Neftni qayta ishlash zavodlariga berilgan zarbalar oqibatida Rossiya YaIMining 1 foizini yo‘qotdi – Putin
IEA va Reuters ma’lumotlari Rossiya neft sanoatida jiddiy uzilishlar borligini ko‘rsatmoqda. Putinning YaIM 1 foizga kamaygani haqidagi bahosi qanchalik asosli ekani esa so'roq ostida.
Iqtisodiyot
02.10.2026, 12:46
Ulashish:

Rasm SI orqali yaratilgan
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi hujumlar Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlariga zarar yetkazib, mamlakat YaIMining taxminan 1 foizi yo‘qotilganini aytdi. U bu bayonotni 1-oktyabr kuni Valday xalqaro munozara klubining yalpi majlisida bildirdi.
Putinning gaplariga qaraganda, Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga qilingan hujumlardan maqsad – Rossiya iqtisodiyotiga zarar yetkazish bo‘lgan va uning ta’biricha, maqsadga “qisman” erishilgan.
Albatta, mazkur raqamni mustaqil iqtisodiy hisob-kitob sifatida talqin qilib bo‘lmaydi. YaIMning 1 foizga kamaygani – Putinning o‘z bahosiga asoslangan ko‘rsatkich. Hozircha IEA yoki boshqa yirik xalqaro iqtisodiy tashkilotlar Ukraina hujumlari Rossiya YaIMini aynan 1 foizga qisqartirganini tasdiqlagan mustaqil hisob-kitobni e’lon qilmagan.
Biroq Rossiya neftni qayta ishlash sanoatidagi uzilishlar mamlakat yoqilg‘i bozoriga sezilarli zarba bergani haqida bir talay ma’lumotlar mavjud.
Reuters hisob-kitoblariga ko‘ra, sentyabr oyida dron hujumlari oqibatida Rossiyaning dizel ishlab chiqaruvchi oltita yirik zavodidan uchtasi ishlab chiqarishni kamaytirgan yoki butkul to‘xtatgan. Rossiyada ishlab chiqariluvchi dizelning qariyb yarmi ushbu zavodlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Xalqaro energetika agentligi (IEA) ham Rossiya neftni qayta ishlash sanoatidagi bosim kuchayganini qayd etadi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki sakkiz oyida Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlari o‘rtacha har uch kunda bir marta hujumga uchragan.
Iyun oyida mamlakatdagi neftni qayta ishlash hajmi kuniga 3,8 mln barrelga tushgan. Bu 2025-yilning shu oyiga nisbatan qariyb 30 foiz kam va 20 yildan ortiq vaqt ichidagi eng past ko‘rsatkichdir.
Yoqilg‘i ta’minotidagi muammolar ortidan hukumat dizel eksportiga qo‘yilgan cheklovni ham oktyabr oxirigacha uzaytirdi. Bu choralar orqali ichki bozorda yoqilg‘i yetishmovchiligi va narxlar oshishini to‘xtatish maqsad qilingan.
Neft sanoatidagi bosim davlat daromadlariga ham ta’sir qilmoqda. 2026-yil yanvar–avgust oylarida Rossiyaning umumiy fiskal daromadlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 17 foizga kamayib, 5 trln rublni tashkil etdi. Ammo bu pasayishni to‘liq Ukraina hujumlari bilan bog‘liq emas. Global neft narxlari va boshqa iqtisodiy omillar ham Rossiya daromadlariga ta’sir qilgan.
Shuningdek, Rossiyaning xom neft qazib olish hajmi ham yil davomida pasaydi. Rossiya avgust oyida kuniga 8,36 mln barrel xom neft ishlab chiqargan. Bu yanvar oyidagi 9,3 mln barrelga nisbatan 940 ming barrelga yoki taxminan 10 foizga kam.
Muallif: Isomiddin Jumanazarov
Mavzuga oid yangiliklar

Rossiya neft ishlab chiqarish hajmi yanvardan beri 940 ming barrelga kamayib ketdi
Jahon
14.09.2026, 15:54

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Hindiston maktablar atrofida fastfud savdosini cheklamoqchi
Jahon
24.09.2026, 11:32

Rossiya Ukrainaga zarbalari oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi
Jahon
22.09.2026, 14:38

Qozog'iston Rossiyaga benzin eksport qiliş̈dan voz keçdi
Iqtisodiyot
27.08.2026, 16:41

Fransiyada erkak uç ayolga piçoq bilan hujum qildi
Jahon
28.07.2026, 10:48
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

Yangi Toşkent şahri hokimligi taşkil etiladi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
