Eronda ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda

Eronda oʻn ikki kundan beri ommaviy norozilik namoyishlari toʻxtamay kelmoqda. Milliy valyuta — rialning keskin qadrsizlanishi va chuqur iqtisodiy inqiroz aholini koʻchalarga chiqardi.

Jahon

12.01.2026, 08:59

Ulashish:

8 yanvar, payshanba kuni namoyishchilar Tehronning asosiy magistrallaridan biri — Oyatulloh Koshoni bulvarini toʻsib qoʻydi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda mamlakatning turli hududlarida toʻqnashuvlar va yongʻinlar aks etgan. Kadrlarda qurol ovozlari eshitilishi, xavfsizlik kuchlarining namoyishchilarga qarshi koʻz yosh oqizuvchi gaz qoʻllagani, namoyishchilar esa politsiya mashinalarini yoqib yuborgani kuzatiladi.

Norozilik aksiyalari Mashhad, Kermanshoh va boshqa yirik shaharlarga ham tarqalgan. Hozirda namoyishlar Tehron, Mashhad, Kermanshoh, Lordegan va qator boshqa shaharlarda davom etmoqda.

Eronning gʻarbiy qismida, Iroq bilan chegarada joylashgan Ilom viloyatidagi Abdanan shahrida namoyishchilar politsiya boshqarmasi binosini egallab, shahar ustidan nazorat oʻrnatgani haqida xabarlar tarqalgan. Shuningdek, Malekshohiy shahri ham toʻliq namoyishchilar nazoratiga oʻtgani aytilmoqda.

HRANA agentligi maʼlumotlariga koʻra, norozilik namoyishlari mamlakat boʻylab 111 ta shahar va qishloqni qamrab olgan.

Iran Human Rights (IHR) tashkiloti hisob-kitoblariga koʻra, namoyishlar boshlanganidan beri kamida 45 kishi halok boʻlgan, ularning sakkiz nafari bolalar. Eron hukumati esa rasmiy ravishda 21 qurbon haqida xabar bergan boʻlib, ular orasida xavfsizlik xizmatlari xodimlari ham bor. Ilk kunlardagi toʻqnashuvlarda turli manbalar 16 nafardan 36 nafargacha namoyishchi halok boʻlganini qayd etgan.

Namoyishlar 28 dekabr kuni Tehrondagi Gran-bozorda boshlangan. Savdogarlar giperinflyatsiya va narxlarning keskin oʻsishiga qarshi chiqib, doʻkonlarini yopib qoʻyishgan. 29 dekabrga kelib, eron riali kursi rekord darajada pasayib, 1 AQSh dollari uchun taxminan 42 ming rialni tashkil etgan.

Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, oktabr oyida Eronda oziq-ovqat inflyatsiyasi 64,2 foizga yetgan. Bu koʻrsatkich boʻyicha mamlakatdan oldin faqat Janubiy Sudan joy olgan.

Namoishlarning radikallashuvi

2009 va 2022 yillarda Eron hukumati ommaviy hibsga olishlar orqali xalq noroziliklarini bostirgan boʻlsa, bu safar namoyishlar mutlaqo boshqacha tus olmoqda. Hozirgi namoyishchilar kuch ishlatishga kuch bilan javob qaytarmoqda.

Davlat OAVlarining xabar berishicha, namoyishchilarning bir qismi oʻqotar qurol va portlovchi vositalar bilan qurollangan. Malekshohiy shahrida bir politsiya xodimi otib oʻldirilgan, Lordeganda esa ikki nafar xavfsizlik xizmati xodimi halok boʻlgan. Shuningdek, taxminan 30 ga yaqin xodim yaralangani xabar qilinmoqda.

Ayrim hududlarda namoyishchilar davlat bayroqlarini yoʻq qilgan, ayatollo Homeyniy haykallarini buzgan va politsiya binolarini yoqib yuborgan. Tehron koʻchalarida minglab odamlar toʻplangani, keskin toʻqnashuvlar davom etayotgani qayd etilmoqda.

Norozilik bildiruvchilar ochiq bayonotlarda Eronning ittifoqchilarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qimmat tashqi siyosati aholini qashshoqlikka olib kelganini taʼkidlamoqda. Bu tezis avvaldan Eronga qarshi kayfiyatdagi kuchlar tomonidan ilgari surilgan boʻlsa, AQSh sanksiyalarining kuchayishi va hayot sharoitining yomonlashishi ortidan u keng xalq noroziligiga aylandi.

Internet va axborot blokadasi

Eron hukumati nazorat choralarini keskin kuchaytirgan. Mamlakat boʻylab internet trafigi qariyb 90 foizga kamaygan, ayrim hududlarda telefon aloqasi ham ishdan chiqqan.

Cloudflare IT-kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, erkin internetga kirish imkoniyati asosan davlat idoralari va xavfsizlik xizmatlari xodimlari uchun saqlab qolingan.

Tahlilchilar qayd etishicha, Eron jamiyati, ayniqsa yoshlar qatlami, ancha urbanizatsiyalashgan, bilimli va internet orqali tashqi dunyo bilan uzviy bogʻlangan. Hukumat aynan shu aloqani uzishga urinayotgani taʼkidlanmoqda.

Mamlakat ichidagi siyosiy reaksiya

Eron rahbariyati oʻtmish saboqlarini hisobga olgan holda harakat qilayotganini bildirmoqda, biroq qattiqqoʻl siyosatdan voz kechgani yoʻq. Sud tizimi rahbari Gʻolyam Husayn Mohseni Edjei:
«Qoʻzgʻolonchilarga hech qanday imtiyoz boʻlmaydi», — deya bayonot berdi.

Tehronda siyosiy va xavfsizlik elitasi, shuningdek, nisbatan moʻʼtadil pozitsiyasi bilan tanilgan prezident Masud Pezeshkian ham umumiy tahdid oldida birdamlik namoyon etmoqda.

Xalqaro bosim

AQSh prezidenti Donald Tramp Salem News Channel telekanaliga bergan intervyusida:
«Agar ular odamlarni oʻldirishni boshlasa, AQSh juda kuchli zarba beradi», — deya bayonot berdi.

Mutaxassislar bu soʻzlar vaziyatga ikki xil taʼsir koʻrsatayotganini taʼkidlamoqda. Bir tomondan, u namoyishchilar orasida tashqi qoʻllab-quvvatlashga umid uygʻotmoqda. Ikkinchi tomondan esa, Eron hukumatiga tartibsizliklarni «Vashington va Tel-Aviv taʼsiri» sifatida talqin qilish va oʻz tarafdorlarini safarbar etish imkonini bermoqda.

Shu munosabat bilan Liviya bilan oʻxshashliklar ham tilga olinmoqda. 2011 yilda Gʻarb davlatlari Bengozida namoyishchilarni himoya qilishdan boshlab, keyinchalik harbiy intervensiyaga oʻtib, Muammar Qaddafiyning agʻdarilishi va halokatiga olib kelgan edi.

Tramp maʼmuriyati Venesuela rahbari Nikolas Maduroga qarshi amalga oshirilgan operatsiyadan soʻng Eronga nisbatan ham keskin bayonotlar bermoqda va bu tahdidlar endi jiddiy qabul qilinmoqda.

Javob tariqasida Eron oliy rahbarining maslahatchisi Ali Shamxoni:
«Eron xavfsizligiga tajovuz qilgan har qanday qoʻl kesiladi», — deya bayonot berdi. Tahlilchilarga koʻra, AQSh bilan ochiq toʻqnashuv yuzaga kelsa, Eron mintaqadagi Amerika harbiy bazalariga zarba berish ehtimoli mavjud va bu butun Yaqin Sharqni keng koʻlamli mojaroga tortishi mumkin.

Inqiroz ostonasida

Hozirda Eronda barqarorlik juda nozik holatda. Aholi hukumatdan qoʻrqishni toʻxtatayotgan bir paytda, davlat kuch ishlatishdan qaytmasligini ochiq bildirmoqda. Ayrim kuzatuvchilar bu manzarada Qaddafiy va Asad davrlarini eslatuvchi jihatlarni koʻrmoqda.

Yaqin kunlarda Eron siyosiy elitasi qabul qiladigan qarorlar nafaqat mamlakatning, balki allaqachon beqaror holatda boʻlgan butun mintaqaning kelajagini belgilab berishi mumkin.

Muallif: Aziz SOLIYeV

Jahon

12.01.2026, 08:59

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg

Maʼlum qilinishicha, mojaroning dastlabki bosqichida AQSh qanotli raketalar orqali tezkor zarbalar bergan. Biroq ikki haftadan soʻng vaziyat murakkablasha boshlagan.

Jahon

11.03.2026, 16:58

Zamonaviy urushning xavfli quroli: Navigatsiya buzildi, yuzlab kemalar ortda qoldi

AQSh va Isroilning Eronga hujumlaridan soʻng Hurmuz boʻgʻozi va boshqa mintaqalarda elektron signallarni buzish holatlari aniqlandi. 

Jahon

07.03.2026, 14:12

Tehron markazida AQShga ogohlantiruvchi gigant bilbord oʻrnatildi

Bilbordda avianosets, vayron boʻlgan samolyotlar hamda qon suvga oqib, AQSh bayrogʻini eslatuvchi manzara aks ettirilgan. Unda “Shamol sepsang — boʻron oʻrib olasan” degan shior joy olgan.

Jahon

26.01.2026, 14:26

Tramp Erondagi vaziyat boʻyicha xabar bergan nashrlarni sudga bermoqchi

Tramp Erondagi vaziyat boʻyicha xabar bergan nashrlarni sudga bermoqchi

Prezidenti Donalʼd Tramp AQShning Eronga uyushtirilgan aviazarbalari haqidagi xabarlarini yozgani uchun CNN va "The New York Times"ni sudga berish berish tahdid qilmoqda. Bu haqda CNN nashri xabar qildi.

Jahon

27.06.2025, 14:37

Embassy Statement: The U.S. and Israel Bear Full Responsibility for All Such Conflicts

Soʻz elchixonaga: Bunday urushlarning barchasiga AQSh va Isroil aybdor

Joriy yilning 13 iyun kuni Isroil Eronga qarshi "Koʻtarilayotgan sher" nomli harbiy operatsiyasini boshlagan edi. Shundan soʻng Yaqin Sharqda Isroil-Eron urushi avj oldi. Bu urushga AQShning qoʻshilishi esa mavjud muammolarni yanada chigallashtirdi.

Siyosat

25.06.2025, 13:18

Eron yadro dasturini himoya qila oldimi?

Eron yadro dasturini himoya qila oldimi?

Isroil Erondagi bir qancha yer usti nishonlarini jiddiy shikastladi, AQSh esa yer ostidagi yadro inshootlarini vayron qilganini daʼvo qilmoqda. Sunʼiy yoʻldosh tasvirlari raketalar nishonga tekkanligini koʻrsatadi, biroq vayron qilingan hududlar va yadro obʼektlarini tasdiqlovchi mustaqil dalillar hozircha yoʻq.

Jahon

25.06.2025, 11:07

So‘nggi yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi

2025 yil sentabrida Nepalda Z-avlod qoʻzgʻoloni boshlangan edi. Tarixdagi ilk Z-avlodi qoʻzgʻoloni mamlakat siyosiy doiralarini larzaga keltirib, muvaqqat hukumat tuzilishiga olib kelgan.

Jahon

14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin

Prezident yigʻilishlardan birida aliment toʻlovchilarning chet elga chiqishidagi cheklovlar masalasiga toʻxtalib, mutasaddilarga bu muammoni chuqur oʻrganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01