Nasos stansiyalarini yangilash boʻyicha Namangan tajribasi ommalashtiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati Chortoq tumanidagi “Ayqiron-1” nasos stansiyasini koʻzdan kechirdi.
Oʻzbekiston
16.09.2025, 15:57
Ulashish:

Katta Namangan magistral kanalida joylashgan ushbu nasos orqali 815 gektar yer sugʻoriladi. Lekin agregatlar eskirib ketgani sababli samaradorlik past, isrofgarchilik koʻp edi. Jumladan, har yili taxminan 6 million kilovatt-soat elektr energiyasi sarflanardi.
Tadbirkor tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida bu yerga energiya tejamkor agregat va zamonaviy uskunalar oʻrnatildi. Yangilangan tizim yiliga qirq foizgacha elektr energiyasini iqtisod qilish imkonini bermoqda.
Tejamkorlik bilan birga yangi nasoslarning suv chiqarish quvvati ham yuqori. Bu esa dalalarni sugʻorish koʻlamini oshirib, hosildorlikni yaxshilashga xizmat qiladi.
Viloyatda ikki yuzdan ortiq nasos stansiyasi bor. Ulardan 43 tasi “Nammotors suv taʼminot” korxonasiga davlat-xususiy sheriklik asosida 10 yil muddatga boshqaruvga berilgan. Bu jarayonga 40 milliard soʻmlik investitsiya yoʻnaltirilgan. Inshootlarga oʻrnatilayotgan nasos agregatlari mahalliylashtirilgan.
Davlat rahbari ikki yil ichida “Ayqiron-1” tajribasi asosida viloyatdagi barcha nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish, buni mamlakatning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich amalga oshirish boʻyicha topshiriq berdi.
Faqat texnologiyalarni yangilash bilan cheklanib qolmasdan, ularni malakali boshqarish va toʻgʻri foydalanish ham muhimligi taʼkidlandi. Ilm va bilim bilan ish yuritilsa, modernizatsiyaning iqtisodiy samarasi yuksaladi. Qishloq xoʻjaligida hosildorlik ortib, oziq-ovqat xavfsizligi va aholi turmush darajasi yaxshilanadi.
Mutasaddilar kelgusida 750 dan ziyod fermer xoʻjaliklariga quyosh panellari orqali ishlaydigan kichik nasoslar hamda tomchilatib sugʻorish tizimlarining joriy etilishi haqida maʼlumot berdi.
Oʻzbekiston
16.09.2025, 15:57
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev “Kambagʻallikdan farovonlik sari” mavzusidagi III xalqaro forumning ochilish marosimida nutq soʻzladi
Oʻzbekiston
18.09.2025, 11:02

2030 yilga borib, Oʻzbekistonda mutlaq kambagʻallikka toʻliq barham berish imkoniyati bor
Oʻzbekiston
17.09.2025, 15:38

Namanganda natijadorlikni yanada oshirish vazifalari belgilandi
Oʻzbekiston
17.09.2025, 10:48

Norin daryosida “birinchi milliy GES” ishga tushirildi
Oʻzbekiston
17.09.2025, 10:39

Shoʻrariq mahallasi oʻzgaradi: atrofdagi 5 ta mahalla uchun markazga aylanadi
Oʻzbekiston
17.09.2025, 10:26

Shavkat Mirziyoyev “Fishvel Norin” korxonasi faoliyati bilan tanishdi
Iqtisodiyot
17.09.2025, 10:15
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
So‘nggi yangiliklar

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi
Jahon
10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi
Oʻzbekiston
10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti
Oʻzbekiston
10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?
Jahon
10.03.2026, 13:04

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak
Jahon
10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi
Iqtisodiyot
10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda
Oʻzbekiston
09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi
Oʻzbekiston
08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg
Iqtisodiyot
08.03.2026, 07:43

Qashqadaryoga 800 ta kitobdan iborat sepi bilan kelgan kelin
Madaniy
08.03.2026, 07:37
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
