YeI Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini tayyorlamoqda
Yangi sanksiya chora-tadbirlari tasdiqlanishi uchun 27 davlatning bir ovozdan roziligi talab etiladi.
Jahon
20.09.2025, 11:44
Ulashish:
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketini tayyorlayotganini eʼlon qildi. Yangi paketda Rossiyadan suyultirilgan tabiiy gaz (SPG) import qilishni taqiqlash, banklar va kriptovalyuta operatsiyalariga cheklovlar, shuningdek, neft tashuvchi «soya floti»ga qarshi choralar nazarda tutilgan.
Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen jurnalistlar bilan uchrashuvda yangi chora-tadbirlarning asosiy yoʻnalishlarini taqdim etdi.
Rossiya SPGiga taqiq
Fon der Lyayenning taʼkidlashicha, Rossiyaning harbiy iqtisodi asosan foisil yoqilgʻidan tushadigan daromadga suyanadi.
«Biz bu daromadlarni qisqartirishni istaymiz. Shu sababli, Yevropa bozoriga Rossiya SPGini olib kirish taqiqlanadi. Vaqti keldi — kran yopiladi. Biz bu qarorga tayyormiz», — dedi u.
Shu bilan birga, Rossiya nefti uchun chegara narxi 47,6 dollarga tushiriladi. «Soya floti»ga mansub yana 118 ta kema sanksiya roʻyxatiga kiritiladi. Umumiy hisobda sanksiyalar ostidagi kema soni 560 tadan oshib ketadi.
«Rosneft» va «Gazpromneft» kabi yirik energetika kompaniyalari bilan savdo toʻliq taqiqlanadi. Boshqa kompaniyalarning aktivlari ham muzlatib qoʻyiladi.
Banklar va kriptovalyuta operatsiyalariga cheklov
Fon der Lyayenning aytishicha, Rossiya sanksiyalarni aylanib oʻtish uchun moliyaviy yoʻllardan foydalanmoqda.
«Biz Rossiya banklariga, shuningdek, sanksiyalarni buzishga yordam bergan uchinchi davlat banklariga operatsiyalar taqiqlaymiz. Shu bilan birga, kriptovalyuta platformalari ham ilk bor cheklovlarga duch keladi», — dedi u.
Yangi choralar orasida:
kriptovalyuta operatsiyalarini taqiqlash;
Rossiyaning alternativ toʻlov tizimlari bilan bogʻliq xorijiy banklarni sanksiya roʻyxatiga kiritish;
maxsus iqtisodiy zonalardagi kompaniyalar bilan bitimlarni cheklash bor.
Eksport nazorati kuchaytiriladi
Yevropa komissiyasi harbiy maqsadli tovar va texnologiyalar eksportiga cheklovlarni kengaytirmoqda.
Yangi roʻyxatga Rossiya va uchinchi davlatlardagi, Rossiya harbiy-sanoat majmuini qoʻllab-quvvatlovchi yana 45 ta kompaniya qoʻshildi.
Fon der Lyayenning taʼkidlashicha, joriy sanksiyalar allaqachon Rossiya iqtisodiyotiga katta zarba bergan.
Ukrainaga moliyaviy yordam
Yevropa Ittifoqi Ukraina mudofaa sohasini moliyalashtirish uchun yangi mexanizm ishlab chiqmoqda.
«Biz muzlatilgan Rossiya aktivlaridan olingan daromadlarni Ukraina himoyasi uchun yoʻnaltirish imkonini beruvchi qaror ustida ishlayapmiz», — dedi fon der Lyayen.
Sanksiyalar qachon kuchga kiradi?
Yangi paket faqat 27 ta YeI davlati bir ovozdan maʼqullagandan keyin amalga kiritiladi.
Shu paytgacha YeI 18 ta sanksiyalar paketini qabul qilgan boʻlib, ular savdo, moliya, energetika, sanoat, texnologiya, transport, ikki xil maqsadli tovarlar, oltin, yoqut va qimmatbaho buyumlarni qamrab olgan.
Yevropa Ittifoqi sanksiyalari roʻyxatida hozirda 2,5 mingdan ortiq jismoniy va yuridik shaxs bor.
Jahon
20.09.2025, 11:44
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Rossiyada migrantlarni ishdan boʻshatish tartibi soddalashtirildi
Jahon
02.03.2026, 13:46

Shavkat Mirziyoyev Belgiyaliklar qiroli bilan uchrashdi
Siyosat
24.10.2025, 21:17

Oʻzbekiston rossiyaliklar orasida kuzgi sayohatlar uchun eng mashhur yoʻnalishlardan biriga aylandi
Oʻzbekiston
20.09.2025, 14:30

Yangi Toshkent hududida “Peterburg mavzesi”ni barpo etiladi
Siyosat
11.09.2025, 09:01
Tramp Yevropani Rossiya neftidan voz kechishga chaqirdi
Jahon
05.09.2025, 13:33
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48
So'nggi yangiliklar

Sel suvlari – yo‘qotilayotgan resurs
Oʻzbekiston
26.05.2026, 11:12

Rossiya Armanistonni ogohlantirdi
Jahon
26.05.2026, 10:27

Tijorat banklari “AI maslahatchisi” dasturini ishga tushiradi
Iqtisodiyot
26.05.2026, 10:01

Toshkentda 100 kilometrlik pulli halqa yo‘li qurilishi mumkin
Oʻzbekiston
26.05.2026, 09:23

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Bayram kunlari yomgʻir va sel-suv toshqinlari kutilmoqda — “Oʻzgidromet”
Oʻzbekiston
25.05.2026, 16:17

Pokistonda furgon avtobusga urildi
Jahon
25.05.2026, 15:49

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
Madaniy
25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?
Jahon
25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi
Jahon
23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi
Jahon
23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi
Jahon
22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda
Jahon
22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi
Jahon
22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi
Madaniy
22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy
Jahon
21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

“Samarqandga elchilik” - Ispaniyada Amir Temur va Klavixo munosabatlari haqida roman nashr etildi
Madaniy
21.05.2026, 14:44

“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti
Jahon
21.05.2026, 14:01
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48
