Jordan Bardella: Yevropani xavotirga solayotgan yangi qiyofa

Fransiyada yangi siyosiy markaz shakllanmoqda. 30 yoshli Jordan Bardella qisqa vaqt ichida mamlakatdagi eng ommabop siyosatchilardan biriga aylandi. Yaqin kelajakda Fransiya hukumatini boshqarishi mumkin.

Jahon

09.01.2026, 11:26

Ulashish:

Jordan Bardella oʻta oʻng “Milliy birlashuv” (Rassemblement National) partiyasi raisi va Marin Le Penning asosiy siyosiy vorisi. U  kutilganidek keksa yoki tajribali boʻlmasa-da, qisqa vaqt ichida mamlakatdagi eng ommabop siyosatchiga aylandi. 

 

Siyosatchi emas, fenomen

 

Oʻtgan hafta Bardellaning kitob taqdimotlari Fransiyada siyosatga boʻlgan munosabat qanchalik oʻzgarganini koʻrsatdi. Mamlakat shimolidagi konchilik hududida u bir kechada 1 300 nafar oʻquvchiga olti soat davomida kitob imzoladi. Bir necha kun oʻtib, Burgundiyada uni kutib turgan navbat koʻcha boʻylab choʻzildi.

Fransiyada bunday manzara ilgari odatda kino yoki sport yulduzlari atrofida kuzatilardi. Endi esa bu — siyosatchi. Bardellaning kitobi sotuvlar boʻyicha hatto mashhur “Asteriks” seriyasidan keyin ikkinchi oʻringa chiqdi. Bu raqamlar tasodif emas — bu jamiyatdagi chuqur siyosiy charchoq va “yangi yuzlar”ga boʻlgan talabning belgisi.

 

Le Pendan keyingi davrga tayyorgarlik

 

Jordan Bardella “Milliy birlashuv”da tasodifan paydo boʻlgan shaxs emas. U Marin Le Pen tomonidan yillar davomida ehtiyotkorlik bilan tayyorlangan voris hisoblanadi. Le Pen partiyani radikal, keskin millatchilik imijidan chiqarishga harakat qilar ekan, Bardella bu strategiyaning asosiy yuziga aylandi.

Yosh, zamonaviy, ijtimoiy tarmoqlarda faol va media bilan ishlashni yaxshi biladigan Bardella oʻta oʻng gʻoyalarni yumshatilgan, “masʼuliyatli” shaklda taqdim etmoqda. U ochiqcha keskin bayonotlardan qochadi, lekin mazmun oʻzgarmagan: migratsiyaga cheklov, milliy suverenitetni kuchaytirish, Yevropa Ittifoqi taʼsirini qisqartirish.

 

Kitob — kelajak hukumat dasturimi?

 

The Economist qayd etganidek, Bardellaning yangi kitobi shunchaki xotiralar yoki siyosiy publitsistika emas. U koʻp jihatdan kelajakdagi siyosiy dasturga oʻxshaydi. Unda:

  • Fransiya elitalariga qarshi qattiq tanqid,
  • migratsiya siyosatida keskin cheklovlar,
  • ijtimoiy himoyani “avvalo fransuzlar uchun” tamoyili asosida qayta qurish,
  • Yevropa Ittifoqiga nisbatan shubhali va ehtiyotkor munosabat

kabi gʻoyalar markaziy oʻrin egallaydi.

Bu gʻoyalar elektoratning katta qismi uchun jozibali boʻlayotgan boʻlsa-da, Bryussel va Fransiyaning anʼanaviy ittifoqchilarida jiddiy xavotir uygʻotmoqda.

 

Hokimiyatga olib boradigan real ssenariy

 

Fransiya siyosiy tizimi hozir falaj holatda. Prezident Emmanuel Makron atrofidagi markazchi kuchlar zaiflashgan, parlamentda barqaror koʻpchilik yoʻq. Ana shu vaziyatda “Milliy birlashuv” eng intizomli va eng tayyor siyosiy kuchlardan biri sifatida koʻrinib turibdi.

Agar navbatdan tashqari parlament saylovlari oʻtkazilsa va RN yaxshi natija qayd etsa, Jordan Bardella bosh vazirlikka asosiy nomzodlardan biriga aylanishi mumkin. Bu esa uni Fransiya tarixidagi eng yosh hukumat rahbarlaridan biriga aylantiradi.

 

Yevropa uchun signal va xavf

 

Bardellaning yuksalishi — faqat Fransiya ichki siyosati haqida emas. Bu butun Yevropa boʻylab kuchayib borayotgan populist toʻlqinning bir qismi. Agar u hokimiyatga kelsa:

  • Fransiyaning Ukrainaga yordami qisqarishi,
  • NATO bilan munosabatlar qayta koʻrib chiqilishi,
  • Yevropa Ittifoqida Fransiya bloklovchi pozitsiyaga oʻtishi

kabi ssenariylar reallashishi mumkin.

Shu sababli uning kitob turlari va ommaviy qoʻllab-quvvatlanishi Bryusselda madaniy yangilik sifatida emas, balki jiddiy siyosiy signal sifatida qabul qilinmoqda.

 

Jordan Bardella — bugun Fransiyadagi eng kuchli siyosiy brendlardan biri. U yosh, ommabop va tizimga qarshi kayfiyatni mohirona oʻz foydasiga ishlatyapti. Fransiya siyosatidagi inqiroz chuqurlashgan sari, uning hokimiyatga olib boradigan yoʻli tobora qisqarib bormoqda.

Jahon

09.01.2026, 11:26

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Jordan Bardella — Fransiya siyosatining yangi avlodi

Jordan Bardella soʻnggi yillarda Fransiya siyosiy sahnasida eng tez yuksalayotgan yosh arboblardan biri sifatida namoyon boʻlmoqda.

Jahon

11.01.2026, 12:18

Bir nechta davlatlar Eronga qarshi hujumga otlanmoqda

Mojaroga AQSh, Isroil, Saudiya Arabistoni, BAA, Germaniya va Fransiya kabi davlatlar qoʻshilishi mumkin.

Jahon

02.03.2026, 15:58

Fransiyada NATOdan chiqish masalasi koʻrib chiqilmoqda

Fransiya parlamenti quyi palatasi vitse-raisi Klemans Gete mamlakatning NATO aʼzoligidan chiqishi boʻyicha rezolyutsiyani muhokamaga qoʻyish niyatida ekanini maʼlum qildi.

Jahon

10.01.2026, 08:56

Britaniya parlameti aʼzolari Falastinni tan olish kerakligini talab qilmoqda

Britaniya parlameti aʼzolari Falastinni tan olish kerakligini talab qilmoqda

Birlashgan Qirollik parlamenti Tashqi ishlar qoʻmitasi aʼzolarining aksariyati hukumatni Falastin davlatini zudlik bilan tan olishga chaqirdi. Bu jarayon Prezident Emmanuel Makron sentabrda BMT sessiyasida Fransiya tomonidan Falastin rasman tan olinishini eʼlon qilgandan soʻng yanada avj oldi. 

Jahon

25.07.2025, 11:40

Fransiya ham Falastin davlatini tan olmoqchi

Fransiya ham Falastin davlatini tan olmoqchi

Fransiya davlati sentabr oyida Falastin davlatini rasman tan olishini mamlakat prezidenti Emmanuel Makron maʼlum qildi. G7 mamlakatlari orasida birinchi boʻlib Fransiya Falastinni tan olish boʻyicha qadam tashladi. Bu haqda BBC xabar qildi.

Jahon

25.07.2025, 10:24

Fransiyada 15 yoshgacha boʻlgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi mumkin

Fransiyada 15 yoshgacha boʻlgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi mumkin

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron seshanba kuni "France 2" telekanali efirida chiqish qilib, 15 yoshdan kichik bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonun kiritilishini maʼlum qildi. Uning aytishicha, agar Yevropa Ittifoqi bu borada umumiy qaror qabul qilmasa, milliy miqyosda ushbu taqiq yaqin oylarda joriy etiladi. Bu haqda BBC xabar qildi.

Jahon

11.06.2025, 16:41

So‘nggi yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi

2025 yil sentabrida Nepalda Z-avlod qoʻzgʻoloni boshlangan edi. Tarixdagi ilk Z-avlodi qoʻzgʻoloni mamlakat siyosiy doiralarini larzaga keltirib, muvaqqat hukumat tuzilishiga olib kelgan.

Jahon

14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin

Prezident yigʻilishlardan birida aliment toʻlovchilarning chet elga chiqishidagi cheklovlar masalasiga toʻxtalib, mutasaddilarga bu muammoni chuqur oʻrganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01