Nyu-Yorkning yangi meri ishni Isroilga oid farmoyishlarni bekor qilishdan boshladi

Nyu-York shahrining yangi saylangan meri Zohran Mamdani oʻz lavozimiga kirishgan birinchi kuniyoq sobiq mer Erik Adams tomonidan qabul qilingan bir qator farmoyishlarni bekor qildi. 

Jahon

05.01.2026, 18:08

Ulashish:

Bekor qilingan qarorlar orasida Isroilni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan hujjatlar ham mavjud.

Yangi farmonga koʻra, 2024 yil 26 sentabrdan 2025 yil 31 dekabrgacha imzolangan va amalda boʻlgan barcha ijro farmoyishlari oʻz kuchini yoʻqotadi. Ilgarigi qarorlar, agar ular alohida tartibda oʻzgartirilmagan yoki bekor qilinmagan boʻlsa, amalda qoladi. Hozirda amal qilayotgan favqulodda farmoyishlar ushbu qarorga taalluqli emas.

Bekor qilingan hujjatlar qatorida oʻtgan oyda qabul qilingan, shahar idoralariga Isroilni boykot qilish yoki undan aktivlarni chiqarib olishni taqiqlovchi farmon ham bor. Shuningdek, iyun oyida qabul qilingan va antisemitizmga keng taʼrif berib, Isroilni tanqid qilishning ayrim shakllarini antisemitizm sifatida baholagan koʻrsatma ham bekor qilindi. Biroq Mamdani oldingi maʼmuriyat tomonidan tashkil etilgan antisemitizmga qarshi kurash idorasini saqlab qoldi.

The New York Times nashrining yozishicha, Nyu-York fuqarolik erkinliklari ittifoqi direktori Donna Liberman mazkur farmoyishlar avvalgi mer qoʻshilmagan nuqtai nazarlarni cheklashga qaratilgan soʻnggi choralar boʻlib tuyulganini bildirgan. U yangi maʼmuriyatning ularni bekor qilish qarori kutilmagan holat emasligini ham taʼkidlagan.

1 yanvar kuni Nyu-York tarixida ilk bor saylangan musulmon mer Zohran Mamdani lavozimga kirishish oldidan Qurʼonga qasamyod qilgan. U Demokratik partiyadan nomzod sifatida qatnashib, noyabr oyida boʻlib oʻtgan saylovda ishonchli gʻalabaga erishgan.

Saylov oldidan AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Mamdanining saylanishiga qarshi chiqib, demokratlardan boʻlgan boshqa nomzod — yozda Mamdaniga praymerizda magʻlub boʻlgan Endryu Kuomoga ovoz berishga chaqirgan edi.

Mavzuga oid yangiliklar

Zohran Mamdani: reperdan Nyu-York merigacha

2025 yil Nyu-York siyosiy tarixida oʻchmas iz qoldirdi. Shahar oʻppa-oʻrtaga kelib, oʻziga xos rekordlar bilan yoʻlboshchi almashtirdi: 34 yoshli Zohran Mamdani bu lavozimga saylanib, birdaniga bir nechta tarixiy marrani zabt etdi.

Jahon

19.11.2025, 18:38

Isroil Gʻazoda majburiy evakuatsiyani boshladi

Isroil armiyasi oktabr oyida eʼlon qilingan sulhdan beri birinchi marta Gʻazo sektori janubida falastinlik oilalarni majburiy koʻchirishga buyruq berdi.

Jahon

22.01.2026, 12:35

Qozogʻiston "Ibrohim kelishuvlari"ga qoʻshilmoqchi

Oq uyda boʻlib oʻtgan uchrashuvda Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatning asosiy mavzusi Qozogʻistonning «Ibrohim kelishuvlari»ga qoʻshilish niyati boʻldi. Toqayevning taʼkidlashicha, ushbu qaror mamlakatning xalqaro tinchlik va muloqotni rivojlantirish, BMT Nizomi asosida xalqaro huquqni qoʻllab-quvvatlashga boʻlgan intilishini koʻrsatadi.

Siyosat

07.11.2025, 11:25

Falastinlik mahbusning qiynoqqa solinganini oshkor qilgan Isroil harbiy prokurori hibsga olindi

Isroil armiyasining sobiq prokurori Ifat Tomer-Yerushalmi hibsga olindi. U isroillik askarlar falastinlik mahbusni qiynovga solganini koʻrsatgan videoni tarqatgan. Unda askarlar falastinlik mahbusni kaltaklayotgani va oʻtkir narsa bilan jarohatlayotgani tasvirlangan. 

Jahon

05.11.2025, 11:10

Isroil Gʻazoga zarba berdi, Tramp otashkesim bekor boʻlmaganini maʼlum qildi

Isroil armiyasi HAMAS isroillik asirlarning jasadlarini topshirmaganini bahona qilib, Gʻazo sektoriga kuchli aviazarbalar berdi. Hujumlar natijasida kamida 33 nafar falastinlik, jumladan ayollar va bolalar halok boʻldi. Bayt-Laxiya, al-Burayj, Nusayrat va Xan Yunis hududlaridagi uylar hamda maktablar zarar koʻrdi.

Jahon

29.10.2025, 11:13

Isroil: Erdoʻgʻan boshchiligidagi Turkiya Isroilga nisbatan diplomatik va iqtisodiy sanksiyalar joriy etdi

Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saarning taʼkidlashicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan rahbarligidagi hukumat Isroilga nisbatan nafaqat soʻzlarda, balki diplomatik va iqtisodiy sanksiyalar orqali ham munosabatini namoyon etmoqda.

Jahon

28.10.2025, 17:15

So‘nggi yangiliklar

«Paradigma»da eʼtirof: fidoyi jurnalistlar va faollar taqdirlandi

 

Madaniy

09.02.2026, 18:28

Oʻzbekiston boksi jahon yetakchilari safida

2025 yil oʻzbek boksi uchun tarixiy yil boʻldi — jahon chempionatlarida rekord natijalar qayd etildi, oltin medallar soni oshdi va ilk bor uch karra jahon chempioni yetishib chiqdi.

Sport

09.02.2026, 16:18

Abdusattorov va Sindarov bir yilda 700 ming dollardan ortiq mukofot puli ishlab topdi

2025 yilda oʻzbekistonlik grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, mos ravishda 361 ming va 349 ming dollardan ortiq mukofot puli ishlab topdi.

Sport

09.02.2026, 15:30

Retro-avtomobil egalari konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishmoqda

Oʻzbekistonda retro-avtomobil egalari 2026 yildan joriy etilishi rejalashtirilayotgan utilizatsiya tizimi va texnik koʻrikdagi cheklovlarga qarshi chiqmoqda.

Oʻzbekiston

09.02.2026, 13:57

Epshteyn ishi bilan bogʻliq mojarolar: Britaniya va Norvegiyada yuqori lavozimli amaldorlar isteʼfoga chiqdi

Britaniya bosh vaziri apparati rahbari Morgan Maksuini jinsiy jinoyatlarda ayblangan milliarder Jeffri Epshteyn bilan bogʻliq mojaro ortidan isteʼfoga chiqdi.

Jahon

09.02.2026, 11:20

Alisher Navoiy endi faqat qogʻozda emas — shoir ijodi raqamlashtirilmoqda

Bugun buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun. Asrlar davomida qoʻlyozma va kitoblarda saqlangan uning boy adabiy merosi bugun nafaqat nashrlar, balki internet platformalari orqali ham keng jamoatchilikka taqdim etilmoqda.

Madaniy

09.02.2026, 10:32

Oʻzbekiston taʼlimida yangi davr: 12 yillik uzluksiz tizim va “Yangi avlod” maktablari

Mamlakatda maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlimni oʻzaro bogʻlaydigan 12 yillik uzluksiz taʼlim modeli bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Ta'lim

09.02.2026, 09:58

Sunʼiy intellekt dunyo maktablariga ommaviy kirib kelmoqda

Salvador, Qozogʻiston, BAA va AQShda millionlab oʻquvchi hamda oʻqituvchilar taʼlimga moslashtirilgan chat-botlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi.

Fan-texnologiya

08.02.2026, 07:47

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi

Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkiloti Fatvo hayʼati yigʻilishida muborak Ramazon oyining boshlanish sanasi boʻyicha qaror qabul qilindi.

Oʻzbekiston

07.02.2026, 20:00

Yoʻl harakati qoidalari buzilganlik uchun jarimalar yengillashdi

Oʻzbekistonda yoʻl harakati qoidalari boʻyicha yangi tartib joriy etildi: agar haydovchi rulda telefondan foydalanishni birinchi marta buzsa, unga jarima solinmaydi.

Oʻzbekiston

07.02.2026, 12:28

Epshteynga oid hujjatlar internetdan olib tashlandi

AQSh Adliya vazirligi Jeffri Epshteyn ishi boʻyicha eʼlon qilingan minglab hujjatlarni internetdan olib tashladi. Bu kamida 100 nafar jabrlanuvchining hayotini jiddiy izdan chiqargan. 

Jahon

06.02.2026, 17:04

Ukrainada 14 yoshdan nikohga ruxsat berilishi mumkin

Ukrainada yangi Fuqarolik kodeksi qabul qilinsa, ayrim holatlarda 14 yoshdan nikohdan oʻtishga ruxsat berilishi mumkin.

Jahon

06.02.2026, 16:00