Aliment toʻlovchilar chet davlatga chiqishi mumkin boʻladi

Yangi qoʻshimchalarga koʻra, aliment toʻlash majburiyati yuklatilgan shaxslar chet davlatga chiqish uchun vaqtinchalik cheklovni bekor qilish maqsadida sugʻurta polisini ilova qilgan holda davlat ijrochisiga iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin. Iltimosnoma koʻrib chiqilganidan soʻng, davlat ijrochisi chetga chiqish boʻyicha cheklovni maʼlum muddatga toʻxtatib turadi.

 Adliya vazirligi “Sud hujjati asosidagi ijro hujjatlarini uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxslarning Oʻzbekistondan chiqishini vaqtincha cheklash boʻyicha vakolatli davlat organlarining hamkorligi toʻgʻrisida”gi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. Hujjat roʻyxat raqami — 3196-2 (26.11.2025 yil).

Maʼlum qilinishicha, bunday sugʻurta turlari litsenziyaga ega boʻlgan sugʻurta kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, sugʻurta polisining haqiqiyligi va amal qilish muddati Majburiy ijro byurosi (MIB) tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi axborot tizimi orqali avtomatik tarzda tekshiriladi.

Adliya vazirligi mazkur tartib aliment majburiyatini bajarishni ragʻbatlantirish, shu bilan birga muayyan hayotiy vaziyatlarda chetga chiqishga muhtoj boʻlgan fuqarolarga yengillik yaratishni maqsad qilganini qayd etgan.

Mavzuga oid yangiliklar

Aliment qarzdorlarini ommaviy eʼlon qilish amaliyoti inson huquqlariga zid — Ombudsman

Aliment qarzdorlarining roʻyxatlari va fotosuratlarini ommaviy tarqatish inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadi hamda Konstitutsiya normalariga ziddir.

Oʻzbekiston

02.03.2026, 15:07

Xorazmda keksa otasini moddiy taʼminlamagan farzandlar jinoiy jazoga tortildi

Ota 3 nafar farzandini sudga berdi. Farzandlar sud qarori bilan otasining taʼminoti uchun har biriga belgilangan oylik – 130 ming soʻm aliment pulini toʻlamay kelgan. “Turmush oʻrtogʻim vafotidan keyin farzandlarim meni yolgʻiz tashlab qoʻydi. Axir men ularni tugʻilganidan voyaga yetgunlariga qadar parvarishlaganman”, degan otaxon sudda.

Oʻzbekiston

03.09.2025, 18:35

Toshkentda ota 2,4 mlrd soʻmlik alimentni toʻlab berdi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida ota 4 nafar farzandi taʼminoti uchun 2,4 mlrd soʻm miqdoridagi aliment pullarini oldindan toʻlab berdi.

Oʻzbekiston

21.08.2025, 09:01

Avtomobil egalarining «majburiy sugʻurta»si narxlari oshiriladi

026 yil 1 yanvardan boshlab transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta summasini 80 mln soʻmgacha oshirilishi belgilandi.

Iqtisodiyot

25.07.2025, 10:02

Mashina jarimaga, ota qamoqqa joylashdi

Oʻtkazilgan navbatdagi reyd davomida ushlangan ushbu shaxs yillar davomida aliment toʻlovlarini amalga oshirmagan.

Oʻzbekiston

22.07.2025, 20:49

Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

Kecha, 28 oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolagan qonun bilan foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish huquqbuzarligini takroran sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

29.10.2024, 10:07

So‘nggi yangiliklar

Dubay xalqaro aeroportidagi uzilishlar iqtisodiyotga jiddiy zarba bermoqda

Dubay iqtisodiyoti har daqiqada qariyb 1 million dollar miqdorida zarar koʻrmoqda.

Iqtisodiyot

04.03.2026, 16:47

Ayollar koloniyasidagi mahkumalar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

Koloniyaga mutaxassis shifokorlar jalb etilib mahkumalar hamda ularning uch yoshgacha boʻlgan farzandlari toʻliq tekshiruvdan oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 15:05

“ChatGPTdan voz keching” – OpenAI modellariga boykot avj olmoqda

AQSh hukumati va sunʼiy intellekt kompaniyalari oʻrtasidagi kelishmovchilik ortidan OpenAI’ga qarshi boykot harakati kuchaymoqda. 

Jahon

04.03.2026, 13:11

Homilador talabalarga “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi

2026/2027 oʻquv yilidan homilador talaba-qizlarga yoki 3 yoshgacha boʻlgan farzand tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi talabalarga oliy taʼlim olish uchun “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi.

Ta'lim

04.03.2026, 11:59

Tibbiyot oliygohlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin

Oʻzbekistondagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga talabalarni superkontrakt (oshirilgan toʻlov-kontrakt) asosida qabul qilish tartibi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.

Ta'lim

04.03.2026, 10:02

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni

Prezident farmoniga koʻra, voyaga yetmaganlarga nisbatan ogʻir jinsiy jinoyatlarni qayta sodir etgan shaxslar umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etiladi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 06:16

"Oʻldi"ga chiqarilgan Netanyaxu Berlindan qaytdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu uning oʻlimi haqidagi xabarlardan soʻng jamoatchilikka koʻrinish berdi.

Jahon

03.03.2026, 22:47

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi

Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) 3 mart kuni Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Jahon

03.03.2026, 17:39

Oʻqituvchilarga sertifikat olish uchun subsidiya beriladi

Oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga xalqaro va milliy sertifikatlar olish uchun sarflangan mablagʻlarning 50 foizi (BHMning 20 baravarigacha) qoplab beriladi.

Oʻzbekiston

03.03.2026, 17:25

Krishtiano Ronaldu Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.

Krishtiano Ronaldu xavfsizlik maqsadida Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.

Sport

03.03.2026, 16:33

Siyosat tutuni: iqlim oʻzgarishi omillari

Urush haqida oʻylaganimizda, qon toʻkilishi, jasadlar va vayronaga aylangan manzillar koʻz oldimizga keladi. Bunday davrda atrof-muhit urushlarning jim qurboniga aylanadi. 

Jahon

03.03.2026, 15:36

"Sirena chalsa darhol bunkerga kiring". Isroildagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi

Oʻzbekistonning Isroildagi Elchixonasi mamlakatda joriy etilgan “Favqulodda holat” munosabati bilan oʻzbekistonliklarga shoshilinch murojaat bilan chiqdi.

Jahon

03.03.2026, 09:48