Apple iPad va MacBook narxlarini keskin oshirdi
Narxlar oshishiga sabab — sun’iy intellekt sohasidagi ma’lumot markazlari qurilishining jadal rivojlanishi tufayli xotira va saqlash chiplari narxi oshib ketgan.
Fan-texnologiya
26.06.2026, 16:33
Ulashish:

Apple 26-iyun kuni iPad va MacBook narxlarini oshirdi. Bunga sun’iy intellekt (SI) sanoatida ma’lumotlar markazlarining jadal kengayishi tufayli xotira va ma’lumotlarni saqlash chiplari narxining keskin oshib ketgani asosiy sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Kompaniya mijozlarini bu o‘zgarishlardan ortiq himoya qila olmasligini ma’lum qildi.
Ushbu qadam Apple’ning asosiy daromad manbayi bo‘lgan iPhone’ga ta’sir qilmaydi. Ammo arzon Windows va Chromebook noutbuklaridan bozor ulushini tortib olishga qaratilgan kompaniyaning eng hamyonbop noutbuki – Neo’ning boshlang‘ich narxi 599 dollardan 699 dollarga ko‘tariladi.
Yangilangan Narxlar
Apple o‘z veb-saytida e’lon qilgan yangilangan ro‘yxatga ko‘ra, narxlardagi asosiy o‘zgarishlar quyidagicha:
| Qurilma | Xotirasi | Avvalgi narxi | Yangi narxi | Farq |
| MacBook Neo | Baza | $599 | $699 | + $100 |
| MacBook Air | 512 GB | $1,099 | $1,299 | + $200 |
| MacBook Pro | 1 TB | $1,699 | $1,999 | + $300 |
| iPad Air | 128 GB | $599 | $749 | + $150 |
Shuningdek, Apple HomePod aqlli karnayining ikkala versiyasi hamda Apple TV qurilmalari narxini ham oshirdi.
Xabarlar ortidan kompaniya aksiyalari deyarli 5% ga, uning asosiy raqobatchisi bo‘lgan Dell aksiyalari esa 8% dan ko‘proqqa pasaydi.
Sanoatdagi inqiroz
Micron kabi xotira ishlab chiqaruvchilari so‘nggi oylarda Nvidia va boshqa SI chiplarini ishlab chiqaruvchilarning buyurtmalariga ko‘proq ahamiyat berishni boshlagan.
Bu xotira qurilmalari zavodlariga rekord darajada foyda keltirmoqda, biroq elektronika ishlab chiqaruvchilari uchun kam zaxira qolmoqda. Oqibatda ularda narxlarni oshirishdan boshqa chora yo‘q.
"Biz hech qachon butlovchi qismlar narxining bunday tez oshganini ko‘rmaganmiz," – deyiladi Apple rasmiy bayonotida. "Shu paytgacha mijozlarimizni bu o‘sishlardan himoya qilib keldik, ammo endi iPad va Mac kabi qator mahsulotlarimiz narxlarini oshirishni boshlashimiz kerak."
Xarajatlarning o‘sishi qurilmalar bozoriga juda og‘ir ta’sir qiladi. Natijada joriy yilda tarixdagi eng katta pasayish kuzatilib, smartfonlar bozori salkam 14 foizga, kompyuterlar bozori esa 11,3 foizga qisqarishi mumkin.
Kutilayotgan oqibatlar:
Tahlilchilar kuzatuviga qaraganda, tez orada iPhone narxlari ham oshadi.
MacBook Neo hamyonbopligini yo‘qotmoqda. Mart oyida sotuvga chiqarilgan va Apple savdolarini qutqarib qolgan $599 lik MacBook Neo endilikda qimmatlashgani hisobiga Dell o‘tgan oy taqdim etgan $699 lik XPS 13 modeliga nisbatan narx ustunligini yo‘qotdi.
Qolaversa, u Lenovo va Asus kabi ishlab chiqaruvchilarning ba’zi Chromebook modellaridan ham qimmatroq qurilmaga aylandi.
Fan-texnologiya
26.06.2026, 16:33
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Apple iPhone patentini buzganligi uchun $5,7 milliard to‘laydi
Fan-texnologiya
29.09.2026, 17:59

Sun’iy intellekt poygasi: Hindiston Deep Tech uchun $25 milliard yo‘naltirmoqchi
Fan-texnologiya
29.09.2026, 16:13

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?
Fan-texnologiya
16.09.2026, 15:30

Sun’iy intellekt AQSH va Xitoyning asosiy raqobat maydoniga aylandi
Jahon
15.09.2026, 11:42

ChatGPT yetti yoshli boladagi insult alomatlarini shifokorlardan oldin aniqladi
Fan-texnologiya
09.09.2026, 09:56

SI xodimlarni aslidagidan ko‘ra mahoratliroq ko‘rsatmoqda – tadqiqot
Fan-texnologiya
04.09.2026, 13:32
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
So'nggi yangiliklar

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
