Toshkent — Andijon oʻrtasida pulli yoʻl: vaqt 2 soatgacha qisqaradi
Oʻzbekistonda ilk bor pulli avtomobil yoʻllari 2027 yildan boshlab paydo boʻladi. Ularning dastlabki umumiy uzunligi 50 kilometrni tashkil etadi.
Oʻzbekiston
07.01.2026, 17:43
Ulashish:

2030 yilga kelib esa pulli yoʻllar tarmogʻi 130 kilometrgacha kengaytiriladi. Asosiy yoʻnalishlar Toshkentdan Samarqandga hamda Fargʻona vodiysiga olib boruvchi avtomagistrallar boʻladi.
Ushbu maʼlumotlar jamoatchilik muhokamasi uchun SOVAZ portalida eʼlon qilingan yangilangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida keltirilgan. Qurilish rejasi yaqin besh yilga moʻljallangan boʻlib, pulli avtomobil yoʻllari uzunligini bosqichma-bosqich oshirishni nazarda tutadi:
- 2027 yil — 50 km
- 2028 yil — 75 km
- 2029 yil — 100 km
2030 yil — 130 km
Loyihalar davlat-xususiy sheriklik asosida
2023 yil sentabr oyida tasdiqlangan strategiyaning dastlabki tahririda Toshkent — Samarqand va Toshkent — Fargʻona vodiysi yoʻnalishlarida xususiy investorlar ishtirokida yangi avtomobil yoʻllari qurilishi rejalashtirilgan edi.
2025 yil dekabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev 2026 yildan boshlab asosiy yoʻnalishlar boʻyicha 800 kilometr yuqori tezlikdagi avtomagistrallar qurilishi boshlanishini maʼlum qildi. Ushbu yoʻnalishlar qatoriga quyidagilar kiradi:
- Toshkent — Samarqand
- Toshkent — Andijon
- Toshkent — Boʻstonliq
- Pungan — Namangan
Qarshi — Shahrisabz
Toshkent — Andijon loyihasi
Toshkent — Andijon pulli avtomobil yoʻlini qurish boʻyicha tenderda uchta kompaniya ishtirok etish huquqini olgan. Gʻolibni 2026 yilning birinchi yarmida aniqlash rejalashtirilgan.
Uzunligi 314 kilometr boʻlgan yangi avtomagistral harakat vaqtini 2 soat 14 daqiqagacha qisqartiradi. Qurilish muddati taxminan 4 yilni tashkil etadi.
Loyihaning asosiy texnik koʻrsatkichlari:
- 1A toifadagi, sement-beton qoplamali, olti polosali avtomagistral
- Umumiy uzunligi 33 kilometr boʻlgan 10 ta tonnel
- 1 122 metr uzunlikka ega 102 ta yoʻl oʻtkazgich
Maksimal harakat tezligi — 150 km/soat
Pulli yoʻllardan foydalanish narxi
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi vakili Hasan Umarovning maʼlum qilishicha, 200 kilometr pulli yoʻldan foydalanish narxi taxminan 100 ming soʻmni tashkil etishi mumkin.
Uning taʼkidlashicha, tariflar tabaqalashtirilgan boʻladi: toʻliq marshrut uchun ham, bosib oʻtilgan har bir kilometr uchun ham alohida hisob-kitob qilinadi. Narhlarni hisoblash metodikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi, maksimal tariflar esa Transport vazirligi tomonidan belgilanadi.
Shuningdek, pulli avtomobil yoʻllari faqat bepul muqobil yoʻl mavjud boʻlgan taqdirdagina qurilishi qayd etildi.
Toshkent — Samarqand va Chorvoq loyihalarining holati
Toshkent — Samarqand pulli avtomobil yoʻli loyihasi hozirda yakuniy bosqichda. Davlat-xususiy sheriklik doirasida gʻolib deyarli aniqlangan, ammo u bilan shartnoma hali imzolanmagan. Qurilish ishlarini 2026 yilning birinchi choragida boshlash rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, Toshkent va Chorvoq oʻrtasida 56 kilometr uzunlikdagi pulli avtomagistral barpo etiladi. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari 2026 yilning oʻrtalariga qadar ishlab chiqiladi, qurilish ishlari esa yil oxirida boshlanishi kutilmoqda. Yillik transport oqimi 250 ming avtomobil darajasida boʻlishi prognoz qilingan.
Oʻzbekiston
07.01.2026, 17:43
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

«Uyda yolgʻiz» filmi yulduzlari 35 yildan soʻng yana birga
Madaniy
22.12.2025, 13:15

Talabalar uchun oʻqish 12 yanvardan boshlanadi
Ta'lim
11.12.2025, 16:19

Nyu-Yorkning yangi meri ishni Isroilga oid farmoyishlarni bekor qilishdan boshladi
Jahon
05.01.2026, 18:08

Yangi yil oldidan yolgʻon chegirmalarga qarshi nazorat kuchaytirildi
Iqtisodiyot
11.12.2025, 11:51

Tojikistonda Kobiljon Aliyev bilan bogʻliq marosimlar suratga olinishi cheklandi — jurnalistlar
Jahon
19.12.2025, 10:29

"Kelishuv buzildi". “Oʻtkan kunlar” tarjimoni nimadan norozi?
Madaniy
25.12.2025, 10:55
So‘nggi yangiliklar

AQSh oʻnlab BMT va xalqaro tashkilotlardan chiqmoqchi
Jahon
08.01.2026, 15:33

1 fevraldan kam taʼminlangan oilalarga elektr va gaz xarajatlari uchun kompensatsiya beriladi
Oʻzbekiston
08.01.2026, 15:02

Zelenskiy AQShni Qodirovga nisbatan “Maduro ssenariysi”ni qoʻllashga chaqirdi
Jahon
08.01.2026, 13:00

Gap oddiylikda: dunyoni kaftida oʻynata oladigan 7 nafar inson
Madaniy
08.01.2026, 11:18

Qashqadaryoda fermerning yeri oʻzidan bexabar auksionga chiqarildi
Oʻzbekiston
08.01.2026, 10:37

Telegram va Instagramda “Musodara tovarlar” nomli soxta guruh egalari ushlandi
Oʻzbekiston
07.01.2026, 14:05

Nestlé bolalar ovqatining ayrim partiyalari savdodan olib tashlanmoqda
Oʻzbekiston
07.01.2026, 12:11

Xayr, Honda Crider? Kam litrajli avtomobillar uchun bojlar oshdi
Iqtisodiyot
07.01.2026, 10:39

«Mubashshir Ahmad jazoni oʻtay olmaydi» — advokat salomatlik holati ogʻirligini bildirdi
Oʻzbekiston
07.01.2026, 09:25

Latviyada rus tiliga cheklov qoʻyildi
Jahon
07.01.2026, 08:21

AQSh viza uchun garov puli talab etiladigan davlatlar roʻyxatini kengaytirdi
Jahon
06.01.2026, 18:06
Mashhur yangiliklar

«Uyda yolgʻiz» filmi yulduzlari 35 yildan soʻng yana birga
Madaniy
22.12.2025, 13:15

Talabalar uchun oʻqish 12 yanvardan boshlanadi
Ta'lim
11.12.2025, 16:19

Nyu-Yorkning yangi meri ishni Isroilga oid farmoyishlarni bekor qilishdan boshladi
Jahon
05.01.2026, 18:08

Yangi yil oldidan yolgʻon chegirmalarga qarshi nazorat kuchaytirildi
Iqtisodiyot
11.12.2025, 11:51

Tojikistonda Kobiljon Aliyev bilan bogʻliq marosimlar suratga olinishi cheklandi — jurnalistlar
Jahon
19.12.2025, 10:29

"Kelishuv buzildi". “Oʻtkan kunlar” tarjimoni nimadan norozi?
Madaniy
25.12.2025, 10:55
