Islohot – vazirlik nomini oʻzgartirish, xolosmi?

Yana bir savol: tashkilot nomi har oʻzgarishi soliq toʻlovchilar gardaniga qancha yuk boʻlib tushyapti? Peshlavha, yozuv tablichkalari, logotip, muhr va shtamplardan tortib, mehnat va boshqa shartnomalargacha – bular qancha turadi va kimning hisobidan yangilanadi? Yana har ikki-uch yilda bir nom yangilanishi — bu yogʻi endi juda oshib ketmadimi? Shuncha xarajat va harakatga yarasha nimadir oʻzgarsa ham mayli edi!

Ulashish:

1988 yilda tashkil topgan Oʻzbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi 2017 yilda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi deya qayta tashkil etildi. 

Oradan ikki yil oʻtib, 2019 yil 30 yanvarda qoʻmita tugatilib, uning asosida «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi» tashkil etildi.

Biroq vazirlik ham uzoq yashamadi, 2025 yil 19 noyabr kuni vazirlik qaytadan qoʻmitaga aylantirilib, «Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi» nomini oldi. 

Shu oʻrinda yuqoridagilar islohot deganda faqat vazirlik yoki tashkilot nomini oʻzgartirib, vazirni qoʻmita raisi, raisni maslahatchi, Alini Vali deb atash, uning doʻppisini bunga, buning telpagini unga kiydirishni tushunishadimi?

7 yilda nomi 3 marta oʻzgargan tashkilot amalda nima qila olishiga guvoh boʻlib kelyapmiz. Hamma joy changga bulanganini, mayli, global iqlim oʻzgarishi bilan xaspoʻshlaylik, lekin nega moratoriyga qaramasdan daraxtkushlik, daryo oʻzanlarining ochofatlarcha talon-toroj qilinayotgani, tartibsiz va nazoratsiz qurilishlar, suv hafzalarining ifloslanishi hamon davom etmoqda?

Yana bir savol: tashkilot nomi har oʻzgarishi soliq toʻlovchilar gardaniga qancha yuk boʻlib tushyapti? Peshlavha, yozuv tablichkalari, logotip, muhr va shtamplardan tortib, mehnat va boshqa shartnomalargacha – bular qancha turadi va kimning hisobidan yangilanadi? Yana har ikki-uch yilda bir nom yangilanishi — bu yogʻi endi juda oshib ketmadimi? Shuncha xarajat va harakatga yarasha nimadir oʻzgarsa ham mayli edi!

Janoblar! Oʻzingizni ishlayotgandek koʻrsatishni bas qilib, amaliy choralar koʻrishga oʻtarsizlar balki? Axir vaqt oʻtyapti, oʻzgarishlar kutilgandan koʻra jadallashdi, harakatsizligingiz oqibati hamma joyda koʻrinishni, saratondek “metastaza” berishni boshladi-ku! Bir-birlaringga “nima qilamiz-nima qilamiz”, degan paytda vazirlik va tashkilotlar nomini oʻzgartirib nom topayotganlarga emas, sohaning haqiqiy egalariga, jonkuyarlariga, olim va mutaxassislariga ham quloq tutinglar! Iltimos, nomning oʻzi juda zoʻr, tushunarli va hamma narsani ifoda etib turibdi. Ishni qilinglar! Ishni!

Sanjar Said

 

Oʻzbekiston

24.11.2025, 10:45

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Bir nechta davlatlar Eronga qarshi hujumga otlanmoqda

Mojaroga AQSh, Isroil, Saudiya Arabistoni, BAA, Germaniya va Fransiya kabi davlatlar qoʻshilishi mumkin.

Jahon

02.03.2026, 15:58

Aliment qarzdorlarini ommaviy eʼlon qilish amaliyoti inson huquqlariga zid — Ombudsman

Aliment qarzdorlarining roʻyxatlari va fotosuratlarini ommaviy tarqatish inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadi hamda Konstitutsiya normalariga ziddir.

Oʻzbekiston

02.03.2026, 15:07

Rossiyada migrantlarni ishdan boʻshatish tartibi soddalashtirildi

Rossiyada 1 martdan boshlab yangi qonun kuchga kirdi. Unga koʻra, agar muayyan mintaqa migrantlarni ishga jalb etishga cheklov yoki kvota joriy etsa, ish beruvchilar xorijiy xodimlarni ishdan boʻshatish huquqiga ega boʻladi. 

Jahon

02.03.2026, 13:46

Umra safari tadbirlari vaqtincha kechiktirildi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi umra safarlari vaqtincha kechiktirilganini eʼlon qildi. Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat va havo makoni cheklovlari sabab, bir qator aviaqatnovlar bekor qilinmoqda.

Oʻzbekiston

02.03.2026, 11:23

Yaqin Sharq alangada: Eronning 6 toʻlqinli zarbalari ortidan keng koʻlamli urush xavfi kuchaydi

Amerika fuqarolari Nyu-York shahri markazida Amerika harbiy operatsiyalariga qarshi norozilik bildirmoqda. 

Jahon

02.03.2026, 10:18

Umradagi oʻzbekistonliklarni qaytarish uchun maxsus reyslar yoʻlga qoʻyiladi

Umra safariga ketgan Oʻzbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida maxsus repatriatsiya reyslari tashkil etiladi.

Oʻzbekiston

02.03.2026, 08:27

Ali Xominaiy halok boʻldi: Eronda motam, rasmiy Tehron qasos haqida ogohlantirdi

Eronning oliy rahbari, 86 yoshli oyatulloh Ali Xominaiy 28 fevral kuni Tehrondagi qarorgohiga berilgan zarbalar oqibatida vafot etdi.

Jahon

01.03.2026, 08:32

SI strategiyasi: urush vaziyatida sunʼiy intellekt 95 % hollarda yadro qurolidan foydalanishi mumkin

Taxminiy maʼlumotlarga koʻra, insoniyat tarixida 12 mingdan ortiq urush boʻlgan va ularning barchasini insonlar boshlab, davom ettirgan.

Fan-texnologiya

28.02.2026, 13:12

Isroil Eronga harbiy zarba berdi

28 fevral, shanba kuni ertalab Isroil Eron hududiga nisbatan harbiy amaliyot boshladi.

Jahon

28.02.2026, 12:40

AQSh xodimlariga Isroilni tark etishga ruxsat berildi

27 fevral kuni AQSh Davlat departamenti xavfsizlik xatarlari ortishi tufayli Isroildagi favqulodda boʻlmagan xodimlari va ularning oilalariga mamlakatni tark etishga ruxsat berdi.

Jahon

28.02.2026, 10:03

YHQ qoidalarini buzganlik boʻyicha jarima xatlarini yetkazib berish xizmati toʻxtatiladi

Endilikda ushbu jarayon toʻliq raqamli formatga oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston

28.02.2026, 09:44

10-sinf oʻquvchisi BMWda urib ketgan YPX inspektori vafot etdi

Toshkent shahrida yoʻl-transport hodisasi oqibatida ogʻir tan jarohatlari olgan yoʻl-patrul xizmati inspektori vafot etdi.

Oʻzbekiston

27.02.2026, 18:25