Rossiya 200 nafar tojikistonlik mahkumani vataniga qaytaradi
Moskva 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik mahkumni ham jazoni o‘z yurtida davom ettirish uchun topshirishga tayyorligini bildirgan, ammo jarayon huquqiy to‘siqlarga uchramoqda.
Jahon
17.04.2026, 12:19
Ulashish:

Rossiyaning inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova mamlakat qamoqxonalarida jazo muddatini o‘tayotgan 200 nafarga yaqin tojikistonlik ayolni o‘z vataniga qaytarish bo‘yicha Emomali Rahmondan ijobiy javob olganini ma’lum qildi.
Moskalkova Tojikiston prezidentiga maktub yo‘llab, insonparvarlik nuqtayi nazaridan ayollarga jazoni o‘z yurtida o‘tash uchun ruxsat berishini so‘ragan.
Uning ta’kidlashicha, aksariyat hollarda jinoyat sodir etilgani tasdiqlansa-da, jazo har doim ham eng og‘ir darajada bo‘lishi shart emas.
“Ba’zan kechirimli bo‘lish insonning tuzalishiga, pushaymon bo‘lishiga va yaxshi tomonga o‘zgarishiga yordam beradi. Shu bois biz ayollar uchun yengillik beruvchi asoslarni har bir ishda topishga harakat qilamiz”, – dedi u.
Xorijlik mahbus ayollarning oila a’zolari bilan uchrashish imkoniyati cheklangani, qarindoshlaridan jo‘natmalar qabul qilishda muammolar mavjudligi sababli Moskalkova Tojikiston rasmiylariga murojaat qilgan.
U Rossiya jazoni ijro etish tizimidagi islohotlar doirasida hibs sharoitlari yaxshilanayotganini, xususan. zo‘ravonliksiz jinoyat sodir etgan yosh bolali ayollarga nisbatan sudgacha qamoqqa olish chorasini cheklovchi qonunni alohida ta’kidladi.
Shuningdek, Moskalkova 14 yoshga to‘lmagan farzandi bor ayollar uchun jazo muddatini kechiktirish amaliyoti joriy etilganini e’tirof etdi.
Shu oy boshida Moskalkova Rossiya o‘z hududida sudlangan 3 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosini jazoni o‘tash uchun vataniga topshirishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.
Biroq huquqiy to‘siqlar, jumladan, O‘zbekistonning 1998-yilgi “Mahkumlarni topshirish to‘g‘risida”gi konvensiyani ratifikatsiya qilmagani sababli bu jarayon to‘xtab qolmoqda, deb xabar berdi The Times of Central Asia nashri.
Jahon
17.04.2026, 12:19
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Qozog'iston Rossiyaga benzin eksport qiliş̈dan voz keçdi
Iqtisodiyot
27.08.2026, 16:41

Bugundan ayrim talabalar uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi
Ta'lim
07.09.2026, 10:52
So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Oʻzbekiston
23.09.2026, 12:23

Shaxmatchilarga beriladigan mukofotlar oshiriladi
Iqtisodiyot
23.09.2026, 11:52

AQSh Eron aviakompaniyalarini butun dunyoda cheklay oladimi?
Jahon
23.09.2026, 11:33

Tramp: Eron bilan kelishuv saylovdan keyin tuziladi
Jahon
23.09.2026, 10:20

AQShning F-16 qiruvchi samolyoti Germaniyadagi aviabazada halokatga uchradi
Jahon
23.09.2026, 09:55

Toşkent 343-óringa kótarildi: Global Cities Index 2026 natijalari e'lon qilindi
Jahon
22.09.2026, 16:38

Rossiya Ukrainaga zarbalari oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi
Jahon
22.09.2026, 14:38

Milliy sertifikat imtihoni uçun joy muammomi?
Ta'lim
22.09.2026, 11:40

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi
Oʻzbekiston
22.09.2026, 11:18

G7 davlatlari husiylarni Saudiya Arabistoniga hujumlarni tóxtatişga çaqirdi
Jahon
22.09.2026, 11:06

Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Gutеrrish bilan uchrashdi
Siyosat
22.09.2026, 10:51

BMT: AQŞning narkokema hujumlari insoniyatga qarşi jinoyat
Jahon
22.09.2026, 09:56

Isroil saylovi oldidan havfsizlik masalasi asosiy mavzu bölib qolmoqda
Siyosat
21.09.2026, 17:34

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi
Oʻzbekiston
21.09.2026, 10:02

Markaziy Osiyo muzliklarini yöqotmoqda
Oʻzbekiston
21.09.2026, 09:42

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi
Ta'lim
19.09.2026, 11:24

Xitoydagi choʻl ostida ulkan suv manbalari topildi
Jahon
19.09.2026, 11:14

Rossiyada saylovlardan keyin yangi safarbarlik bo‘lishidan xavotir kuchaymoqda
Jahon
19.09.2026, 10:02

"Sizga hurmat körsatilmaydi, siz bemorsiz!": Surxondaryo soğliqni saqlash boşqarmasi munosabat bildirdi
Oʻzbekiston
18.09.2026, 15:25

iPhone 18 Pro Maxning Rossiyada 18 ta funksiyasi çeklangan
Iqtisodiyot
18.09.2026, 15:13
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Qozog'iston Rossiyaga benzin eksport qiliş̈dan voz keçdi
Iqtisodiyot
27.08.2026, 16:41

Bugundan ayrim talabalar uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi
Ta'lim
07.09.2026, 10:52
