Afgʻoniston Yaqin Sharq geosiyosiy shaxmat taxtasida

2025 yilning 13 iyunidan 24 iyunigacha davom etgan Isroil va Eron oʻrtasidagi "12 kunlik urush" Yaqin Sharqdagi chalkash geosiyosiy vaziyatni, mintaqaviy yetakchilik uchun shiddatli raqobatni va mintaqa davlatlari uchun aniq bir tomonni tanlashning muhimligini yaqqol namoyon etdi. Yaqin Sharq oʻziga xos va shaxmat taxtasidagi har bir dona nozik ahamiyatga ega boʻlib, kutilmagan yurishlar va manyovrlarga tayyor turish lozim.

Afghanistan on the Geopolitical Chessboard of the Middle East

Xalqaro hamjamiyat eʼtibori mintaqaning bevosita aktorlariga, Gʻazo, Liviya va Suriyaga qaratilgan ushbu xavfli inqiroz sharoitida, mintaqaga nisbatan chetda joylashgan boʻlishiga qaramay, mazkur jarayonlarga tobora koʻproq aralashib borayotgan Afgʻonistonga ham eʼtibor qaratish oʻrinlidir. Isroil va Eron oʻz taʼsir doiralarini ham mafkuraviy, ham strategik jihatdan kengaytirishga intilmoqda. Shu nuqtai nazardan, Janubiy va Markaziy Osiyo, jumladan Afgʻoniston, ayniqsa Eron uchun geosiyosiy raqobatning asosiy maydoniga aylanib bormoqda.

Natijada, Afgʻonistonning geografik va diplomatik oʻrni yana ham strategik ahamiyat kasb etishi mumkin, chunki mintaqaviy kuchlar Eronning sharqdagi taʼsirini muvozanatlashtirishga intilmoqda. Bu raqobat sarmoyalar, savdo yoʻllari, ommaviy axborot vositalari va gumanitar tashabbuslarida namoyon boʻlishi mumkin. Ayni paytda, Afgʻonistonning betarafligi va ichki siyosati hal qiluvchi ahamiyatga ega – ayniqsa, tashqi kuchlar uni bufer hudud yoki keng mintaqaviy kurashning strategik yoʻlagi sifatida koʻrayotgan bir vaqtda.

 

Manfaatlarga asoslangan munosabatlar

 

Dastlab Eron 2021 yilda Kobulda hokimiyatga kelgan Tolibon hukumati bilan rasmiy aloqalar oʻrnatishdan tiyildi. Biroq, keyinchalik u Afgʻoniston bilan bir qator masalalar – xavfsizlik, migratsiya, suv resurslari va terrorizmga qarshi kurash boʻyicha amaliy hamkorlikka oʻtishga majbur boʻldi.

 

Birinchidan, Eronning Suriya, Livan va Falastindagi proksi guruhlarining kuchsizlanishi yoki yoʻq qilinishi Eronni yangi strategik ittifoqchilar, jumladan Afgʻonistonni izlashga majbur etdi. Afgʻoniston Suriya kabi strategik ahamiyatga ega boʻlmasa-da, Isroil bilan yangi mojaro yuz bergan taqdirda koʻngilli harbiy kuchlar yetkazib berish imkoniyatiga ega. Shu bois Eron afgʻon shialarini, xususan "Fotimiyun brigadasi" jangchilarini qayta jalb qilishga harakat qildi. Biroq Tolibon buni qatʼiyan rad etib, oʻz hududida uchinchi davlatlarga harbiy harakatlar oʻtkazish va jangchilarni yollashga ruxsat berish Afgʻoniston suverenitetiga tahdid solishini taʼkidladi. Boshqa tomondan, Tehron bilan yaqinlashuvni Kobulning Yaqin Sharqdagi yetakchi kuchlardan birini de-fakto tan olishga intilishi sifatida baholash mumkin. Bu esa Afgʻoniston tashqi siyosati va diplomatiyasida muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. 2023 yil 7 oktabr kuni Gʻazo sektorida Isroil va HAMAS jangarilari oʻrtasida boshlangan urush Yaqin Sharqdagi geosiyosiy jarayonlarni yanada tezlashtirdi. Eron oʻzini "Islom qalqoni" sifatida koʻrsatib, butun urush davomida HAMASni qoʻllab-quvvatladi. Shu bilan birga, Afgʻoniston Eron bilan birdamligini bildirdi va Falastin xalqini qoʻllab-quvvatladi. 

 

Ikkinchidan, Eron Afgʻoniston bilan iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga intildi. U Xaf-Hirot temir yoʻli va Chobahor porti kabi infratuzilma loyihalariga sarmoya kiritdi. Xaf-Hirot temir yoʻl liniyasi Eronning ustuvor loyihalaridan biridir: u nafaqat byudjet daromadlarini oshiradi va Eron va Afgʻoniston oʻrtasidagi transport xarajatlarini kamaytiradi, balki mintaqada barqarorlik, xavfsizlik, ish oʻrinlari yaratish va umumiy iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga ham hissa qoʻshadi.

 

Chobahor porti Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afgʻonistonni Hind okeani bilan bogʻlovchi, Sharq va Gʻarb, Janub va Shimolni tutashtiruvchi tranzit yoʻl sifatida muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. "Tolibon"ning 2016 yilda Hindiston va Afgʻonistonning sobiq hukumati tomonidan boshlab qoʻyilgan Chobahor-Zahidon temir yoʻli loyihasini davom ettirishga tayyorligi, shuningdek, 35 million dollar miqdorida sarmoya kiritishni vaʼda qilishi Pokistonga qaramlikdan xalos boʻlish istagini koʻrsatmoqda. Biroq, 2025 yilda AQSh prezidenti Donald Trampning Eronga qarshi qoʻllagan "maksimal bosim" siyosati tufayli Chobahor porti sanksiyalar taʼsiriga uchradi. Loyihaning istiqboli hamon noaniq. Umuman olganda, Eron-Afgʻoniston munosabatlarini gʻoyaviy ziddiyatlarni chetga surib, oʻzaro iqtisodiy va siyosiy manfaatlar asosiga qurilgan, deb taʼriflash mumkin.

 

Josuslar oʻyini

 

Bir qator Rossiya manbalarining xabar berishicha, 2025 yilning iyun oyida Eron-Isroil mojarosining kuchayishi Eron va Afgʻoniston oʻrtasidagi munosabatlarning yangi qirralarini ochib berdi. Eng tashvishli voqealardan biri Isroil maxfiy xizmati "Mossad" bilan bogʻliq katta josuslik tarmogʻining fosh etilishi boʻldi. Maʼlum qilinishicha, Tehronda Eron hududida buzgʻunchilik faoliyatini amalga oshirish uchun yollangan afgʻon fuqarolari guruhi qoʻlga olingan. Ularning aksariyati Qandahorlik pushtunlar ekanligi aniqlandi. Bu holat Eron hukumatini tashvishga soldi va Eron-Isroil inqirozi sharoitida "Tolibon" rejimining betarafligi shubha uygʻotdi.

Foto: Reporter

 

Xuddi shu manbalarga koʻra, Isroil maxfiy xizmati Afgʻoniston hududidan, ayniqsa Hirot viloyati va Shindand shahridan, Eronga dronlar va portlovchi moddalarni yetkazib berish uchun oʻtish yoʻli sifatida foydalangan boʻlishi mumkin. Agar bu maʼlumot oʻz tasdigʻini topsa, bu Isroil maxfiy xizmatining Eron hududiga chuqur kirib borish imkoniyatiga ega ekanligini va afgʻon muhojirlaridan buzgʻunchilik operatsiyalarida foydalanish mumkinligini koʻrsatishi mumkin.

 

Bunday voqealar Eron va Afgʻoniston oʻrtasidagi pragmatik hamkorlikka barham berishi va ularning tashqi siyosiy mavqelarining beqarorlashuviga olib kelishi mumkin. Bunga yaqqol misol - Erondan afgʻon qochqinlarining ommaviy chiqarib yuborilishini koʻrishimiz mumkin.  Xalqaro migratsiya tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, 2025 yil 1 iyundan 27 iyungacha taxminan 233 ming kishi mamlakatdan chiqarib yuborilgan. Bu Afgʻonistonning savdo yoʻllari va iqtisodiy markazlarida tirbandlik, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatining sezilarli darajada susayishiga sabab boʻldi.

Foto: The Hindu

 

Biroq, Eron-Afgʻoniston munosabatlarida kuchayib borayotgan ishonchsizlik va keskinlik har ikki tomon uchun ham muammolar keltirib chiqaradi. AQSh sanksiyalari tufayli Eron oʻz infratuzilmasidan toʻliq foydalana olmayapti va oʻzini Transafgʻon yoʻlagiga qayta yoʻnaltirishga majbur boʻlmoqda. Afgʻoniston uchun Eron logistikasi ham neft va gaz taʼminoti, ham asosiy tranzit markaziga aylanish istiqboli nuqtai nazaridan strategik ahamiyatga ega. 12 kunlik urush davrida Eron nefti eksportiga qoʻyilgan cheklovlar Afgʻonistonda yoqilgʻi narxining keskin koʻtarilishiga olib keldi.

 

Hozirgi sharoitda Afgʻoniston bir vaqtning oʻzida yangi imkoniyatlar va jiddiy tahdidlarga duch kelmoqda. Bir tomondan, barqarorlik va betaraflikni saqlab qolish orqali u transmintaqaviy savdo, energetika va diplomatiyada boʻgʻin sifatidagi rolini kuchaytirishi mumkin. Boshqa tomondan, mintaqaviy kuchlar oʻrtasidagi keskinlikning kuchayishi Afgʻonistonni geosiyosiy raqobat va axborot urushlariga tortishi mumkin, bu esa ichki birdamlikka putur yetkazish xavfini tugʻdiradi.

 

Xoʻjabekov Ubaydullo. 

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti / 

Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti

Mavzuga oid yangiliklar

Oq Uy Trampning Gʻazo boʻyicha tinchlik rejasini eʼlon qildi. Tramp Gʻazoni oʻzi boshqarmoqchi

Oq Uy Trampning Gʻazo boʻyicha tinchlik rejasini eʼlon qildi. Tramp Gʻazoni oʻzi boshqarmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp Gʻazodagi urushni toʻxtatishga qaratilgan 20 bandlik tinchlik dasturini eʼlon qildi. Dastur Tramp va Netanyahu bilan uchrashuvidagi jonli efirda muhokama qilindi hamda administratsiyaning RapidResponse47 nomli kanalida eʼlon qilindi.

Jahon

30.09.2025, 15:01

Иран и Афганистан: новая волна депортации

Erondan afgʻonistonliklar deportatsiya qilinmoqda

2025 yil iyun oyida Eron hududidan Afgʻonistonga 256 mingdan ortiq kishi qaytgan. Shu bilan birga, iyul oyida bu raqam yanada oshishi kutilmoqda. Keng koʻlamli deportatsiyalar Afgʻoniston iqtisodiyoti va ijtimoiy tuzilmasiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Siyosat

11.07.2025, 12:20

20 ta musulmon mamlakat Isroilning Eronga tajovuzini qoralab, qoʻshma bayonot qabul qildi

20 ta musulmon mamlakat Isroilning Eronga tajovuzini qoralab, qoʻshma bayonot qabul qildi

Dunyodagi 20 ta musulmon mamlakat Isroilning Eronga tajovuzini qoralash toʻgʻrisida Arab va islom davlatlarining qoʻshma bayonoti qabul qilindi. Unda Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlarini toʻxtatish va muzokaralar yoʻliga qaytish zarurligi tasdiqlandi.

Siyosat

18.06.2025, 12:37

Isroil razvedkasiga ishlagan shaxs Eronda oʻlimga hukm qilindi

Isroil razvedkasiga ishlagan shaxs Eronda oʻlimga hukm qilindi

Eron hukumati Isroil maxfiy xizmati Mossad nomidan josuslik qilishda ayblangan Ismoil Fekri ismli shaxsni oʻlimga hukm qilindi. Bu haqda "Deutsche Welle" nashri xabar qildi.

Jahon

16.06.2025, 16:07

Al-Sharaa Trampning Gʻazo rejasini "jiddiy jinoyat" deya baholadi

Al-Sharaa Trampning Gʻazo rejasini "jiddiy jinoyat" deya baholadi

Suriyaning yangi rahbari Ahmad al-Sharaa 10 fevral kuni efirga uzatilgan bayonotida AQSh Prezidenti Donald Trampning Gʻazodan falastinliklarni koʻchirish va hududni egallab olish rejasini "jiddiy jinoyat" deb atadi va bu reja oxir-oqibat muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanishini bildirdi. Bu haqda "Reuters" axborot agentigi xabar berdi.

Jahon

12.02.2025, 13:55

Tramp Gʻazo va Isroil oʻrtasidagi urush tugaganini eʼlon qildi

Tramp Gʻazo va Isroil oʻrtasidagi urush tugaganini eʼlon qildi

AQSh rahbari Donald Tramp Isroil va Gʻazo oʻrtasidagi urush butunlay tugaganini eʼlon qildi. Uning aytishicha, dushanba yoki seshanba kuni asirlar almashinuvi boʻladi. Shuningdek, u Isroil va Gʻazo oʻrtasidagi tinchlikka erish boʻyichagi Misrdagi imzolash marosimiga ham qatnashish niyati bor ekanini maʼlum qildi.

Jahon

09.10.2025, 23:30

So‘nggi yangiliklar

Tramp musulmonlarni Ramazon bilan tabrikladi

AQSh prezidenti bu oyni “ruhiy yangilanish, chuqur mulohaza va Yaratganning behisob neʼmatlarini qadrlash uchun moʻʼtabar mavsum” deya taʼrifladi.

Jahon

19.02.2026, 17:00

Isroil 10 ming falastinlikka Al-Aqso masjidiga kirishga ruxsat berdi

Buning uchun ular oldindan maxsus kunlik ruxsatnoma olishi shart, deyiladi Isroil mudofaa vazirligining bayonotida.

Jahon

19.02.2026, 16:29

Ijtimoiy tarmoqlar reytingi: foydalanuvchilar soni va jins boʻyicha farqlar

Dunyoda taxminan 5,7 milliard kishi (aholining 68 foizi) ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi. YouTube esa turli avlodlar orasida eng ommabop platforma boʻlib qolmoqda.

Jahon

19.02.2026, 15:10

Oʻzbekiston – AQSh: ikki tomonlama bitimlar toʻplami imzolandi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashingtonga amaliy tashrifi doirasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi va qoʻshma loyihalar taqdimotida ishtirok etdi.

Siyosat

19.02.2026, 13:57

Ramazon men uchun muhim oy - Nyu-York meri

Shaharning ilk musulmon meri Zoxran Mamdani Ramazon oyi uning hayotida muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. 

Jahon

19.02.2026, 12:30

Davlat bayrogʻidan foydalanish tartibi oʻzgarmoqda

Loyihada bayroqni teskari osish, uning estetik koʻrinishini buzish, ustiga turli predmet qoʻyish yoki ramziy mazmunini kamsituvchi harakatlar taqiqlanadi.

Oʻzbekiston

19.02.2026, 09:07

Avtokredit, subsidiya va chegirmalar: elektromobillar qoʻllab-quvvatlanadi

Oʻzbekistonda elektr transportga oʻtishni ragʻbatlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi. 

Iqtisodiyot

18.02.2026, 17:21

Issiq suv hisoblagichini “orqaga qaytarish” taklifi: tizimli muammo bormi?

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi issiqlik va issiq suv uchun toʻlovlar endi shaxsiy onlayn-kabinetda alohida koʻrsatilishini maʼlum qildi. Rasman - shaffoflikka qadam. Ammo amaliyotda bir qator savolli holatlar kuzatilmoqda.

Oʻzbekiston

18.02.2026, 12:41

Fargʻonada fuqarolar murojaati ijobiy hal etildi

Maktabga borishda Toshkent–Fargʻona magistral yoʻlida piyodalar uchun yoʻlak yoʻqligi va bolalar uchun xavfsiz yoʻl talabi koʻtarildi.

Oʻzbekiston

18.02.2026, 10:29

Eron biz bilan bitim tuzmoqchi — Donald Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga Eron bilan muzokaralarda bilvosita ishtirok etishini va bu juda muhimligini bildirdi.

Jahon

18.02.2026, 09:16

Ramazonga sovgʻa: ehtiyojmandlarga 1 mln soʻmgacha yordam

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Ramazon oyi munosabati bilan ehtiyojmand aholi uchun qator ijtimoiy yordam choralari belgilandi.

Oʻzbekiston

18.02.2026, 08:55

Qamchibek Tashiyev vaqtincha chet elga joʻnab ketdi

Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev isteʼfosidan soʻng mamlakatni tark etdi. 

Jahon

18.02.2026, 08:36