SI strategiyasi: urush vaziyatida sunʼiy intellekt 95 % hollarda yadro qurolidan foydalanishi mumkin
Taxminiy maʼlumotlarga koʻra, insoniyat tarixida 12 mingdan ortiq urush boʻlgan va ularning barchasini insonlar boshlab, davom ettirgan.
Fan-texnologiya
28.02.2026, 13:12
Ulashish:

Birgina 6 million odamni yoqib yuborgan, 20 ming inson ustida shafqatsiz tajribalar oʻtkazgan fashistik rejimga nazar tashlasak, insoniyat qoʻlidan dahshatli vahshiyliklar kelishiga guvoh boʻlamiz.
Yigirmanchi asrda Robert Oppengeymer boshchiligidagi olimlar guruhi “ezgulik” yoʻlida atom qurolini kashf etdi. Chunki fashist fiziklari ham shu qurolni yaratishga kirishgan, ulardan oldin ulgurib, sayyorani Gitler rejimidan qutqarish kerak edi.
Natija kutilganidek boʻldi. Nemis olimlari esa muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Shu bilan birga, Gitler armiyasi ham urushda yengildi.
Ammo barcha mustamlakalaridan ayrilib, oʻz hududi bilan qolgan Yaponiya hamon qarshilik koʻrsatardi. Uni taslim qilish uchun anʼanaviy tarzda harakat qilish yana qon toʻkilishiga olib kelardi.
Shu sababli 1945 yil avgustida Xirosima va Nagasakiga ilk atom bombalari tashlandi. Natijada ikki yuz mingdan ortiq inson halok boʻldi.
Va nihoyat, Ikkinchi jahon urushi oʻz poyoniga yetib, bir qarashda dunyo yovuzlikdan qutulgandek edi. Biroq…
Dunyoda tengsiz qurolga ega boʻlgan AQSh hukumati mavjud atom bombasini butkul yoʻq qilishni, aniqrogʻi, mutlaq gegemonlik imkoniyatidan voz kechishni istamadi.
Bundan xavotirga tushgan SSSR ham 1949 yili oʻz atom quroliga ega boʻldi. Shu tariqa “Sovuq urush” boshlandi.
Bugun esa jahonning 9 ta davlatida umumiy 12 500 atrofida yadro kallaklari bor.
Sunʼiy intellekt va yadro quroli
Yigirmanchi asrning ilk choragida sunʼiy intellekt (SI) texnologiyalari jadal rivojlandi va siyosiy sohalarga ham jalb etilmoqda.
London Qirollik kollejida yadro qurolini boshqarish sunʼiy intellekt ixtiyoriga topshirilsa, qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida tadqiqot oʻtkazildi.
Unda OpenAI’ning ChatGPT, Anthropic’ning Claude va Google’ning Gemini Flash modellari sunʼiy yaratilgan maxsus harbiy oʻyinlarda oʻzaro bellashdi. Har bir modelga “Sovuq urush” uslubidagi sharoitda yadro quroliga ega qudratli davlatni boshqaruvchi milliy lider roli yuklatildi.
Har bir oʻyinda kamida bitta model yadro qurolini portlatish bilan tahdid qilib, mojaroni keskinlashtirishga uringan.
“Uchala model ham jang maydonidagi yadro qurollariga eskalatsiya zinasining oddiy bir pogʻonasi sifatida qaradi”, — deydi tadqiqot muallifi Kennet Peyn.
Uning soʻzlariga koʻra, modellar taktik va strategik yadro qurolidan foydalanish oʻrtasidagi farqni yaxshi anglagan. Modellar strategik bombardimonni faqat bir marta “ongli tanlov” sifatida, ikki marta esa “tasodifan” taklif qilgan.
Claude dasturi oʻyinlarning 64 foizida yadro zarbalarini tavsiya qilgan — bu uchta oʻyinchi orasidagi eng yuqori koʻrsatkich. Lekin u toʻlaqonli strategik yadro zarbalari almashinuvi yoki yadro urushini yoqlamagan.
ChatGPT vaqti cheklanmagan oʻyinlarda yadro keskinlashuvidan qochgan, biroq vaqt cheklovi qoʻyilganda u doimiy ravishda tahdidni kuchaytirib, ayrim hollarda keng koʻlamli yadro urushi bilan tahdid qilishgacha borgan.
Ayni paytda Gemini’ning xatti-harakati oldindan aytib boʻlmas darajada boʻlgan: u baʼzan anʼanaviy urush usullaridan foydalanib janglarda gʻolib kelgan, boshqa holatlarda esa yadro zarbasini taklif qilishi uchun atigi toʻrtta prompt kifoya qilgan.
“Agar ular zudlik bilan barcha amaliyotlarni toʻxtatmasa, biz ularning aholi punktlariga qarshi toʻliq strategik yadro zarbasini beramiz. Biz zaif kelajakni qabul qilmaymiz: yo birga gʻalaba qozonamiz, yo birga halok boʻlamiz”, — deb yozgan Gemini oʻyinlardan birida.
Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, sunʼiy intellekt modellari urush davrida yoki qarshi tomon yadro qurolini qoʻllash bilan tahdid qilganda kamdan-kam hollarda yon bosadi yoki mojaroni tinch yoʻl bilan hal etishga urinadi.
Modellarga ziddiyatni yumshatishga qaratilgan 8 ta taktika, jumladan, kichik yon berishdan tortib “toʻliq taslim boʻlish”gacha boʻlgan variantlar taklif etildi. Oʻyinlar davomida ularning birortasidan ham foydalanilmadi. Oʻyinni boshlangʻich holatiga qaytarish imkoniyatidan esa atigi 7 foiz holatda foydalanilgan.
Tadqiqot natijasiga koʻra, sunʼiy intellekt modellari haqiqiy mojaroga qanday taʼsir qilishidan qatʼi nazar, deeskalatsiyani “obroʻsizlantiruvchi” deb biladi.
Shu sababli “sunʼiy intellekt tizimlari odatiy holatda xavfsiz hamkorlikni tanlaydi” degan taxminlar shubha ostida qoldi.
Bundan tashqari, odamlarda mavjud boʻlgan yadro qurolidan qoʻrquv hissi sunʼiy intellektda mavjud boʻlmasligi mumkin.
Tadqiqotda aytilishicha, modellar yadro urushini, xususan, Ikkinchi jahon urushi davrida Yaponiyaning Xirosima shahri bombardimon qilingan tasvirlarini koʻrib dahshatga tushish oʻrniga, koʻproq mavhum va nazariy shaklda oʻylaydi.
Peynning soʻzlariga koʻra, uning tadqiqoti insonlarga qaror qabul qilishda yordam berayotgan sunʼiy modellar aslida qanday fikrlashini anglashga yordam beradi.
Tadqiqot muallifi, garchi hech kim yadro kodlarini sunʼiy intellektga topshirmayotgan boʻlsa-da, ularning aldash, obroʻni boshqarish va vaziyatga qarab tavakkal qilish kabi qobiliyatlari har qanday muhim va xatarli vaziyatda katta ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.
Muallif: Isomiddin Jumanazarov
Fan-texnologiya
28.02.2026, 13:12
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi
Jahon
11.03.2026, 14:17

“ChatGPTdan voz keching” – OpenAI modellariga boykot avj olmoqda
Jahon
04.03.2026, 13:11

Xitoyning sunʼiy intellekt dasturlari senzura bosimi ostidami?
Fan-texnologiya
22.02.2026, 09:08

Sunʼiy intellekt dunyo maktablariga ommaviy kirib kelmoqda
Fan-texnologiya
08.02.2026, 07:47

Xitoy «odamsimon» sunʼiy intellekt uchun qatʼiy qoidalar joriy qilmoqda
Jahon
05.02.2026, 12:27
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

12 tonna KitKat mahsuloti Yevropada o‘g‘irlandi
Jahon
31.03.2026, 15:37

Kimda “qizil tugma” bor? Dunyodagi yadroviy davlatlar va ularning tarixi
Fan-texnologiya
01.04.2026, 10:04

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41
So'nggi yangiliklar

Nemis “gepard”lari Ukrainada ishonchni oqladi
Jahon
17.04.2026, 15:49

Rossiya 200 nafar tojikistonlik mahkumani vataniga qaytaradi
Jahon
17.04.2026, 12:19

9 viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
Oʻzbekiston
17.04.2026, 11:12

Isroil Livanga yana zarbalar berdi
Jahon
17.04.2026, 10:29

Qamchibek Tashiyev yana bir lavozimni tark etdi
Jahon
16.04.2026, 17:27

Buxoroda “Leapmotor” avtomobillari ishlab chiqariladi
Oʻzbekiston
16.04.2026, 16:23

Eronga muzlatilgan 100 milliard dollarlik aktivlari zarur
Jahon
16.04.2026, 14:58

BBC 2000 tagacha ish o‘rnini qisqartiradi
Jahon
16.04.2026, 10:14

“Xalqlar do‘stligi saroyi” hududidagi noqonuniy bannerlar olib tashlandi
Oʻzbekiston
15.04.2026, 17:16

“Ular iqtisodiyotimizni yuksaltiradi” — Ispaniya immigratsiya siyosatini yumshatmoqda
Jahon
15.04.2026, 16:29

Markaziy Osiyo davlatlari YaIMining 130 foizini iqlim xavflari tufayli yo‘qotishi mumkin
Iqtisodiyot
15.04.2026, 11:46

Shikastlangan davlat raqamini onlayn almashtiring
Oʻzbekiston
14.04.2026, 17:11

“Diqqatini jamlay olmagan kompaniya”: OpenAI strategiyasi tanqid ostida
Iqtisodiyot
14.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07

Endi sun'iy intellekt (SI) qonun loyihalarini tahlil qilishda ishlatiladi
Jahon
13.04.2026, 11:53

Bitta kashfiyot – millionlarni qutqardi, millionlarni o'ldirdi
Fan-texnologiya
11.04.2026, 17:25

“100 yevroga 1 ta Pikasso” – Parijda yangi xayriya lotereyasi o‘tkazilmoqda
Madaniy
11.04.2026, 15:11

MDH zaiflashmoqda: Moldova Hamdo‘stlikdan chiqyapti
Siyosat
11.04.2026, 12:37

Zelenskiy: Ummon, Quvayt va Bahrayn bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilmoqchimiz
Jahon
10.04.2026, 12:32
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

12 tonna KitKat mahsuloti Yevropada o‘g‘irlandi
Jahon
31.03.2026, 15:37

Kimda “qizil tugma” bor? Dunyodagi yadroviy davlatlar va ularning tarixi
Fan-texnologiya
01.04.2026, 10:04

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41
