Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi

Ayrim hududlarda suv narxi oşdi, kelasi yildan esa tariflarni belgilaş tartibi ham özgaradi.

Ulashish:

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi

2026-yil 1-oktyabr holatiga köra, Özbekistonda aholi va korxonalarning içimlik hamda oqova suv xizmatlari uçun qarzi 542,6 milliard sömni taşkil etdi. Şundan 430,7 milliard sömi aholi, 111,8 milliard sömi yuridik iste’molçilar hissasiga töğri keladi. Bu haqda 30-oktyabr kuni Toşkentda ötkazilgan matbuot anjumanida “Özsuvta’minot” mas’ullari ma’lum qildi.

Qarzdorlik eng yuqori bölgan hudud — Toşkent şahri. Bu yerda iste’molçilarning suv ta’minoti korxonalari oldidagi qarzi 92,9 milliard sömga yetgan. Andijon viloyatida bu körsatkiç 74,1 milliard, Toşkent viloyatida 61,6 milliard, Farğona viloyatida esa 57 milliard sömni taşkil etadi.

Qarzdorlikni undiriş böyiça 2026-yilning ötgan davrida notariuslar va sudlarga 167 783 ta ariza kiritilgan. Natijada 114 305 ta ijro xati va sud buyruği çiqarilib, 110 563 ta hujjat Majburiy ijro byurosiga yuborilgan.

Amaldagi tartibga köra, iste’molçilar suv xizmatlari uçun tölovni har oyning 10-sanasiga qadar töliq amalga oşirişi kerak. Qarzdorlik yuzaga kelganida avval iste’molçiga yozma ogohlantiriş yuboriladi. Qarz bartaraf etilmasa, xizmatni çeklaş va uni undiriş çoralari köriladi.

Suv tariflari olti korxonada oşirildi

Ayni paytda Özbekistonda içimlik va oqova suv xizmatlari tariflari qayta körib çiqilmoqda. 27-oktyabr holatiga köra, oltita suv ta’minoti korxonasida yangi narxlar tasdiqlangan.

Eng katta ösiş Andijon viloyatida kuzatilgan: içimlik suvining bir kub metri uçun tarif 1 650 sömdan 2 500 sömga oşirilgan. Surxondaryo viloyatida narx 5 300 sömdan 6 800 sömga, Samarqandda 2 800 sömdan 3 600 sömga kötarilgan.

Şuningdek, Navoiy viloyatida tarif 3 500 sömdan 4 200 sömga, Toşkent viloyatida 2 600 sömdan 3 100 sömga oşirilgan. “Çimyon-Çorvoq” magistral suv ta’minoti korxonasida esa narx 1 500 sömdan 1 700 sömga özgargan.

2027-yildan tariflarni kim tasdiqlaydi?

2027-yil 1-yanvardan içimlik va oqova suv xizmatlari tariflarini tasdiqlaş vakolati hududiy kengaşlardan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasiga ötkaziladi. Yangi tartibga köra, narxlar yagona iqtisodiy asoslangan mezonlar böyiça körib çiqiladi.

Bundan taşqari, 2027-yil 1-apreldan budjet taşkilotlari uçun içimlik va oqova suv xizmatlariga respublika böyiça yagona tarif joriy etilişi belgilangan.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi

Xitoylik 24 yoşli yigit töyiga mehmon topiş uçun noodatiy yöl tutdi. Uning ijtimoiy tarmoqdagi murojaati qisqa vaqt içida kutilmagan natija berdi.

Jahon

31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?

2026 yil 1 noyabrdan Özbekistonda gaz ta’minoti, bojxona rasmiylaştiruvi, mobil reklama, tadbirkorlar uçun kommunal tölovlar hamda pensiya tayinlaş tartibiga oid bir qator özgarişlar joriy etiladi.

Oʻzbekiston

31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi

Rossiya budjet taqçilligi 5,8 trillion rublga yetdi. Hukumat bir qator sohalarni qamrab oladigan yangi soliq çoralarini taklif qilmoqda.

Jahon

30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi

Yordam pulini qanday oliş mumkin?

Oʻzbekiston

30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi

Kelişuvlar nimalarni özgartiradi?

Oʻzbekiston

30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi

Binance xavfsizlik buzilişi gumoni bilan barça mablağlarni kiritiş va yeçib oliş operatsiyalarini vaqtinça töxtatdi.

Iqtisodiyot

30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi

Ikkinçi jahon uruşi davomida Yaponiya foydalangan 56 ta «dözax kemasi»dan 19 tasi Ittifoqçilar tomonidan çöktirildi. Bu kemalarda 126 mingdan ortiq harbiy asir taşilib, ularning har uç nafaridan biri halok bölgan.

Madaniy

29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"

Eron elçixonalarining Samarqandni fors sivilizatsiyasi merosi sifatida körsatgan postlaridan keyin Toşkent Tehronga norozilik bildirgandi. Eron TIV bu holatga izoh berdi.

Oʻzbekiston

29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi

Pirotexnika vositalari odamlarda qörquv va xavotir uyğotişi hamda ruhiy zöriqişga sabab bölişi mumkinligi taqiqqa asos qilib körsatilgan.

Jahon

29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...

Isroilda parlament saylovlaridan keyin ovozlarni sanaş davom etmoqda. Boş vazir Binyamin Netanyaxu tarafdorlari bloki dastlabki natijalarga köra oldinda bormoqda, biroq hukumat tuziş uçun zarur bölgan 61 ta mandatni hali qölga kiritmagan.

Siyosat

28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi

2026-yilning dastlabki olti oyida Rossiyaga kirişidan maqsad sifatida işlaşni körsatgan 1 178 609 nafar Özbekiston fuqarosi qayd etilgan.

Oʻzbekiston

28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?

Joriy yilning 15-sentabrdan boşlab özbekistonliklar uçun 60 kunlik vizasiz rejim va aeroportda viza oliş tartibi bekor qilingan edi.

Oʻzbekiston

28.10.2026, 12:16

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin

Qirğizistonda viloyat va tumanlar örniga “aymoq” deb ataladigan 20 dan ortiq ma’muriy birlik tuziş rejalaştirilmoqda.

Jahon

28.10.2026, 11:58

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi

Tojikistonda fuqarolarga 18 yoşga tölganidan keyingina xorijga işlaş uçun borişga ruxsat beriladi. Yangi talab prezident Imomali Rahmon tomonidan 21 oktyabr kuni imzolangan «Migratsiya töğrisida»gi qonunda belgilangan.

Jahon

28.10.2026, 10:24

Özbekistonda örtaça iş haqi 18 foizga ösdi

Özbekistonda 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida örtaça oylik iş haqi 7,27 mln sömga yetdi. Biroq yanvar–avgust oylaridagi mediana iş haqi 4,17 mln sömni taşkil etdi. Bu ikki körsatkiç bir-biridan farq qiladi.

Iqtisodiyot

28.10.2026, 09:50

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda

Sönggi 15 yilda Özbekistonda qayd etilgan nikohlar soni qariyb 9 foizga kamaydi, ajralişlar soni 2,6 baravardan köproq oşdi. Mamlakat aholisi esa şu davrda 34 foizga köpaygan

Oʻzbekiston

27.10.2026, 18:08

Endi Özbekistonda Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş mumkin

Özbekistonda 27-oktyabrdan Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş imkoniyati paydo böldi. Ammo hozirça HUMO va Uzcard röyxatga kiritilmagan.

Oʻzbekiston

27.10.2026, 14:50

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama

AQŞda Kongress ustidan nazoratni belgilaydigan 3-noyabr kungi saylovlar arafasida sobiq prezident Barak Obama demokratlar kampaniyasiga qöşilib, Tramp siyosatini masxara qildi.

Jahon

26.10.2026, 15:54

AI tasvir

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?

Abdurahmon Taşanov mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etdi, biroq söz erkinligi, sud-tergov tizimi va blogerlarga nisbatan jinoiy işler yuzasidan xavotir bildirdi.

Oʻzbekiston

26.10.2026, 13:15

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →