Boʻstonliqda “Chimyon” umummavsumiy kurorti barpo etilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida qurilayotgan “Chimyon” xalqaro umummavsumiy kurorti imkoniyatlari bilan tanishdi.

Ulashish:

Soʻnggi yillarda hududda Amirsoy, Chinorkent va Chorvoq darvozasi kabi yirik turistik majmualar, zamonaviy mehmonxona va dam olish maskanlari ishga tushirilgan boʻlsa, endi ular safini yangi kurort toʻldiradi. Loyiha Fransiyaning MND kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilmoqda va 1 278 gektar maydonda barpo etilyapti.

Kurortda mehmonxonalar, savdo va ovqatlanish majmualari, osma dor yoʻl, apart-otellar, restoranlar hamda 300 oʻrinli turargoh barpo etilmoqda. Qishda changʻi va snoubord, boshqa fasllarda esa togʻ sayyohligi hamda koʻngilochar hordiq imkoniyatlari yaratiladi.

Shuningdek, 1 450 metrlik tunnel qurilib, togʻ kurortlariga olib boruvchi asosiy yoʻl qisqarishi va xavfsizligi taʼminlanishi qayd etildi.

“Chimyon” kurorti ishga tushishi bilan minglab yangi ish oʻrinlari yaratilib, har yili yuz minglab mahalliy va xorijiy turistlar qabul qilinishi kutilmoqda. Bu esa Boʻstonliqning iqtisodiy qiyofasini tubdan oʻzgartirishi va mamlakat turizm salohiyatini oshirishi taʼkidlandi.

Iqtisodiyot

16.09.2025, 20:34

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

"Nasaf"ning xalqaro maydondagi magʻlubiyatli seriyasi davom etmoqda

Kecha Elit OChL 1-turi doirasida "Nasaf" klubi Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubiga magʻlub boʻldi - 2:4.

Sport

16.09.2025, 19:43

Moliyaviy hisob tizimiga xalqaro standartlar joriy qilinadi

“Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi. 

Iqtisodiyot

16.09.2025, 18:47

Oʻzbekiston va Yaponiya "yashil" iqtisodiyot va texnologiyalar sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Yapon kompaniyalari  onlayn biznes muloqot davomida Oʻzbekistonda “yashil” texnologiyalar va innovatsion startaplarga investitsiya kiritishdan manfaatdor ekanini bildirdilar. 

Oʻzbekiston

16.09.2025, 17:44

Prezident Namanganda tashkil etilgan parvarish markazi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan “Firdavs” kunduzgi parvarish markazini borib koʻrdi.

Oʻzbekiston

16.09.2025, 16:59

Voyaga yetmaganlarga nisbatan uyatsiz harakatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Oʻzbekiston

16.09.2025, 16:43

Surxondaryoda davlat zaxirasidagi yerni sotmoqchi boʻlgan kadastr xodimi qoʻlga tushdi

Fuqarolar murojaati asosida Surxondaryo viloyatida tezkor tadbir oʻtkazildi. 

Oʻzbekiston

16.09.2025, 16:24

Nasos stansiyalarini yangilash boʻyicha Namangan tajribasi ommalashtiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati Chortoq tumanidagi “Ayqiron-1” nasos stansiyasini koʻzdan kechirdi.

Oʻzbekiston

16.09.2025, 15:57

Yangi sanoat zonasi aholi bandligiga xizmat qilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Namangan tumanida barpo etilgan “Taraqqiyot” sanoat va servis zonasidagi loyihalar bilan tanishdi.

Oʻzbekiston

16.09.2025, 15:41

Chust tumanida zamonaviy qurilish materiallari tayyorlanmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 sentabr kuni Chust tumanidagi “Megaton” korxonasining gaz-beton bloki ishlab chiqarish majmuasida boʻldi.   

Iqtisodiyot

16.09.2025, 15:35

Prezident Namangan aeroportidagi bunyodkorlikni koʻzdan kechirdi

Davlat rahbarining Namangan oʻtgan yilgi tashrifi chogʻida aeroport loyihasi taqdimot qilingan edi. Bugungi kunda qurilish ishlari jadal davom etmoqda. Bu yerda 140 million dollar investitsiya hisobiga yangi terminallar barpo etilmoqda.

Siyosat

16.09.2025, 15:21

Oʻzbekiston va Misr elektrodlar eksporti boʻyicha kelishuvga erishdi

Joriy yilning 6–9 sentabr kunlari Qohirada boʻlib oʻtgan "Metal & Steel Middle East" koʻrgazmasi doirasida Oʻzbekiston va Misr ishbilarmonlari birinchi biznes-forum va V2V uchrashuvlar oʻtkazdi.

Iqtisodiyot

16.09.2025, 14:39