X (twitter) Avstraliyaning ijtimoiy tarmoqlar haqidagi qonunini tanqid qildi
Avstraliyaning ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlaşga qaratilgan qat’iy çorasi xalqaro huquqqa putur yetkazadi — Maskning X kompaniyasi.
Jahon
29.07.2026, 13:01
Ulashish:

Ilon Maskning X kompaniyasi Avstraliyani internet nazoratçisiga axborot töplaş böyiça asossiz vakolatlar berişga urinişda hamda voyaga yetmaganlar uçun ijtimoiy tarmoqlar taqiğini kuçaytiriş rejalari bilan AQŞ qonunlariga putur yetkazişda aybladi.
Avstraliyaning 16 yoşgaça bölgan foydalanuvçilar akkauntlarini çeklovçi qonuni ötgan yil dekabr oyida kuçga kirgan, bu esa AQŞdagi ijtimoiy media kompaniyalarining tanqidiga uçragan edi.
“Uşbu rejalar protsessual adolat, maxfiylik, onlayn xizmatlarga ta’sirlar va Avstraliyaning raqamli iqtisodiyoti kabi jihatlarni yetarliça hisobga olmagan”, — deyilgan X murojaatida.
Reuters’ning yozişiça, Maskning SpaceX kompaniyasiga qaraşli X platformasining bu da’vosi dunyoning eng qudratli şaxslaridan biri mazkur bahsga geosiyosiy tus berayotganini anglatadi.
Seşanba kuni e’lon qilingan murojaatda X hukumatning eSafety komissari vakolatlarini kengaytiriş, jumladan, hujjatlarni talab qiliş huquqini oşiriş va maksimal jarimani 99 million Avstraliya dollarigaça (69 million AQŞ dollari) köpaytiriş rejasini tanqid qildi.
Unga köra, uşbu özgartirişlar Avstraliyadan taşqaridagi har qanday şaxsni faqat biror kompaniya bilan “aloqador” ekani sababli ma’lumot va hujjatlarni taqdim etişga majbur qilişi mumkin. X bunday yondaşuvni xalqaro huquqning asosiy tamoyillariga zid deb baholadi.
Avvalroq milliarder Mask X ijtimoiy tarmoğidagi postida Avstraliyaning ijtimoiy tarmoqlarga qöygan taqiğini “avstraliyaliklarning internetdan foydalanişini nazorat qiliş böyiça yaşirin usul” deb atagan edi.
eSafety tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlar hamda taqiq joriy etilganidan keyin ötkazilgan tadqiqotlar şuni körsatdiki, 16 yoşgaça bölgan avstraliyalik ösmirlarning aksariyati hanuz ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlardan foydalanmoqda.
eSafety beşta platformaga nisbatan ijro da’vosini tayyorlayotganini, biroq çeklangan vakolatlari sabab bu jarayon sekin keçayotganini ma’lum qildi.
Regulyator Senat qömitasiga bildirgan fikriça, hujjatlarni majburiy tartibda talab qiliş böyiça amaldagi çeklangan vakolatlar boşqa nazorat organlarinikiga mos kelmaydi. Şu bois u platformalarning qonunga rioya qilayotgani haqidagi bayonotlariga tayanişga majbur bölmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar

Avstraliyada ijtimoiy tarmoqlarga qöyilgan taqiq foyda bermayapti
Jahon
31.07.2026, 11:06

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Eng norozi avlod
Madaniy
12.10.2026, 10:05

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadigan bolalarning baholari yomonlaşadi – tadqiqot
Jahon
06.08.2026, 12:10

Rossiya ukrainalik bolalarni frontga tayyorlamoqda
Jahon
03.08.2026, 12:02
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
So'nggi yangiliklar

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
