updated: 22.03.2026, 17:44

Asadlarning soʻnggi sahifasi: Zindon boʻshatildi, kishanlar parchalandi

Joriy yilning 8 dekabr kuni Suriya yetakchisi Bashar Asad hukumat tepasidan agʻdarildi. Shu bilan 53 yil Suriyada hukmronlik oʻrnatgan Asadlar sulolasi barham topdi. Mamlakat boshqaruvini egallagan "Hayʼat Tahrir ash-Shom" muxolifat guruhi oldingi hukumatdagi tuzumni tez parchalash bilan birgalikda Hofiz Asad buyrugʻi bilan qurilgan qamoqxonadagi mahbuslarni ozod qildi. 

Jahon

12.12.2024, 14:19

Ulashish:

Asadlarning soʻnggi sahifasi: Zindon boʻshatildi, kishanlar parchalandi

Asadlarning soʻnggi sahifasi: Zindon boʻshatildi, kishanlar parchalandi

1971 yilda Suriya davlati hukumatining tepasiga kelgan Hofiz Asad 1978 yilda mamlakatda katta qamoqxona qurishni rejalashtiradi. Oradan uch yil oʻtib, yaʼni 1981 yilda qamoqxona qurish ishlari boshlangan. 

"Saidnayya" nomi bilan tanilgan obʼekt 1986 yilda mahbuslarni saqlash uchun tayyor holatga kelgan. 1987 yilda esa hibsxonaga tutqunlar olib kelina boshlagan. Qamoqxona ikkita katta bino va bir nechta qavatli yer osti binolaridan tashkil topgan.

Qamoqxonada 2008 yilda Asadlar rejimga qarshi chiqqan mahbuslar tomonidan tartibsizliklar chiqa boshlagan. Hukumat ularga nisbatan qiynoqlar va haddan tashqari kuch ishlatish tizimidan foydalanib, ularni tinchitib kelgan. Hozirga qadar qamoqxonada necha nafar mahbus saqlangani haqidagi aniq maʼlumotlar mavjud emas. 

"Saidnayya" qamoqxonasida Bashar Asad hukmronlik qilgan 13 yillik fuqarolar urushi davrida son-sanoqsiz odamlar hibsga olingan, qiynoqqa solingan va oʻldirilgan. Suriya Respublikasidagi hech bir qamoqxona bu kabi katta va mashhur boʻlmagan.

Xalqaro Amnistiya tashkiloti bu qamoqxonani "odamlarni soʻyish joyi" deb taʼriflagan. Tashkilotning 2017 yildagi hisobotiga koʻra, u yerda 2007 yilda taxminan 1,5 ming nafar mahbus saqlangan. Biroq 2011 yilda fuqarolar urushi boshlanganidan keyin undagi mahbuslar soni bir vaqtning oʻzida 20 000 kishiga koʻpaygan.

"Al Jazeera" nashrining yozishicha, 2011 yilning martidan 2024 yilning avgust oyiga qadar "Saidnayya" qamoqxonasida 157 634 nafar suriyalik qamoqqa olingan. Ulardan 5274 nafarini bolalar, 10 221 nafarini ayollar tashkil qilgan.

Joriy yilning 10 dekabr kuni "Saidnayya" qamoqxonasidagi mahbuslar va bedarak yoʻqolganlar uyushmasi tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotga koʻra, 2024 yil 28 oktabr holatida qamoqxonada umumiy 4300 kishi boʻlgan. Ularning 2817 nafari qamoqxonaning oq boʻlimida saqlangan. Uning qizil boʻlimida esa, terrorizm va harbiy tribunalar bilan bogʻliq muammolarda aybdor deb topilgan 1483 nafar mahbus saqlangan. Tashkilot ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Saidnayya"dagi yashirin eshiklar va yer osti binosi haqidagi maʼlumotlarni rad etgan. 

Ammo "The Guardin" nashri qamoqxona tagida 5 qavatli ulkan yer osti binosi mavjudligi haqida yozdi

"Mening oilamda uch kishi bedarak yoʻqolgan. Ular bizga yer ostida 5 qavat bino borligini va ichkarida odamlar boʻgʻilib nafas olishga qiynalayotganligini aytishgan edi. Lekin biz hozir ularning qayerda ekanligini bilmaymiz", deya intervyu bergan Suriya fuqarolaridan biri.

"Saidnayya"ga qarindoshlarini qidirib kelgan oilalar tomonidan roʻyxat tuzilgan. Shuningdek, u yerdan yana bir qancha mahbuslar haqida maʼlumot yozilgan daftar ham topilgan. Suriyadagi Inson huquqlari boʻyicha tashkilotlar Asad rejimi tomonidan hibsga olingan 136 mingga yaqin kishining taqdirini hujjatlashtirish uchun bu yozuvlar tartibli ravishda saqlanishi zarurligini aytmoqda.

Suriya Inson huquqlari tashkiloti direktori Fadel Abdul Gʻaniga koʻra, 8 dekabr kuni "Saidnayya" qamoqxonasidan 2 mingga yaqin mahbuslar ozod qilingan. 

"The New York Times" nashrining yozishicha, shu vaqtga qadar qamoqxonada 30 000 dan ortiq mahbus oʻldirilganligi taxmin qilinmoqda. Qamoqxonada omon qolganlar ularga gapirish va ovoz chiqarish mumkin boʻlmaganligini, ular shu vaqtga qadar qorongʻilikda hayot kechirishganini maʼlum qilgan. 

"Sky news" jurnalisti Yalda Hakimning yozishicha, mahbuslarga hatto hojatxonaga chiqish ham taqiqlangan. Ular shunchalik uzoq vaqt qamoqxonada saqlanganki, ozodlikka chiqarilgan baʼzi mahbuslar hatto oʻz ismlarini bilmasligini aytgan.

"Mahbuslar shafqatsizlarcha qiynoqqa solingan. Ularga nisbatan jinsiy zoʻravonliklar qilingan. Ularni elektr toki va gaz bilan qiynashgan”, deydi jurnalist. 

Hukumat ularni qiynashda uch xil usuldan keng foydalangan. Birinchisi, "nemis kursisi" sifatida tanilgan usul. Bunda qamoqxona xodimlari mahbuslarni stulga oʻtirgʻizib, ularning umurtqa pogʻonasi sinib ketgunga qadar jabrlanuvchilarni orqaga bukishgan. 

Ikkinchisi, “uchar gilam” nomli qiynoq usuli. Bunda qoʻriqchilar mahbuslarni yigʻiladigan taxta ustiga oʻtirgʻizishgan va taxta bukilgan. Jarayon mahbuslarning tizzalari koʻkraklariga tekkunicha davom ettirilgan. 

Uchinchisi esa, qamoqxonadagi mahbuslarni zinapoyaga uzun arqon yordamida bogʻlab, ularni pastga itarib yuborishgan. Qamoqxona qoʻriqchilari mahbuslarni arqon yordamida pasga tushishini kuzatib zavqlanishgan

Bu qiynoqlar mahbuslarni qiynash ulardan qandaydir maʼlumot olish uchun emas, balki ularning qadr-qimmati va gʻururini yoʻq qilish uchun amalga oshirilgan. 

Tabiiyki, bunday qiynoqlar ostida yillar davomida yashab kelgan xalq Asadlar rejimining qulaganini nishonlaydi-da. Garchi hukumat qurolli guruh tomonidan agʻdarilgan boʻlsa-da, suriyaliklar bugun xursand. Ammo yangi hukumat davlatni qanday boshqarishi nomaʼlum, buni vaqt koʻrsatadi. Paradigma.uz esa sizga voqelar rivojini taqdim etishda davom etadi. Bizdan uzoqlashmang.

Jahon

12.12.2024, 14:19

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

“Demokrat.uz” rahbari va blogerga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

F.Mehmonov va bloger A.Gʻoipnazarov tovlamachilikda gumonlanmoqda. Ular tadbirkordan videomaterialni oʻchirish va eʼlon qilmaslik evaziga 50 ming AQSh dollari talab qilgani aytilmoqda. Mehmonov 17 ming dollar olayotgan vaqtida ushlangan. 

Oʻzbekiston

12.02.2026, 08:49

«Rayxon oilaviy milliy taomlari» taʼsischisi Odilxon qori qamoqqa olindi

«Rayxon oilaviy milliy taomlari» taʼsischisi Odilxon Ismoilov jinoiy ishlar boʻyicha hibsga olindi.

Oʻzbekiston

27.01.2026, 08:25

«Mubashshir Ahmad jazoni oʻtay olmaydi» — advokat salomatlik holati ogʻirligini bildirdi

Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunov 2025 yil 8 oktabr kuni 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. U hozirda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan 5-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazoni oʻtamoqda. 

Oʻzbekiston

07.01.2026, 09:25

Dunyodagi eng qattiq rejimli 10 ta qamoqxona

Jinoyat sodir etgan shaxslarni jamiyatdan ajratish va davlat barqarorligini saqlash maqsadida turli darajadagi qamoqxonalar faoliyat yuritadi. Biroq dunyoda shunday muassasalar ham borki, ular oddiy jazoni ijro etish joyi emas, balki qattiq rejim, total nazorat va psixologik bosimning eng yuqori nuqtasiga aylangan tashkilotlardir.

Jahon

09.12.2025, 19:00

5 kunda ming kishini oʻldirgan «Al Fashir qassobi» qoʻlga olindi

Sudandagi qirgʻinlarning asosiy tashkilotchilaridan biri, «Al Fashir qassobi» laqabli  Abu Lulu hibsga olindi va qamoqxonaga joylashtirildi.

Jahon

01.11.2025, 09:44

AQSh BMT Xavfsizlik kengashini Suriyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatishga chaqirdi

AQShning BMTdagi doimiy vakili Mayk Uolts BMT Xavfsizlik kengashini Suriyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni yumshatish boʻyicha harakatlarni qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.

Jahon

23.10.2025, 16:27

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45