Xitoy «odamsimon» sunʼiy intellekt uchun qatʼiy qoidalar joriy qilmoqda
Qoidalar inson xislatlari, fikrlash modellari va muloqot uslublarini taqlid qiluvchi, shuningdek, matn, tasvir, audio yoki video orqali foydalanuvchilar bilan hissiy aloqa oʻrnatuvchi mahsulot va xizmatlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Jahon
05.02.2026, 12:27
Ulashish:

Xitoy regulyatori «odamsimon» (antropomorf) sunʼiy intellekt — hissiyot, fikrlash va muloqotni taqlid qiluvchi tizimlar uchun yangi qoidalar loyihasini ishlab chiqdi.
Hujjatda koʻp bosqichli nazorat tizimini joriy etish taklif qilinib, milliy xavfsizlik, ruhiy salomatlik yoki ijtimoiy tartibga zarar yetkazuvchi kontentni yaratish va tarqatish qatʼiyan taqiqlanadi.
Hujjatga koʻra, milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi, milliy shaʼnni kamsituvchi, etnik birlikka putur yetkazuvchi, noqonuniy diniy faoliyatni targʻib qiluvchi, iqtisodiy yoki ijtimoiy tartibni buzuvchi mish-mishlarni tarqatuvchi kontent, shuningdek, pornografiya, qimor oʻyinlari, zoʻravonlik yoki jinoyatga undashni oʻz ichiga olgan materiallar taqiqlanadi.
Loyihada foydalanuvchilarning ruhiy yoki jismoniy salomatligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan kontentga alohida eʼtibor qaratilgan. Xususan, oʻz-oʻziga zarar yetkazishni ragʻbatlantirish, ogʻzaki haqoratlar hamda foydalanuvchining qadr-qimmatini kamsituvchi hissiy manipulyatsiyalar qatʼiyan man etiladi.
Shuningdek, sunʼiy intellekt xizmatlarini koʻrsatuvchilar foydalanuvchilarga ular inson bilan emas, balki mashina bilan muloqot qilayotganini aniq bildirishlari shart. Xizmatdan ilk bor foydalanilganda yoki qaramlik belgilari kuzatilganda maxsus ogohlantirishlar (qalqib chiquvchi oynalar) koʻrsatilishi talab etiladi.
Janubi-gʻarbiy siyosiy fanlar va huquq universiteti rektori, Xitoy yuristlar jamiyati vitse-prezidenti Lin Veyning taʼkidlashicha, antropomorf sunʼiy intellekt inson va mashina oʻrtasidagi muloqotni yanada hissiy va shaxsiylashtirilgan qiladi. Uning fikricha, bunday texnologiyalar tegishli darajada nazorat qilinmasa, fuqarolar huquqlarini buzishi va ijtimoiy tartibga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Lin Veyga koʻra, mazkur loyiha milliy strategik ustuvorliklarga mos boʻlib, xavf-xatarlarni boshqarishda tizimli yondashuvni shakllantiradi. Hujjat xizmatlarni ishlab chiqish va joriy etishning barcha asosiy bosqichlarida koʻp qirrali nazorat mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutadi. Bu esa Xitoyda antropomorf sunʼiy intellektning xavfsiz, adolatli va barqaror rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan.
Jahon
05.02.2026, 12:27
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Xitoyning sunʼiy intellekt dasturlari senzura bosimi ostidami?
Fan-texnologiya
22.02.2026, 09:08

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi
Jahon
11.03.2026, 14:17

“ChatGPTdan voz keching” – OpenAI modellariga boykot avj olmoqda
Jahon
04.03.2026, 13:11

SI strategiyasi: urush vaziyatida sunʼiy intellekt 95 % hollarda yadro qurolidan foydalanishi mumkin
Fan-texnologiya
28.02.2026, 13:12
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

12 tonna KitKat mahsuloti Yevropada o‘g‘irlandi
Jahon
31.03.2026, 15:37

Kimda “qizil tugma” bor? Dunyodagi yadroviy davlatlar va ularning tarixi
Fan-texnologiya
01.04.2026, 10:04

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41
So'nggi yangiliklar

Nemis “gepard”lari Ukrainada ishonchni oqladi
Jahon
17.04.2026, 15:49

Rossiya 200 nafar tojikistonlik mahkumani vataniga qaytaradi
Jahon
17.04.2026, 12:19

9 viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
Oʻzbekiston
17.04.2026, 11:12

Isroil Livanga yana zarbalar berdi
Jahon
17.04.2026, 10:29

Qamchibek Tashiyev yana bir lavozimni tark etdi
Jahon
16.04.2026, 17:27

Buxoroda “Leapmotor” avtomobillari ishlab chiqariladi
Oʻzbekiston
16.04.2026, 16:23

Eronga muzlatilgan 100 milliard dollarlik aktivlari zarur
Jahon
16.04.2026, 14:58

BBC 2000 tagacha ish o‘rnini qisqartiradi
Jahon
16.04.2026, 10:14

“Xalqlar do‘stligi saroyi” hududidagi noqonuniy bannerlar olib tashlandi
Oʻzbekiston
15.04.2026, 17:16

“Ular iqtisodiyotimizni yuksaltiradi” — Ispaniya immigratsiya siyosatini yumshatmoqda
Jahon
15.04.2026, 16:29

Markaziy Osiyo davlatlari YaIMining 130 foizini iqlim xavflari tufayli yo‘qotishi mumkin
Iqtisodiyot
15.04.2026, 11:46

Shikastlangan davlat raqamini onlayn almashtiring
Oʻzbekiston
14.04.2026, 17:11

“Diqqatini jamlay olmagan kompaniya”: OpenAI strategiyasi tanqid ostida
Iqtisodiyot
14.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07

Endi sun'iy intellekt (SI) qonun loyihalarini tahlil qilishda ishlatiladi
Jahon
13.04.2026, 11:53

Bitta kashfiyot – millionlarni qutqardi, millionlarni o'ldirdi
Fan-texnologiya
11.04.2026, 17:25

“100 yevroga 1 ta Pikasso” – Parijda yangi xayriya lotereyasi o‘tkazilmoqda
Madaniy
11.04.2026, 15:11

MDH zaiflashmoqda: Moldova Hamdo‘stlikdan chiqyapti
Siyosat
11.04.2026, 12:37

Zelenskiy: Ummon, Quvayt va Bahrayn bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilmoqchimiz
Jahon
10.04.2026, 12:32
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

12 tonna KitKat mahsuloti Yevropada o‘g‘irlandi
Jahon
31.03.2026, 15:37

Kimda “qizil tugma” bor? Dunyodagi yadroviy davlatlar va ularning tarixi
Fan-texnologiya
01.04.2026, 10:04

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41
