AQSH va Rossiya Qozog‘istondagi kosmodromdan kosmik kema uchirdi
Ukrainadagi urush sabab yuzaga kelgan taranglikka qaramay, AQSH va Rossiya kosmosdagi hamkorligini davom ettirmoqda.
Fan-texnologiya
15.07.2026, 11:38
Ulashish:

14-iyul kuni Rossiyaga ijaraga berilgan Qozog‘istondagi Bayqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirilgan AQSH va Rossiya astronavtlaridan iborat ekipaj Xalqaro kosmik stansiyaga muvaffaqiyatli yetib bordi.
NASA astronavti Anil Menon hamda rossiyalik kosmonavtlar Pyotr Dubrov va Anna Kikina reja asosida mahalliy vaqt bilan soat 19:47 da Roskosmosning “Soyuz MS-29” kemasida parvoz qildi.
Ular Xalqaro kosmik stansiyada sakkiz oy izlanish olib boradi. Kosmik kema uchirilganidan taxminan uch soat o‘tib avtomatik rejimda stansiyaga muvaffaqiyatli ulangan.
Mazkur missiya Anil Menon uchun ilk kosmik parvoz, Pyotr Dubrov va Anna Kikina uchun esa ikkinchi parvoz hisoblanadi.
Uchlik Xalqaro kosmik stansiyada NASA astronavtlari Jessika Meyr, Jek Xetuey va Kris Uilyams, Yevropa kosmik agentligi astronavti Sofi Adeno hamda Roskosmos kosmonavtlari Sergey Kud-Sverchkov, Sergey Mikayev va Andrey Fedyayevga qo‘shiladi.
Ayzekman Rossiya rasmiylari bilan uchrashdi
NASA rahbari Jared Ayzekman uchirish marosimida qatnashdi. Bu NASA rahbarining so‘nggi sakkiz yil ichida Bayqo‘ng‘irga qilgan ilk tashrifidir.
Tashrif Ukrainadagi urush tufayli Moskva va Vashington o‘rtasida keskinlik saqlanib qolayotganiga qaramay, orbitadagi hamkorlik davom etayotganidan nishona.
Parvozdan oldin Ayzekman “Roskosmos” davlat korporatsiyasi rahbari Dmitriy Bakanov va Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Denis Manturov bilan uchrashdi.
Tomonlar Xalqaro kosmik stansiya va boshqa loyihalar bo‘yicha istiqboldagi hamkorlikni muhokama qilgan.
Siyosiy ziddiyatlar fonidagi kosmik hamkorlik
Sovuq urush davrida kosmik poygada ashaddiy raqibga aylangan AQSH va Rossiya bugungi kunda Xalqaro kosmik stansiya va boshqa loyihalar doirasida bir yoqadan bosh chiqarmoqda.
2022-yilda Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan so‘ng siyosiy taranglik yuzaga keldi. Shunga qaramay, Vashington va Moskva hamkorlikni saqlab qoldi.
AQSH va Rossiya ekipajlari har ikki davlatning kosmik kemalarida navbatma-navbat Xalqaro kosmik stansiyaga parvoz qilmoqda.
Biroq yanada kengroq hamkorlik rejalari, jumladan NASAning Oy tadqiqotlariga qaratilgan “Artemis” dasturidagi Rossiya ishtiroki amalga oshmadi.
Aksincha, Roskosmos Xitoy bilan kelajakdagi Oy missiyasi bo‘yicha hamkorlikni boshlab yuborgan.
Fan-texnologiya
15.07.2026, 11:38
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Vashington Moskvaga javob berdi: diplomatlar Kiyevda qoladi
Siyosat
06.10.2026, 18:02

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi
Jahon
21.04.2026, 11:26

Men shaxsan 15 may kuni Putinni Istanbulda kutaman — Zelenskiy
Jahon
12.05.2025, 13:06

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi
Oʻzbekiston
21.10.2026, 10:58

Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?
Siyosat
17.10.2026, 12:12
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda
Oʻzbekiston
27.10.2026, 18:08

Endi Özbekistonda Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş mumkin
Oʻzbekiston
27.10.2026, 14:50

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama
Jahon
26.10.2026, 15:54

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Iman Invest rahbariyati kamomad haqidagi da’volarni rad etdi
Oʻzbekiston
26.10.2026, 11:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
26.10.2026, 10:24

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi
Oʻzbekiston
24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?
Siyosat
24.10.2026, 11:06

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi
Madaniy
23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi
Jahon
21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?
Iqtisodiyot
21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?
Madaniy
21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi
Jahon
21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi
Oʻzbekiston
21.10.2026, 10:58
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
