Fayzullayev nega Yevrokuboklarda oʻynamayapti?

“Istanbul Bashakshehir” 7 va 13 avgust kunlari Norvegiyaning “Viking” jamoasi bilan ikkita oʻyin oʻtkazadi.

Sport

05.08.2025, 16:11

Ulashish:

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi yetakchilari – Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev endi hamkorlikda “Istanbul Bashakshehir” jamoasi sharafini himoya qiladi.

Turkiya chempionati hali start olishiga bir necha kun boʻlsa-da, “Bashakshehir” uchun mavsum ertaroq boshlandi. Oʻtgan mavsumda Superligani beshinchi oʻrinda yakunlagan istanbulliklar xalqaro maydonda Turkiya sharafini himoya qilishga kirishdi.

“Istanbul Bashakshehir” UYeFA Konferensiyalar ligasi saralash turniri ikkinchi bosqichida Bolgariyaning “Cherno More” jamoasi bilan ikkita uchrashuvda kuch sinashib, safarda 1:0 va oʻz uyida 4:0 hisobida zafar quchdi.

“Roma”dan keyinchalik toʻliq transfer qilish huquqi bilan ijaraga olingan Eldor Shomurodovning yangi klubidagi dastlabki ikki oʻyini aynan mana shu uchrashuvlarga toʻgʻri keldi.

Shomurodov hozir uchinchi bosqich bahslariga tayyorgarlik koʻrmoqda. “Istanbul Bashakshehir” 7 va 13 avgust kunlari Norvegiyaning “Viking” jamoasi bilan ikkita oʻyin oʻtkazadi.

Oʻzbekistonlik futbol ishqibozlarini boshqa masala qiziqtirmoqda. “Bashakshehir”ga oʻtgani bir necha kun boʻlgan Abbosbek Fayzullayev nega Konferensiyalar ligasi bellashuvlariga jalb qilinmayapti? “Viking” bilan boʻladigan oʻyinda Fayzullayevni maydonda koʻramizmi?

Bu savollarga rossiyalik jurnalist rossiyalik jurnalist Aleksandr Troitskiy oydinlik kiritdi.

- Abbosga 14 avgustga qadar boʻladigan oʻyinlarga taqiq qoʻyilgan. Norvegiyaliklarga qarshi boʻladigan bellashuvlarda ham Fayzullayev oʻynamaydi.

Biz “Istanbul Bashakshehir” musobaqaning keyingi bosqichiga chiqishiga va Abbos bu mavsum Yevrokuboklarda debyutini nishonlashiga umid qilib qolamiz, - deb yozdi Aleksandr Troitskiy.

Fayzullayevning sobiq klubi – SSKAning kommunikatsiyalar boʻyicha direktori Kirill Breydo tez kunlarda “Istanbul Bashakshehir” oʻzbek futbolchisi transferi boʻyicha toʻlovlarni oxiriga yetkazishini maʼlum qildi.

- Abbos Fayzullayevning transferi boʻyicha klubni qoniqtiradigan moliyaviy kafolatlar biz uchun juda muhim edi va muzokaralar shundan kelib chiqib oʻtkazildi. Tez orada “Istanbul Bashakshehir” SSKA bilan transfer boʻyicha toʻliq hisob-kitob qiladi. Biz Abbosga muvaffaqiyat va futboldagi orzulari roʻyobini koʻrishini tilaymiz.

Abbosning ketgani hujum chizigʻini kuchaytirish uchun qidiruv boshlashimizga sabab boʻldi. Ommaviy axborot vositalarida tarqatilayotgan nomlardan qaysidir biri  toʻgʻri, boshqalari xato berilyapti. Ayrim muzokaralarda ancha oldinga siljish bor, baʼzilari sekin ketyapti. Nomzodlardan bir nechtasi haqidagi maʼlumotlarni matbuotga sizishining oldi olindi. Lekin hujum kuchaytirilishi aniq, - dedi Kirill Breydo.

Abbosbek Fayzullayev transferi uchun “Istanbul Bashakshehir” 7,5 million yevro badal puli toʻlashi kelishilgan. Bundan tashqari legionerimiz natijalariga qarab, ikki yarim million yevro bonus ham koʻzda tutilgan.

Turk klubi Fayzullayevning oʻzi bilan besh yillik shartnoma imzolagan. Ekspertlar “Istanbul Bashakshehir” oʻzbekistonlik hujumkor futbolchi uchun kelajakda Yevropaning top-ligalariga tramplin boʻladi, degan fikrni ilgari surmoqda.

Sport

05.08.2025, 16:11

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Toshkentda ofisdan 560 ming dollarni oʻmarib ketgan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida oʻgʻrilik jinoyati sodir etildi. Gumonlanuvchilar ofisdan 560 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni oʻgʻirlab chiqib ketgan.

Oʻzbekiston

05.08.2025, 19:17

Ikki viloyatda maishiy chiqindidan elektr energiyasi olinadigan zavodlar qurilishi boshlandi

Samarqand viloyatidagi loyihada 150 mln AQSh dollari, Andijon viloyatidagi loyihada esa 140 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilmoqda.

Iqtisodiyot

05.08.2025, 18:11

Samarqandda “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi

Ishlab chiqarish loyihalariga jami 1,1 mlrd AQSh dollari miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb qilinadi.

Iqtisodiyot

05.08.2025, 17:05

Bolalarning haqoratlanishi va oʻldirilishiga kim aybdor?

Bolalarning haqoratlanishi va oʻldirilishiga kim aybdor?

Dunyodagi deyarli har uchinchi oʻquvchi yil davomida kamida bir marta jismoniy zoʻravonlikka uchraydi va bolalarning 10 foizi kiberbulling qurboniga aylanadi.

Oʻzbekiston

05.08.2025, 16:59

Soxta DXX xodimi qoʻlga olindi

Soxta DXX xodimi qoʻlga olindi

Toshkentda oʻzini DXX xodimi sifatida tanishtirib,  Namangandagi xususiy korxona nomiga olib kelingan tovarlarni Bojxona qoʻmitasidagi tanishlari orqali bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazib berishni aytgan shaxs ushlandi.

Oʻzbekiston

05.08.2025, 15:34

Tramp Hindistonga nisbatan bojlarni oshirmoqchi

Tramp Hindiston Rossiya neftini katta hajmlarda sotib olishini va bu xom ashyoning katta qismini ochiq bozorda yuqori ustama bilan sotishini taʼkidladi.

Jahon

05.08.2025, 15:09

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida ayrim yuklar uchun “yashil yoʻlak” joriy etishni taklif etilmoqda

Muzokaralar davomida bojxona tartibotlarini soddalashtirish, bojxona axborot tizimlarini uygʻunlashtirish masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston

05.08.2025, 14:06

6 oy ichida 6 mingdan ortiq shaxs shahvoniy shilqimlik va oiladagi zoʻravonlikda ayblanib, sudlandi

6 oy ichida 6 mingdan ortiq shaxs shahvoniy shilqimlik va oiladagi zoʻravonlikda ayblanib, sudlandi

2025 yil boshidan birinchi yarimiga qadar 4952 kishi oiladagi zoʻravonlikda ayblanib maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Bu vaqt ichida 986 kishi shahvoniy shilqimlikda, 99 nafar fuqaro shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi maʼlumotlarni oshkor qilishda ayblangan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.

Oʻzbekiston

05.08.2025, 13:36

Shavkat Mirziyoyevga "Hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun" ordeni bilan mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyev yuksak mukofot uchun minnatdorlik bildirib, qardosh turkman xalqini shu kunlarda oʻtayotgan BMT konferensiyasi bilan tabrikladi.

Siyosat

05.08.2025, 13:13

Angrenda yiliga 15 mingta turli quvvatdagi transformatorlar ishlab chiqara oladigan korxona ishga tushirildi

Toshkent viloyatining Angren shahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va Xitoyning “Holley Technology Ltd” MChJ QK oʻrtasida transformator ishlab chiqarish loyihasi foydalanishga topshirildi.

Iqtisodiyot

05.08.2025, 13:07

Iyul oyida rekord darajada “yashil energetika” ishlab chiqarildi

Iyul oyida rekord darajada “yashil energetika” ishlab chiqarildi

Oʻzbekiston iyul oyida quyosh va shamol energiyasidan jami 1 mlrd 246 mln kVt⋅soat energiya ishlab chiqargan. Energetika vazirligining aytishicha, bu elektr energiyasi miqdori boʻyicha yangi rekord  natija.

Iqtisodiyot

05.08.2025, 12:10