Prezident Namanganda tashkil etilgan parvarish markazi bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan “Firdavs” kunduzgi parvarish markazini borib koʻrdi.
Oʻzbekiston
16.09.2025, 16:59
Ulashish:

Mamlakat Konstitutsiyasi, aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi asosida insonni qadrlash koʻlami kengaydi, bu sohadagi xizmatlar ehtiyojmandlarga yaqinlashtirilmoqda. Xususan, shu yil mart oyidan boshlab Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi. Bunday loyihalar xususiy sheriklik asosida, davlat tomonidan subsidiya orqali amalga oshirilmoqda.
Tadbirkor Sayyora Qosimova tomonidan tashkil etilgan “Firdavs” kunduzgi parvarish markazi ulardan biri. Markaz 36 oʻringa moʻljallangan boʻlib, maxsus taʼlim va reabilitatsiya xizmatlari koʻrsatiladi. Bolalar kun davomida toʻqqiz soatlik individual oʻquv-trening dasturlari bilan qamrab olinadi. Mashgʻulotlarni malakali nevropatolog, defektolog, surdolog, audiolog, pedagog va psixologlar olib boradi.
Bu xizmatdan foydalanayotgan onalar farzandlariga mehri va gʻamxoʻrligi uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi. Ularning aytishicha, oldinlari bunday bolalar faqat uyda oʻtirar, jamiyatdan ajralib qolardi. Yangi ijtimoiy himoya tizimi tufayli endi ular ham “yorugʻlikka” chiqyapti. Nogironligi bor bolalar inklyuziv taʼlimga, qiziqarli dars va mashgʻulotlarga jalb etilib, hayotiy koʻnikmalarni oʻrganyapti. Bu nogiron farzandi bor oilalar uchun juda katta madad va taskindir.
Prezident yurtimizda hech kim eʼtibordan chetda qolmasligi, bunday ijtimoiy loyihalar miqyosi kengaytirilishini taʼkidladi.
Davlat rahbari shu yerdagi “Faol hayotga qadam besh xizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan ham tanishdi.
Markaz shu yil tadbirkor Xosiyat Ortiqovaning shaxsiy mablagʻi hisobidan tashkil etilgan. Bu yerda oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun zamonaviy qulayliklar, tibbiy va reabilitatsiya xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan. Markaz 16 oʻringa moʻljallangan.
Bu yerda tibbiy mutaxassislar tomonidan individual dasturlar asosida har kuni 8 soatlik mashgʻulot oʻtkaziladi. Ular insonlarning sogʻligʻini tiklash, funksional imkoniyatlarini oshirish va ijtimoiy hayotga qaytarishga yordam beradi.
Muhimi, oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan muolajalar samara bera boshladi. Xususan, sakkiz nafar shaxsning oʻz-oʻziga xizmat qilish darajasi yaxshilandi, besh nafarining oila aʼzosi ishga joylashdi.
“Faol hayotga qadam” dasturi va kunduzgi parvarish insonlarga sogʻlom hayotga qaytish, oilalarga esa iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlarni oshirish imkonini bermoqda. Bu xizmatlar orqali faqatgina bemorlar hayotida emas, balki ularning oilalarida, jamiyatda ijobiy oʻzgarishlar kuzatilmoqda.
Mazkur sohadagi davlat-xususiy sheriklik dasturiga respublika boʻyicha 600 nafar tadbirkor qoʻshilgan boʻlib, ularning 46 nafari Namangan viloyatida faoliyat yuritmoqda. “Faol hayotga qadam” dasturi bilan yurtimizdagi oʻzgalar parvarishiga muhtoj 24 ming fuqaro, kunduzgi parvarish xizmati bilan 3 mingga yaqin nogironligi boʻlgan bolalar qamrab olingan.
Oʻzbekiston
16.09.2025, 16:59
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev “Kambagʻallikdan farovonlik sari” mavzusidagi III xalqaro forumning ochilish marosimida nutq soʻzladi
Oʻzbekiston
18.09.2025, 11:02

2030 yilga borib, Oʻzbekistonda mutlaq kambagʻallikka toʻliq barham berish imkoniyati bor
Oʻzbekiston
17.09.2025, 15:38

Namanganda natijadorlikni yanada oshirish vazifalari belgilandi
Oʻzbekiston
17.09.2025, 10:48

Norin daryosida “birinchi milliy GES” ishga tushirildi
Oʻzbekiston
17.09.2025, 10:39

Shoʻrariq mahallasi oʻzgaradi: atrofdagi 5 ta mahalla uchun markazga aylanadi
Oʻzbekiston
17.09.2025, 10:26

Shavkat Mirziyoyev “Fishvel Norin” korxonasi faoliyati bilan tanishdi
Iqtisodiyot
17.09.2025, 10:15
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
So‘nggi yangiliklar

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi
Jahon
10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi
Oʻzbekiston
10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti
Oʻzbekiston
10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?
Jahon
10.03.2026, 13:04

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak
Jahon
10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi
Iqtisodiyot
10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda
Oʻzbekiston
09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi
Oʻzbekiston
08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg
Iqtisodiyot
08.03.2026, 07:43

Qashqadaryoga 800 ta kitobdan iborat sepi bilan kelgan kelin
Madaniy
08.03.2026, 07:37
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
