Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
«Paradigma Media» 2025 yil davomida o‘zbek mediasida yuz bergan muhim voqealarni tahlil qilgan holda, o‘zbek jurnalistikasi va media sohasining rivojiga salmoqli hissa qo‘shayotgan jurnalistlar hamda fuqarolik jamiyati vakillarini eʼtirof etdi.
Tahririyat tomonidan 2025 yil davomida o‘zbek mediasida yuz bergan muhim jarayonlar tahlil qilinib, jurnalistika va media sohasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan jurnalistlar hamda fuqarolik jamiyati vakillari eʼtirof etildi.
Tadbir 31.01.2026 kuni «Paradigma Media» taqdimoti doirasida o‘tkazildi.
Madaniy
02.02.2026, 19:18
Ulashish:
Bu eʼtirofga munosib nomzodlar ko‘p bo‘lsa-da, «Paradigma Media» tahririyati aniq ishlari, faol fuqarolik pozitsiyasi hamda jamiyat uchun ahamiyatli materiallari bilan ajralib turgan jurnalistlar, media mentorlar va faollarni tanladi.
Ularning faoliyati jurnalistika va media sohasida xolislik, masʼuliyat va kasbiy tamoyillarga sodiqlikni namoyon etib, shu bilan birga o‘zbek jamiyati uchun muhim saboqlar, o‘rnak bo‘larli holatlar va ahamiyatli pretsedentlarni yaratishga xizmat qildi.
Ushbu eʼtirof orqali «Paradigma Media» tahririyati erkin va xolis so‘zni, kasbiy masʼuliyatni hamda jasoratli fuqarolik pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Ana shu qadriyatlar jamiyatda ishonchni mustahkamlash va ijobiy o‘zgarishlarni rag‘batlantirishga xizmat qilishiga ishonamiz.
Quyida «Paradigma Media» tahririyati tomonidan 2025 yil doirasida eʼtirof etilgan faollar ro‘yxati va ularning qisqacha tavsifi keltiriladi.
Karim Bahriyev — oʻzbek jurnalistikasida prinsipial pozitsiyasi va jasoratli qalami bilan tanilgan ustoz jurnalist. U faoliyatini bosma matbuot davrida boshlab, oʻtkir uslubi va tanqidiy qarashlari bilan tez orada eʼtibor qozongan.
Qariyb qirq yillik ijodiy yoʻli davomida u jurnalist, shoir, yozuvchi va tarjimon sifatida faoliyat yuritib, soʻz erkinligi va inson huquqlari mavzularini izchil koʻtarib keldi. “Hurriyat” gazetasiga rahbarlik qilgan davrida ochiq tanqidiy jurnalistika rivojiga salmoqli hissa qoʻshdi.
Turli bosimlarga qaramasdan, u oʻz prinsiplariga sodiq qoldi. Uning ijodi yosh jurnalistlar uchun halollik, vijdon va masʼuliyat namunasi boʻlib xizmat qilmoqda. Karim Bahriyevning merosi — erkin fikrlash, xolis munosabat va intellektual mustaqillik madaniyatidir.
Lola Islamova — media menejment va jurnalistikani rivojlantirish sohasida faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassis boʻlib, Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi doirasida jurnalistlar va media menejerlar bilan ishlaydi. U jurnalistikani faqat ijodiy kasb emas, balki barqaror tizim va biznes sifatida rivojlantirish zarurligini ilgari suradi.
Uning asosiy eʼtibori media savodxonlikni oshirish, jurnalistlar, blogerlar va matbuot kotiblarini yangi professional bosqichga olib chiqishga qaratilgan. Xalqaro tajribani mahalliy muhitga moslashtirib joriy etishi uning faoliyatida muhim oʻrin tutadi.
Lola Islamova tahririyatlarning moliyaviy barqarorligi va institutsional oʻsishini ustuvor deb bilib, jurnalistikaning barqaror rivojiga hissa qoʻshib kelmoqda. Uning faoliyati mamlakatda ochiqlik, soʻz erkinligi va yangi avlod jurnalistlarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Navbahor Imomova — xalqaro standartlar va zamonaviy jurnalistik tamoyillarni ilgari surib kelayotgan oʻzbek jurnalistlaridan biri. U jurnalistikani hayot tarzi deb bilib, yosh jurnalistlar uchun seminar va treninglar orqali kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirishga hissa qoʻshib kelmoqda.
U matn, video, intervyu va jonli efir formatlarida erkin ishlaydi, oʻzbek va ingliz tillarida material tayyorlaydi. Kontent yaratishda fakt va sifatni ustuvor qoʻyadi.
Navbahor Imomova tajribasini ulashishga doim tayyor boʻlgan, kasbiga sodiq jurnalist sifatida oʻzbek jurnalistikasi rivojiga barqaror hissa qoʻshib kelmoqda.
Shokir Sharipov — Oʻzbekistonda ijtimoiy va iqtisodiy mavzularni sodda va tushunarli shaklda yoritib kelayotgan jurnalist va kolumnist. U murakkab masalalarni qisqa va konseptual formatda yetkazib berishi bilan ajralib turadi. “Mulk”, “Milliy gʻoya”, “Korrupsioner nima?”, “Zamonaviy feodalizm” va “Oʻrta sinf” kabi animatsion videolari keng omma eʼtiborini qozongan.
Uning faoliyatida qishloq aholisi hayoti va qishloq xoʻjaligi masalalari alohida oʻrin tutadi. Shokir Sharipov qishloqni muammo emas, balki imkoniyat sifatida koʻrib, mehnat migratsiyasini kamaytirish va mahalliy rivojni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan gʻoyalarni ilgari suradi.
Uning materiallari jamiyatda ijtimoiy adolat va barqaror rivojni mustahkamlashga xizmat qilib, koʻplab fuqarolar hayotiga amaliy taʼsir koʻrsatmoqda.
Anora Sodiqova — Oʻzbekiston jurnalistikasida ochiq pozitsiyasi, jasorati va prinsipialligi bilan tanilgan jurnalist. U uzoq yillar davomida jamiyatdagi tengsizlik, korrupsiya, nepotizm va tizimli muammolarni yoritib kelmoqda. Jamiyat manfaatiga daxldor har qanday masalani ochiq muhokamaga olib chiqishni oʻz kasbiy burchi deb biladi.
Uning faoliyatida muhim voqealardan biri — jurnalistlarga nisbatan haqoratli bayonotga qarshi huquqiy kurashidir. Anora Sodiqova bu masalani shaxsiy emas, balki butun soha shaʼni bilan bogʻliq deb baholab, sudga murojaat qildi. Qiyinchiliklarga qaramasdan, u oʻz pozitsiyasidan qaytmadi va ishni oxirigacha yetkazdi.
Bu jarayon koʻplab jurnalistlarga haq va qadrni qonuniy yoʻl bilan himoya qilish mumkinligini koʻrsatdi. Turli bosimlarga qaramasdan, Anora Sodiqova toʻgʻri yoʻlni tanlab, soha vakillariga ishonch va ilhom bagʻishlab kelmoqda.
Zarifboy Ibodullayev — tibbiyot fanlari doktori, professor, tajribali nevrolog va neyropsixolog boʻlishi bilan birga, jamoatchilik pozitsiyasi va fuqarolik masʼuliyati bilan tanilgan shaxsdir. U mamlakatda kechayotgan ijtimoiy jarayonlarga befarq boʻlmay, milliy qadriyatlar, til maqomi, yoshlar tarbiyasi va davlat kelajagi haqida muntazam fikr bildirib keladi.
U fermer yerlari, suv resurslari, mehnat migratsiyasi va oʻzbek tili nufuzi kabi muhim masalalarni koʻtarib, jamiyat manfaati uchun ochiq chiqish qiladi. Turli bosimlarga qaramasdan, oʻz pozitsiyasidan qaytmay, bu yoʻlni kelajak avlod oldidagi burch sifatida qabul qiladi.
Zarifboy Ibodullayev fuqarolik pozitsiyasi har bir jamiyatsevar insonning masʼuliyati ekanini amalda namoyon etib, yoshlar uchun ibrat boʻlib kelmoqda.
Abduraxmon Tashanov — Oʻzbekistonda qariyb 25 yildan beri inson huquqlari va jurnalistika sohasida faoliyat olib borayotgan taniqli shaxs. U faoliyatini jurnalist sifatida boshlab, keyinchalik inson huquqlari himoyasi yoʻnalishida faol ish olib bordi va ayniqsa “Ezgulik” jamiyatidagi faoliyati bilan tanildi.
U qiynoqlar, sud adolati, qonun ustuvorligi va soʻz erkinligi kabi muhim masalalarni tizimli ravishda koʻtarib keladi. Jurnalistik tajribasini jamoatchilik faoliyati bilan uygʻunlashtirgan holda ochiq va aniq pozitsiya bildiradi.
Abduraxmon Tashanov oʻz faoliyatini shaxsiy missiya sifatida qabul qilib, jamiyatda ijobiy oʻzgarishlarga hissa qoʻshib kelmoqda hamda yosh jurnalistlar va huquq faollari uchun ibrat boʻlib xizmat qilmoqda.
Irina Matviyenko — Oʻzbekistonda gender tengligi va inson huquqlari sohasida faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassis, Nemolchi.uz loyihasining asoschisi. Loyiha 2016 yilda ijtimoiy tarmoqlarda boshlanib, qisqa vaqt ichida mamlakat miqyosida muhim platformaga aylandi.
U ayollarga nisbatan uydagi zoʻravonlikka qarshi kurash, gender tengligi va inson huquqlarini himoya qilish bilan shugʻullanadi. Irina Matviyenko bu mavzularni Oʻzbekistonda tizimli muhokamaga olib chiqqan ilk faollardan biri hisoblanadi.
Faoliyati davomida u turli bosim va tahdidlarga duch kelgan boʻlsa-da, oʻz ishini toʻxtatmadi. Xalqaro taʼlim olib, London School of Economics da magistr darajasini qoʻlga kiritdi.
Bugun u jamoasi va ekspertlar bilan birgalikda gender tengligi sohasida tizimli ish olib borib, jamiyatda ijobiy oʻzgarishlarga hissa qoʻshmoqda.
Eʼtirofga sazovor bo‘lgan barcha jurnalistlar va faollarga jasorati va masʼuliyati uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz. Sizning mehnatingiz o‘zbek mediasida xolislik va masʼuliyatli so‘zning ustuvor bo‘lishiga xizmat qilmoqda.
Ushbu tashabbus orqali so‘z erkinligi, fuqarolik masʼuliyati va ochiq jamiyat qadriyatlarini mustahkamlashga, jamiyatda ishonch va ijobiy o‘zgarishlar uchun muhit yaratishga intilamiz. Shu bilan birga, biz hamkasblarimiz va faollarning faoliyatini izchil kuzatib boramiz, ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz hamda umumiy manfaatlar yo‘lida hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilamiz.
Madaniy
02.02.2026, 19:18
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44
So'nggi yangiliklar

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

