Bahsli xarita: Xitoyning qo‘shnilariga hududiy da’volari

Xitoy o‘zi uchun yaratgan yangi xaritada qo‘shni davlatlarning bir qismi, butun Tayvan, hatto Rossiyaga tegishli hududni ham o‘ziniki sifatida tasvirlagan. Bu oddiy xaritami yoki Pekinning kelajakdagi strategik maqsadi?

Jahon

15.09.2026, 17:16

Ulashish:

https://www.youtube.com/embed/jwl5o7hIGCw

2023-yilda Xitoy tabiiy resurslar vazirligi yangi rasmiy Xitoy xaritasini e’lon qildi. Unda oldin xalqaro xaritalarda boshqa davlatlarga tegishli bo‘lgan hududlar Xitoy chegaralari ichida ko‘rsatilgan. Natijada Hindiston, Filippin, Malayziya, Vetnam, Tayvan va yana qator davlatlar Pekinni xalqaro huquqni buzishda aybladi.

Ushbu xaritaning e’lon qilinishi Xitoyning o‘zida ham katta voqealik sifatida kutib olindi. Davlat OAVlari eski xaritalar "jamiyatga katta zarar yetkazishi" haqida xalqqa ogohlantirish berib, yangi xarita milliy birlikning muhim omili ekanini alohida ta’kidlab bu qarashni targ‘ib qilishdi.

Xitoyning o‘zi yaratib olgan bu bahsli xaritasini  ko‘rib chiqamiz. 

 

Birinchi bo‘lib Kashmirdan boshlasak. Xabaringiz bor, Kashmir hududi Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi eng bahsli hududlardan biridir.

Xitoy yangi xaritasida ushbu hududning barchasini o‘z hududi tarkibida ko‘rsatgan. Amalda esa, Xitoy uning bir qismini – Aksay Chin o‘lkasi va 1963-yil Pokiston tomonidan topshirilgan Shaksgam vodiysini  nazorat qiladi.

Hindiston ham Kashmir o‘ziga tegishli ekanini da’vo qiladi. Aynan shu masala ikki davlat o‘rtasidagi keskinlikning asosiy sababi bo‘lmoqda.

Har ikki tomon bu hududda faol qurilish ishlari olib borib, yo‘llar, aloqa minoralari, aerodromlar bunyod etmoqda. Chunki harbiy mojaro boshlanganda bu infrastrukturalardan urush uchun foydalanishi aytilmoqda. 

Ikki davlat harbiylari “Amaldagi nazorat chizig‘i” deb ataladigan chegara bo‘ylab bir-biriga qarama-qarshi turadi.

Mazkur chiziq rasmiy ravishda kelishib olinmagan bo‘lsa-da, amalda  ikki davlat chegarasi hisoblanadi.

Ayniqsa, chegaraning Himolay - yer yuzidagi eng baland tog‘dan o‘tgan qismlari eng munozarali. Bunday baland tog‘ tizmasida  chegara aniqlash va hududni nazorat qilish deyarli imkonsiz. Shunga qaramay, Xitoy va Hindiston ushbu murakkab  tog‘larda o‘z nazoratini oshirishga harakat qilmoqda.

Xitoy ham, Hindiston ham yadro quroliga ega davlat bo‘lgani uchun 1996-yilda ular amaldagi nazorat chizig‘i bo‘ylab o‘qotar qurollardan foydalanmaslikka kelishib olgan. 

Shu sababli, biror harbiy mojaro kelib chiqsa, ikki tomon harbiylari tayoqlar va panjara ustunlari bilan jang qilishadi. Bu o‘rta asrlardagi urushlarni eslatsa-da, mojaroni o‘qotar qurollar ishlatiladigan bosqichga o‘tishdan saqlab qolmoqda.

Masalan, 2020-yilda, Ladahda bo‘lib o‘tgan mojaroda Hindiston va Xitoy askarlari asosan toshlar hamda bambuk tayoqlari bilan jang qilgan. O‘shanda 20 nafar hind va 4 nafar xitoy askari “tayoq yeb” halok bo‘lgan edi.

 

Xarita bo‘ylab sharqqa qarab davom etsak, Nepalga yetib kelamiz.

2022-yilda BBC tomonidan Nepal hukumatining maxfiy hisoboti sizdirildi. Unda Xitoy Nepalning Humla tumanidagi suveren hududiga kirib borayotgani va Nepalda ruxsatisiz turli inshootlar qurayotgani aytiladi.

Aslida Nepal hukumati bu hisobotning ommaga tarqalishini istamagan. Chunki Xitoy va Hindiston kabi ikki yirik davlat o‘rtasida joylashgan Nepal tashqi siyosatda nihoyatda ehtiyotkor yo‘l tutishga majbur. Ayniqsa, iqtisodiy va infratuzilmaviy hamkorlik tobora kuchayib borayotgan Xitoy bilan munosabatlarda Nepal keskin bayonotlardan qochishga harakat qiladi.

Yuqorida aytganimiz, 2023-yilda Xitoy e’lon qilgan standart xarita Nepalda ham bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. 

Garchi Xitoy xaritada Nepalning xalqaro tan olingan hududlarini o‘z tarkibiga kiritmagan bo‘lsa-da, Nepal bu xaritadan noroziligini bildirdi. 

Sababi, unda Nepal 2020-yilda o‘zining yangi rasmiy xaritasiga kiritgan Kalapani, Lipuleh va Limpiyadhura hududlari Nepal tarkibida aks ettirilmagan. Mazkur joylar hozirda amalda Hindiston nazorati ostida bo‘lsa-da, Nepal ularni o‘z suveren hududi deb hisoblaydi.

 

Endi yana sharqqa qarab davom etsak, Himolaydagi yana bir davlat –  Butanga duch kelamiz. 

Butan to‘g‘ridan to‘g‘ri dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan davlat. Uning Xitoy bilan chegarasi muzliklar bilan qoplangan murakkab tog‘li hudud orqali o‘tadi.

Xitoy 2006-yilda Butanning markaziy qismidagi Pasamlung va Jakarlung vodiylari bo‘yicha da’vosidan voz kechishi evaziga Butan g‘arbidagi tog‘li hududlar – Doklam platosi,  Sinchulungpa, Dramana va Shahatoye yaylovlarini berishni bosim o‘tkazib talab qilgan. Butan taklifga rozi bo‘lmagan. 

Biroq rasmiy Pekin dunyoga ushbu hududlar endi o‘z nazorati ostida ekanini e’lon qilgan. Va buni standart xaritasida ham aks ettirgan.

Xitoy Butanning boshqa hududlarida ham xuddi shu usuldan foydalanib, shimoliy chegara chizig‘ini  janub tomon siljityapti.

2020-yilda esa Xitoy Butandagi Sakteng nomli o‘rmon va qo‘riqxonani ham o‘ziga tegishli ekanini da’vo qildi.

Biroq qiziq tomoni shundaki, rasmiy xaritasida bu hudud Xitoy chegarasi ichida ko‘rsatilmagan. Ehtimol, keyingi xaritalarda uni ham qo‘shishar.

Xitoyning Butanga nisbatan eng muhim strategik da’vosi Doklam platosi bilan bog‘liq. Aynan shu hudud sabab 2017-yilda Hindiston va Xitoy qo‘shinlari o‘rtasida 73 kun davom etgan harbiy qarama-qarshilik yuz bergan.

Doklamning Hindiston va Xitoy o‘rtasidagi muhim strategik bo‘g‘inlardan biri bo‘lishiga – sabab uning  “Tovuq bo‘yni” (Chicken Neck) deb ataladigan tor yo‘lakka juda yaqin joylashganidir. Uning ahamiyati shunda-ki, ushbu yo‘lak orqali Hindiston sharqiy shtatlari bilan bog‘lanadi.

Xitoy aynan Doklam platosi yordamida Hindistonning eng muhim transport yo‘lagi – “Tovuq bo‘yni” ustidan qulay harbiy kuzatuv nuqtasini egallashga harakat qilmoqda.

Xitoyning bu “yo‘lak”ni nazorat qila olishi, harbiy mojaro vaqtida, Hindistonni  ancha zaif holatga tushirishi mumkin.

Xitoyning bu hududiy da’vosi faqatgina o‘zi xohlagandek xarita yaratish bilan cheklanmayapti.

Reuters tahlil qilgan sun’iy yo‘ldosh tasvirlari Xitoy Butanning suveren hududida 200 dan ortiq bino, jumladan, yo‘llar va aholi punktlari qurayotganini aniqlagan.

Xullas, Nepal singari Butan ham ikki yirik davlat orasida qolib ketgan.

 

Biz bilgan xalqaro tan olingan xaritalarda Hindistonning shimoli-sharqida Arunachal-Pradesh nomli shtat tasvirlangan.

Xitoy xaritasida esa ushbu hududning barchasi Xitoy chegaralari ichida ko‘rsatilgan. Hatto xitoyliklar bu hududni “Janubiy Tibet” deb qayta nomlab olgan.

Biroq aslida u Hindistonga tegishli va bu hududda istiqomat qiluvchi mahalliy aholi Hindiston pasportiga ega. 

1914-yilda Buyuk Britaniya Hindistoni, Tibet va Xitoy vakillari o‘rtasidagi kelishuvga asosan, uzunligi 890 kilometr bo‘lgan chegara hududi Dehli nazoratga ekanligi kelishilgan.

Ammo rasmiy Pekin Tibetni Xitoy tarkibida ekanligini va Tibet bilan Hindiston o‘rtasidagi ushbu 890 kilometr chegarani hech qachon tan olmaganini ta’kidlaydi.

Bundan tashqari, Xitoy mintaqadagi tog‘ cho‘qqilari, daryolar va shaharlarning nomlarini yangi xaritasida xitoycha qayta nomlamoqda.

Bunga javoban Hindiston hukumati Arunachal-Pradeshda yo‘llar qurish va yuzlab qishloqlarni rivojlantirish uchun 500 million dollar ajratdi.

Dehlining maqsadi — ushbu hudud ustidan Hindiston nazoratini yanada mustahkamlashdir.

 

Yana sharq tomon yursak, dengizga chiqamiz. Xitoy tuzgan xaritaning eng bahsli qismi aynan shu yerda. Yangi xaritada uzuq-uzuq chiziq orqali deyarli butun Janubiy Xitoy dengizi,  Xitoy dengiz hududi sifatida tasvirlangan. 

Bu “to‘qqiz punktirli chiziq” deb nomlanib, 1940-yillarda Xitoy hukumati tomonidan qo‘lda chizilgan taxminiy chegaradir. Biroq uni na xalqaro hamjamiyat, na mintaqadagi boshqa davlatlar ham tan olmagan.

2016-yilda Gaaga shahrida joylashgan Doimiy arbitraj sudi Filippin kiritgan da’vo bo‘yicha chiqargan qarorida Xitoyning "to‘qqiz punktirli chiziq" asosidagi tarixiy da’volari xalqaro yuridik asosga ega emasligini ma’lum qildi.

Ammo “imperialistik” g‘oyali davlatlarga xos tarzda Xitoy ham boshqa davlatlarni mensimagan holda butun dengiz bizniki degan pozitsiyada turibdi.

Janubiy Xitoy dengizi baliq zaxiralari, neft va gaz resurslariga boy hamda strategik orollar, muhim xalqaro savdo yo‘llariga ega hudud hisoblanadi. Xitoy uchun ahamiyatli ham shunda.

Xitoy dengiz ostidagi mayda qoyalarga qum to‘kib, sun’iy orollar barpo etmoqda. So‘ngra yangi orollarda harbiy bazalar  qurishni rejalashtirgan. 

O‘tgan o‘n yil ichida ular Janubiy Xitoy dengizi bo‘ylab o‘nlab shunday orolda bazalarni yaratishdi. Hatto ularning ba’zilari dunyo hamjamiyati tomonidan boshqa mamlakatlar hududi deb tan olingan dengiz hududlarida joylashgan.

Bundan tashqari, Xitoy dengiz floti ham ushbu xalqaro suvlarda o‘z hududidek muntazam patrul nazorati olib bormoqda.

Janubiy Xitoy dengiziga o‘xshash mojaro biroz shimolda joylashgan Senkaku orollari atrofida ham davom etmoqda.

Hozirda yirik neft va gaz konlariga ega ushbu orollar Yaponiya nazoratida. Xitoy nazarida esa, bular ham Xitoyning hududi. Ishonmasangiz, ular yaratgan xaritaga e’tibor bering.

Xitoy gohida Senkaku orollari atrofidagi suv va havo hududlariga Sohil qo‘riqlash xizmati kemalarini yuborib, Yaponiyaga o‘z qudratini ko‘rsatib turadi. Ya’ni ular xaritadan tashqari o‘z da’vosini amalda ham isbotlashga harakat qilmoqda.

 

Xitoyning rasmiy xaritasida Tayvan ham Xitoy tarkibidagi orol sifatida tasvirlangan.

Tayvan qariyb 80 yillardan beri amalda mustaqil boshqaruvga ega bo‘lsa-da, Xitoy uni o‘z hududi deb hisoblaydi.

Pekin vaziyat keskinlashsa, Tayvanni kuch ishlatish yo‘li bilan qaytarib olishga tayyor ekanini bir necha bor ochiq aytgan.

Shu maqsadda yangi xaritada to‘qqiz chiziqli chegaraga yana bitta, ya’ni “o‘ninchi chiziq” qo‘shilgan.

Bu yangi chiziq shimol tomonga cho‘zilib, Tayvanning sharqiy qismidagi dengiz hududini ham o‘z ichiga oladi.

 

 Xitoy Rossiya hududiga ham da’vo qiladi.

Endi Xitoyliklarning xaritasida Rossiyaga tegishli bo‘lgan Bolshoy Ussuriyskiy daryo oroli Xitoy hududi sifatida tasvirlangan.

Bir vaqtlar bu orol ustida bahs bo‘lgan. Ammo 2004-yil 14-oktabrda Rossiya va Xitoy chegarani qayta belgilash bo‘yicha kelishuvga erishgach, orolning yarmi Rossiyaga berilgan. Bu bitim 2008-yilda kuchga kirgan.

Shunga qaramay, yangi xaritada Xitoy mazkur orolni to‘liq yana o‘ziniki sifatida ko‘rsatmoqda.

 

Xulosa

Tanishib chiqqanimizdek, Xitoy e’lon qilgan yangi xarita bir qator siyosiy bayonotlardan iborat. Chin hukumati ushbu xarita orqali tashqi siyosiy ambitsiyalarini va qarashlarini  qo‘shni davlatlar va jahon hamjamiyatiga ko‘rsatmoqda.

Mazkur xarita siyosiy mazmun kasb etadi. U faqatgina bir davlatining xohishi emas, balki ochiqchasiga boshqa mustaqil davlat hududiga tajovuz sifatida baholash mumkin.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi

Ayrim hududlarda suv narxi oşdi, kelasi yildan esa tariflarni belgilaş tartibi ham özgaradi.

Iqtisodiyot

31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi

Xitoylik 24 yoşli yigit töyiga mehmon topiş uçun noodatiy yöl tutdi. Uning ijtimoiy tarmoqdagi murojaati qisqa vaqt içida kutilmagan natija berdi.

Jahon

31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?

2026 yil 1 noyabrdan Özbekistonda gaz ta’minoti, bojxona rasmiylaştiruvi, mobil reklama, tadbirkorlar uçun kommunal tölovlar hamda pensiya tayinlaş tartibiga oid bir qator özgarişlar joriy etiladi.

Oʻzbekiston

31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi

Rossiya budjet taqçilligi 5,8 trillion rublga yetdi. Hukumat bir qator sohalarni qamrab oladigan yangi soliq çoralarini taklif qilmoqda.

Jahon

30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi

Yordam pulini qanday oliş mumkin?

Oʻzbekiston

30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi

Kelişuvlar nimalarni özgartiradi?

Oʻzbekiston

30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi

Binance xavfsizlik buzilişi gumoni bilan barça mablağlarni kiritiş va yeçib oliş operatsiyalarini vaqtinça töxtatdi.

Iqtisodiyot

30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi

Ikkinçi jahon uruşi davomida Yaponiya foydalangan 56 ta «dözax kemasi»dan 19 tasi Ittifoqçilar tomonidan çöktirildi. Bu kemalarda 126 mingdan ortiq harbiy asir taşilib, ularning har uç nafaridan biri halok bölgan.

Madaniy

29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"

Eron elçixonalarining Samarqandni fors sivilizatsiyasi merosi sifatida körsatgan postlaridan keyin Toşkent Tehronga norozilik bildirgandi. Eron TIV bu holatga izoh berdi.

Oʻzbekiston

29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi

Pirotexnika vositalari odamlarda qörquv va xavotir uyğotişi hamda ruhiy zöriqişga sabab bölişi mumkinligi taqiqqa asos qilib körsatilgan.

Jahon

29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...

Isroilda parlament saylovlaridan keyin ovozlarni sanaş davom etmoqda. Boş vazir Binyamin Netanyaxu tarafdorlari bloki dastlabki natijalarga köra oldinda bormoqda, biroq hukumat tuziş uçun zarur bölgan 61 ta mandatni hali qölga kiritmagan.

Siyosat

28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi

2026-yilning dastlabki olti oyida Rossiyaga kirişidan maqsad sifatida işlaşni körsatgan 1 178 609 nafar Özbekiston fuqarosi qayd etilgan.

Oʻzbekiston

28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?

Joriy yilning 15-sentabrdan boşlab özbekistonliklar uçun 60 kunlik vizasiz rejim va aeroportda viza oliş tartibi bekor qilingan edi.

Oʻzbekiston

28.10.2026, 12:16

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin

Qirğizistonda viloyat va tumanlar örniga “aymoq” deb ataladigan 20 dan ortiq ma’muriy birlik tuziş rejalaştirilmoqda.

Jahon

28.10.2026, 11:58

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi

Tojikistonda fuqarolarga 18 yoşga tölganidan keyingina xorijga işlaş uçun borişga ruxsat beriladi. Yangi talab prezident Imomali Rahmon tomonidan 21 oktyabr kuni imzolangan «Migratsiya töğrisida»gi qonunda belgilangan.

Jahon

28.10.2026, 10:24

Özbekistonda örtaça iş haqi 18 foizga ösdi

Özbekistonda 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida örtaça oylik iş haqi 7,27 mln sömga yetdi. Biroq yanvar–avgust oylaridagi mediana iş haqi 4,17 mln sömni taşkil etdi. Bu ikki körsatkiç bir-biridan farq qiladi.

Iqtisodiyot

28.10.2026, 09:50

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda

Sönggi 15 yilda Özbekistonda qayd etilgan nikohlar soni qariyb 9 foizga kamaydi, ajralişlar soni 2,6 baravardan köproq oşdi. Mamlakat aholisi esa şu davrda 34 foizga köpaygan

Oʻzbekiston

27.10.2026, 18:08

Endi Özbekistonda Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş mumkin

Özbekistonda 27-oktyabrdan Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş imkoniyati paydo böldi. Ammo hozirça HUMO va Uzcard röyxatga kiritilmagan.

Oʻzbekiston

27.10.2026, 14:50

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama

AQŞda Kongress ustidan nazoratni belgilaydigan 3-noyabr kungi saylovlar arafasida sobiq prezident Barak Obama demokratlar kampaniyasiga qöşilib, Tramp siyosatini masxara qildi.

Jahon

26.10.2026, 15:54

AI tasvir

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?

Abdurahmon Taşanov mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etdi, biroq söz erkinligi, sud-tergov tizimi va blogerlarga nisbatan jinoiy işler yuzasidan xavotir bildirdi.

Oʻzbekiston

26.10.2026, 13:15

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →