Loy taxtaçalardan zamonaviy BNPL tizimigaça: nasiyaning 4 ming yillik tarixi

Bugun bir neça tugmani bosib, tovarni nasiyaga oliş mumkin. Ammo «bugun ol, keyin töla» tamoyili internet-dökonlardan ança oldin paydo bölgan. Uning tarixi qadimgi Mesopotamiyaga borib taqaladi.

Ulashish:

Nasiyaning tört ming yillik yöli

Foto: Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan

Bugun butun dunyoda millionlab odamlar nasiya orqali xarid qiladi. Lekin bu odat internet-dökonlar va finteç kompaniyalari bilan paydo bölmagan. Yozma hujjatlarga tayansak, insonlar «bugun ol, haqini keyin töla» tamoyilidan tört ming yildan beri foydalanib keladi.

 

Loy taxtaçadagi qarz

Qarz beriş yozuv paydo bölgan davrdan beri hujjatlaştirib kelinadigan amallardan biri. Tarixçi Stiven Garfinkl taxminan miloddan avvalgi 2100–2000 yillardagi Mesopotamiyani örganib, mixxat yozuvlarida qarz oliş-beriş eng faol hujjatlaştiriladigan amaliyot bölganini ta’kidlaydi.

Garfinkl qarzlarni uç turga ajratadi:

  1. Foiz evaziga beriladigan qarzlar;
  2. Foizsiz qarzlar;
  3. Qarzdor foiz tölaş örniga mehnati yoki mol-mulki bilan majburiyatni qoplaydigan qarzlar.

Foiz stavkalari ham ança tartibli bölgan. Kumuş evaziga olingan qarzlar uçun odatiy stavka 20 foiz, arpa evaziga olingan qarzlar uçun 33,3 foiz edi. Arpa qarzlar odatda hosil paytida arpa yoki uning kumuşdagi qiymatida qaytarilgani uçun, bu mavsumiy qarz edi.

Iqtisodçi Maykl Hudson fikriça, mazkur tizimlar foyda yoki hosildorlikdan emas, hisoblaş qulayligidan kelib çiqqan. Oltmişlik sanoq tizimida qarzning 1/60 qismini oylik foiz sifatida hisoblaş qulay bölgan. Şu usulda belgilangan foiz yiliga 20 foizni taşkil etgan. Mutaxassislar orasida bu masalada yakdil fikr yöq.

Bu tizimda qarzdor himoyasiz ham qolmagan. Hammurapi qonunlarining 48-moddasiga köra, tabiiy ofat oqibatida hosil nobud bölsa yoki suv yetişmasa, dehqon öşa yili kreditorga don bermagan. 115–116-moddalar esa kreditor qarzdorni qamab qöysa va yoki kaltaklab öldirsa, kreditorning özi ham javobgar bölişini yozadi.

Bu moddalar ikki narsani körsatadi. Birinçidan, qarz kundalik hayotning odatiy qismi bölgan. 

Ikkinçidan, qarzdorlik ba’zida şunçalik oğir oqibatlarga keltirganki, davlat uni tartibga solişni zarur deb bilgan.

Mesopotamiyadagi qarz köproq dehqonçilik, ma’bad va saroy xöjaligi hamda savdo bilan boğliq edi. Şu tariqa bugungi şartnomalarning asosiy elementlari, ya’ni summa, foiz, muddat va kafolat öşa davrlardayoq paydo böldi.

 

Karvon va işonç

Qadimgi Qohira sinagogasining omboridan ön minglab hujjatlar – XI asr Örta yer dengizi savdogarlarining xatlari, hisob-kitoblari va sud bayonlari topilgan. Ularni örgangan Şelomo Dov Goiteyn Örta yer dengizi yahudiylarining kundalik savdosi köpinça nasiyaga qurilganini körsatgan. Diniy qonunlar foizli qarzni çeklagan bölsa ham, amaliyot şunçalik keng tarqalgan ediki, maşhur faylasuf va huquqşunos Maymonid bir fatvosida uni taqiqlab bölmasligini tan olgan.

Ipak yöli savdosida yana ikki vosita muhim bölgan, ammo ularni nasiya bilan aralaştirmaslik kerak: 

  • Suftaja uzoq şaharda pul oliş imkonini bergan yozma topşiriq bölib, savdogar naqd pulni yölda xavf ostida olib yurmagan. Uning xizmati foiz emas, belgilangan haq bilan tölangan.
  • Havala esa uçinçi şaxsga pul tölaş haqidagi buyruq edi. Huquqşunos Benjamin Geva bu vositalar asosida keyinçalik Yevropada veksel paydo bölganini ta’kidlaydi.

Muddatli savdoning özi islom huquqida bay’ muajjal deb yuritiladi. Unda narx va tölov muddati bitim tuzilayotgan paytdayoq kelişiladi.

Bu davr uçun eng muhim narsa işonç edi. Savdogarning obröyi, avvalgi bitimlarni bajarişi, hamkorlari va guvohlar nasiyaga tovar beriş-bermaslikni hal qilgan. Bugun esa bu vazifani kredit tarixi va skoring ballari bajaradi.

 

Pianino, tikuv maşinasi va «bir dollar»

1840–1890 yillar oraliğida tört mahsulot – mebel, pianino, qişloq xöjaligi texnikasi va tikuv maşinasi kredit asosida sotiş amaliyotini dunyoga yoydi.

Pianino va mebel hurmatli oilaning belgisi hisoblangan. Qişloq xöjaligi texnikasi daromad keltirgani uçun «unumli» sanalgan.

Tikuv maşinasi ham şunday: u köylak tikiş vaqtini ön tört soatdan bir soatga tuşirgan. Lekin tikuv maşinasi qimmat edi. 1850 yillarda Singer maşinasi taxminan 125 dollar turgan, örtaça amerikalik oilaning yillik daromadi esa 500 dollar atrofida edi. Ya’ni maşina oilaning yillik daromadining qariyb çoragiga teng kelgan.

Muammoni hal qilgan odam Isak Singerning huquqşunosi Edvard Klark böldi. 

1856 yilda kompaniya quyidagi ğoya bilan yangi tartibni joriy etdi:

«Nega uy bekasiga tikuv maşinasini ijaraga berib, ijara haqini uning xarid narxiga qöşib hisoblaş mumkin emas? Eri uni qarzga botirişda ayblay olmaydi, çunki u tikuv maşinasini şunçaki vaqtinça işlatişga yoki ijaraga olayotgan böladi va uni sotib olişga majbur emas. Biroq ijara muddati tugagaç, tölagan puli evaziga tikuv maşinasining egasiga aylanadi»

Endi xaridor maşinani ijaraga olgandek foydalanişni boşlar, ma’lum vaqt «ijara» tölagandan keyin uning egasiga aylanardi. Manbalarda şartlar turliça keltiriladi: ayrimlari 5 dollar oldindan tölov va oyiga 3-5 dollarni, boşqalari oyiga 2 dollardan 10 dollargaça ijara tölovini yozadi.

Ammo şunisi aniqki, bu ijara-xarid narxga ustama qöşgan holda hisoblangan, ya’ni nasiya naqd narxdan qimmat edi.

Bu rejadan keyin Singerning savdosi bir yilda uç baravar oşgan. 1890 yillarga kelib Singer agentlari «bir dollar oldindan, keyin haftasiga bir dollar» degan şiorni ilgari surişdi.

Singerning usuli nasiya tizimini keng miqyosda ommalaştirdi. Singer tikuv maşinasini emas, uni sotib oliş imkoniyatini sotgan edi.

 

«Ajoyib kredit!»: kinoyali iqtibos

1873 yilda yozuvçi Mark Tven va Çarlz Dadli Uorner «Oltin asr» romanida öşa davrdagi amerikaliklarning qarz va boylikka munosabatini kinoya bilan tasvirlagan.

Mualliflar kinoyali tarzda: «Ajoyib kredit! Zamonaviy jamiyatning poydevori!» deb yozadi. Bu bilan ular odamlar bir-birining va’dalariga haddan taşqari işonadigan, qarz va moliyaviy tavakkal keng tarqalgan jamiyatni tasvirlaydi.

«Oltin asr» romani XIX asr oxiridagi Amerikada boylikka intiliş, spekulyatsiya va siyosiy korruptsiya kuçaygan davrni satirik tarzda tasvirlagan. Keyinçalik «Oltin asr» atamasi aynan şu asar nomi orqali keng tarqalgan.

Şu tariqa, kredit öşa davrdayoq faqat iqtisodiy imkoniyat emas, balki ortiqça işonç, qarzdorlik va moliyaviy xatar bilan boğliq hodisa sifatida ham körila boşlangan.

 

Avtomobil: zarur bölmagan qarz

1919 yilga kelib General Motors özining moliya kompaniyasi GMAC (General Motors Acceptance Corporation)ni taşkil etdi. Kompaniya avtomobil dilerlariga sotuv uçun maşina xarid qilişda kredit ajratar, xaridorlarga esa avtomobillarni bölib tölaş asosida sotib oliş imkonini berardi.

Bu oddiy taşabbus emas edi. Banklar iste’mol kreditiga qiziqiş bildirmas, çunki xaridorni tekşiriş va qarzni undirişning taşvişi köp edi, avtomobil esa «zarur bölmagan» mahsulot hisoblanardi. Federal zaxira tizimi 1920 yilda avtomobil kreditini çeklaşga urinib, haşamat uçun avtomobillarni qarzga olmaslikni tarğib qilgan. Natijada banklar bu bozorni moliyalaştirişga şoşilmagani sababli, avtomobil savdosini kredit bilan ta’minlaş vazifasini GMAC kabi maxsus moliya kompaniyalari öz zimmasiga ola boşladi.

Şundan keyingi özgarişlar raqamlarda aks etgan. Huquqşunos Artur Vilmartning hisobiga köra, AQŞda iste’molçilarning bölib tölaş qarzlari 1919 yilda 1,9 milliard dollardan 1929 yilda 4,9 milliard dollarga yetgan, ularning asosiy qismini esa avtomobil kreditlari taşkil qilgan.

Bu kreditlar arzon bölmagan. Bankirlar uyuşmasi uçun hisobot yozgan Milan Ayres 1926 yilda bölib tölaş savdosidagi samarali foiz stavkalari 15 dan 40 foizgaça yetişini ta’kidlagan.

Qarzga avtomobil oliş esa odatiy xaridga aylandi.

 

Karta: nasiya dökondan taşqariga çiqdi

1950 yilda Nyu-York tadbirkor Frenk Maknamara va uning şerigi Ralf Şnayder Diners Club kartasini yaratdi. Bu karta orqali xarid qiliş mumkin edi, ammo sarflangan pul oy oxirida töliq qaytarilişi kerak edi. Uning asosiy yangiligi şundaki, karta orqali birgina dökonda emas, turli restoran va savdo joylarida tölov qiliş mumkin edi. Şu tariqa, kredit va tölov tizimi alohida bir savdo nuqtasidan taşqariga çiqib, kengroq miqyosda işlay boşladi.

1958 yilda Bank of America BankAmericard kartasini çiqardi. Uning farqi şunda ediki, mijoz qarzning hammasini birdaniga tölamasdan, qoldiqni keyingi oyga ötkazişi va unga foiz tölaşi mumkin edi. Bunday aylanma kredit bugungi kredit kartalarining asosi böldi.

 

Raqamli nasiya: BNPL

XXI asrda nasiya yana şaklini özgartirdi. 2005 yilda Stokgolm iqtisodiyot maktabining uçta talabasi Sebastyan Semiyatkovskiy, Niklas Adalbert va Viktor Yakobson Kreditor kompaniyasini oçdi.

Kompaniyaning ğoyasi xaridor va sotuvçi örtasidagi tölovni öz zimmasiga oliş edi. Xaridor tovarni sotib oladi, kompaniya esa sotuvçiga pulini darhol tölaydi. Xaridor mahsulotni olgaç, pulni kompaniyaga keyinroq qaytaradi.

Dastlab bu jarayon avtomatlaştirilmagan, barça hisob-kitoblar qölda, qoğoz hujjatlar orqali amalga oşirilgan. Kompaniyaning birinçi bitimi 2005 yil aprelida Stokgolmdagi kitob dökoni bilan tuzilgan.

2012 yilda PayPal asosçilaridan biri Maks Levçin AQŞda Affirm kompaniyasini işga tuşirdi.

2014 yilda Melburnda Afterpay paydo böldi.

BNPL xizmatlarini taklif qiluvçi kompaniyalar bir xil modelda işlamaydi. Ularning tölov şartlari, muddatlari va foiz stavkalari farq qiladi. Masalan, Klarna'ning «Pay in 4» xizmatida xaridor 100 dollarlik kurtkani tört qismga bölib tölaydi. Dastlab 25 dollar tölaydi, qolgan uç qismini esa har ikki haftada bir marta amalga oşiradi. 

Affirm esa bunday qisqa muddatli tölovlar bilan bir qatorda uzoq muddatli kreditlarni ham taklif qiladi. 2023 yilda uning tölov muddatlari 6 oydan 60 oygaça, yillik foiz stavkalari esa 0 dan 36 foizgaça bölgan. 

Demak, BNPL xizmatlari orasida foizsiz qisqa muddatli tölovlar ham, foiz hisoblanadigan uzoq muddatli kreditlar ham mavjud. Taşqi körinişda öxşaş bölsa-da, ularning xaridor uçun moliyaviy oqibatlari bir-biridan farq qiladi.

 

Nasiya hamişa bor edi, şakli özgardi

Mesopotamiyada nasiya dehqonçilik va savdoni moliyalaştirgan. Singer davrida ommaviy işlab çiqarilgan tovar oddiy oilaga yetkazildi. XX asrda u avtomobil va maişiy texnika bozorini kengaytirgan. XXI asrda esa kundalik xaridlarning bir qismiga aylandi.

Har qanday şakldagi nasiya qarzdorlik haqidagi savollarni ham keltirib çiqaradi. Hammurapi qonunlari qarzdorning huquqi haqida, 1920 yillarda bankirlar kredit xavfi haqida, bugun esa regulyatorlar BNPL’ning aniq narxi haqida gapirmoqda.

Keyingi maqolada şu narxni sodda tilda hisoblaymiz: nasiya aslida qança turadi?

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Ipoteka subsidiyasiga ariza qabul qilish 25-noyabrda boşlanadi

Özbekistonda ipoteka krediti böyiça subsidiya oliş uçun arizalar 25-noyabr kuni soat 10:00 dan qabul qilinadi. Nomzodlar ijtimoiy mezonlar asosida kamida 30 ball töplaşi va bankning kredit tarixi böyiça talablariga javob berişi kerak.

Oʻzbekiston

24.11.2026, 10:42

Ўзбекистон пул бирлиги

Yangi alifbo amaldagi banknot va tangalarni almaştirişni talab qilmaydi

Markaziy bank yangi özbek alifbosiga ötiş munosabati bilan amaldagi pullarni almaştiriş şart emasligini ma’lum qildi.

Iqtisodiyot

23.11.2026, 16:08

Ғишкўприк чегара пости

«Ğiştköprik» çegara-bojxona posti 25 noyabr kuni oçiladi

Fuqarolar va transport vositalarining çegaradan ötişi 25 noyabr kuni soat 16:00 dan yölga qöyiladi.

Oʻzbekiston

23.11.2026, 15:04

Саят Илёсов

Özbekistonlik boksçi Sayat Ilyosov Qozoğiston fuqaroligini oldi

Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev boksçiga fuqarolik beriş töğrisidagi farmonni imzolagan.

Sport

23.11.2026, 10:38

Жавоҳир Синдоров жаҳон чемпионатида

Javohir Sindarov jahon çempionligi bahsining ilk partiyasini oq donalarda boşlaydi

Jenevada şaxmat böyiça jahon çempioni unvoni uçun ötkaziladigan Javohir Sindarov va amaldagi çempion Gukeş Dommaraju örtasidagi bahsning qur’a taşlaş marosimi bölib ötdi.

Sport

23.11.2026, 09:35

Italiyaning Milan shahridagi San Siro (Giuseppe Meazza) stadioni yuqoridan olingan tasvir.

San Siro: bir asrlik tarix va Milan futbolining yangi uyi

San Siro o‘rnida nima quriladi? Milan futbolidagi tarixiy o‘zgarish

Sport

20.11.2026, 16:11

Toshkent metropoliteni

Toşkent metrosida tirbandlikni kamaytiriş uçun nima özgaradi?

2026 yil sentyabr–oktyabr oylarida metro xizmatlaridan 61,7 million kişi foydalandi. Yölovçilar köpayişi munosabati bilan vagonlar sonini oşiriş va yangi poyezdlar xarid qiliş rejalaştirilmoqda. 

Oʻzbekiston

20.11.2026, 14:41

Anthropic акциялари 34% ошди

Tramp bilan mojaroga qaramay, Anthropic aktsiyalari 34 foizga oşdi

IPO orqali 81,3 milliard dollar jalb qilgan Claude işlab çiqaruvçisi Anthropic  SpaceX örnatgan birja rekordini yangiladi. 

Iqtisodiyot

20.11.2026, 10:51

Сергелида 1,7 гектарлик сунъий кўл пайдо бўлади

Sergelida 1,7 gektarlik sun’iy köl paydo böladi

Yana qanday özgarişlar kutilmoqda?

Oʻzbekiston

20.11.2026, 10:18

O‘zbekiston va Ummon davlat bayroqlari.

Özbekiston va Ömon örtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi

Kelişuvning kuçga kiriş şartlari qanday? 

Oʻzbekiston

19.11.2026, 16:55

Тожикистонда электр устуни қулади

Tojikistonda elektr uzatiş ustuni quladi: Farğona vodiysida elektr ta’minoti çeklandi

Tojikiston hududidan ötuvçi 500 kV kuçlanişli elektr uzatiş tarmoğida avariya sodir böldi. Oqibatda Farğona vodiysining ayrim hududlarida elektr ta’minoti uzildi.

Oʻzbekiston

19.11.2026, 14:53

Roxinjalar genotsidi: Myanma xalqaro sud oldida javob beradi

BMTning Xalqaro sudi 19 noyabr kuni Myanmaga qarşi roxinja musulmonlariga nisbatan genotsid sodir etilgani haqidagi iş böyiça qaror çiqarişi kutilmoqda. BMT tergovçilari harbiylar yuzlab qişloqlarni vayron qilgani, ommaviy qotilliklar sodir etgani va ayollar hamda bolalarga nisbatan muntazam jinsiy zöravonlik işlatganini qayd etgan.

Jahon

19.11.2026, 10:56

Ўзбекистон ва Туркманистон чегараси

Özbekiston va Turkmaniston çegaradan ötişni yengillaştirmoqçi

Tomonlar Toşkent – Aşxobod – Toşkent yönalişida aviaqatnovlarni tiklaş, şuningdek, çegaradoş hududlar aholisi uçun uç sutkagaça vizasiz qatnov tartibini qayta joriy etiş masalalarini körib çiqdi.

Siyosat

19.11.2026, 09:42

Özbekistonlik professor Qozoğistonda 10 yilga qamaldi

Özbekistonlik professor Qozoğistonda nega qamaldi?

Qozoğistonda andijonlik professor Iqboljon Qoraboyev josuslikda ayblanib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Uning yaqinlari olim aybiga iqror bölmagani va hukm ustidan apellyatsiya bermoqçi ekanini aytişdi. Eng muhim savol: u qaysi davlat foydasiga josuslik qilgan?

Siyosat

18.11.2026, 18:31

Deutsçe Bank: Tramp va Epşteynning Rossiya bilan aloqalari oşkor böldi

Deutsçe Bank’ning 15 milliondan ortiq içki hujjati tarqalib ketişi bankning AQŞ prezidenti Donald Tramp va jinsiy jinoyatlarda ayblangan Jeffri Epşteyn bilan moliyaviy aloqalari haqida yangi ma’lumotlarni oşkor qildi. 

Siyosat

18.11.2026, 16:45

Покистонлик Ассиф Мерчант

Trampga suiqasd rejasi: pokistonlik 27,5 yilga qamaldi

AQŞ sudi Donald Tramp va boşqa amerikalik siyosatçilarga nisbatan suiqasd rejasini taşkil etişda ayblangan Assif Merçantni 27,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Jahon

18.11.2026, 14:28

Саида Мирзиёева Канада элчиси билан учрашди

Özbekistondan Kanadaga boriş osonlaşadimi?

Saida Mirziyoyeva Kanada elçisi Kristofer Daggan bilan savdo, investitsiya, ta’lim va viza tartiblarini yengillaştiriş masalalarini muhokama qildi.

Siyosat

18.11.2026, 11:47

Eron Vaşingtonda kimyoviy qurol işlatadimi?

Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi AQŞ poytaxtida kimyoviy qurol yoki radioaktiv modda tarqatuvçi qurilmadan foydalanish rejasi haqida izoh berdi. 

Jahon

18.11.2026, 10:39

14 та телефонни ўғирламоқчи бўлган йигит ушланди

Namanganda telefon ustaxonasidan 14 ta telefonni öğirlamoqçi bölgan yigit uşlandi

Uyçi tumanidagi telefon ustaxonasiga tungi vaqtda eşik qulfini buzib kirgan şaxs Qöriqlaş xizmati xodimlari tomonidan qölga olindi.

Oʻzbekiston

18.11.2026, 10:10

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →