“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi
“Amnesty international” xalqaro huquqni himoya qiluvchi tashkilotining yillik hisoboti e’lon qilindi.
Jahon
21.04.2026, 11:26
Ulashish:

Tashkilot Isroil, Rossiya va AQSHni xalqaro inson huquqlarini poymol etishda yetakchi deb atab, uch davlat rahbarlarini iqtisodiy va siyosiy hukmronlikka intilayotgan “ochofat yirtqichlar” deya ta’rifladi.
“Ibtidoiy vahshiylik avj olishi mumkin bo‘lgan global muhit anchadan beri shakllanmoqda”, — deb yozdi tashkiloti rahbari Agnes Kallamard seshanba kuni e’lon qilingan yillik hisobotda.
Matbuot anjumanida Kallamard aksariyat hukumatlar “yirtqichlar”ga qarshi kurashish o‘rniga, ularni ovutishga moyil ekanini aytdi.
“Biroq, Isroilning G‘azo sektoridagi genotsidini hamda AQSH-Isroilning Eronga hujumlarini tanqid qilgani uchun Yevropada ajralib turgan Ispaniya xalqaro tizimni barbod qilayotgan ikkiyuzlamachilik yondashuvlaridan ustun turibdi”, – dedi Kallamard.
Avtoritarizm kuchaymoqda
“Butun dunyoda avtoritar amaliyotlar kuchaydi”, — deyiladi 400 sahifalik hisobotda va unda Afg‘onistondan tortib Zimbabvegacha bo‘lgan mamlakatlardagi qonunbuzarliklar sanab o‘tiladi.
Repressiyalarga bag‘ishlangan bo‘limida Buyuk Britaniya“Falastin harakati” guruhiga qarshi keskin choralar ko‘rganlikda ayblanadi.
Hisobotga ko‘ra, Afg‘onistonda Tolibon ayollarni ta’lim va ishdan chetlatish kabi choralar orqali 2025-yilda ham gender asosidagi kamsitishlarni davom ettirgan.
Shuningdek, Nepal hukumati dalit ayollarga nisbatan gender zo‘ravonligi holatlarini tergov qilmaganligi aytiladi.
“Amnesty international”ning hisoboti dunyo bo‘ylab ko‘plab mojarolar avj olayotgan bir paytda e’lon qilindi.
AQSH va Isroilning Eronga hujumi oqibatida 3000 dan ortiq, Isroilning Livanga hujumlari natijasida esa 2400 ga yaqin odam halok bo‘ldi.
G‘azoda 2023-yil oktyabridan buyon Isroil hujumlarida qurbon bo‘lganlarning soni 72,5 mingdan oshdi.
Ukrainada esa to‘rt yil oldin Rossiyaning keng miqyosli bosqini boshlanganidan beri 15 mingdan ziyod kishi halok bo‘ldi.
“Insoniylik me’yorlarini qayta-qayta buzayotgani uchun Isroilga nisbatan hech qanday samarali chora ko‘rilmadi”, – deydi Kallamard.
Shunday bo‘lsa-da, optimizm uchun ham biroz asos sifatida quyidagilarni sanab o‘tdi:
- Z avlodi boshchiligidagi norozilik namoyishlari;
- Xalqaro Sudda Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi genotsid da’vosiga qo‘shilayotgan soni ortayotgani;
- Yevropa Kengashining Ukrainaga qarshi tajovuz jinoyati bo‘yicha maxsus tribunal tuzgani;
- Xalqaro jinoyat sudining “gender ta’qibi” uchun Tolibonning ikki yetakchisiga hibsga olish orderi bergani.
Mavzuga oid yangiliklar

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Rossiya ukrainalik bolalarni frontga tayyorlamoqda
Jahon
03.08.2026, 12:02

“Falastindagi qochqinlar agentligi inqiroz yoqasida” – Antonio Guterrish
Jahon
01.07.2026, 10:43

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Tramp: Eronga qarshi jiddiy choralar ko‘ramiz
Jahon
14.10.2026, 15:25

Vashington Moskvaga javob berdi: diplomatlar Kiyevda qoladi
Siyosat
06.10.2026, 18:02
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
So'nggi yangiliklar

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
