Mozori Sharifda Alisher Navoiy yodgorligi butkul buzib tashlandi

Haykalning oʻzi 2023 yilda buzib tashlangan edi, endi esa alloma haqida maʼlumot bitilgan devorlar ham qulatildi. Voqea “Tolibon” hokimiyatga kelganining 4 yilligini nishonlagan kuni roʻy berdi. Afgʻoniston tomoni rasmiy Toshkentning soʻroviga javoban maʼlum qilishicha, buzish ishlari mahalliy hokimiyat tomonidan, hukumat va jamoatchilik bilan kelishmasdan qilingan. Yangi yodgorlik qurilishi vaʼda qilinmoqda.

Jahon

21.08.2025, 16:22

Ulashish:

Afgʻonistonning Mozori Sharif shahrida Alisher Navoiy yodgorligining alloma haqidagi maʼlumotlar yozilgan devor qismi buzib tashlandi. Bu haqdagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Majmuada boʻlgan Navoiy haykali 2023 yil fevral oyida qulatilgan edi. Endi esa, “Tolibon” harakati Afgʻonistonda hokimiyatni egallaganining 4 yilligini bayram qilgan kuni, haykalning ikki yonida joylashgan, mutafakkir haqidagi maʼlumotlar bitilgan devor ham qulatildi.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi Ahror Burhonovning maʼlum qilishicha, vazirlik holat yuzasidan rasmiy Kobuldan izoh soʻragan. Afgʻoniston tomoni bergan izohga koʻra, Alisher Navoiy haykali oʻrnatilgan joy “buyuk alloma xotirasiga yetarlicha munosib emasligi”, shoir va mutafakkir uchun “yanada koʻrkam majmua qurilishi lozimligi” bois mahalliy hokimiyat tomonidan “olib tashlangan”.

Shu bilan birga, bu buzish ishlari Afgʻoniston Madaniyat va axborot vazirligi hamda keng jamoatchilik bilan kelishilmagani alohida taʼkidlanib, afgʻon tarafi holat yuzasidan taassuf bildirgan.

“Afgʻoniston hukumati vakillari nafaqat Oʻzbekiston, balki Afgʻoniston xalqi uchun moʻʼtabar boʻlgan Alisher Navoiy xotirasining munosib tarzda abadiylashtirilishini tasdiqlab, buyuk shoir va mutafakkir sharafiga alohida yodgorlik barpo etishga vaʼda berdi. Jumladan, hududni obodonlashtirish, shoir hayoti va ijodiy merosiga oid maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan yozuvlarni tiklash hamda amaldagi qarorlarga muvofiq yangi yodgorlik barpo etish hamda u joylashgan maydonga buyuk shoir Alisher Navoiy nomi qoʻyilishi rejalashtirilganini maʼlum qildi.

Afgʻoniston tomoni butun mintaqa uchun birdek qadrli boʻlgan buyuk mutafakkir xotirasini asrab-avaylash borasidagi qatʼiy sodiqligini bildirgan holda, uning nomini munosib eʼzozlash uchun barcha zarur choralar koʻrilishini taʼkidladi”, – deyiladi Oʻzbekiston TIV axborotida.

Kuni kecha Oʻzbekiston Afgʻonistonda 243 mln dollarlik energetika loyihalarini amalga oshirishi mumkinligi xabar qilingandi.

Jahon

21.08.2025, 16:22

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Afgʻonistonda Jahon banki faoliyati qayta tiklandi — «Tolibon»

«Tolibon» harakati Moliya vazirligi 22 noyabr kuni Afgʻonistonda Jahon banki qayta ochilgani va uning faoliyati tiklanganini maʼlum qildi. Afgʻoniston Islom Respublikasi qulaganidan va hukumat «Tolibon» qoʻliga oʻtganidan keyin Jahon banki mamlakatdagi faoliyat shaklini oʻzgartirgan. Shu vaqtdan beri u «Tolibon» nazoratidagi davlat idoralari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlik qilmayotgan edi.

Jahon

24.11.2025, 09:16

Tolibon Oʻzbeksiton chegarasida nima qurmoqda?

Afgʻoniston —  dunyoda eng ogʻir tarixiy iztiroblarni boshdan kechirib, shunga qaramay kelajakka intilayotgan davlat. 40 yillik urushlar, sanksiyalar va yakkalashuvdan keyin mamlakat hozir Markaziy Osiyodagi eng katta suv kanali — Qoʻshtepa, yangi megapolis — Kabul New City va bir necha yirik gidroenergetika loyihalarini amalga oshirmoqda.

Jahon

06.11.2025, 12:11

Pokiston va Afgʻoniston sulhni davom ettirishga kelishib oldi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Pokiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi muzokaralar natijalari boʻyicha rasmiy bayonot eʼlon qildi. Turkiya va Qatar vositachiligida oʻtgan uchrashuvda tomonlar tinchlikni taʼminlash hamda kelishuvni amalga oshirish boʻyicha yangi mexanizmlar ishlab chiqildi.

Jahon

31.10.2025, 09:17

Afgʻoniston tadbirkorlarining Oʻzbekiston vizasi olishi yengillashtiriladi

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov Afgʻoniston Savdo va investitsiyalar palatasi (ACCI) raisi oʻrinbosari janob Ariyan Azimiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Oʻzbekiston

15.10.2025, 15:06

Pokiston–Afgʻoniston chegarasida navbatdagi toʻqnashuvlar: Koʻrammda otishmalar qayta avj oldi, qurbonlar bor

15 oktabrga oʻtar kechasi Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyati Koʻramm tumanida Pokiston qoʻshinlari bilan Afgʻoniston tomonidagi tuzilmalar oʻrtasida yangi otishmalar kuzatildi. Pokiston davlat OAVlari «afgʻon xizmatlari va TTP (Tehreek-e-Taliban Pakistan) guruhlari provokatsiya uchun oʻt ochdi» deya xabar berdi; Pokiston armiyasi «qatʼiy zarba bilan» javob qaytarganini, bir qator postlar va tanklar zararlanganini bildirdi, deya xabar berdi AP News.

Jahon

15.10.2025, 11:31

Afgʻoniston va Pokiston chegarasida qonli toʻqnashuvlar sodir boʻldi

Afgʻonistonning Pokiston bilan chegaradosh Paktiya viloyatida ikki mamlakat chegara qoʻshinlari oʻrtasida ogʻir toʻqnashuvlar yuz berdi.

Jahon

13.10.2025, 10:01

So‘nggi yangiliklar

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin

Oʻzbekistonda jazo oʻtayotgan ayollarga oliy taʼlim muassasalarida oʻqish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston fuqarosining TikTok tarmogʻiga joylagan videosi hamda uning politsiya tomonidan ushlangani haqida turli xabarlar tarqaldi. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg

Gʻarbiy Osiyodagi beqarorlik kuchayib, Eronning AQSh va Isroil zarbalariga javob qaytarishi logistika muammolarini keltirib chiqardi.

Iqtisodiyot

08.03.2026, 07:43

Qashqadaryoga 800 ta kitobdan iborat sepi bilan kelgan kelin

Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumaniga Andijondan kelin boʻlib tushgan Nasibaxon Ibrohimova kelinlik sepiga odatdagidek turli maishiy buyumlar emas, balki 800 ta ilmiy va badiiy kitob qoʻshib olib keldi.

Madaniy

08.03.2026, 07:37

Vengriya konfiskovala ukrainskiye millionы i zoloto: diplomaticheskiy skandal mejdu Kiyevom i Budapeshtom.

Vengriya zaderjala sem ukrainsev i dva bronirovannыx avtomobilya s millionami yevro i 9 kg zolota, otkrыv rassledovaniye po otmыvaniyu deneg. Kiyev obvinyayet Orbana v politicheski motivirovannoy provokatsii, Zelenskiy prigrozil premeru, vыzыvaya shok i napryajeniye v Vengrii. 

Iqtisodiyot

07.03.2026, 14:42

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.

1–5 martda Yaqin Sharqdan Oʻzbekistonga 9 361 nafar, Qozogʻistondan esa 4 700dan ortiq fuqaro evakuatsiya qilindi. Evakuatsiya aviareyslar va nazorat yoʻllari orqali tizimli va bosqichma-bosqich tarzda amalga oshirilmoqda. 

Siyosat

07.03.2026, 14:19

Zamonaviy urushning xavfli quroli: Navigatsiya buzildi, yuzlab kemalar ortda qoldi

AQSh va Isroilning Eronga hujumlaridan soʻng Hurmuz boʻgʻozi va boshqa mintaqalarda elektron signallarni buzish holatlari aniqlandi. 

Jahon

07.03.2026, 14:12

Emirates Airlines

Dubay parvozlari tiklanmoqda: Emirates yaqin kunlarda toʻliq faoliyatga qaytishni rejalashtirmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik tufayli toʻxtab qolgan parvozlar bosqichma-bosqich tiklanmoqda. Emirates aviakompaniyasi yaqin kunlarda reyslarni toʻliq hajmda qayta yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda. Aviatsiya xabidagi uzilishlar Dubay iqtisodiyotiga katta moliyaviy yoʻqotishlar keltirgan. 

Jahon

07.03.2026, 13:27

Irina Matviyenko “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nemolchi.uz ijtimoiy loyihasi rahbari Irina Matviyenkoni mamlakatda ijtimoiy himoyani mustahkamlashga qoʻshgan hissasi va faol jamoatchilik ishlari uchun “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirladi.

Oʻzbekiston

07.03.2026, 13:14

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi

Oʻzbekiston Markaziy banki talabi bilan toʻlov tashkilotlari va banklarning mobil ilovalarida kartadan-kartaga (P2P) pul oʻtkazishda “oʻtkazma maqsadini koʻrsatish” tartibi majburiy ravishda joriy etildi.

Iqtisodiyot

07.03.2026, 13:08

Oʻzbekistonga sovuq antitsiklon kirib kelmoqda

7 martdan boshlab Oʻzbekiston hududiga sovuq antitsiklon kirib kela boshlaydi. Shu sababli ayrim hududlarda atmosfera havosi sifati yomonlashishi mumkin.

Oʻzbekiston

07.03.2026, 12:53

Putin Eron prezidenti bilan suhbatlashdi: Tehron Rossiyadan yordam kutmoqda

Putin, shuningdek, Fors koʻrfazi arab davlatlari rahbarlari bilan doimiy aloqada ekanini bildirgan.

Jahon

07.03.2026, 11:18