AQSh Eron aviakompaniyalarini butun dunyoda cheklay oladimi?
AQSh Eron aviakompaniyalariga qarshi sanksiyalarni kuchaytirmoqda. Bu choralar xalqaro parvozlar va yo‘lovchilarga qanday ta’sir qiladi?
Jahon
23.09.2026, 11:33
Ulashish:

AQSh Eron aviakompaniyalariga qarshi sanksiyalarni kuchaytirib, ularning xalqaro faoliyatini amalda cheklashni rejalashtirmoqda. AQSh Moliya vaziri Skott Bessentning aytishicha, 23-sentabrdan Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar ham AQSh sanksiyalariga duch kelishi mumkin.
Vashington nafaqat aviakompaniyalarning o‘ziga, balki ularga yoqilg‘i quyish, aeroport xizmatlari ko‘rsatish, yer usti xizmatlarini taqdim etish va chipta sotish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga ham bosim o‘tkazmoqchi.
Eron aviakompaniyalariga nima bo‘ladi?
AQSh 8-sentabr kuni Eronning 27 ta aviakompaniyasining barchasiga nisbatan sanksiya joriy qilgan. Mamlakatning xalqaro yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan asosiy tashuvchilari qatorida Mahan Air, davlatga tegishli Iran Air va Qeshm Air bor.
Mahan Air Eronning eng keng xalqaro tarmoqqa ega aviakompaniyasi hisoblanadi. U Xitoy, Hindiston, Iroq, Pokiston, Tailand va Birlashgan Arab Amirliklariga parvozlarni amalga oshiradi. Turkiya va Ummon yo‘nalishlaridagi ayrim reyslar esa to‘xtatilgan.
Iran Air’ning Yevropadagi avvalgi keng tarmog‘i sanksiyalar, samolyotlar yetishmasligi va mintaqadagi urush sabab deyarli yo‘qolgan. Hozir aviakompaniyaning xalqaro yo‘nalishlari asosan Iroq va Turkiya bilan cheklangan.
Qaysi aeroportlar ta’sir ostida qolishi mumkin?
Eron aviakompaniyalarining parvozlari cheklansa, eng katta ta’sir Istanbul, Najaf, Bag‘dod, Dubay, Nyu-Dehli, Lahor, Pekin, Shanxay, Guanchjou, Shenchjen va Pxuket kabi shaharlardagi aeroportlarga tushishi mumkin.
Al Jazeera ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda Eronga kirib-chiqqan yo‘lovchilar soni 46,2 million kishini tashkil qilgan. Shundan 11,2 millioni xalqaro reyslardan foydalangan, qariyb 7,2 million yo‘lovchi esa Eron aviakompaniyalarida parvoz qilgan.
AQSh Eron samolyotlariga boshqa davlatlar havo hududini yopib qo‘ya olmaydi. Biroq ularga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarga sanksiya tahdidi aviakompaniyalarning xalqaro faoliyatini jiddiy qiyinlashtirishi mumkin.

Boshqa davlatlar AQSh talablariga qo‘shiladimi?
Tahlilchilar bu masalada davlatlarning pozitsiyasi turlicha bo‘lishini kutmoqda.
Iroq Eron bilan turizm va iqtisodiy aloqalari sabab AQShdan istisno talab qilishi mumkin. Pokiston ham Eron bilan chegaradoshligi, savdo va madaniy aloqalari tufayli Vashington talablariga to‘liq qo‘shilmasligi mumkin.
Xitoy esa AQShning bir tomonlama sanksiyalarini noqonuniy deb atagan. Turkiya ham Eron bilan mavjud iqtisodiy va turizm aloqalari sabab bunday cheklovlarga qarshilik ko‘rsatishi mumkin.
Birlashgan Arab Amirliklari esa AQSh siyosatiga yaqinroq pozitsiyani tanlashi ehtimoli bor.
Eronlik yo‘lovchilar uchun oqibatlar qanday bo‘ladi?
Sanksiyalar avvalo parvozlar narxining oshishiga olib kelishi mumkin. Mutaxassislar ayrim yo‘nalishlarda aviachiptalar narxi allaqachon keskin oshganini ta’kidlagan.
Eron iqtisodiyotidagi qiyinchiliklar va milliy valyutaning qadrsizlanishi fonida qo‘shimcha transport xarajatlari aholiga yanada katta bosim qilishi mumkin.
Eronlik yo‘lovchilar muqobil yo‘llarni tanlashiga to‘g‘ri kelishi ehtimoli bor. Ular Turkiya, Iroq, Armaniston yoki Pokiston orqali quruqlik va dengiz transportidan foydalanishi mumkin. Biroq bunday yo‘nalishlar safar vaqtini va xarajatlarni oshiradi.
Aviakompaniyalar uchun yana bir muammo
Eron aviakompaniyalarining samolyot parki allaqachon eskirgan. Sanksiyalar sabab ehtiyot qismlar, texnik xizmat va boshqa zarur resurslardan foydalanish yanada qiyinlashishi mumkin.
Tahlilchilardan biri bunday cheklovlar Eron aviatsiyasining amaldagi parkidagi samolyotlarning qariyb uchdan birini tez orada parvozdan chiqarib qo‘yishi mumkinligini aytgan.
AQShning asosiy maqsadi — Eron aviatsiya sektoriga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarni moliyaviy jihatdan cheklash. Vashington bunday kompaniyalarning AQSh moliya tizimi va dollar operatsiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini qisqartirishi mumkin.
Natijada sanksiyalar faqat Eron aviakompaniyalariga emas, balki aeroportlar, yonilg‘i yetkazib beruvchilar, yer usti xizmatlari va chipta sotuvchi kompaniyalarga ham ta’sir qilishi mumkin.
Muallif: Hasanboy OCHUN
Jahon
23.09.2026, 11:33
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Eron yadro quroli yaratmaydi, AQSH esa sanksiya qo‘llamaydi...
Jahon
15.06.2026, 12:32

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Tramp: Eronga qarshi jiddiy choralar ko‘ramiz
Jahon
14.10.2026, 15:25

Trampning Eron Los-Anjeles va San-Diyegoni egallashi haqidagi gapi tanqidga uchradi
Siyosat
07.10.2026, 15:25

AQSh Britaniyadan bombardimonchi samolyotlarini qaytib oldi
Jahon
05.10.2026, 10:22

Pezeshkian BMT minbarida: «Eron terrorizm qurboni»
Jahon
24.09.2026, 10:26
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
So'nggi yangiliklar

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
