Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi
Loyihaning umumiy qiymati 6,3 million AQSH dollarini tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish doirasida stansiyaga ilk bor tijoriy yuk poyezdi yetib keldi.
Jahon
23.05.2026, 15:40
Ulashish:

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati rekonstruksiyadan so‘ng yana qayta faoliyat boshladi.
Ochilish marosimida so‘zga chiqqan Afg‘oniston Bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mulla Abdul G‘ani Barodar O‘zbekistonga ko‘rsatayotgan yordami va hamkorligi uchun minnatdorlik bildirdi hamda mahalliy va xorijiy sarmoyadorlarni Afg‘oniston iqtisodiyotini rivojlantirishga faolroq hissa qo‘shishga chaqirdi.
“O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida tashriflar o‘sishda davom etadi va kelajakda pasport va vizalar talab qilinmaydigan kelishuvga erishilishi mumkin”, - deya qo‘shimcha qildi bosh vazir o‘rinbosari.
Afg‘oniston jamoat ishlari vaziri Muhammad Iso Soniyning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston bilan hamkorlikda uzunligi 657 kilometr bo‘lgan Hayraton–Hirot temiryo‘lini qurish bo‘yicha loyihalar davom ettirilmoqda.
Shuningdek, uzunligi 878 kilometrlik Hirot–Qandahor temiryo‘li loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini o‘rganish ishlari moliyalashtirilmoqda.
Mavlono Jaloliddin Muhammad Balxiy nomidagi xalqaro aeroport yaqinida joylashgan stansiya ikki bosqichda 50 dan ortiq vagonni o‘tkazish quvvatiga ega.
Loyiha doirasida ma’muriy binolarni rekonstruksiya qilish, elektr ta’minoti va isitish tizimlarini modernizatsiya qilish, infratuzilmani yangilash, markazlashtirilgan podstansiya qurish, temir yo‘lning 75 kilometrlik qismida videokuzatuv va yoritish tizimlarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
Balx viloyati ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, qiymati 6,3 million dollarlik loyiha O‘zbekiston va Afg‘oniston hamkorligida amalga oshirilmoqda.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi Zufar Narzullayevning ta’kidlashicha, loyiha doirasida Naybobod–Mozori Sharif bekatining ma’muriy binolari rekonstruksiya qilinib, zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan va yangi markazlashtirilgan yordamchi stansiya ishga tushirilgan.
Mashhur yangiliklar

Özbekistonga yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar çet ellik öqiş uçun kelgan
Ta'lim
10.08.2026, 11:47

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Pokiston shifoxonasida yuzaga kelgan yong'in oqibatida 14 nafar chaqaloq halok bo'ldi
Jahon
26.08.2026, 15:35
So'nggi yangiliklar

AQSH saylovlarida musulmon nomzodlar mavzusi siyosiy bahs markazi aylandi
Siyosat
08.09.2026, 16:34

Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘lida muhim tunnel qurib bitkazildi
Jahon
08.09.2026, 16:09

Fransiyadagi Renuar muzeyidan 10 million dollarlik asarlar o‘g‘irlab ketildi
Jahon
08.09.2026, 14:59

AQSH muzokarachilari ketishi bilan Rossiya Kiyevga hujum boshladi
Jahon
08.09.2026, 10:07

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi raqamlashtiriladi
Oʻzbekiston
08.09.2026, 09:36

Aholining banklar oldidagi qarzi $20,3 milliardga yaqinlashdi
Iqtisodiyot
07.09.2026, 17:58

Isroil harbiy samolyotlari Livan janubiga hujum uyushtirdi
Jahon
07.09.2026, 16:26

2026-yilda O‘zbekistondan ko‘chib ketganlarning 83 foizi Qozog‘istonga yo‘l olgan
Oʻzbekiston
07.09.2026, 14:31

Tramp Nyu-Meksiko shtatini qayta nomlashni taklif qildi
Jahon
07.09.2026, 11:35

Bugundan ayrim talabalar uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi
Ta'lim
07.09.2026, 10:52

Shimoliy Koreya javob zarbalariga qodir harbiy esminesni suvga tushirdi
Jahon
07.09.2026, 10:43

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogi final bosqichiga yo‘l oldi
Sport
07.09.2026, 09:51

Rossiya Kiyevdagi xavfsizlik xizmati rahbarining idorasini nishonga oldi
Jahon
05.09.2026, 11:00

Eron Yozuvchilar uyushmasi mamlakatdagi qatllarni qoraladi
Jahon
04.09.2026, 14:55

SI xodimlarni aslidagidan ko‘ra mahoratliroq ko‘rsatmoqda – tadqiqot
Fan-texnologiya
04.09.2026, 13:32

Toshkent va Ostona poygasi: Mintaqa osmoni uchun raqobat kuchaymoqda
Oʻzbekiston
04.09.2026, 11:24

Vladimir Putin: “Menimcha, urushni tugatish imkoniyati bor”
Siyosat
04.09.2026, 09:46

Koreyada to'rt o'zbekistonlik terrorizmni moliyalashtirishda ayblanmoqda
Oʻzbekiston
04.09.2026, 09:25

Norvegiya Rossiyaning “Professor Molchanov” nomli kemasini hibsga oldi
Jahon
03.09.2026, 15:56

Rasman: Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi
Oʻzbekiston
03.09.2026, 15:31
Mashhur yangiliklar

Özbekistonga yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar çet ellik öqiş uçun kelgan
Ta'lim
10.08.2026, 11:47

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Pokiston shifoxonasida yuzaga kelgan yong'in oqibatida 14 nafar chaqaloq halok bo'ldi
Jahon
26.08.2026, 15:35
