Hindiston va Xitoy: 2020-yilgi to‘qnashuvdan keyin vaziyat qanday?
2020-yilda Himolayda Hindiston va Xitoy harbiylari tosh va bambuk tayoqlar bilan jang qilgandi. Shundan so'ng Xitoy rahbari Si Szinpin ilk bor Hindistonga tashrif buyurdi.
Jahon
12.09.2026, 14:39
Ulashish:

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi va Xitoy Raisi Si Szinpin 12-sentyabr kuni Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammiti doirasida muzokaralar o‘tkazadi. Bu Xitoy yetakchisining yetti yil ichida Hindistonga ilk tashrifidir.
Reuters ma’lumotlariga asoslangan ushbu maqolada Osiyoning ikki giganti o‘rtasidagi munosabatlar 2020-yildagi qonli chegara to‘qnashuvidan bugungi kungacha qay tarzda barqarorlashganiga nazar tashlaymiz.
2020-yil voqealari
Hind askarlari bahsli chegaraning Hindiston tomonida qurilganini aytib, ikkita chodir va kuzatuv minorasiga o‘t qo‘yganidan so‘ng, Hindiston va Xitoy qo‘shinlari G‘arbiy Himoloydagi Galvan vodiysida jangga kirishdi.
Bu ikki davlat o‘rtasidagi 1975-yildan beri o‘limga olib kelgan ilk harbiy to‘qnashuv edi.
Galvondagi to‘qnashuvlarda kamida 20 nafar hindistonlik va to‘rt nafar xitoylik askar halok bo‘ldi.
Yadro quroliga ega qo‘shnilar Himolay tog‘larida uzunligi taxminan 3800 km bo‘lgan bahsli chegaraga ega.
Tomonlarning munosabati
Nyu-Dehli Xitoy sarmoyalari ustidan nazoratni kuchaytirdi, Xitoy fuqarolari uchun biznes vizalarini berish tartibini qat’iylashtirdi, ommabop xitoy mobil ilovalarini taqiqladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi aviaqatnovlarini bekor qildi.
Pekin mamlakatlar o‘rtasidagi kelishuv jiddiy buzilganini ta’kidlab, odamlar o‘rtasidagi aloqalarga, jumladan, jurnalistlar va tadbirkorlarning safarlariga qo‘yilgan cheklovlarni kuchaytirdi.
Qo‘shinlarni olib chiqish
Qo‘shni davlatlar 2024-yilning oktyabr oyida qo‘shinlarni olib chiqish to‘g‘risida kelishuvga erishgan va ikki tomon o‘zaro qarama-qarshi turgan beshta joydan qo‘shinlarini olib chiqqan.
Shuningdek, kelishuv qolgan ikki joydan ham qo‘shinlarni olib chiqishni nazarda tutgan edi — bu shart o‘sha yilning dekabr oyiga kelib bajarildi.
Hozirgi vaziyat
Savdo va biznes aloqalari yaxshilandi: Nyu-Dehli Xitoyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tikladi, xitoylik mutaxassislarga biznes vizalarini berishda byurokratik to‘siqlarni kamaytirdi va Xitoy uskunalarini sotib olishdagi cheklovlarni yumshatdi.
Xitoy Hindiston zavodlari uchun zaruriy 100 dan ortiq turdagi mahsulotlarni import qiladi.
Shunga qaramay, chegara bo‘ylab har ikki davlat ham salmoqli harbiy kuchlarini saqlab turishda davom etmoqda.
Qaysi ziddiyatlar saqlanib qoldi?
Chegarada vaqti-vaqti bilan yuzaga keladigan ziddiyatlardan tashqari, Hindistonning shimoli-sharqiy Arunachal-Pradesh shtati yuzasidan hududiy nizolar tez-tez avj olib turadi. Pekin bu hududni janubiy Tibetning bir qismi deb biladi.
O‘tgan yili Hindiston va uning eski raqibi Pokiston o‘rtasidagi harbiy mojaroda Xitoyning tutgan o‘rni ham ikki mamlakat munosabatlarini murakkablashtirdi.
Garchi Pekin mojaroga bevosita aralashmagan bo‘lsa-da, Pokiston to‘rt kun davom etgan jangovar harakatlar chog‘ida asosan Xitoyda ishlab chiqarilgan qiruvchi samolyotlar va raketalarga tayangan.
Savdo aloqalari ham beqarorligicha qolmoqda. Shuningdek, Hindiston moliya, mudofaa va telekommunikatsiya kabi milliy xavfsizlik uchun muhim hisoblangan sohalarga Xitoyning sarmoya kiritishidan xavfsiraydi.
Mavzuga oid yangiliklar

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Bahsli xarita: Xitoyning qo‘shnilariga hududiy da’volari
Jahon
15.09.2026, 17:16

Sun’iy intellekt AQSH va Xitoyning asosiy raqobat maydoniga aylandi
Jahon
15.09.2026, 11:42

Tayvan mojarosi Ikkinchi jahon urushidan ham xavfli – AQSH vakili
Jahon
09.09.2026, 16:48

Putin endi Si Szinpinning teng hamkori emas, balki kichik sherigiga aylandi
Jahon
15.07.2026, 12:06

Si Szinpin Pekinda Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi
Jahon
29.06.2026, 16:50
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
