Gʻazoni tiklash uchun oʻnlab milliard dollar talab etiladi

Buyuk Britaniya, Misr va Falastin hamkorligida Uilton Parkda oʻtkazilgan konferensiyada Gʻazo sektoridagi qayta tiklash ishlari oʻnlab milliard dollar mablagʻni talab etishi taʼkidlandi.

Jahon

18.10.2025, 10:01

Ulashish:

«Gʻazoni tiklashni moliyalashtirish» mavzusidagi anjumanda xalqaro investorlar, arab davlatlari va falastinlik xususiy sektor vakillari ishtirok etdi. Ular iqtisodiy tiklanish jarayonida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish va xalqaro moliyaviy yordamni jalb qilish zarurligini qayd etdilar.

Anjuman yakunidagi bayonotda Gʻazodagi otashkesimning boshlanishi, isroillik asirlarni ozod etish va falastinliklarni oilalari bilan birlashtirish yuzasidan qoʻlga kiritilgan natijalar olqishlandi. Shuningdek, AQSh rahbarligi va vositachilik faoliyati uchun minnatdorlik bildirildi.

Hujjatda taʼkidlanishicha, barqaror tinchlikka erishish uchun faqat siyosiy saʼy-harakatlar emas, balki iqtisodiy tiklanish va Gʻazoni qayta qurish ishlari ham muhim ahamiyatga ega.

Konferensiyada arab davlatlari tomonidan ilgari taklif etilgan Gʻazoni barvaqt tiklash va rivojlantirish boʻyicha arab-islom rejasi asosidagi dasturlar ham muhokama qilindi.

Taʼkidlanishicha, bu jarayon moliyaviy resurslar bilan birga xususiy sektorning faol ishtirokini va mutaxassislik salohiyatini talab etadi. Anjuman yakunida, xususiy sarmoyalar hisobiga barqaror tiklanish yoʻllarini belgilash boʻyicha muayyan ilgarilashga erishilgani qayd etildi.

Eslatib oʻtamiz, 9 oktabr kuni AQSh prezidenti Donald Trampning bayonotiga koʻra, Isroil va HAMAS oʻrtasidagi otashkesim rejasi ilk bosqichda maqullangan, hamda 10 oktabrdan kuchga kirgan. Sharm ash-Shayx shahrida boʻlib oʻtgan tinchlik sammitida Misr, Turkiya, AQSh va boshqa davlatlar rahbarlari ishtirok etgan.

Jahon

18.10.2025, 10:01

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Gʻazo yana xavf ostida: Isroil yordam tashkilotlari faoliyatini cheklamoqchi

Isroil hukumati 1 mart kuni urushdan vayron boʻlgan Gʻazo, bosib olingan Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi 37 ta yordam guruhi faoliyatini taqiqlashini aytdi.

Jahon

26.02.2026, 10:29

Gʻazodagi urushda 500 dan ortiq Markaziy Osiyo fuqarolari ishtirok etgan

Gʻazo sektoridagi urushda 50 mingdan ortiq xorijlik ishtirok etgan. Ularning 500 dan ortigʻini Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari tashkil etadi. 

Jahon

23.02.2026, 09:15

Gʻazo uchun qaysi davlat qanday yordam beradi?

19 fevral kuni Vashingtonda AQSh Prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilgan Tinchlik kengashining ilk yigʻilishida yetakchilar Gʻazo boʻyicha oʻz yordam takliflarini bildirishdi.

Jahon

21.02.2026, 07:37

“Oʻzbekiston Gʻazoda maktab va shifoxonalar qurishga tayyor” — Mirziyoyev

Vashingtonda oʻtgan “Tinchlik kengashi” sammitida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mintaqadagi gumanitar inqirozni bartaraf etish va vayron boʻlgan infratuzilmani tiklash yuzasidan muhim bayonot bilan chiqdi.

Oʻzbekiston

20.02.2026, 08:09

Gʻazo uchun 5 mlrd dollardan ortiq mablagʻ ajratiladi

AQSh prezidenti Donald Tramp «Tinchlik kengashi»ga aʼzo davlatlar Gʻazoni tiklash va gumanitar yordam uchun 5 milliard dollardan ortiq mablagʻ ajratishini maʼlum qildi.

Jahon

16.02.2026, 09:10

Isroil Gʻazoda majburiy evakuatsiyani boshladi

Isroil armiyasi oktabr oyida eʼlon qilingan sulhdan beri birinchi marta Gʻazo sektori janubida falastinlik oilalarni majburiy koʻchirishga buyruq berdi.

Jahon

22.01.2026, 12:35

So‘nggi yangiliklar

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi

AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi yuqori martabali razvedka mulozimi – Terrorizmga qarshi kurash boʻyicha milliy markaz direktori Jo Kent Oq uyning Eronga qarshi urushiga norozilik bildirib,  isteʼfo berdi.

Jahon

18.03.2026, 14:17

Klaviaturadagi “F” va “J” tugmalari nega boʻrtma?

Klaviaturadagi “F” va “J” tugmalari ostidagi kichik boʻrtma tepalikchalar bejiz joylashtirilmagan. Ularning asosiy vazifasi — qoʻl barmoqlarini klaviaturaga qaramasdan toʻgʻri joylashtirishga yordam berish.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 12:44

Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin

Oliy taʼlim muassasalarida davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilarni ishga taqsimlash tizimini takomillashtirish maqsadida amaldagi tartibga muhim oʻzgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda.

Ta'lim

18.03.2026, 11:20

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti sanasi boʻyicha dastlabki maʼlumot eʼlon qilindi

Oʻzbekistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti sanasiga oid dastlabki maʼlumotlar eʼlon qilindi. Unga koʻra, bayram 20 mart kuniga toʻgʻri kelishi kutilmoqda. 

Oʻzbekiston

18.03.2026, 10:06