Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 16:33

Rossiya va Gʻarb orasida mahbuslar almashinuvi: Diplomatik kelishuvlar va hibsga olish cabablari

Joriy yilning 1 avgust kuni Turkiyaning Anqara shahrida Rossiya va Gʻarb davlatlari (AQSh, Germaniya, Polsha, Sloveniya va Norvegiya) oʻrtasida siyosatchi, jurnalist, muxolifatchilardan iborat mahbuslar almashinuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Meduza” nashri maʼlum qildi

Jahon

03.08.2024, 11:15

Ulashish:

Rossiya va Gʻarb orasida mahbuslar almashinuvi: Diplomatik kelishuvlar va hibisga olish cabablari

Rossiya va Gʻarb orasida mahbuslar almashinuvi: Diplomatik kelishuvlar va hibisga olish cabablari

Unda qayd etilishicha, jarayon Turkiya Milliy razvedka tashkiloti vositachiligida Esenbogʻa aeroportida sodir boʻlgan. Almashinuvda Rossiya, Belarus, AQSh, Germaniya, Polsha, Sloveniya va Norvegiya vakillari ishtirok etgan. Jami 26 kishi almashilgan. 10 kishi Rossiyaga, 13 kishi Germaniyaga, 3 kishi AQShga yuborilgan.  

Xoʻsh, qaysi mahbuslar davlatiga qaytarildi?

Rossiya Gʻarbga jami 16 ta mahbusni topshirdi. Ular orasida rassomdan toritib jurnalist, harbiy xizmatchi, siyosatchi va oʻlim jazosiga hukm qilingan fuqarolar ham boʻlgan. Gʻarb esa Rossiyaga jami 10 ta mahbusni qaytardi. Ular orasida yuqorida qayd etilgan soha vakillaridan tashqari amaldorlar ham boʻlgan. 

Quyida Rossiya tomonidan Gʻarbga qaytarilgan mahbuslar haqida bilib olishingiz mumkin:

Evan Gershkovich

Amerikalik "Wall Street Journal " nashrining juranlaisti Evan Gershkovich Rossiyada josuslik qilishda ayblangan hamda 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. U xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan 2023 yilning mart oyida Yekaterinburg shahriga safari davomida hibsga olingan. 

Prokurorlar uni Markaziy razvedka boshqarmasiga ishlashda aylagan. Ammo Gershkovich WSJ va AQSh hukumati ushbu ayblovlarni rad etgan. Bu “Sovuq urush” yakunlangandan beri Rossiyada amerikalik jurnalist josuslikda ilk bor ayblanishi edi. 

Paul Uilan 

Toʻrt davlat — AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya va Irlandiya fuqarosi boʻlgan 54 yoshli Paul Uilan 2018 yili Moskvada josuslikda gumonlanib hibsga olingan. U 2020 yilda 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. 

2008 yilda yomon xulqi uchun armiya safidan boʻshatilgan. Uilan xavfsizlik boʻyicha konsultantga aylangan hamda ish boʻyicha Rossiyaga qatnagan. 2018 yilda esa Rossiya FXX xodimlari tomonidan qoʻlga olingan. Moskvada josuslik qilayotganida ushlangan. Ammo uning oilasi Paulga qoʻyilgan ayblovni doim rad etib kelgan.

Alsu Kurmasheva 

Evan Gershkovichga hukm oʻqilgan kunda Rossiya-Amerika jurnalisti Alsu Kurmasheva yopiq sud orqali 6,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi. U “Ozodlik radiosi”ning muharriri boʻlgan. Alsu Rossiya harbiylari haqida yolgʻon axborot tarqatishda ayblangan. 

Uning eri Pavel Butorinning aytishicha, jurnalist oʻtgan yili Ukrainaga qarshi urushayotgan rossiyaliklarning hikoyalari jamlangan kitobni chop etgani sabab hibsga olingan. Kurmasheva AQSh va Rossiya fuqaroligiga ega boʻlib, turmush oʻrtogʻi va ikki nafar qizi bilan Pragada yashagan. 2023 yil iyunda esa onasini koʻrish uchun Rossiyaga kelganida qamoqqa olingan.

Vladimir Kara-Murza 

Putin siyosati hamda Ukrainadagi urushga qarshi chiqishlari bilan tanilgan Vladimir Kara-Murza 2023 yilning aprelida “davlatga xiyonat”, Rossiya armiyasi toʻgʻrisida “feyk” tarqatish va “istalmagan” tashkilot faoliyatini yuritishda ayblagan. Shundan soʻng u 25 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. 

Vladimir Kara-Murza 2022 yil aprel oyidan buyon Omsk shahridagi 7-sonli axloq tuzatish koloniyasida hibsda saqlanib kelgan. Unga 2023 yil martida advokatlar polineyropatiya tashxisini qoʻygan. Rossiyada esa bunday kasallikka chalingan shaxslar hibsda saqlab turilishi mumkin boʻlmagan. 

Koloniyada siyosatchini jarima izolyatoriga tashlashgan, iyun oyida esa bir kamerali tipidagi xonaga oʻtkazilgan. Kara-Murzaning advokatlari bu qaror uning salomatligi va hatto hayotiga xavf tugʻdirishi mumkinligini qayd etishgandi. 

Ilya Yashin 

Yana bir Rossiyadagi eng yorqin muxolifatchi hisoblangan Ilya Yashin 2022 yilda mamlakat armiyasi haqida “feyk yangiliklarni tarqatganlik”da ayblangan. 2022 yil dekabrda Moskva Meshchan sudi muxolifatchini 8,5 yil muddatga umumiy tartibli koloniyada ozodlikdan mahrum qilishga hukm chiqargan. 

Jinoiy ish ochilishiga uning 2022 yili 7 aprelida Youtube kanalidagi jonli efirida Ukrainaning Bucha shahrida tinch aholi vakillari oʻldirilgani haqida gapirgani sabab boʻlgan.

Jahon

03.08.2024, 11:15

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi

“Amnesty international” xalqaro huquqni himoya qiluvchi tashkilotining yillik hisoboti e’lon qilindi.

Jahon

21.04.2026, 11:26

Men shaxsan 15 may kuni Putinni Istanbulda kutaman — Zelenskiy

Men shaxsan 15 may kuni Putinni Istanbulda kutaman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 15 may kuni Istanbulda Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan bevosita muzokaralar oʻtkazishga tayyor ekanini maʼlum qildi.

Jahon

12.05.2025, 13:06

Putinning maslahatchisi AQSh – Rossiya munosabatlari qayta tiklanishini maʼlum qildi

Putinning maslahatchisi AQSh – Rossiya munosabatlari qayta tiklanishini maʼlum qildi

Amerikaning Vashington shahrida Rossiya rahbarining yaqin maslahatchisi, mamlakatning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jamgʻarmasi (RDIF) rahbari Kirill Dmitriyev Tramp maʼmuriyati vakillari bilan uchrashdi.

Jahon

04.04.2025, 11:00

Украина ўттиз кунлик сулҳга рози бўлди

Ukraina o‘ttiz kunlik sulhga rozi bo‘ldi

Kecha, 11-mart kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida AQSh hamda Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Siyosat

12.03.2025, 10:38

Yevropa mamlakatlari Ukrainaga 20 milliard yevrolik harbiy yordam beradi

Yevropa mamlakatlari Ukrainaga 20 milliard yevrolik harbiy yordam beradi

Shu paytga qadar Ukrainani qoʻllab-quvvatlagan Amerika Qoʻshma Shtatlari endi Rossiya bilan yaqin aloqalarni oʻrnatayotgani sababli Yevropa mamlakatlarining rahbarlari Kiyev uchun kamida 20 milliard yevro qiymatidagi harbiy yordam paketini tayyorlamoqda. Bu haqda uch nafar Yevropa Ittifoqi diplomati "Palitico" nashriga maʼlum qildi.

Jahon

24.02.2025, 13:40

Putin Tramp bilan uchrashadimi?

Putin Tramp bilan uchrashadimi?

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan "Valday" xalqaro munozara klubining 21-yigʻilishida ishtirok etib, Trampni AQSh prezidentlik saylovidagi gʻalabasi bilan tabrikladi va uni "Jasur odam" deb aytdi. 

Jahon

08.11.2024, 11:40

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Chorvachilikni rivojlantirishda yangi qadam

Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. Uning oldiga qoramollar sonini 16,5 milliontaga, qo‘y va echkilar sonini 30 milliontaga, parrandalar sonini 141 milliontaga yetkazish vazifalari qo'yilgan.

Oʻzbekiston

13.05.2026, 17:22

O‘zbekistonga qaytarilgan tarixiy artefaktlar jamoatchilikka taqdim qilindi

Qaytarilgan artefaktlar Kushon davridan Temuriylargacha bo‘lgan davrlarga oid noyob yodgorliklardan iborat.

Madaniy

13.05.2026, 16:32

Andijon voqealari: 21 yil oldingi qonli kun

2005-yil hibsga olingan andijonlik 23 akramiylar a’zosi deya gumon qilingan shaxslarning yaqinlari va hamkasblari boshlagan namoyishlar pirovardida 13-may kungi qonli voqealariga olib keldi.

Oʻzbekiston

13.05.2026, 14:42

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 70,9 milliard dollarga yetdi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida kuzatilgan qisqarishdan so‘ng aprel yakunida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb 1,9 milliard dollarga ko‘payib, jami 70 milliard 891,9 million dollarni tashkil etgan.

Iqtisodiyot

12.05.2026, 15:49

Davomli xantavirus — Infeksiyadan keyingi hayot tashvishlimi?

Ushbu kasallikdan omon qolish to‘liq sog‘ayishni anglatmaydi. Ko‘plab bemorlar xantavirusdan tuzalganidan so‘ng ham COVID kabi uzoq muddatli jismoniy va ruhiy muammolardan aziyat chekmoqda.

Jahon

12.05.2026, 15:09

BAA kompaniyasi O‘zbekistonda 100 ta diagnostika markazi tashkil etadi

BAAning “Unison Capital Investment” kompaniyasi respublika bo‘ylab 100 ta to‘liq siklli diagnostika markazlarini tashkil etish rejalarini taqdim etdi.

Oʻzbekiston

12.05.2026, 11:25

Moliyaviy xizmatlar sohasida 22,4 foizlik o‘sish qayd etildi

2026-yil yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 46,8 trillion so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,4 foizga oshgani bilan e’tiborli.

Iqtisodiyot

11.05.2026, 16:08

Hindiston bosh vaziri masofaviy ishlashga qaytishni taklif qildi

Narendra Modi koronavirus pandemiyasi davrida qo'llaniladigan masofaviy ish, virtual uchrashuvlar va videokonferensiyalar amaliyotini qayta joriy etish zarurligini aytdi.

Jahon

11.05.2026, 15:40

O‘zbek qizi malay tili bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘olibi bo‘ldi

20 yoshli Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi Madinabonu Abdullayeva Xalqaro malay tili bo‘yicha Malayziya Bosh vaziri musobaqasi g‘olibi bo‘ldi.

Ta'lim

11.05.2026, 14:01

Qiymati 50 mln dollardan ortiq bo‘lgan loyihalar korrupsiyaga qarshi tekshiruvdan o‘tadi

Adliya vazirligi Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va ularning raqobat muhitiga ta’sirini baholash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Iqtisodiyot

11.05.2026, 12:55

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi

“Samsung Electronics” kompaniyasi Dua Lipa suratidan televizor sotishda ruxsatsiz foydalangan. Xonanda zararni qoplash uchun 15 million dollar talab qilmoqda.

Jahon

11.05.2026, 11:26

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi

Fransiyalik professor Florent Montakler filologiya bo‘yicha soxta mukofot joriy etganlikda ayblanmoqda. U shuningdek, soxta “Xalqaro filologiya jamiyati”ni tuzgan va amerikalik tilshunos Noam Chomskiyni ham mukofotlagan.

Jahon

09.05.2026, 16:06

Nega “Pivo o‘lkasi”da ichkilik darajasi pasayib ketdi?

Pivo iste’moli bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan Chexiyada rekord darajadagi pasayish qayd etildi. Pivo zavodlari xavotirda bo‘lsa-da, mutaxassislar bu o‘zgarishga ijobiy baho bermoqda.

Jahon

08.05.2026, 17:11

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi

Kolumbiyalik xonanda Shakira payshanba kuni 2026-yilgi Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini ommaga namoyish qildi.

Sport

08.05.2026, 10:48

Afg‘onistondagi gumanitar inqiroz Markaziy Osiyoni logistika markaziga aylantirishi mumkin

Markaziy Osiyo koridorlari dengiz yo‘llariga nisbatan uzunroq va qimmatroq bo‘lsa-da, barqarorlikni ta’minlay oladi. Yo‘lning arzonligi muhim emas. Muhimi – yo‘lning ishonchliligi.

Jahon

07.05.2026, 13:30

O‘zbekiston va Pokiston sanoat, investitsiya va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va Pokiston xalqaro transport aloqalarini rivojlantirish hamda Xunjarob dovoni orqali o‘tuvchi “Pokiston–Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” yo‘lagi bo‘ylab hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi. 

Iqtisodiyot

07.05.2026, 12:06

Eronlik Nobel mukofoti sovrindori Narges Muhammadiy o‘lim yoqasida

Qamoqda saqlanayotgan  tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti  sovrindori Narges Muhammadiy yurak xastaligi tufayli og‘ir ahvolda.

Jahon

06.05.2026, 17:11

FIFA rahbari Infantino jahon chempionati chiptalari narxini himoya qildi

Muxlislarning tanqidlari kuchayib borayotgan bir paytda Infantinoning aytishicha, juda baland narxlar Jahon chempionatini tomosha qilishga bo‘lgan talabni aks ettiradi.

Sport

06.05.2026, 16:09

Yilning birinchi choragida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 18 milliard dollarga yetdi

Joriy yilning ilk choragida O‘zbekiston jahonning 170 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi.

Iqtisodiyot

06.05.2026, 14:58

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasida Ukrainaning biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vakillari Ukrainadagi yirik kompaniyalar rahbarlari va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Oʻzbekiston

06.05.2026, 14:20

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →