Oʻzbekiston yana rekordlar kitobiga kirdi

Oʻzbekiston yoshlari ilk bor muhandislik va robototexnika yoʻnalishi boʻyicha Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi.

Oʻzbekiston yana rekordlar kitobiga kirdi

Aytilishicha, bu yutuq Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida ilk bor muhandislik sohasidagi Ginnes rekord hisoblanadi.

 

“Yangi Oʻzbekiston” bogʻida tashkil etilgan ushbu tadbirda 2 ming nafar yosh muhandis bir vaqtning oʻzida 25 daqiqada 1 ming 946 ta mini-robotni yasab, harakatga keltirdi.

 

Aytish kerakki, Ginnes rekordlar kitobida robototexnika sohasida 351 ta turli yoʻnalishdagi rekordlar mavjud. 2023 yilda Hindistonda 1 ming 459 nafar yoshlar bir vaqtning oʻzida mini-robot yasab, harakatlantirgan edi. Oʻzbekiston yoshlari bu galgi koʻrsatkich bilan dunyodagi eng yirik muhandislik missiyasiga erishdi.

 

 

Ushbu missiya yosh muhandislar uchun Ginnes rekordini qoʻlga kiritish imkoniyatini berishi bilan birga, ulkan tajriba, amaliy bilim va jamoaviy ish koʻnikmalarini ham taqdim etdi.

 

2 ming nafar yosh oʻz ishtiroki bilan butun respublika yoshlarining birdamligini namoyon etdilar. Misol uchun, missiyani amalga oshirishdan oldin barcha 2 ming nafar ishtirokchi bir vaqtning oʻzida davlat madhiyasini jonli xor tarzida ijro etgan. Bu lahza yoshlar qalbida milliy faxr va yurtga sadoqat tuygʻusini yanada kuchaytirdi.

 

Bu Ginnes rekordining yaratilishi, ayni paytda, Mustaqillik bayrami arafasida yosh muhandislar tomonidan yurtimizga berilgan  toʻyona boʻldi. Mustaqillik bayramimiz ostonasida qoʻlga kiritilgan bu gʻalaba xalqimiz uchun ramziy maʼnoga ega boʻlib, yosh avlodning yurt ravnaqiga qoʻshgan munosib hissasi sifatida tarixda qoladi.

 

Tadbir Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etildi.Tadbirning eng ahamiyatli jihatlaridan biri shundaki, imkoniyati cheklangan yoshlarimiz ham oʻz iqtidor va salohiyatini namoyish etib, aslida imkoniyatlari cheklanmaganini isbotladilar.

 

 

25 daqiqa ichida yosh muhandislarimiz tomonidan yaratilgan robotlar maxsus tartibda tekshirildi va tadbir bosh hakami tomonidan rasman tasdiqlandi. Shundan soʻng, Ginnes rekordi yangilangani toʻgʻrisidagi sertifikat tantanali ravishda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipovga topshirildi. Shu tariqa, Oʻzbekiston tarixida ilk bor muhandislik sohasida Ginnes rekordi oʻrnatildi.

Oʻzbekiston

19.08.2025, 11:58

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Meksika JCh–2026 oʻyinlarini oʻtkaza olmasligi mumkin

Mamlakatdagi zoʻravonliklar sabab ayrim oʻyinlar taqdiri, jumladan Oʻzbekiston — Kolumbiya uchrashuvi ham xavfsizlik vaziyati tufayli bekor qilinishi mumkin.

Jahon

24.02.2026, 10:39

Oʻzbekistonning davlat qarzi 46,85 mlrd dollarni tashkil etdi

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, davlat qarzining asosiy qismi — 39,82 mlrd dollari yoki 85 foizi tashqi qarz hissasiga toʻgʻri keladi. Tashqi qarzning YaIMga nisbati 27,1 foizni tashkil etmoqda.

Iqtisodiyot

23.02.2026, 08:10

«Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston – Tojikiston» yoʻnalishi boʻylab ilk yuk poyezdi yoʻlga chiqdi

Xitoy va Markaziy Osiyo oʻrtasida yangi transport yoʻlagi ish boshladi. Uning doirasida ilk sinovdagi yuk poyezdi Lanchjoudan Dushanbe shahriga yoʻl oldi.

Iqtisodiyot

20.02.2026, 10:10

“Oʻzbekiston Gʻazoda maktab va shifoxonalar qurishga tayyor” — Mirziyoyev

Vashingtonda oʻtgan “Tinchlik kengashi” sammitida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mintaqadagi gumanitar inqirozni bartaraf etish va vayron boʻlgan infratuzilmani tiklash yuzasidan muhim bayonot bilan chiqdi.

Oʻzbekiston

20.02.2026, 08:09

Oʻzbekiston – AQSh: ikki tomonlama bitimlar toʻplami imzolandi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashingtonga amaliy tashrifi doirasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi va qoʻshma loyihalar taqdimotida ishtirok etdi.

Siyosat

19.02.2026, 13:57

Qirgʻizistonda guruch atrofida bahs: kontrabandami yoki eksport soʻrovi?

Oʻzbekistondan kontrabanda orqali kirgan guruch ichki bozorda narxlarni tushirib yuborgan va mahalliy dehqonlarni qiyin ahvolga solgani aytilmoqda.

Jahon

12.02.2026, 11:45

So‘nggi yangiliklar

Myunxen Olimpiadasi: sport tarixidagi qora kun

1972 yilgi Myunxen Olimpiya oʻyinlari sport tarixidagi eng fojeali sahifalardan biri hisoblanadi.

Sport

05.03.2026, 14:47

Minglab oʻzbekistonliklar Yaqin Sharqdan evakuatsiya qilindi

Yaqin Sharqda harbiy keskinlik kuchaygani sababli 28 fevraldan boshlab bir qator xalqaro aviareyslar toʻxtatildi. Bu esa minglab Oʻzbekiston fuqarolarining chet elda qolib ketishiga sabab boʻldi.

Oʻzbekiston

05.03.2026, 12:56

Elektromobil batareyalari iqlim oʻzgarishiga tayyormi?

Global isish elektromobillar batareyalarining tezroq eskirishiga olib kelishi mumkin. Bu esa elektromobil sotib olishni rejalashtirayotgan koʻplab odamlarda shubha uygʻotmoqda.

Iqtisodiyot

05.03.2026, 11:01

Arab davlatlari Eronga qarshi urushga kiradimi?

Bugungi asosiy savol — oʻz hududlariga raketa va dronlar tushayotgan bir sharoitda, arab davlatlari Eronga qarshi ochiq urushga kirishadimi yoki neytral pozitsiyani saqlab qoladimi?

Jahon

05.03.2026, 09:23

Dubay xalqaro aeroportidagi uzilishlar iqtisodiyotga jiddiy zarba bermoqda

Dubay iqtisodiyoti har daqiqada qariyb 1 million dollar miqdorida zarar koʻrmoqda.

Iqtisodiyot

04.03.2026, 16:47

Ayollar koloniyasidagi mahkumalar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

Koloniyaga mutaxassis shifokorlar jalb etilib mahkumalar hamda ularning uch yoshgacha boʻlgan farzandlari toʻliq tekshiruvdan oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 15:05

“ChatGPTdan voz keching” – OpenAI modellariga boykot avj olmoqda

AQSh hukumati va sunʼiy intellekt kompaniyalari oʻrtasidagi kelishmovchilik ortidan OpenAI’ga qarshi boykot harakati kuchaymoqda. 

Jahon

04.03.2026, 13:11

Homilador talabalarga “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi

2026/2027 oʻquv yilidan homilador talaba-qizlarga yoki 3 yoshgacha boʻlgan farzand tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi talabalarga oliy taʼlim olish uchun “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi.

Ta'lim

04.03.2026, 11:59

Tibbiyot oliygohlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin

Oʻzbekistondagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga talabalarni superkontrakt (oshirilgan toʻlov-kontrakt) asosida qabul qilish tartibi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.

Ta'lim

04.03.2026, 10:02

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni

Prezident farmoniga koʻra, voyaga yetmaganlarga nisbatan ogʻir jinsiy jinoyatlarni qayta sodir etgan shaxslar umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etiladi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 06:16

"Oʻldi"ga chiqarilgan Netanyaxu Berlindan qaytdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu uning oʻlimi haqidagi xabarlardan soʻng jamoatchilikka koʻrinish berdi.

Jahon

03.03.2026, 22:47

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi

Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) 3 mart kuni Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Jahon

03.03.2026, 17:39