Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Toşkent şahar hokimiyati yangi qurilayotgan uylardan xonadon sotib oliş niyatida bölgan fuqarolar uçun yöriqnoma e'lon qildi. Unda şartnoma tuziş va pul tölaşdan oldin quriliş obyektining qonuniyligini tekşiriş böyiça tavsiyalar berilgan.
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52
Ulashish:

Avvalo, quriliş obyektiga örnatilgan QR-kodni skaner qiliş va dshk.shaffofqurilish.uz sayti orqali obyekt haqidagi ma'lumotlarni oliş kerak. Unda obyekt nomi, buyurtmaçi, loyihaçi va quruvçi taşkilotlar, manzil, arxitektura-şaharsozlik kengaşi xulosasi, loyiha hujjatlarining ekspertiza xulosasi hamda quriliş-montaj işlarini boşlaş uçun berilgan ruxsatnoma haqidagi ma'lumotlar körsatiladi.
Obyektning maqsadini ham tekşiriş lozim. Arxitektura-şaharsozlik kengaşi xulosasi va ekspertiza hujjatlarida binoning turar joy yoki noturar joy ekani, qavatlar soni, quriliş materiallari va boşqa muhim ma'lumotlar aks etadi. Masalan, sotuvçi uyni 16 qavatli turar joy sifatida taqdim etsa, hujjatlarda ham aynan şu ma'lumot bölişi kerak.
Sotib olinayotgan xonadonning loyihada mavjudligini soliştiriş zarur. Şartnomada körsatilgan blok, qavat, xonadon raqami va maydon tasdiqlangan loyiha hujjatlaridagi ma'lumotlarga mos kelişi kerak.
Quriliş-montaj işlarini boşlaş uçun ruxsatnoma mavjudligini tekşiriş kerak. Obyekt hududiy nazorat inspeksiyasida belgilangan tartibda röyxatdan ötgan yoki tegişli ruxsatnomaga ega bölişi lozim. Agar quriliş obyekti nazorat inspeksiyasida röyxatdan ötmagan bölsa, bunday quriliş noqonuniy hisoblanadi.

Yer uçastkasiga bölgan huquqni tasdiqlovçi hujjatlar ham örganilişi kerak. Xaridor quruvçidan yerga bölgan huquqni tasdiqlovçi hujjatlarni körsatişni söraşi mumkin. Yerga bölgan huquq tasdiqlanmagan bölsa, pul tölaşga şoşilmaslik tavsiya etiladi.
Loyiha hujjatlarining ijobiy ekspertiza xulosasi mavjudligini tekşiriş ham muhim. Unda obyektning qavatlari, konstruksiyasi, loyihaviy yeçimlari va boşqa muhim ma'lumotlarni köriş mumkin.
Şartnomani rasmiylaştiriş tartibiga alohida e'tibor beriş kerak. Qurilayotgan uydan uluş asosida xonadon olinayotgan bölsa, şartnoma notarial tasdiqlangan va kadastr organlarida davlat röyxatidan ötgan bölişi kerak. Faqat quruvçining ofisida imzolangan oddiy şartnoma bilan çeklanmaslik lozim.
Tölov qanday amalga oşirilişiga ham e'tibor beriş zarur. 2026 yilda uluşdor mablağlari belgilangan tartibda eskrou hisobvaraği orqali tölanişi kerak. Pulni quruvçining şaxsiy bank kartasiga yoki şubhali hisob raqamlariga ötkazmaslik tavsiya etiladi.
Uy foydalanişga qabul qilingan-qilinmaganini ham tekşiriş kerak. Quriliş yakunlangaç, obyektdan foydalanişga ruxsat berilgan bölişi lozim. Quruvçining "kalit tayyor, köçib kiravering" degan gapi rasmiy hujjat örnini bosa olmaydi.
Xonadon topşirilgaç, qabul-topşiriş dalolatnomasi imzolanadi, mulk huquqi davlat röyxatidan ötkaziladi va kadastr xonadon egasi nomiga rasmiylaştiriladi.
Şahar hokimligi fuqarolarga xonadon sotib olişdan oldin yerga bölgan huquq, QR-kod, quriliş ruxsatnomasi, tasdiqlangan loyiha, ekspertiza xulosasi, xonadonning loyihadagi mavjudligi, şartnoma, eskrou orqali tölov, foydalanişga qabul qiliş va kadastr bilan boğliq hujjatlarni sinçiklab tekşirişni tavsiya qilmoqda.
Agar hujjatlarning birortasida şubha tuğilsa, şartnoma imzolaş yoki pul tölaşga şoşilmaslik kerak.
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Saida Mirziyoyeva Toshkent shahridagi shaharsozlik va ekologik muammolarni muhokama qildi
Oʻzbekiston
15.09.2026, 11:46

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi
Madaniy
23.10.2026, 18:12

O‘zbekistonda XI Yevropa kino festivali bo‘lib o‘tadi
Madaniy
13.10.2026, 10:26

MrBeast Toshkentga keladi
Oʻzbekiston
09.10.2026, 09:32

Toshkentda Yevropa Ittifoqining 30-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan ikkita tadbiriga jurnalistlar taklif etilmoqda
Oʻzbekiston
26.09.2026, 10:08
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
So'nggi yangiliklar

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...
Siyosat
28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi
Jahon
28.10.2026, 10:24

Özbekistonda örtaça iş haqi 18 foizga ösdi
Iqtisodiyot
28.10.2026, 09:50

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda
Oʻzbekiston
27.10.2026, 18:08
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
