Nestlé bolalar ovqatining ayrim partiyalari savdodan olib tashlanmoqda

Oʻzbekistonda Nestlé kompaniyasi bolalar uchun moʻljallangan oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim partiyalarini ixtiyoriy ravishda qaytarib olishni boshladi.

Ulashish:

Kompaniya bu qarorni ehtiyot chorasi sifatida qabul qilganini maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, gap quruq sutli, nordon-sutli, shuningdek davolovchi bolalar aralashmalari haqida ketmoqda. Xususan, qaytarib olish NAN OPTIPRO mahsulotining ayrim partiyalariga taalluqli.

 

Qaytarib olish sababi nima?

Kompaniya axborotiga koʻra, mahsulot tarkibida qoʻllanilgan ingrediyentlardan biri — tashqi yetkazib beruvchidan olingan araxidon kislotasi tarkibida sereulid toksini boʻlishi ehtimoli aniqlangan. Shu sababli, xavfning oldini olish maqsadida mahsulotlar savdodan olib tashlanmoqda.

 

Ota-onalarga tavsiyalar

Nestlé va mutasaddi idoralar ota-onalarga quyidagilarni tavsiya qilmoqda:

  • uyda mavjud bolalar ovqati partiya raqamlarini tekshirish;
  • shubhali mahsulotlarni vaqtincha ishlatmaslik;
  • kompaniya va rasmiy idoralarning rasmiy tushuntirishlarini kuzatib borish.

Kompaniya taʼkidlashicha, mazkur choralar bolalar salomatligini himoya qilishga qaratilgan boʻlib, qoʻshimcha maʼlumotlar rasmiy manbalar orqali eʼlon qilinadi.

Oʻzbekiston

07.01.2026, 12:11

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

AQSh oʻnlab BMT va xalqaro tashkilotlardan chiqmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatni BMT hamda xalqaro miqyosdagi 66 ta tashkilotdan chiqarishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.

Jahon

08.01.2026, 15:33

1 fevraldan kam taʼminlangan oilalarga elektr va gaz xarajatlari uchun kompensatsiya beriladi

2026 yil 1 fevraldan boshlab Oʻzbekistonda kam taʼminlangan oilalar elektr energiyasi va tabiiy gaz xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplab berish tartibi joriy etiladi.

Oʻzbekiston

08.01.2026, 15:02

Zelenskiy AQShni Qodirovga nisbatan “Maduro ssenariysi”ni qoʻllashga chaqirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShni Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga nisbatan Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga qarshi oʻtkazilganiga oʻxshash harbiy operatsiya amalga oshirishga chaqirdi.

Jahon

08.01.2026, 13:00

Gap oddiylikda: dunyoni kaftida oʻynata oladigan 7 nafar inson

Baʼzan boylik shov-shuvda yoki dabdabali hayotda emas, oddiylikda namoyon boʻladi. Ularning turishiga qarab, uy-joyiga nazar tashlab, “bu odam qanday qilib milliarder boʻlishi mumkin?” degan savol tugʻiladi.

Madaniy

08.01.2026, 11:18

Qashqadaryoda fermerning yeri oʻzidan bexabar auksionga chiqarildi

Qashqadaryo viloyatida fermer xoʻjaligiga tegishli 500 gektar yer maydoni tegishli hujjatlarsiz zaxiraga qaytarilib, auksionga chiqarilgani maʼlum boʻldi.

Oʻzbekiston

08.01.2026, 10:37

Toshkent — Andijon oʻrtasida pulli yoʻl: vaqt 2 soatgacha qisqaradi

Oʻzbekistonda ilk bor pulli avtomobil yoʻllari 2027 yildan boshlab paydo boʻladi. Ularning dastlabki umumiy uzunligi 50 kilometrni tashkil etadi.

Oʻzbekiston

07.01.2026, 17:43

Telegram va Instagramda “Musodara tovarlar” nomli soxta guruh egalari ushlandi

Telegram va Instagram’da Davlat bojxona qoʻmitasi nomidan soxta kanal va guruhlar ochib, fuqarolarning pul mablagʻlarini oʻzlashtirib kelgan jinoiy guruh fosh etildi.

Oʻzbekiston

07.01.2026, 14:05

Xayr, Honda Crider? Kam litrajli avtomobillar uchun bojlar oshdi

2026 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekistonda dvigatel hajmi 1200 sm³ gacha boʻlgan yengil avtomobillar uchun import boji stavkalari oshirildi. Shu bilan 2023 yilda joriy etilgan imtiyozli tartib oʻz kuchini yoʻqotdi.

Iqtisodiyot

07.01.2026, 10:39

«Mubashshir Ahmad jazoni oʻtay olmaydi» — advokat salomatlik holati ogʻirligini bildirdi

Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunov 2025 yil 8 oktabr kuni 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. U hozirda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan 5-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazoni oʻtamoqda. 

Oʻzbekiston

07.01.2026, 09:25

Latviyada rus tiliga cheklov qoʻyildi

Latviyada 1 yanvardan eʼtiboran rus tilining jamoat joylarida qoʻllanilishiga oid yangi va qatʼiy cheklovlar amalga kirdi.

Jahon

07.01.2026, 08:21

AQSh viza uchun garov puli talab etiladigan davlatlar roʻyxatini kengaytirdi

AQSh viza olish jarayonida 5 ming dollardan 15 ming dollargacha garov puli toʻlash talab etiladigan davlatlar roʻyxatini kengaytirdi. Yangilangan roʻyxatdan Turkmaniston ham oʻrin olgan.

Jahon

06.01.2026, 18:06