updated: 22.03.2026, 19:25

Zahiriddin Muhammad Bobur: shoir, podshoh, olim, ixtirochi, fidoyi ota…

Bugun buyuk oʻzbek shoiri, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi, boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi Zahriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Ulashish:

Zahiriddin Muhammad Bobur: shoir, podshoh, olim, ixtirochi, fidoyi ota…

Bobur — shoir sifatida

Sheʼriyat uchun xos bir necha zaruratlar bor: nuktapardozlik (yangi fikrlar ayta olish mahorati), jozibali badiiy sanʼatlardan meʼyorida ustalik bilan foydalanish sehrgarligi va ehtiros joʻshib turgan rangin tuygʻular talqini — boburona samimiy sheʼriyat fazilatlaridir.

U ona shahri, Vatani sogʻinchlarini sheʼrda ifodalar ekan, Hindiston shahanshohi beixtiyor oʻzining andijonlik gʻaribligiga kitobxon eʼtiborini tortadi:

Ne yerda boʻlsang, ey gul, andadur chun joni Boburning,
Gʻaribingga tarahhum aylagilkim, andijoniydur.

Bobur Hindiston imperatori boʻlsa-da, Andijondan yiroqligini taqdirdagi yuz qaroligʻ, deb ataydi:

Toleʼ yoʻqi jonimga baloligʻ boʻldi,
Har ishniki ayladim xatoligʻ boʻldi.
Oʻz yerni qoʻyib, Hind sori yuzlandim,
Yo Rab, netayin, ne yuz qaroligʻ boʻldi?!

Bobur gʻazallarining asosiy mavzusi oshiqona ehtiroslar, mushtoqliklar, yolvorishlar, iztiroblar-u kuyib-yonishlardir. Oshiqning mahbubasi ayriligʻiga sabr qilishi juda mushkul. Biroq uchrashuvda — visolda ham ularning chiqishmoqliklari bundan-da mushkulroq:

Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur,
Sening birla chiqishmoqlik dogʻi bisyor mushkuldur.

Chunki:

Mizojing noziku sen — tund, men — bir beadab telba,
Senga holimni qilmoq, ey pari, izhor mushkuldur!

Shoh Bobur

Bobur, birinchi navbatda, boburiylar sulolasining asoschisi. Boburiylar jahon tarixida 332 yil hukmronlik qilgan suloladir. U podshoh sifatida lashkar tortib, shohlarga xos magʻlubiyatlarning achchiq alamlari-yu zafarlarning ulugʻvor nashidalarini koʻp marotaba oʻz boshidan kechirdi.

Otasi singari ulugʻ himmatli va oliy maqsadli shaxs boʻlganligidan Fargʻona viloyatini kichik joy deb hisoblab, Samarqandga intildi. U yerda Shayboniyxondan yengilib, Kobulga keldi va keyin Hindistondek bepoyon yirik mamlakat hukmdoriga aylandi.

Buyuk shoh Bobur Hindistonda temuriylarga xos ulugʻ bunyodkorlik anʼanalarini davom ettirdi:

  • muhtasham qasrlar tiklash;
  • ariq-kanallar qazish;
  • bogʻ-rogʻlar bunyod etish;
  • adabiyot, ilm-fan rivojiga homiylik qilish;
  • elni adolat bilan boshqarish.

Javohirlaʼl Nehru oʻzining Bobur haqida samimiy fikrlarini izhor etgan: «Bobur — dilbar shaxs. Uygʻonish davri hukmdorining haqiqiy namunasidir. U mard va tadbirkor odam boʻlgan. Bobur oʻta madaniyatli va jozibali insonlar orasida eng yetuk insonlardan biri edi. U mazhabparastlik kabi cheklanishdan va mutaassiblikdan yiroq edi... Bobur sanʼat va, ayniqsa, adabiyotni sevardi».

«Boburnoma»ning kotibi Boburning ulugʻ podshohlarga xos sakkiz shaxsiy fazilatini qayd etgan: «U qudratli podshohning yaxshiliklarini aytgan bilan va yozgan bilan tugatish maholdir. Lekin qisqasi buki, sakkiz asl sifat uning zotiga xos edi: biri bukim — iqboli baland edi; ikkinchisi — himmati yuksak edi; uchinchisi — viloyat olmoq; toʻrtinchisi — viloyat saqlamoq; beshinchisi — maʼmurlik; oltinchisi — Olloh bandalariga farovonlik niyati; yettinchisi — lashkar koʻnglini qoʻlga olmoq; sakkizinchisi — adolat qilmoq».

Bobur shaxsi Yevropa va AQSh sharqshunos-tarixchi olimlari eʼtiborini oʻziga jalb etgan. Ingliz tarixchisi Eduard Holden, avvalo, Boburni mashhur Yuliy Sezar bilan qiyoslashni lozim topadi: «Bobur feʼl-atvoriga koʻra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir. Uning manglayiga “yuksak fazilatli inson” deb bitib qoʻyilgan».

Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik va oʻsmirlik yillari haqida roman yozgan va «Boburnoma»ni inglizchaga oʻgirgan Uilyam Erskin uni shunday baholaydi: «Saxovati va mardligi, isteʼdodi, ilm-fan, sanʼatga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shugʻullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi».

Bobur — adabiyot nazariyotchisi

Bobur shoirgina emas, yirik adabiyot nazariyotchisi hamdir. Sheʼrshunoslikda aruz vazni masalasi hamisha asosiy va dolzarb boʻlgan. Chunki sheʼriyatda koʻp vazn qoʻllash hodisasi muayyan maʼnoda shu adabiyot nufuzi va saviyasini belgilaydi.

«Boburnoma»ni koʻchirgan kotib Boburning aruz risolasi nomini «Mufassal» deb koʻrsatadi. Darhaqiqat, Bobur bu risolani shunday yozganki, unda asl, furuʼ va zihoflar yuzasidan ishlab chiqilgan 537 vazn miqdoriga ahamiyat berilsa, tadqiqotning bejiz «Mufassal» deb atalmaganiga amin boʻlamiz.

Bobur — fiqh olimi

Fiqh — musulmonchilik farz va sunnatlari haqidagi amaliy nizom ilmidir.

Zahiriddin Muhammad Bobur bir umr shariatpanoh hukmdor boʻlib yashadi; shariatga amal qildi; sharʼiy hukmlar berdi va fiqhga oid «Mubayyin» (bayon etilgan) nomli asar yozdi. Ushbu kitobda muallif farzandlari bilishi zarur boʻlgan farz asoslarini (imon, namoz, roʻza, zakot, haj) oʻtish masalalarini sheʼriy usulda butun mufassalligi bilan bayon etdi.

Bobur yozadi:
Bilgasen, ey xujasta farzand,
Jigarim birla jonima payvand.

Masalalarki, ul zarur erdi,
Bilmasang dininga qusur erdi.

Yetti koʻnglumgakim, yigʻishtursam,
Nazm tartibida sigʻishtursam.

To ani zabt qilgʻasen oson,
Ul masoyilni bilgasen yakson...

Din-u donishda har kun afzun boʻl,
Davlat-u baxt ila Humoyun boʻl...

Komron boʻl jahonda, davlat koʻr,
Yuz tuman obroʻy-u izzat koʻr...

XX asrda «Mubayyin» tarkibidagi «Kitob uz-zakot», «Kitob ul-haj», «Kitob us-salot» qismlari alohida kitoblar holatida bir necha marotaba nashr etilgan. Nihoyat, «Mubayyin» toʻlaligicha professor Saidbek Hasanov tomonidan 2000 yili nashr etildi.

XVI asrgacha fiqhga oid asarlarning asosan arab va fors tillarida bitilganini inobatga olsak, Boburning oʻz millatdoshlari — oʻzbeklar tushunadigan tilda bunday asarlar yaratgani naqadar muhim va dolzarbligini aniqroq tasavvur etish mumkin.

Bobur — yangi yozuv kashfiyotchisi

Bobur arab yozuvida savod chiqargan va umri boʻyi shu yozuvda ikki-uch tilda matn bitgan, bu yozuvning ifoda imkoniyatlari, oʻzlashtirish usullarini yaxshi bilgan. Shuning uchun u bu yozuvni yanada mukammallashtirish, osonlashtirish, soʻzni har xil oʻqish nuqsonlarini bartaraf etish maqsadida yangi yozuv — Boburiy xattini kashf etdi.

Bobur zamonida yozuvni yangilash yoki yangi xatni joriy etishga urinish oson emasdi. Chunki arab yozuvi — «Qurʼon» yozuvi edi. Shuning uchun Boburiy xattini amaliyotga joriy qilish niyatida Bobur bu xatda, avvalo, Qurʼoni karimdan ikki nusxa tayyorlab, birini Makkaga, ikkinchisini Tehronga joʻnatadi.

Boburiy xatti haqidagi maʼlumotlarga Boburning devonida bir marotaba va «Boburnoma»da koʻplab marotaba duch kelamiz. Shoir bir gʻazalida yozadi:

Turklar xatti nasibing boʻlmasa, Bobur, ne tong,
Boburiy xatti emasdur, xatti sigʻnoqidurur.

Mutaxassislarning fikrlariga qaraganda, Boburiy xattining arab yozuvidan imloda soʻz aniqligi (har xil oʻqilmasligi), yozish va oʻqishning qulayligi bilan ahamiyatli. Afsuski, biz bilmagan sabablarga koʻra, bu yozuv hayotga joriy etilmasdan qolib ketgan.

Bundan tashqari, ayrim manbalarda Boburning «Musiqa sirlari» nomli risolasi tilga olinadi. Taassufki, bu asarni izlash hozircha ijobiy natija bermayapti.

Boburning qofiya ilmiga oid risolasining nomi ham nomaʼlum, oʻzi ham hanuz topilgan emas.

Boburning harbiy sarkarda sifatida bir umr katta-kichik jang-jadallarda boʻlgani maʼlum. Uning «Harb ishi» nomli risolasi haqida ham maʼlumotlar bor, ammo asarning oʻzi hozircha topilmagan.

Bobur — «Boburnoma» ijodkori

Shoh asar «Boburnoma»da ilmiy maʼlumotlarning behad koʻpligi va ular hozirgi tarmoqlashgan fanlarning ellikka yaqin sohalariga mansubligini inobatga olsak, uni qomusiy — ensiklopedik asar deyish mumkin. Chunki:

  • «Boburnoma» — tarixiy asar. Unda XV asrning oxiri — XVI asrning birinchi yarimlarigacha Xuroson, Movarounnahr, Hindistonda kechgan muhim tarixiy voqealar oʻz aksini topganidek, asarda yuzlab tarixiy shaxslarning nomlari bor. Ularning ayrimlari haqidagi maʼlumotlar har qanday tarixiy asarda topilmaydigan noyobligi, muhimligi bilan olimlarni ham lol qoldiradi.
  • «Boburnoma»ni adabiyotshunoslik asari deyish ham mumkin. Zotan, adabiyot namoyandalari haqidagi maʼlumotlar, adib va shoirlarning asarlari tahlili, ularga baho berish adabiyotshunoslik ilmi sohasiga mansub. Asarda ellikka yaqin shoirning ismi sharifi aytilib, ularning asarlari tahlil etilgan yoki baho berilgan.
  • «Boburnoma»ni tilshunoslik asari deb ham qarash mumkin. Bobur til ilmining eng qiziqarli sohalari — etimologiya, fonetika xususida oʻta jozibali va teran ilmiy kuzatishlarini bayon qiladi.
  • «Boburnoma»ni sanʼatshunoslik asari deyish ham mumkin. Chunki unda sanʼatning juda koʻp xillari: raqs, kuy, ashula va tasviriy sanʼatga doir maʼlumotlar berilgan. Kitobxon Bobur zamonining mashhur hofizlari: Ruhdam, Hofiz Hoji, raqqoslari: Tengriquli, Ramazon, Mir Badr; sozandalari: Qulmuhammad Udiy, Shayxiy Noiy, Shohquli Gʻijjakiy, Xoja Abdulloh Marvoriy; bastakorlari: Gʻulom Shodiy, Mir Azu, Kamoliddin Binoiy, Pahlavon Muhammad Busaʼid; rassomlari: Kamoliddin Behzod, Shoh Muzaffar haqida, ularning kuy, qoʻshiq, raqs, suratlari xususida muayyan tasavvurga ega boʻladi.
  • «Boburnoma»ni nabototga oid asar ham deyish mumkin. Muallif Fargʻonadan Hindistonga qadar yer, joy, togʻ, oʻlkalarda oʻsadigan daraxt, oʻsimlik, oʻt-oʻlan, gullar haqida qimmatli maʼlumotlar berar ekan, koʻproq bu maʼlumotlar xaritasi Afgʻoniston, Pokiston va Hindistonga toʻgʻri keladi.
  • «Boburnoma» — hayvonot olami haqidagi qimmatli maʼlumotlar manbaidir. Bu asardan Hindiston va Afgʻoniston tevarak-atrofidagi biz nomlarini eshitmagan yoki eshitgan-u koʻrmagan oʻnlab yovvoyi, xonaki hayvonlar, qushlar va hatto xilma-xil baliqlar haqida oʻqib hayratga tushamiz. «Boburnoma» yaratilgan davrlardan buyon — deyarli besh yuz yil davomida asardagi hayvonot va qushlar hamda baliqlar haqidagi maʼlumotlar kechagi kungacha Oʻrta Osiyo aholisi uchun moʻʼjizalar dunyosi boʻlib kelgan.

Ushbulardan tashqari «Boburnoma» kitobxonga din va shariat, etnografiya, insonshunoslik, astronomiya, tabobat, harbiy ilm, xalq ogʻzaki ijodi, matematika, bogʻshunoslik, shahar qurilishi, tush taʼbirigacha oʻnlab ilmlardan muhim va qiziqarli maʼlumotlar beradi.

Bobur — fidoyi ota

Boburning toʻrt oʻgʻli va bir qizi — Humoyun, Komron, Askariy, Hindol va Gulbadan begim ham tarixda chuqur iz qoldirgan shoir, tarixchi, ilm-u sanʼatni yaxshi oʻrganib, oʻzlashtirgan kishilar edilar. Ulardan boʻlgan farzandlarning barchasi ham ota-bobolarining izidan borib, atoqli shoir, adib va olimlar sifatida ilm-u sanʼat rivojiga katta hissa qoʻshib keldilar.

«Boburnoma»da yozilishicha, Bobur oʻz farzandlarining taʼlim-tarbiyasi haqida hamisha oʻylab, ularni oʻqish va oʻrganishga targʻib qilar ekan. U «Mubayyin» risolasini Humoyun va Komronga diniy masalalarni oʻrgatish uchun nazmda yozadi. Boburning Humoyun va Komronga yozgan maktublari ham shu mavzuga qaratilgan.

Masalan, u Komronga yozgan maktubida bunday deydi: «Farzandi arshad va arjumandi saodatnishon Muhammad Komron Mirzo bahodirga salomi muhabbat anjomidan soʻng ulkim, koʻkaltosh va ichkilaring bila sabaq oʻqurgʻa rujuʼ kelturub ermishsen. Bu jihattin koʻngulga surur va xotirga huzur yetib na bisyor xushholliq yuz berdi. Tangri taolo dargohidin umidim borkim, jamiʼi qobiliyat va salohiyat bobida komil va mukammal boʻlub kamolgʻa yetgaysen».

Bobur farzandlarining diyonatli, ilm-fazilatli boʻlib oʻsishi uchun ularga kitob tanlab yuborish, ularning oʻrganishi uchun kitoblar yozishni otalik va podshohlik burchi deb hisoblagan, ularni oʻqish-oʻrganishga targʻib qilib, imlo va insho xatolarini toʻgʻrilab bexato, sodda, ravon va betakalluf yozishga chorlagan.

Bobur — shariatpanoh podshoh va shariatga rioya qiluvchi musulmon

Hindiston yurishlari davrida Bobur «Mubayyin» asarini yaratdi. Masnaviy tarzida yozilgan, islom huquqshunosligi va shariat aqidalariga bagʻishlangan bu asar 2258 baytdan tashkil topgan. Valiahd Humoyun va Komron Mirzoga dasturulamal sifatida moʻljallangan «Mubayyin»da imon, namoz, roʻza, zakot va hajga oid sharʼiy mezonlar ham bayon qilingan.

Asarning ayni paytga qadar topilgan 8 ta qoʻlyozmasi mavjud boʻlib, ular asosida qator ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan, S. Hasanov (2000), T. Seyhan (2004), H. Hasanov (2011) kabi olimlar tomonidan oʻzbek va turk tillaridagi nashrlari eʼlon qilingan.

Bobur Allohning kalomi boʻlgan Qurʼoni karim izmiga chin musulmon sifatida qatʼiy amal qilib, har qadamida buyuk murabbiy Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning sunnatlarini oʻziga dasturulamal bilgan shariatpanoh shoh boʻlgan.

Muallif: Isomiddin Jumanazarov

Mavzuga oid yangiliklar

Hindiston ilk xususiy orbital raketasini uchirdi

Hindiston tarixida ilk bor xususiy kompaniya ishlab chiqqan orbital raketa muvaffaqiyatli uchirildi. Mamlakat jahon kosmik iqtisodiyotidagi ulushini 44 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan.

Fan-texnologiya

18.07.2026, 15:23

Hindlardan nimani o'rganishimiz kerak?

Hindistonda hindi, bengal, telugu, marati, tamil kabi o'nlab til va shevalar amalda qo'llaniladi. Shunga qaramay, kitob bozorida sotilayotgan eng ommabop nashrlarning aksariyati aynan ingliz tilida chop etilgan. Nega?

Madaniy

07.07.2026, 15:48

Rossiyada ishlab chiqarilgan samolyot Hindistonda falokatga uchradi

13-kuni Hindiston harbiy-transport samolyoti mamlakatning olis shimoli-sharqidagi harbiy havo kuchlari bazasiga qo‘nayotib qulab tushdi.

Jahon

13.06.2026, 13:47

Tramp Hindistonga nisbatan bojlarni oshirmoqchi

Tramp Hindiston Rossiya neftini katta hajmlarda sotib olishini va bu xom ashyoning katta qismini ochiq bozorda yuqori ustama bilan sotishini taʼkidladi.

Jahon

05.08.2025, 15:09

Влияние националистической политики Индии на внутреннюю политическую стабильность и территориальную  целостность

Hindistondagi millatchilik siyosatining hududiy yaxlitlikka taʼsi

Zamonaviy davrda Hindistonda milliy kayfiyat sezilarli darajada kuchaygan. Ayniqsa, 2024 yil aprel-may oylarida boʻlib oʻtgan saylovlarda hokimiyatni saqlab qolgan BJP partiyasi vakillari ushbu millatchilik kayfiyatini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Bir tomondan, bu millatchilik siyosatining kuchayishi Hindistonni aynan shunday tizimni joriy qilayotgan davlatlar — AQSh, koʻplab Yevropa mamlakatlari va Isroil kabi ittifoqchilar bilan yaqinlashtirmoqda. 

Siyosat

30.06.2025, 11:38

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

«Erimning qarzini nega men tölaşim kerak?» – maktub

Tahririyatimizga Sirdaryo viloyatida yaşovçi bir ayoldan yurakni ezadigan murojaat kelib tuşdi. Uning aytişiça, turmuş ortog'i oila davomida uning nomiga bir neçta kredit rasmiylaştirgan.

Madaniy

27.07.2026, 13:52

Fransiya va Ispaniya örmon yonğinlariga qarşi kuraşmoqda

Umumiy vaziyat juda yomon, biz  ilgari kuzatilmagan holatga duç keldik, dedi Fransiya rasmiysi.

Jahon

27.07.2026, 12:22

Tibbiyot xodimlari farzandlari uçun kontrakt tölovining bir qismi qoplab beriladi

Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil iş stajiga ega bo'lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uçun yangi subsidiya tizimi işga tuşirildi.

Oʻzbekiston

27.07.2026, 12:16

Qozoğiston prezidenti Ukrainadagi uruşni muzlatişga çaqirdi

Töqayevga köra, mojaroni muzlatib, Istanbul formulasining 2.0 talqiniga qaytiş kerak. Ammo Putin va Zelenskiyning istaklarini inobatga olsak, bu imkonsizga öxşaydi.

Siyosat

27.07.2026, 10:30

Ukrainaning Eron kemasiga hujumi javobsiz qolmaydi – Abbos Aroqçi

Eron va Ukraina örtasidagi munosabatlar 2022-yildan buyon keskinlaşgan. Bunga Eron Rossiyaga Şahed dronlarini yetkazib bergani sabab bölgan.

Siyosat

27.07.2026, 09:50

Sopollitepadan bronza davriga oid pilla parçasi topildi

Bu topilmalar 4000-yil oldingi davrga tegişli bölib, hozirça ilm-fanga ma’lum bölgan eng qadimgi xonaki ipak qurti pillalari hisoblanadi.

Fan-texnologiya

25.07.2026, 14:57

Adolf Gitler tuğilgan şaharda töqqizta ommaviy qabr topildi

Braunau am Inn şahrida bir qizaloq öynayotib, suyak topib oladi. Bu suyak orqali uruş davrida tartibsiz kömib tashlangan 120 dan ortiq askar qabri topildi.

Fan-texnologiya

25.07.2026, 14:01

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Suriyaga taşrif buyurdi

BMT delegatsiyasini Boş vaziri aş-Şayboniy kutib oldi. Bu amaldagi BMT rahbarining 17 yil içida Suriyaga ilk rasmiy taşrifidir.

Jahon

25.07.2026, 13:18

Rossiya Ukraina uruşini yakunlaş böyiça Trampdan yangi takliflar kutadi — Peskov

Kreml matbuot kotibining aytişiça, agar yangi tinçlik takliflari bölmasa, Rossiya ğalabagaça jang qiladi.

Siyosat

25.07.2026, 12:26

Venesuela prezidentlik saylovlariga tayyor emas – Tramp

Trampning aytişiça, Venesuela saylovlarga tayyor emas, biroq mamlakatda ijobiy özgarişlar bölmoqda.

Siyosat

25.07.2026, 10:59

Yo’nalish tanlash qachon boshlanadi?

23-iyul kuni davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul test sinovlari yakunlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi. 

Ta'lim

24.07.2026, 16:50

Xitoy Tayvan böğozida ikki kunlik öquv-jangovar maşğulotlarni boşladi

Fujyan provinsiyasidagi maşğulotlar AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio va Xitoy taşqi işlar vaziri Van I Tayvan masalasini muhokama qilganidan bir kun ötib boşlandi.

Siyosat

24.07.2026, 15:03

Arab va musulmon davlatlari Isroilning Al-Aqso masjidiga bosqinini qoraladi

Isroillik “köçmançilar”ning Islomning muqaddas qadamjosiga bostirib kirişi “nafrat”ni kuçaytirib, mustahkam tinçlikka tösiq bölmoqda, deyiladi qöşma bayonotda.

Jahon

24.07.2026, 13:35

Özbekiston “Yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qiladi – Baxtiyor Saidov

Özbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Xitoylik hamkasbi Van I bilan uçraşdi. Ikki davlat taşqi işlar vazirlari strategik hamkorlikning yangi yönalişlarini muhokama qilişdi. 

Siyosat

24.07.2026, 11:12

O‘zbekistonda qarzdorlarning 61 foizi kreditni o‘z vaqtida to‘lolmayapti — MB

Markaziy bank O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha jami 5,8 ming respondent ishtirokida aholi qarz yuki darajasini aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi. 

Iqtisodiyot

23.07.2026, 10:57

Epshteynga "qiz" yetkazib bergan fransuz modeli o'lik holda topildi

O'n yildan ortiq davomida Jeffri Epshteynga yosh model qizlarni "taqdim etib" kelgan fransuz skaut Daniel Siad 20-iyul kuni Parij yaqinidagi Kolomb shahridagi uyidan oʻlik holda topildi. 69 yoshli Siad hech qachon rasman sudlanmagan, biroq uning ismi AQSH Adliya vazirligi hujjatlarida 2000 martadan ortiq tilga olingan. 

Jahon

23.07.2026, 10:01

Endi Toşkentdan Samarqandga 2,5 soatda yetib boriladi – Şavkat Mirziyoyev

Prezident Toşkent – Samarqand yönalişidagi avtomobil yöli qurilişiga tamal toşi qöydi.

Oʻzbekiston

22.07.2026, 16:01

Ukraina bu yil 700 kvadrat kilometr hududini qaytarib oldi

2024-yil boşidan beri Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni lavozimida işlab kelayotgan Oleksandr Sirskiy iste’foga çiqiş arafasida özining yutuqlari haqida gapirdi.

Siyosat

22.07.2026, 12:36

AQSH Saudiya Arabistoni bilan yadro energetikasi bo‘yicha tarixiy kelishuvni ma’qulladi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonining fuqarolik yadro energetikasi dasturini rivojlantirishga yo‘l ochuvchi muhim kelishuvni rasman ma’qulladi. 30 yilga mo‘ljallangan bitim qiymati o‘nlab milliard dollarga baholanmoqda. 

Jahon

22.07.2026, 11:10

Fransiya 15 yoşgaça bölganlar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda

Fransiya 15 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini taqiqlagan Yevropadagi birinçi davlatga aylandi. 

Jahon

22.07.2026, 11:08

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →