ xorijiy kompaniyasi tashkil etilgan. 

Shuningdek,maxsus sanoat zonasida ishlab chiqarish binolarini koʻp qavatli (3-4 qavat) qilib qurish nazarda tutilgan.

Iqtisodiyot

05.08.2025, 17:05

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Toshkentda ofisdan 560 ming dollarni oʻmarib ketgan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida oʻgʻrilik jinoyati sodir etildi. Gumonlanuvchilar ofisdan 560 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni oʻgʻirlab chiqib ketgan.

Oʻzbekiston

05.08.2025, 19:17

Ikki viloyatda maishiy chiqindidan elektr energiyasi olinadigan zavodlar qurilishi boshlandi

Samarqand viloyatidagi loyihada 150 mln AQSh dollari, Andijon viloyatidagi loyihada esa 140 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilmoqda.

Iqtisodiyot

05.08.2025, 18:11

Bolalarning haqoratlanishi va oʻldirilishiga kim aybdor?

Bolalarning haqoratlanishi va oʻldirilishiga kim aybdor?

Dunyodagi deyarli har uchinchi oʻquvchi yil davomida kamida bir marta jismoniy zoʻravonlikka uchraydi va bolalarning 10 foizi kiberbulling qurboniga aylanadi.

Oʻzbekiston

05.08.2025, 16:59

Fayzullayev nega Yevrokuboklarda oʻynamayapti?

“Istanbul Bashakshehir” 7 va 13 avgust kunlari Norvegiyaning “Viking” jamoasi bilan ikkita oʻyin oʻtkazadi.

Sport

05.08.2025, 16:11

Soxta DXX xodimi qoʻlga olindi

Soxta DXX xodimi qoʻlga olindi

Toshkentda oʻzini DXX xodimi sifatida tanishtirib,  Namangandagi xususiy korxona nomiga olib kelingan tovarlarni Bojxona qoʻmitasidagi tanishlari orqali bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazib berishni aytgan shaxs ushlandi.

Oʻzbekiston

05.08.2025, 15:34

Tramp Hindistonga nisbatan bojlarni oshirmoqchi

Tramp Hindiston Rossiya neftini katta hajmlarda sotib olishini va bu xom ashyoning katta qismini ochiq bozorda yuqori ustama bilan sotishini taʼkidladi.

Jahon

05.08.2025, 15:09

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida ayrim yuklar uchun “yashil yoʻlak” joriy etishni taklif etilmoqda

Muzokaralar davomida bojxona tartibotlarini soddalashtirish, bojxona axborot tizimlarini uygʻunlashtirish masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston

05.08.2025, 14:06

6 oy ichida 6 mingdan ortiq shaxs shahvoniy shilqimlik va oiladagi zoʻravonlikda ayblanib, sudlandi

6 oy ichida 6 mingdan ortiq shaxs shahvoniy shilqimlik va oiladagi zoʻravonlikda ayblanib, sudlandi

2025 yil boshidan birinchi yarimiga qadar 4952 kishi oiladagi zoʻravonlikda ayblanib maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Bu vaqt ichida 986 kishi shahvoniy shilqimlikda, 99 nafar fuqaro shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi maʼlumotlarni oshkor qilishda ayblangan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.

Oʻzbekiston

05.08.2025, 13:36

Shavkat Mirziyoyevga "Hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun" ordeni bilan mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyev yuksak mukofot uchun minnatdorlik bildirib, qardosh turkman xalqini shu kunlarda oʻtayotgan BMT konferensiyasi bilan tabrikladi.

Siyosat

05.08.2025, 13:13

Angrenda yiliga 15 mingta turli quvvatdagi transformatorlar ishlab chiqara oladigan korxona ishga tushirildi

Toshkent viloyatining Angren shahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va Xitoyning “Holley Technology Ltd” MChJ QK oʻrtasida transformator ishlab chiqarish loyihasi foydalanishga topshirildi.

Iqtisodiyot

05.08.2025, 13:07

Iyul oyida rekord darajada “yashil energetika” ishlab chiqarildi

Iyul oyida rekord darajada “yashil energetika” ishlab chiqarildi

Oʻzbekiston iyul oyida quyosh va shamol energiyasidan jami 1 mlrd 246 mln kVt⋅soat energiya ishlab chiqargan. Energetika vazirligining aytishicha, bu elektr energiyasi miqdori boʻyicha yangi rekord  natija.

Iqtisodiyot

05.08.2025, 12:10