Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy
Oyatulloh Ali Xomanaiyning yangi buyrug‘i Donald Tramp hafsalasini pir qilishi va AQSh-Isroilning Eronga qarshi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarini boshi berk ko‘chaga olib kirishi mumkin.
Jahon
21.05.2026, 17:08
Ulashish:

Eron Oliy rahbari mamlakatning qurol darajasiga kelib qolgan boyitilgan urani chet elga yuborilmasligi haqida farmoyish berdi.
Isroil rasmiylarining ma’lum qilishicha, Tramp Isroilni Eronning atom qurolini yaratish uchun zarur bo‘lgan yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralari mamlakatdan olib chiqib ketilishiga va har qanday tinchlik bitimida bu haqda alohida band bo‘lishiga ishontirgan.
Isroil, AQSH va boshqa G‘arb davlatlari uzoq vaqtdan beri Eronni yadroviy qurol yaratishga urinishda ayblab keladi. Jumladan, Tehronning uranni 60 foizgacha boyitayotgani dalil qilib ko‘rsatiladi.
Bu ko‘rsatkich tinch maqsadlarda foydalanish uchun zarur bo‘lgan darajadan ancha yuqori va qurol uchun talab etiladigan 90 foizga yaqindir. Eron yadroviy qurol yaratishga intilayotganini rad etgan.
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahuning aytishicha, boyitilgan uran Erondan olib chiqilmaguncha, Tehron o‘ziga tobe qurolli guruhlarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatmaguncha hamda mamlakatning ballistik raketa salohiyati yo‘q qilinmaguncha, u urushni tugagan deb hisoblamaydi.
Tehronga kafolat kerak
Manbalarga ko‘ra, Eronning yuqori lavozimli shaxslari boyitilgan uranni xorijga yuborish mamlakatni kelajakda AQSH va Isroil hujumlariga nisbatan zaiflashtirib qo‘yadi, deb hisoblaydi.
Eng muhim davlat masalalarida yakuniy qarorni Xomanaiy qabul qiladi.
Eron rasmiylari Tehronning ustuvor vazifasi urushga butunlay barham berish hamda AQSH va Isroilning ortiq hujum qilmasligiga kafolat olish ekanini bir necha bor ta’kidlagan.
Eron faqat shunday kafolatlar olgandan keyingina yadroviy dastur yuzasidan muzokaralarga kirishishga tayyor.
Ko‘pchilik Isroil atom arsenaliga ega deb hisoblaydi, biroq mamlakat bu masalada noaniqlik siyosatini yuritib, yadroviy quroli borligini hech qachon tasdiqlamagan, inkor ham etmagan.
Urushdan avval Eron 60 foizgacha boyitilgan uran zaxirasining yarmidan voz kechishga tayyorligini bildirgan.
Biroq manbalarga ko‘ra, Trampning Eronga zarba berish haqidagi takroriy tahdidlaridan so‘ng bu pozitsiya o‘zgargan.
MAGATE hisob-kitoblari
Isroil rasmiylarining Reuters agentligiga ma’lum qilishicha, Trampning hujum qilishga qaror qilishi yoki Isroilga amaliyotlarni qayta tiklash uchun yashil chiroq yoqishi hozircha noaniq.
Tehron esa hujumga uchragan taqdirda qaqshatqich javob qaytarishini bildirgan.
Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik - MAGATE hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025-yil iyun oyida Isroil va AQSh Eronning yadroviy obyektlariga hujum qilgan vaqtda mamlakatda 60 foizgacha boyitilgan 440,9 kg uran mavjud bo‘lgan. Uning qanchasi saqlanib qolgani noma’lum.
MAGATE rahbari Rafael Grossi mart oyida ushbu zaxiraning katta qismi – 200 kilogrammdan sal ko‘prog‘i Isfahondagi yadroviy obyektning tunnelida saqlanayotganini aytgan edi.
Shuningdek, MAGATE hisobicha, uning bir qismi Eronning ikkita boyitish zavodi joylashgan Natanza shahridagi yirik yadro majmuasida mavjud.
Eronning ta’kidlashicha, yuqori darajada boyitilgan uranning bir qismi tibbiy maqsadlar hamda Tehrondagi tadqiqot reaktori uchun zarur.
Mavzuga oid yangiliklar

Yaqin Sharq AQSHnikimi?
Jahon
25.05.2026, 11:23

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama
Jahon
26.10.2026, 15:54
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
So'nggi yangiliklar

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
