Mehmonxonadagi yongʻin "Milliy bank" binosiga ham oʻtdimi? FVB yongʻinga doir maʼlumotlarni ochiqladi

Ijtimoiy tarmoqlarda kecha, 16 sentabr kuni soat 17:30 lar atrofida Toshkentning markaziy qismida joylashgan "Miran International" mehmonxonasida yongʻin chiqqani hamda yongʻin mehmonxonaga yaqin boʻlgan "Milliy bank" binosiga ham oʻtgani haqida xabarlar tarqalgandi. Oradan ikki soat oʻtgach mazkur yongʻin FVV xodimlari tomonidan bartaraf etilgani maʼlum qilindi.

Mehmonxonadagi yongʻin "Milliy bank" binosiga ham oʻtdimi? FVB yongʻinga doir maʼlumotlarni ochiqladi

Mehmonxonadagi yongʻin "Milliy bank" binosiga ham oʻtdimi? FVB yongʻinga doir maʼlumotlarni ochiqladi

Qayd etilishicha, yongʻin yuzaga kelgan "Miran International" mehmonxonasi Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan boʻlib, binoda qurilish ishlari davom etayotgan boʻlgan. Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining axborot xizmatiga koʻra, mehmonxonadagi yongʻin binoning tom qismida yuzaga kelgan. 

"Bugun, 16 oktabr kuni soat 17:17 da Toshkent shahar Mirobod tumani Shahrisabz koʻchasida qurilish ishlari olib borilayotgan binoda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan. Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 17:24  da voqea joyiga yetib borib, hozirda yongʻinni oʻchirish ishlari amalga oshirilmoqda", deyiladi FVBning dastlabki xabarida.

Shuningdek, boshqarma maʼlumotida voqea joyiga Toshkent shahar FVB va Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyatidan masʼullar chiqqani ham maʼlum qilingan

"Yongʻinni bartaraf etish jarayonini Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qoʻldoshev bevosita joyidan boshqarib bormoqda", deya qoʻshimcha qilingan xabarda.

Bundan tashqari, voqea joyiga Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov hamda Ichki ishlar boshqarmalari, Milliy gvardiya va prokuratura rahbariyati ham kelgan. 

"Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qoʻldoshev, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar boshqarmalari, Milliy gvardiya va prokuratura rahbariyati voqea joyiga darhol yetib kelishdi va yongʻinni bartaraf etish jarayonini toʻliq nazoratga oldilar", deyiladi hokimlik xabarida.

Soʻng FVV yongʻinni oʻchirishda jami 14 nafar ekipaj ishtirok etganini hamda bino hududi soat 18:19 da oʻrab olinganini hamda yongʻin 19:16 da oʻchirilganini, yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yoʻqligini bildirdi

"Miran International" mehmonxonasining tom qismida yuz bergan yongʻinni bartaraf etish maqsadida 14 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 17:24 da yetib borib, yongʻin soat 18:19 da qurshab olingan va soat 19:16 da bartaraf etildi. Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmadi", deyiladi FVBning yakuniy izohida.

Yongʻin boʻyicha yuqorida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, ushbu holat faqat "Miran International" mehmonxonasining tom qismida yuzaga kelgan. Mehmonxonaga yaqin boʻlgan "Milliy bank"  binosiga yongʻin oʻtmagan. 

Maʼlumot uchun, bundan ikki yil oldin, yaʼni 2022 yilda "Accor" xalqaro mehmonxonalar guruhi Oʻzbekistonda uchta yangi premium mehmonxona ochishni rejalashtirayotganini eʼlon qilgan edi. Ulardan biri "Swissô Tashkent" brendi ostida "Miran International" mehmonxonasi bazasida rekonstruksiya qilinganidan keyin ochilishi bildirilgan. Binoni taʼmirlash ishlari 2023 yilning uchinchi choragida yakunlanib, ishga tushirilishi rejalashtirilgan edi. Biroq hanuz binoda rekonstruksiya ishlari davom etmoqda.  

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 1 oktabrida Toshkent davlat agrar universiteti binosi ham yonib ketgandi. Lekin mazkur binodagi yongʻinni joyidan turib nazorat qilishda na viloyat hokimi, na Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qoʻldoshev borgan edi

Oʻzbekiston

17.10.2024, 10:56

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Surxondaryodagi qoʻriqxonada yuz bergan yongʻinni oʻchirishga 8 soat vaqt ketdi

Ushbu yongʻinni bartaraf qilish uchun yetarli kuch va vositalar jalb qilingan.

Oʻzbekiston

24.07.2025, 16:24

Eronda namoyishchilar Isroil ramzlari tushirilgan «Baal» haykalini yoqib yubordi

Eronda norozilik namoyishlari ishtirokchilari Isroilga qarshi oʻzlarining keskin munosabatini ifodalash maqsadida Dovud yulduzi va mamlakat bayrogʻi tasvirlangan, «Baal» deb yozilgan haykalni yoqib yuborishdi.

Jahon

12.02.2026, 12:34

Jizzaxda yuk mashinasiga urilgan Lacetti yonib ketdi. 5 kishi halok boʻldi

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati maʼlumotiga koʻra, 21 noyabr kuni soat taxminan 23:50 da Sharof Rashidov tumani hududidan oʻtuvchi M-39 Toshkent—Termiz avtomobil yoʻlining 989-kilometrida ogʻir yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi.

Oʻzbekiston

22.11.2025, 16:40

Favqulodda vaziyatlar sohasi raqamlashtiriladi

Prezidentning “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasini raqamlashtirish hamda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Fan-texnologiya

22.10.2025, 12:05

Andijon tumanida sodir boʻlgan hodisa toʻgʻrisida maʼlumot

Xabarga asosan, yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari hodisa joyiga 12:13 da yetib borib, yongʻin soat 12:26 da oʻrab olingan hamda 13:03 da bartaraf etilgan.

Oʻzbekiston

05.09.2025, 16:55

Namanganda 3 nafar fuqaroni hayoti saqlab qolindi

FVV qutqaruvchilari tomonidan Namanganda 3 nafar fuqaroni hayoti saqlab qolindi

Oʻzbekiston

04.09.2025, 11:29

So‘nggi yangiliklar

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi

Human Rights Watch maʼlumotiga koʻra, 2026 yil 3 mart kuni Isroil harbiylari Livan janubidagi Yohmor shahri ustidan oq fosforli artilleriya oʻq-dorilaridan foydalangan.

Jahon

10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi

Maʼlum qilinishicha, Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev 7 mart kuni Chexiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Lyubomir Frebort bilan uchrashuv oʻtkazgan.

Oʻzbekiston

10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti

Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abduraxmon Tashanov oʻz Feysbuk sahifasida post joylab, 2026 yil 28 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori qarori bilan u maʼmuriy javobgarlikka tortilayotganini maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?

Eron va Saudiya Arabistoni oʻrtasida mojaro kuchayib borayotgan bir paytda Pokiston qaysi tomonni tanlaydi? Bir tomonda oʻzaro harbiy shartnoma tuzgan Saudiya Arabistoni, ikkinchi tomonda esa uzun chegara va murakkab aloqalarga ega Eron.

Jahon

10.03.2026, 13:04

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak

AQSh prezidenti Donald Tramp Avstraliya hukumatini Eron ayollar terma jamoasi futbolchilariga siyosiy boshpana berishga chaqirdi. Agar Avstraliya sportchilarga boshpana bermasa, buni AQSh amalga oshiradi, dedi u. 

Jahon

10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi

London xalqaro moliyaviy birjasida 2026 yil may oyida yetkazib beriladigan Brent nefti fyucherslari narxi 2022 yil 30 avgustdan beri ilk bor bir barrel uchun 102 dollardan oshdi.

Iqtisodiyot

10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda

Baxtiyor Shuhratovich Fozilov Eriell Group, Enter Engineering, Saneg va Ferkensco kabi yirik kompaniyalarning asosiy aksiyadorlaridan biri hisoblanadi.

Oʻzbekiston

09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov

Hurmuz boʻgʻozida yuzaga kelgan keskin vaziyat global savdo va energetika bozorlariga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Hozirda Fors koʻrfazi hududida 250 ga yaqin kema toʻxtab qolgani dunyo taʼminot zanjirlari va neft narxlariga bosimni kuchaytirmoqda.

Iqtisodiyot

09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin

Oʻzbekistonda jazo oʻtayotgan ayollarga oliy taʼlim muassasalarida oʻqish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston fuqarosining TikTok tarmogʻiga joylagan videosi hamda uning politsiya tomonidan ushlangani haqida turli xabarlar tarqaldi. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg

Gʻarbiy Osiyodagi beqarorlik kuchayib, Eronning AQSh va Isroil zarbalariga javob qaytarishi logistika muammolarini keltirib chiqardi.

Iqtisodiyot

08.03.2026, 07:43

Qashqadaryoga 800 ta kitobdan iborat sepi bilan kelgan kelin

Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumaniga Andijondan kelin boʻlib tushgan Nasibaxon Ibrohimova kelinlik sepiga odatdagidek turli maishiy buyumlar emas, balki 800 ta ilmiy va badiiy kitob qoʻshib olib keldi.

Madaniy

08.03.2026, 07:37